EEZPAIN gel 25g


Suyak-mushak tizimi kasalliklarida ogʼriq sindromida sirtga qoʼllash uchun preparatlar.
EEZPAIN gel 25g haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Sotish shartlari
Retseptsiz.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
25 g gel quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Gaulьteriy moyi 0,847 ml;
Evkalipt moyi 0,55 ml;
Skipidar moyi 0,288 ml;
Qalampirmunchoq moyi 0,12 ml;
Kristall mentol 0,375 g;
Kamfora 0,125 g;
yordamchi moddalar: propilenglikol, glitserin, trietanolamin, izopropil spirti, akripol, benzil spirti, tozalangan suv.
Chiqarilish shakli
Preparat 25 g dan plastmassa tubalarga joylanadi. 1 ta tuba tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Farmakodinamikasi
Izpeyn gel - mahalliy qoʼllash uchun moʼljjallangan majmuaviy preparat boʼlib, yalligʼlanishga qarshi, ogʼriq qoldiruvchi va qitiqlovchi taʼsirlarga ega. Preparatning farmakologik taʼsiri tarkibidagi komponentlarining xususiyatlari bilan bogʼliq.
Gaulteriy moyi tarkibida metilsalitsilat (90-99%), gaulterilin va organik kislotalar saqlaydi. Yalligʼlanishga qarshi, ogʼriq qoldiruvchi va revmatizmga qarshi taʼsir koʼrsatadi. Prostaglandinlar sintezini pasaytirib, siklooksigenazani noselektiv ingibitsiya qiladi. Kapillyarlarning yuqori oʼtkazuvchanligini meʼyoriga keltiradi, mikrotsirkulyatsiya jarayonlarini yaxshilaydi, yalligʼlangan toʼqimalardagi shish va infilьtratsiyasini kamaytiradi. Faqat maxalliy taʼsir koʼrsatadi.
Evkalipt moyi tarkibida 1,8-tsineol (evkaliptol), pinen, mirtenol saqlaydi. Bakteritsid, viruslarga qarshi va fungitsid taʼsir koʼrsatadi. Teriga surtilganida maxalliy qitiqlovchi va ogʼriq qoldiruvchi taʼsir koʼrsatadi.
Skipidar moyi tarkibida terpen alьfa-pinen saqlaydi. Maxalliy qitiqlovchi, chalgʼituvchi va trofik taʼsir koʼrsatadi.
Qalampirmunchoq moyi tarkibida antiseptik, yalligʼlanishga qarshi va bakteritsid xususiyatlarga ega boʼlgan evgenol saqlaydi. Mushaklarda moddalar almashinuvi jarayonlarini yaxshilaydi, shu orqali mushak ogʼriqlarini bartaraf qiladi.
Kamfora antiseptik, maxalliy qitiqlovchi, ogʼriq qoldiruvchi va yalligʼlanishga qarshi taʼsir koʼrsatadi. Terining sezgir nerv oxirlarini qoʼzgʼatib, aʼzolar va toʼqimalarning trofikasini reflektor ravishda yaxshilaydi.
Mentol teriga surtilganida nerv oxirlarini taʼsirlantirib, qon tomirlarni kengaytiradi, bu holat sovuqlik xissini chaqiradi, u esa oʼz navbatida yengil achishish va sanchish xislariga oʼtib, keyinchalik ogʼriq qoldiruvchi samaraga aylanadi. Shuningdek, u yalligʼlanishga qarshi va antiseptik xususiyatlarga ham ega.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetikasi boʼyicha maʼlumotlar yoʼq.
Farmakoterapevtik guruh
Suyak-mushak tizimi kasalliklarida ogʼriq sindromida sirtga qoʼllash uchun preparatlar.
Dori shakli
sirtga qoʼllash uchun gel
Nojo'ya samaralari
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiya kuzatilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparat sirtga qoʼllash uchun moʼljallangan.
Preparatni koʼz va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish lozim.
Gelь koʼz va shilliq qavatlarga bexosdan tushgan holatlarda suv bilan yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.
Terining shikastlangan sohalariga surtilmasin.
Homiladorlik yoki laktatsiya vaqtida qoʼllanilishi
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllashdan avval shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Аvtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Taʼsir koʼrsatmaydi.
Qo'llanilishi
- shikastlanish, paylarni choʼzilishi va yalligʼlanish holatlarida boʼgʼimlar va mushaklardagi ogʼriq va tanglikni kamaytirish uchun;
- belning pastki qismidagi ogʼriqni kamaytirish uchun;
- sport bilan shugʼullanishdan oldin va keyin yuzaga kelgan mialgiyada (mushak ogʼrigʼida) qoʼllaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda;
- 6 yoshgacha boʼlgan bolalarda qoʼllash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Аniqlanmagan.
Ta'rifi
rangsizdan biroz sargʼish ranggacha boʼlgan, oʼziga xos hidli quyuq gel
Dozirovkasi
Sirtga qoʼllash uchun moʼljallangan.
Gelь bevosita ogʼriq kuzatilgan sohaga yupqa qavat qilib surtiladi va butunlay soʼrilgunicha ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Zarurat boʼlganida, muolaja 10 kun davomida har bir necha soatda (sutkada 3-4 martagacha) takrorlanadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojoʼya taʼsirlari kuchayishi mumkin.
Davolash: simptomatik davolash oʼtkaziladi.
Yaroqlilik muddati (oy)
2 yil.
Yaroqlilik muddati tugaganidan soʼng qoʼllanilmasin.
