Apteka.uz
SavatKirish

EEZPAIN

EEZPAIN chiqarilish shakllari

EEZPAIN gel 25g
EEZPAIN gel 25g
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
«Xerbion Pakistan (Pvt) Ltd»
- EEZPAIN qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- EEZPAINning tarkibi
- EEZPAIN ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- EEZPAIN narxi Toshkent dorixonalarida

EEZPAIN haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-    preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda; 
-    6 yoshgacha boʼlgan bolalarda qoʼllash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Izpeyn gel - mahalliy qoʼllash uchun moʼljjallangan majmuaviy preparat boʼlib, yalligʼlanishga qarshi, ogʼriq qoldiruvchi va qitiqlovchi taʼsirlarga ega. Preparatning farmakologik taʼsiri tarkibidagi komponentlarining xususiyatlari bilan bogʼliq.
Gaulteriy moyi tarkibida metilsalitsilat (90-99%), gaulterilin va organik kislotalar saqlaydi. Yalligʼlanishga qarshi, ogʼriq qoldiruvchi va revmatizmga qarshi taʼsir koʼrsatadi. Prostaglandinlar sintezini pasaytirib, siklooksigenazani noselektiv ingibitsiya qiladi. Kapillyarlarning yuqori oʼtkazuvchanligini meʼyoriga keltiradi, mikrotsirkulyatsiya jarayonlarini yaxshilaydi, yalligʼlangan toʼqimalardagi shish va infilьtratsiyasini kamaytiradi. Faqat maxalliy taʼsir koʼrsatadi. 
Evkalipt moyi tarkibida 1,8-tsineol (evkaliptol), pinen, mirtenol saqlaydi. Bakteritsid, viruslarga qarshi va fungitsid taʼsir koʼrsatadi. Teriga surtilganida maxalliy qitiqlovchi va ogʼriq qoldiruvchi taʼsir koʼrsatadi. 
Skipidar moyi tarkibida terpen alьfa-pinen saqlaydi. Maxalliy qitiqlovchi, chalgʼituvchi va trofik taʼsir koʼrsatadi. 
Qalampirmunchoq moyi tarkibida antiseptik, yalligʼlanishga qarshi va bakteritsid xususiyatlarga ega boʼlgan evgenol saqlaydi. Mushaklarda moddalar almashinuvi jarayonlarini yaxshilaydi, shu orqali mushak ogʼriqlarini bartaraf qiladi. 
Kamfora antiseptik, maxalliy qitiqlovchi, ogʼriq qoldiruvchi va yalligʼlanishga qarshi taʼsir koʼrsatadi. Terining sezgir nerv oxirlarini qoʼzgʼatib, aʼzolar va toʼqimalarning trofikasini reflektor ravishda yaxshilaydi. 
Mentol teriga surtilganida nerv oxirlarini taʼsirlantirib, qon tomirlarni kengaytiradi, bu holat sovuqlik xissini chaqiradi, u esa oʼz navbatida yengil achishish va sanchish xislariga oʼtib, keyinchalik ogʼriq qoldiruvchi samaraga aylanadi. Shuningdek, u yalligʼlanishga qarshi va antiseptik xususiyatlarga ham ega.

Farmakokinetikasi

Farmakokinetikasi boʼyicha maʼlumotlar yoʼq.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojoʼya taʼsirlari kuchayishi mumkin. 
Davolash: simptomatik davolash oʼtkaziladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparat sirtga qoʼllash uchun moʼljallangan.
Preparatni koʼz va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish lozim.
Gelь koʼz va shilliq qavatlarga bexosdan tushgan holatlarda suv bilan yaxshilab yuvish tavsiya etiladi. 
Terining shikastlangan sohalariga surtilmasin. 
Homiladorlik yoki laktatsiya vaqtida qoʼllanilishi 
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllashdan avval shifokor bilan maslahatlashish kerak. 
Аvtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Taʼsir koʼrsatmaydi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Sirtga qoʼllash uchun moʼljallangan.
Gelь bevosita ogʼriq kuzatilgan sohaga yupqa qavat qilib surtiladi va butunlay soʼrilgunicha ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Zarurat boʼlganida, muolaja 10 kun davomida har bir necha soatda (sutkada 3-4 martagacha) takrorlanadi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. EEZPAIN preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

EEZPAIN haqida savollar

EEZPAIN haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil