GIDROKORTIZON maz 3g 0,5%

GIDROKORTIZON maz 3g 0,5% o'xshash dorilari



GIDROKORTIZON maz 3g 0,5% qo'llanmasi
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 40-90%. Asosan jigarda metabolizmga uchraydi. T - 80-120 daqiqa. Buyraklar orqali asosan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi.
GKS. Leykotsitlar va to'qima makrofaglari funktsiyalarini bostiradi. Leykotsitlarning yallig'lanish sohasiga migratsiyasini cheklaydi. Makrofaglarning fagotsitoz qobiliyatini, shuningdek interleykin-1 hosil bo'lishini buzadi. Lizosomal membranalarni barqarorlashtirishga yordam beradi, shu bilan yallig'lanish sohasida proteolitik fermentlar kontsentratsiyasini pasaytiradi. Gistamin ajralishi bilan bog'liq kapillyarlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi. Fibroblastlar faolligini va kollagen hosil bo'lishini bostiradi.
Fosfolipaza A faolligini ingibitsiya qiladi, bu prostaglandinlar va leykotrienlar sintezining bostirilishiga olib keladi. COX (asosan COX-2) ajralishini bostiradi, bu ham prostaglandinlar ishlab chiqarilishining kamayishiga yordam beradi.
Aylanib yuruvchi limfotsitlar (T- va B-hujayralar), monotsitlar, eozinofillar va bazofillar sonini ularning tomir o'zanidan limfoid to'qimaga o'tishi oqibatida kamaytiradi; antitelolar hosil bo'lishini bostiradi.
Gidrokortizon gipofiz tomonidan AKTG va b-lipotropin ajralishini bostiradi, lekin aylanib yuruvchi b-endorfin darajasini pasaytirmaydi. TTG va FSG sekretsiyasini susaytiradi.
Tomirlarga bevosita applikatsiya qilinganda vazokonstriktor samara ko'rsatadi.
Gidrokortizon uglevodlar, oqsillar va yog'lar metabolizmiga yaqqol dozaga bog'liq ta'sir ko'rsatadi. Glyukoneogenezni rag'batlantiradi, aminokislotalarning jigar va buyraklar tomonidan qamrab olinishiga yordam beradi va glyukoneogenez fermentlari faolligini oshiradi. Jigarda gidrokortizon glikogen to'planishini kuchaytiradi, glikogensintetaza faolligini va oqsil almashinuvi mahsulotlaridan glyukoza sintezini rag'batlantiradi. Qonda glyukoza miqdorining oshishi insulin ajralishini faollashtiradi.
Gidrokortizon yog' hujayralari tomonidan glyukoza qamrab olinishini bostiradi, bu esa lipoliz faollashuviga olib keladi. Biroq insulin sekretsiyasining oshishi oqibatida lipogenez stimulyatsiyasi sodir bo'ladi, bu yog' to'planishiga olib keladi.
Limfoid va biriktiruvchi to'qima, mushaklar, yog' to'qimasi, teri, suyak to'qimasida katabolik ta'sir ko'rsatadi. Mineralokortikoidlarga qaraganda kamroq darajada suv-elektrolit almashinuvi jarayonlariga ta'sir qiladi: kaliy va kaltsiy ionlari chiqarilishiga, organizmda natriy va suv ionlari tutilishiga yordam beradi. Osteoporoz va Itsenko-Kushing sindromi GKS bilan uzoq muddatli terapiyani cheklovchi asosiy omillardir. Katabolik ta'sir natijasida bolalarda o'sishning to'xtashi mumkin.
Yuqori dozalarda gidrokortizon miya to'qimalari qo'zg'aluvchanligini oshirishi mumkin va tirishishga tayyorgarlik bo'sag'asining pasayishiga yordam beradi. Oshqozonda xlorid kislotasi va pepsinning ortiqcha ishlab chiqarilishini rag'batlantiradi, bu peptik yara rivojlanishiga yordam beradi.
Tizimli qo'llanilganda gidrokortizonning terapevtik faolligi yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, immunodepressiv va antiproliferativ ta'sir bilan belgilanadi.
Sirtqi va mahalliy qo'llanilganda gidrokortizonning terapevtik faolligi yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va antiekssudativ (vazokonstriktor samara tufayli) ta'sir bilan belgilanadi.
Yallig'lanishga qarshi faolligi bo'yicha prednizolondan 4 baravar kuchsiz, mineralokortikoid faolligi bo'yicha boshqa GKS lardan ustun turadi.
Endokrin tizim tomonidan: glyukozaga tolerantlikning pasayishi, steroid qandli diabet yoki latent qandli diabetning namoyon bo‘lishi, buyrak usti bezlari funktsiyasining susayishi, Itsenko-Kushing sindromi (shu jumladan oy simonsimon yuz, gipofizar tipdagi semirish, girsutizm, qon bosimining oshishi, dismenoreya, amenoreya, miasteniya, striyalar), bolalarda jinsiy rivojlanishning kechikishi.
Moddalar almashinuvi tomonidan: kaltsiy ionlarining ko‘p chiqarilishi, gipokaltsiemiya, tana vaznining oshishi, manfiy azot balansi (oqsillarning parchalanishi kuchayishi), ko‘p terlash, suyuqlik va natriy ionlarining ushlanib qolishi (periferik shishlar), gipernatriemiya, gipokaliemik sindrom (shu jumladan gipokaliemiya, aritmiya, mialgiya yoki mushak spazmi, g‘ayrioddiy holsizlik va toliqish).
MNS tomonidan: deliriy, dezorientatsiya, eyforiya, gallyutsinatsiyalar, maniakal-depressiv psixoz, depressiya, paranoyya, bosh miya ichki bosimining oshishi, asabiylik yoki bezovtalik, uyqusizlik, bosh aylanishi, vertigo, miyacha soxta o‘smasi, bosh og‘rig‘i, talvasalar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiyalar, bradikardiya (yurak to‘xtashigacha); surunkali yurak yetishmovchiligining rivojlanishi (moyilligi bo‘lgan bemorlarda) yoki kuchayishi, EKGda gipokaliemiyaga xos o‘zgarishlar, qon bosimining oshishi, giperkoagulyatsiya, trombozlar. O‘tkir va o‘tkir osti miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda - nekroz o‘chog‘ining tarqalishi, chandiq to‘qimasi shakllanishining sekinlashishi, bu yurak mushagining yorilishiga olib kelishi mumkin; intrakranial yuborilganda - burun qonashi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, pankreatit, me'da va o‘n ikki barmoqli ichakning steroid yarasi, eroziv ezofagit, MIY dan qon ketishi va perforatsiyasi, ishtahaning oshishi yoki pasayishi, meteorizm, hiqichoq; kam hollarda - jigar transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligining oshishi.
Sezgi a'zolari tomonidan: to‘satdan ko‘rishning yo‘qolishi (bosh, bo‘yin, burun chig‘anoqlari, bosh terisi sohasiga parenteral yuborilganda preparat kristallarining ko‘z tomirlarida to‘planishi mumkin), orqa subkapsulyar katarakta, ko‘rish nervining shikastlanishi bilan ko‘z ichi bosimining oshishi, ko‘zning ikkilamchi bakterial, zamburug‘li yoki virusli infektsiyalari rivojlanishiga moyillik, shox pardaning trofik o‘zgarishlari, ekzoftalm.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: bolalarda o‘sish va suyaklanish jarayonlarining sekinlashishi (o‘sish zonalarining muddatidan oldin yopilishi), osteoporoz (juda kam hollarda - patologik suyak sinishlari, yelka va son suyagi boshchasining aseptik nekrozi), mushak paylarining uzilishi, steroid miopatiya, mushak massasining kamayishi (atrofiya); bo‘g‘im ichiga yuborilganda - bo‘g‘imda og‘riqning kuchayishi.
Dermatologik reaksiyalar: yaralarning bitishi sekinlashishi, petexiyalar, ekximozlar, terining yupqalashishi, giper- yoki gipopigmentatsiya, steroid husnbuzarlar, striyalar, pioderma va kandidozlar rivojlanishiga moyillik.
Allergik reaksiyalar: generalizatsiyalangan (shu jumladan teri toshmasi, teri qichishishi, anafilaktik shok), mahalliy allergik reaksiyalar.
Immunodepressiv ta'sir bilan bog‘liq samaralar: infektsiyalarning rivojlanishi yoki kuchayishi (ushbu nojo‘ya ta'sirning paydo bo‘lishiga birgalikda qo‘llaniladigan immunodepressantlar va emlash yordam beradi).
Mahalliy reaksiyalar: parenteral yuborilganda - achishish, uvishish, og‘riq, paresteziyalar va yuborish joyida infektsiyalar; kam hollarda - atrofdagi to‘qimalar nekrozi, in'ektsiya joyida chandiqlar hosil bo‘lishi; m/i yuborilganda (ayniqsa deltasimon mushakka) - teri va teri osti kletchatkasi atrofiyasi.
Boshqalar: leykosituriya, bekor qilish sindromi.
V/i yuborilganda - aritmiyalar, "qizib ketishlar" yuzga qon quyilishi, talvasalar.
Sirtga qo‘llanilganda: kam hollarda - qichishish, giperemiya, achishish, quruqlik, follikulit, husnbuzar toshmasi, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik dermatit, teri matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya, teri atrofiyasi, striyalar, isitma toshmasi. Uzoq vaqt qo‘llanilganda yoki terining katta joylariga surtilganda GKSga xos tizimli nojo‘ya ta'sirlar rivojlanishi mumkin.
Virusli, zamburug'li yoki bakterial tabiatli parazitar va infektsion kasalliklarda (hozirgi vaqtda yoki yaqinda o'tkazilgan, shu jumladan bemor bilan yaqinda bo'lgan aloqa) - oddiy gerpes, o'rab oluvchi gerpes (viremik faza), suvchechak, qizamiq, amebiaz, strongiloidoz (aniqlangan yoki gumon qilingan), tizimli mikoz; faol va latent sil kasalligida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi. Og'ir infektsion kasalliklarda qo'llashga faqat spesifik davolash fonida yo'l qo'yiladi.
Emlashdan oldin 8 hafta va keyin 2 hafta davomida, BTsJ emlashdan keyingi limfadenitda, immunitet tanqisligi holatlarida (shu jumladan OITS yoki OIV infektsiyasi) ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
OIT kasalliklarida: oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, ezofagit, gastrit, o'tkir yoki latent peptik yara, yaqinda hosil qilingan ichak anastomozi, perforatsiya yoki abstsesslanish xavfi bo'lgan nospesifik yarali kolit, divertikulitda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida, shu jumladan yaqinda o'tkazilgan miokard infarktidan keyin (o'tkir va o'tkir osti miokard infarkti bo'lgan bemorlarda nekroz o'chog'ining tarqalishi, chandiq to'qimasi shakllanishining sekinlashishi va buning natijasida yurak mushagining yorilishi mumkin), dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, giperlipidemiyada), endokrin kasalliklarda - qandli diabet (shu jumladan uglevodlarga tolerantlik buzilishi), tireotoksikoz, gipotireoz, Itsenko-Kushing kasalligi, og'ir surunkali buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, nefrourolitiaz, gipoalbuminemiya va uning paydo bo'lishiga moyillik holatlarida, tizimli osteoporoz, miasteniya, o'tkir psixoz, semizlik (III-IV daraja), poliomielit (bulbar entsefalit shaklidan tashqari), ochiq va yopiq burchakli glaukoma, homiladorlik, laktatsiyada ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Bo'g'im ichiga yuborish zarur bo'lganda bemorning umumiy og'ir holatida, oldingi 2 ta yuborishning samarasizligi (yoki qisqa muddatli ta'siri) da (qo'llanilgan GKS ning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda) ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Gidrokortizon samaradorligi 48-72 soat davomida yetarli bo'lmaganda va uzoqroq davolash zarurati bo'lganda, gidrokortizonni organizmda natriyni ushlab qolmaydigan boshqa glyukokortikoid preparatga almashtirish maqsadga muvofiqdir. Gidrokortizon bilan davolash vaqtida natriy cheklangan va kaliy miqdori yuqori bo'lgan dietani tayinlash tavsiya etiladi.
Gidrokortizon chaqirgan nisbiy buyrak usti bezi yetishmovchiligi u bekor qilinganidan keyin bir necha oy davomida saqlanib qolishi mumkin. Buni hisobga olgan holda, ko'rsatilgan davrda yuzaga keladigan stressli vaziyatlarda, gormonal terapiya tuzlar va/yoki mineralokortikoidlarni bir vaqtda tayinlash bilan qayta tiklanadi.
Silning faol shakli bo'lgan bemorlarda gidrokortizon tegishli silga qarshi davolash bilan birgalikda qo'llanilishi kerak. Silning latent shaklida yoki tuberkulin sinamalari viraji davrida bemorning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish, zarurat bo'lganda esa kimyoviy profilaktika o'tkazish kerak.
Hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha qisqa muddatli qo'llash uchun - gidrokortizonga yuqori sezuvchanlik.
Bo'g'im ichiga yuborish va bevosita shikastlanish o'chog'iga yuborish uchun: oldingi artroplastika, patologik qon ketish (endogen yoki antikoagulyantlarni qo'llash natijasida kelib chiqqan), suyakning bo'g'im ichki sinishi, bo'g'imdagi infeksion (septik) yallig'lanish jarayoni va periartikulyar infeksiyalar (shu jumladan anamnezda), shuningdek umumiy infeksion kasallik, yaqqol bo'g'im atrofidagi osteoporoz, bo'g'imda yallig'lanish belgilarining yo'qligi ("quruq" bo'g'im, masalan, sinovitsiz osteoartrozda), yaqqol suyak destruksiyasi va bo'g'im deformatsiyasi (bo'g'im yorig'ining keskin torayishi, ankiloz), artrit oqibati sifatida bo'g'im beqarorligi, bo'g'imni hosil qiluvchi suyaklar epifizlarining aseptik nekrozi.
Tashqi qo'llash uchun: bakterial, virusli, zamburug'li teri kasalliklari, teri sili, sifilisning teri ko'rinishlari, teri o'smalari, vaksinatsiyadan keyingi davr, teri qoplamalari butunligining buzilishi (yaralar, jarohatlar), bolalar yoshi (2 yoshgacha, anus sohasidagi qichishishda - 12 yoshgacha), rozatsea, oddiy husnbuzarlar, perioral dermatit.
Oftalmologiyada qo'llash uchun: ko'zning bakterial, virusli, zamburug'li kasalliklari, ko'zning sil bilan zararlanishi, traxoma, ko'z epiteliysi butunligining buzilishi.
Bir vaqtda qo'llanilganda gidrokortizon yurak glikozidlarining toksikligini oshiradi (yuzaga keladigan gipokaliemiya tufayli aritmiyalar rivojlanish xavfi ortadi); atsetilsalitsil kislotasi bilan - uning chiqarilishini tezlashtiradi va qon plazmasidagi kontsentratsiyasini kamaytiradi (gidrokortizon bekor qilinganda qonda salitsilatlar kontsentratsiyasi oshadi va nojo'ya hodisalar rivojlanish xavfi ortadi); paratsetamol bilan - paratsetamolning gepatotoksik ta'siri rivojlanish xavfining oshishi (jigar fermentlari induktsiyasi va paratsetamolning toksik metaboliti hosil bo'lishi); siklosporin bilan - uning metabolizmi susayishi oqibatida gidrokortizonning nojo'ya ta'sirlari kuchayishi; ketokonazol bilan - uning klirensi pasayishi oqibatida gidrokortizonning nojo'ya ta'sirlari kuchayishi.
Gidrokortizon gipoglikemik vositalarning samaradorligini kamaytiradi; bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar kumarin hosilalarining ta'sirini kuchaytiradi.
Gidrokortizon ichak bo'shlig'ida kaltsiy ionlarining so'rilishiga D vitamini ta'sirini kamaytiradi. Ergokalsiferol va paratgormon GKS keltirib chiqaradigan osteopatiya rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.
Gidrokortizon izoniazid, meksiletin metabolizmini kuchaytiradi (ayniqsa "tez atsetilyatorlarda"), bu ularning plazma kontsentratsiyasining pasayishiga olib keladi; foliy kislotasi miqdorini oshiradi (uzoq muddatli terapiyada); qonda prazikvantel kontsentratsiyasini kamaytiradi.
Gidrokortizon yuqori dozalarda somatropin samarasini kamaytiradi.
GKS keltirib chiqaradigan gipokaliemiya miorelaksantlar fonida mushak blokadasining namoyon bo'lishini va davomiyligini oshirishi mumkin.
Antatsidlar GKS so'rilishini kamaytiradi.
GKS bilan bir vaqtda qo'llanilganda tiazidli diuretiklar, karboangidraza ingibitorlari, boshqa GKS, amfoteritsin B gipokaliemiya rivojlanish xavfini, natriy ionlari saqlovchi preparatlar - shishlar va AB oshishi xavfini oshiradi.
NYQPV va etanol OIT shilliq qavatining yaralanishi va qon ketish rivojlanish xavfini oshiradi, artritni davolash uchun NYQPV bilan kombinatsiyada terapevtik ta'sir yig'indisi tufayli GKS dozasini kamaytirish mumkin. Indometatsin GKSni albuminlar bilan bog'lanishdan siqib chiqarib, uning nojo'ya ta'sirlari rivojlanish xavfini oshiradi.
Amfoteritsin B va karboangidraza ingibitorlari osteoporoz rivojlanish xavfini oshiradi.
GKSning terapevtik ta'siri jigar mikrosomal fermentlari induktorlari (shu jumladan fenitoin, barbituratlar, efedrin, teofillin, rifampitsin) ta'siri ostida ushbu moddalar metabolizmi tezligining oshishi oqibatida pasayadi.
Buyrak usti bezlari po'stlog'i funktsiyasi ingibitorlari (shu jumladan mitotan) GKS dozasini oshirish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin.
GKS klirensi qalqonsimon bez gormonlari preparatlari fonida oshadi.
Immunodepressantlar infektsiyalar va limfoma yoki Epshteyn-Barr virusi bilan bog'liq boshqa limfoproliferativ buzilishlar rivojlanish xavfini oshiradi.
Estrogenlar (shu jumladan peroral estrogen saqlovchi kontraseptivlar) GKS klirensini pasaytiradi, T va ularning terapevtik va toksik ta'sirini uzaytiradi. Girsutizm va husnbuzarlar paydo bo'lishiga boshqa steroid gormonal vositalar - androgenlar, estrogenlar, anaboliklar, peroral kontraseptivlarni bir vaqtda qo'llash yordam beradi.
Tritsiklik antidepressantlar GKS qabul qilish bilan chaqirilgan depressiya namoyon bo'lishini kuchaytirishi mumkin (ushbu nojo'ya ta'sirlarni davolash uchun ko'rsatilmagan).
Katarakta rivojlanish xavfi boshqa GKS, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar), karbutamid va azatioprin fonida qo'llanilganda ortadi. M-xolinoblokatorlar, shuningdek m-xolinoblokatorlik ta'siriga ega vositalar (shu jumladan antigistamin preparatlar, tritsiklik antidepressantlar), nitratlar bilan bir vaqtda tayinlash ko'z ichi bosimining oshishiga yordam beradi.
GKSni tirik virusli vaktsinalar bilan va boshqa turdagi immunizatsiyalar fonida bir vaqtda qo'llaganda viruslarning faollashishi va infektsiyalar rivojlanishi xavfi ortadi.
Aniq preparatning qo'llash usuli va dozalash tartibi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Dozalashning optimal tartibini shifokor belgilaydi. Muayyan preparatning ishlatiladigan dori shaklining qo'llash ko'rsatmalari va dozalash tartibiga qat'iy rioya qilish kerak.
Gidrokortizon boshqa chiqarish shakllari






GIDROKORTIZON maz 3g 0,5% analoglari

















