Apteka.uz
SavatKirish

ISMIJEN tabletkalari 7mg N30

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gruziya
Kategoriya:Vaktsinalar
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:GMP
ATX kodi:J07AX
Barcha Ismijen dorilari
120 ta dorixonada bor
Narxi 280 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 120 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ISMIJEN tabletkalari 7mg N30 haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 tabletka - 50mg muzlatilgan holatida quritilgan bakterial lizat saqlaydi, uning 7 mg mi quyidagiga mos keladi:

Staphylacoccus aureus – 6 milliard

Streptococcus pyogenes – 6 milliard

Streptococcus viridans – 6 milliard

Klebsiella pneumoniae – 6 milliard

Klebsiella ozaenae – 6 milliard

Diplococcus pneumoniae – 6 milliard (oxirgi bakteriya quyidagi turdagilarni 1 milliarddan saqlaydi – TY1/EQ11, TY2/EQ22, TY3/EQ14, TY5/EQ15, TY8/EQ23, TY47/EQ24) va liofilizatsiya jarayoni uchun 43 mg glikokkol saqlaydi.

Yordamchi moddalar: Gidratlangan kolloidli kremniy, mikrokristallik sellyuloza, ikki asosli kalsiy fosfati, magniy stearati, ammoniy glitserizanati, yalpiz essensiyasi (mentolli) kukuni.

Farmakokinetikasi

Mahsulot qoʻllash usuli va oʻziga xosligidan kelib chiqib, farmakokinetik tadqiqotlarni oʻtkazish imkoni mavjud emas

Farmakologik ta'siri

Mahsulotning taʼsir mexanizmi preparatning organizmning yuqori va quyi respirator yoʻllari infeksiyasini chaqiruvchi mikroorganizmlarga qarshi rezistentligini oshirishi bilan bogʻliq. Ismijen organizmning respirator yoʻllari infeksiyasini qaytalanishidan himoyalaydi, qaytalanishlar soni pasayadi, isitma davomiyligi kamayadi va antibiotikni qoʻllanishi kamayadi.

Ismijenning immunomodullash xossasiga taʼsir etuvchi omillar:

T- va V- hujayralarni oʻziga xos qoʻzgʻatib turuvchi dendrit hujayralarining yetilishi;
patogen bakteriyalarning yuzasidagi zarrachalarga qismiga qarshi yoʻnaltirilgan A(IgA) spetsifik immunoglobulin sekretsiyasi
bakteriyalarni spetsifik antitelolar bilan opsonizatsiyasi yordamida granulotsitlar tomonidan bakteriya hujayralarini yoʻqotish mexanizmini kuchaytirish;
tabiiy (tugʻma) immunitetni (dendrit hujayralar va granulotsitlar ishtirokida), va spetsifik (orttirilgan) immunitetni (IgA sekretsiyasi bilan namoyon boʻlgan, bakteriyalarning yuzasidagi zarrachalarga qarshi yoʻnaltirilgan) kuchaytirish.

Nojo'ya samaralari

Kam hollarda quyidagi nojoʻya samaralar kuzatiladi:

respirator, torakal va mediastinal buzilishlar;
teri va teri osti buzilishlari;
preparatni sublingval qabul qilinganda yuzaga kelgan umumiy buzilishlar va mahalliy buzilishlar; ovqat hazm boʻlishidagi buzilishlar;
Har qanday buzilish holatlarida davolash toʻxtatilishi lozim.

Qo'llanilishi

yuqori va quyi nafas yoʻllari va bronxopulmonal yoʻllarining oʻtkir, nimoʻtkir, qaytalanuvchi va surunkali infeksiyalarini oldini olish;
prevensiya va qaytalanishlar sonini qisqartirish;
zarur holatlarda preparatni boshqa dori vositalari antikbiotiklar, mukolitik vositalar, ingalyatsion kortikosteroidlar va davomli taʼsirga ega boʻlgan bronxodilyatatorlar bilan kombinatsiyada qoʻllash mumkin.
Ismijen kattalar uchun va bolalarda 3 yoshdan va undan katta bolalar uchun moʻljallangan.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Faol yoki yordamchi moddalarga oʻta yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri nomaʼlum.

Dozirovkasi

Dozalash

Preparat kattalar uchun va bolalarda 3 yoshdan va undan katta bolalar uchun moʻljallangan.

1 tabletkadan kunda 1-marta ovqatdan oldin, uzluksiz 10 kun bir oy mobaynida qoʻllaniladi.

Toʻliq davolash kursi ketma-ket 3 oyni tashkil qiladi.

Qoʻllash usullari

Til ostiga qoʻyib shimiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozaning oshirib yuborilishi holatlari kuzatilmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Ismijenning hayvonlarda toksik samarasi kuzatilmaganligiga qaramay, homilador ayollarda nazoratli tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Shuning uchun, Ismijenni tasdiqlangan yoki taxmin qilinayotgan xomiladorlikning birinchi uch oyligida qoʻllashdan saqlanish tavsiya etiladi.

Fertillik va laktatsiya davrida preparatning taʼsiri yuzasidan maxsus kuzatuvlar oʻtkazilmagan.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ISMIJEN tabletkalari 7mg N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ISMIJEN tabletkalari 7mg N30 o'xshash dorilari

ZIROMIN tabletkalari 500mg N3
Retseptli
ZIROMIN tabletkalari 500mg N3
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Limited, Velikobritaniya proizvedeno: Biopharma Ilac San. Ve Tic. A.S.
•43 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
Analoglar ISMIJEN tabletkalari 7mg N30
Analoglari yo'q

ISMIJEN tabletkalari 7mg N30 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
284 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
284 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
284 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
284 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
284 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
284 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
284 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
284 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
284 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
284 000 so'm
Bron qilish

ISMIJEN tabletkalari 7mg N30 haqida savollar

ISMIJEN tabletkalari 7mg N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil