Ташкент
logo
SavatKirish

Kalsiy-D3 Nikomed tabletkalari N30

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:OOO «Takeda Farmasyutikals»
ATX kodi:А12АХ
Barcha Kalsiy D3 Nikomed dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Kalsiy-D3 Nikomed tabletkalari N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Bitta tabletka quyidagini saqlaydi (apelьsinli):


faol moddalar: 500 mg elementar kalьtsiyga ekvivalent bo‘lgan 1250 mg kalьtsiy karbonati; 5,0 mkg kolekalьtsiferol 2,0 mg kolekalьtsiferol kontsentrati ko‘rinishida (quyidagilardan tashkil topgan: kolekalьtsiferol — 0,00550 mg; DL-α-tokoferol — 0,0220 mg; o‘rtacha zanjirli triglitseridlar — 0,0660 mg; modifikatsiya qilingan makkajo‘xori kraxmali — 1,61 mg; saxaroza — 0,385 mg; natriy askorbati — 0,0880 mg; kremniy dioksidi — 0,0264 mg);


yordamchi moddalari: ksilitol — 224 mg; 55,9 mg apelьsin granulyati aromatizatori (quyidagilardan tashkil topgan: izomalьt — 55,2 mg; apelьsin aromatizatori — 0,723 mg; yog‘ kislotalarini mono va diglitseridlari — 0,000575 mg); povidon — 15,75 mg; magniy stearati — 6,0 mg; sukraloza — 0,25 mg.


Bitta tabletka quyidagini saqlaydi (yalpiz):


faol moddalar: kalьtsiy karbonati 1250mg (500mg oddiy kalьtsiyga teng), xolekalьtsiferol 5.5mkg (200ME D3 vitamini) 2.20mg xolekalьtsiferol kontsentrati ko‘rinishida.*


yordamchi moddalar: ksilitol 225mg, yalpizli xushbo‘ylagichning granulyati 21.0mg (tarkibida izomalьt 20.5mg, yalpiz ta'mli modda 0.525mg, yog‘li kislotalarning mono- va diglitseridlari 0.000273mg), povidon 15.75mg, magniy stearati 6.00mg, sukraloza 0.25mg.


*xolikalьtsiferol kontsentratining tarkibida quyidagilar mavjud, jumladan 10% qoldiq:xolekalьtsiferol 0.00550mg, DL-α-tokoferol 0.0220mg, zanjirning o‘rtacha uzunligi bilan triglitseridlar 0.066 mg, modifikatsiyalangan makkajo‘xori kraxmali 1.61mg, saxaroza 0.385mg, natriy askorbati 0.0880mg, kremniy dioksidi 0.0264mg.

Farmakodinamikasi

Farmakodinamikasi


D3 vitamini ichakda kalьtsiyni so‘rilishini oshiradi. Kalьtsiy va D vitaminini qabul qilish suyaklarda kalьtsiyning tanqisligi oqibatida yuz bergan va suyaklarning rezorbtsiyasini oshishiga olib keluvchi paratireoid gormon (PTG) darajasini ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.


D vitaminining tanqisligi qayd etilgan patsiyentlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar natijalari 500 mg kalьtsiyning ikki tabletkasi / 400 XB D vitaminini olti oy davomida har kuni qabul qilish D3 vitaminining 25-gidroksil guruhi metaboliti ko‘rsatkichlarini normallashtirishini va ikkilamchi giperparatireozni va ishqoriy fosfatazani pasayishini ko‘rsatdi.


Kaltsiy


Odatda me'da-ichak traktida (MIT) so‘riladigan kaltsiyning miqdori qabul qilingan dozaning taxminan 30% ini tashkil qiladi.


Organizmdagi kalьtsiyning 99% suyaklar va tishlarning dag‘al tuzilmasida to‘plangan. Qolgan 1% hujayra ichi va tashqi suyuqliklarda joylashgan.


Qondagi kalьtsiyning umumiy tarkibidan 50% fiziologik faolionlashtirilgan shaklda bo‘ladi, taxminan 10% sitrat, fosfat yoki boshqa anionlar bilan birgalikda, qolgan 40% esa oqsillar bilan, birinchi navbatda alьbumin bilan bog‘liq.


Kalьtsiy axlat, siydik va ter bilan chiqariladi. Buyrak orqali chiqarilishi koptokchali filьtratsiyaga va kalьtsiyning kanalchali rearbsorbtsiyasiga bog‘liq.


Xolekalьtsiferol


D3 vitamini ingichka ichakda yengil o‘zlashtiriladi.


Qonda aylanadigan xolikalьtsiferol va uning metabolitlari o‘ziga xos globulin bilan bog‘lanadi. Xolikalьtsiferol jigarda gidroksirlanish yo‘li bilan 25-gidroksixolikalьtsiferolgacha aylanadi. Keyin buyraklarda 1,25- digidroksixolekalьtsiferol faol shakliga aylanadi.


1,25- digidroksixolekalьtsiferol metabolit hisoblanadi, u kalьtsiy so‘rilishini oshiradi. Metabollanmagan D3 vitamini yog‘ va mushak to‘qimalarida saqlanadi.


D3 vitamini axlat va siydik bilan chiqariladi.

Farmakokinetikasi

Kaltsiy


So‘rilishi: Me'da-ichak yo‘llari orqali so‘riladigan kaltsiyning miqdori, qabul qilingan dozaning taxminan 30% ni tashkil qiladi.


Taqsimlanishi va metabolizmi: Tanadagi 99% kaltsiy suyaklar va tishlarning qattiq strukturasida to‘plangan. Qolgan 1% xujayra ichidagi va tashqarisidagi suyuqlikda bo‘ladi. Qondagi kalьtsiyning umumiy miqdorini taxminan 50% fiziologik faol ionlangan shaklda bo‘ladi, ulardan taxminan 10% sitrat, fosfat yoki boshqa anionlar bilan majmuada, qolgan 40% esa, oqsillar bilan, asosan alьbuminlar bilan bog‘langan bo‘ladi.


Chiqarilishi: Kaltsiy ahlat, siydik va ter bilan chiqariladi. Siydik bilan chiqarilishi kalьtsiyning buyrak kalavalari filьtratsiyasi va naychalardan qayta so‘rilishiga bog‘liq.


Kolekaltsiferol


So‘rilishi: D3 vitamini ingichka ichakda oson so‘riladi.


Taqsimlanishi va metabolizmi: kolekaltsiferol va uning metabolitlari spetsifik globulin bilan bog‘langan holda qonda aylanib yuradi.


Kolekalьtsiferol jigarda


gidroksil guruhini ajralib chiqishi yo‘li bilan 25 gidroksikolekaltsiferolga aylanadi. So‘ngra buyrakda faol shakli — 1,25-gidroksikolekalьtsiferolga aylanadi, 1,25- gidroksikolikalьtsiferol kalьtsiyni so‘rilishini oshishiga mas'ul bo‘lgan metabolit hisoblanadi. Metabolizmga uchramagan D3 vitamini yog‘ va mushak to‘qimasida to‘planadi.


Chiqarilishi: D3 vitamini axlat va siydik orqali chiqariladi.

Dori shakli

chaynaladigan tabletkalar

Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya ta'sirlar a'zolar tizimi sinfi va tez-tezligi bo‘yicha quyida sanab o‘tilgan. Teztezligi quyidagicha aniqlanadi: tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10,000); yoki noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas).

Immun tizimini buzilishlari

Noma'lum: angionevrotik shish va xiqildoq shishi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari

Metabolizmni va ozuqa moddalarini o‘zlashtirilishini buzilishi

Tez-tez emas: giperkalьtsiyemiya va giperkalьtsiuriya. Juda kam hollarda: sut-ishqoriy sindrom (siyishga bo‘lgan tez-tez qistovlar; uzoq davom etuvchi bosh og‘rig‘i; ishtahani uzoq yo‘qolishi; ko‘ngil aynishi va qusish; xos bo‘lmagan charchoq va holsizlik; giperkalьtsiyemiya, alkaloz va buyrak faoliyatini buzilishi). Odatda faqat dozani oshirib yuborilganda kuzatiladi («Dozani oshirib yuborilishi» bo‘limiga qarang).

Me'da-ichak yo‘llari tomondan buzilishlar

Kam hollarda: qabziyat, dispepsiya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq va diareya.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: qichishish, achishish va eshakemi.

Maxsus guruh patsiyentlari

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar: giperfosfatemiyani, nefrolitiazni va nefrokalьtsinozni rivojlanishini potentsial xavfi bor. «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang.

Qo'llanilishi

Kaltsiy va/yoki D3 vitamining tanqisligini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

  • Kalsiy va D vitaminining tanqisligi xavfi bo‘lgan patsiyentlarda osteoporozni davolashda yordamchi vositalar sifatida kalьtsiy va D vitaminini qo‘shishda qo‘llanadi.
  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

    faol moddalar yoki yordamchi vositalarga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik

    og‘ir buyrak yetishmovchiligi (koptokchali filьtratsiya tezligi <30 ml/min /1.73m2)


    giperkalьtsiyemiya va/yoki giperkalьtsiuriya rivojlanishiga olib keladigan kasalliklar va/yoki holatlar.

    buyrakdagi tosh kasalligi (nefrolitiaz)

    D vitaminining gipervitaminozi

    Kaltsiy-D3 Nikomed tarkibida izomalьt (E953) va saxaroza mavjud.

    Shuning uchun fruktozani ko‘tara olmaslik, glyukoza-galaktoza so‘rilishini buzilishi va qand-izomalьtaza yetishmovchiligi kabi noyob nasliy muammolari bo‘lgan bemorlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak





    Boshqa dorilar bilan mosligi

    Nojo‘ya ta'sirlar a'zolar tizimi sinfi va tez-tezligi bo‘yicha quyida sanab o‘tilgan. Teztezligi quyidagicha aniqlanadi: tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10,000); yoki noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas).


  • Immun tizimini buzilishlari

  • Noma'lum: angionevrotik shish va xiqildoq shishi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari

  • Metabolizmni va ozuqa moddalarini o‘zlashtirilishini buzilishi

  • Tez-tez emas: giperkalьtsiyemiya va giperkalьtsiuriya. Juda kam hollarda: sut-ishqoriy sindrom (siyishga bo‘lgan tez-tez qistovlar; uzoq davom etuvchi bosh og‘rig‘i; ishtahani uzoq yo‘qolishi; ko‘ngil aynishi va qusish; xos bo‘lmagan charchoq va holsizlik; giperkalьtsiyemiya, alkaloz va buyrak faoliyatini buzilishi). Odatda faqat dozani oshirib yuborilganda kuzatiladi («Dozani oshirib yuborilishi» bo‘limiga qarang).

  • Me'da-ichak yo‘llari tomondan buzilishlar

  • Kam hollarda: qabziyat, dispepsiya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq va diareya.

  • Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

  • Juda kam hollarda: qichishish, achishish va eshakemi.

  • Maxsus guruh patsiyentlari

  • Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar: giperfosfatemiyani, nefrolitiazni va nefrokalьtsinozni rivojlanishini potentsial xavfi bor. «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang.
  • Dozirovkasi

    Qo'llash usuli va dozalari

    Katta va keksa patsiyentlar


    Osteoporozda yordamchi davolash vositasi sifatida


    Bir tabletka kuniga 2-3 marta buyuriladi.


    Kalsiy va D vitamini tanqisligida


    Bir tabletka kuniga 1-3 marta buyuriladi.


    Bolalar


    Faqat kaltsiy va D vitaminini tanqisligida


    Bir tabletka kuniga 1-2 marta buyuriladi.


    Buyrak faoliyatini buzilishlari:


    Kaltsiy-D3 Nikomed tabletkalarini og‘ir buyrak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang).


    Jigar faoliyatini buzilishlari:


    Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.


    Qo‘llash usuli Tabletkalar ichga qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynash yoki shimish kerak.


    Dozani oshirib yuborilishi

    Dozani oshirib yuborish D gipervitaminoziga va giperkaltsiyemiyaga olib kelishi mumkin. Giperkaltsiyemiya simptomlari anoreksiya, chanqoq, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorindagi og‘riq, mushaklarning kuchsizligi, charchoqlik, mental buzilishlar, polidipsiya, poliuriya, suyaklardagi og‘riq, nefrokaltsinoz, buyraklarda toshlar hosil bo‘lishi, og‘ir holatlarda esa yurak aritmiyasini ham o‘z ichiga oladi. Giperkaltsiyemiyaning o‘ta og‘ir darajasi koma va o‘limga olib kelishi mumkin. Kaltsiyning turg‘un yuqori darajalari buyraklarning qaytmas shikastlanishiga va yumshoq to‘qimalarning ohaklanishiga olib kelishi mumkin. Ko‘p miqdorda kaltsiy va absorbtsiyalanadigan ishqorni qabul qilayotgan patsiyentlarda sutli-ishqorli sindrom paydo bo‘lishi mumkin. Davolash: kaltsiy va D vitaminini qabul qilish, shuningdek, tiazidli diuretiklar va yurak glikozidlari bilan davolash to‘xtatilishi kerak. Ong buzilishi bo‘lgan bemorlarda me'da bo‘shatilishi kerak. Shu qatorda, regidratatsiyani o‘tkazish (suyuqlikni to‘ldirish) va, og‘irligiga qarab, sirtmoqli diuretiklar, bisfosfonatlar, kaltsitonin va kortikosteroidlarni alohida yoki majmuada qo‘llash kerak. Bundan tashqari, qon zardobida elektrolitlar darajasini, buyraklar funktsiyasini va diurezni nazorat qilish kerak. Og‘ir holatlarda EKG va markaziy tomirli bosimni (MTB) nazoratini o‘tkazish kerak.

    Kalsiy-D3 Nikomed tabletkalari N30 savollari

    Kalsiy-D3 Nikomed tabletkalari N30 fikr-mulohazalari

    Reyting 0, 0 ta sharh asosida

    Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

    scroll-top

    Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil