Ташкент
logo
SavatKirish

KANDIVAG tabletkalari N8

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Xeylvud Laboratories Pvt. Ltd.
ATX kodi:G02
Barcha Kandivag dorilari
30 ta dorixonada bor
Narxi 40 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 30 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KANDIVAG tabletkalari N8 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi 

Har bir vaginal tabletka quyidagilarni saqlaydi: 

Faol moddalar: 

Ornidazol 500 mg; 

Mikonazol nitrati 100 mg; 

Neomitsin sul'fati 100 mg; 

Prednizolon 3 mg. 

Yordamchi moddalar: o'ta jelatinlangan kraxmal, povidon K-30 laktoza, sut kislotasi, tal'k, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati, izopropil spirti.

Сhiqarilish shakli: 8 vaginal tabletkalar applikator va qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Farmakodinamikasi

Ornidazolning ta'sir mexanizmi unga sezgir bo'lgan mikrorganizmlar DNK sining tuzilishini buzilishi bilan bog'liq. Preparat mikrob hujayrasiga oson kiradi va DNK bilan bog'lanib, replikatsiya jarayonini buzadi. Ornidazol Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis) larga, shuningdek Bacteroides va Clostridium spp., Fusobacterium spp. kabi anaerob bakteriyalar va anaerob kokklarga nisbatan faoldir. 

Neomitsin – aminoglikozidlar guruhiga mansub bo'lgan antibiotikdir. Aminoglikozidlar grammanfiy bakteriyalarga nisbatan yuqori faollikka egadir, shuningdek grammusbat bakteriyalarga nisbatan samaralidir. Neomitsin bakterial hujayralarning tuzilmasiga kiradi va bakteriyalarning yashab qolishi uchun kerak bo'lgan oqsillarning sintezini bloklaydi. 

Mikonazol zamburug'larga qarshi vosita bo'lib, vul'vovaginal kandidozni (moniliasis)mahalliy davolash uchun mo'ljallangan, u Sandida vulvovaginalis ga nisbatan samaralidir. 

Prednizolon – sintetik GKS bo'lib, yallig'lanish simptomlarining yaqqolligini kamaytirish uchun qo'llanadi. Prednizolon yallig'lanish mediatorlarining sekretsiyasi va ajralib chiqishini tormozlaydi. Prednizolon yallig'lanish kasalliklarida proliferativ jarayonlarni tormozlaydi va chandiqlarni hosil bo'lish ehtimolini kamaytiradi. 

Farmakokinetikasi

Ornidazol mahalliy qo'llanganida qinning to'qimalarida preparatning bu komponentini kontsentratsiyasi peroral va vena ichiga qo'llanganida erishiladigan kontsentratsiyasidan ahamiyatli darajada yuqori bo'ladi, tizimli ta'siri aniqlanmagan; neomitsin normal bo'lmagan oqsillarni ishlab chiqarilishi hisobiga bakterial hujayralarning tuzilmalariga kiradi. Bu oqsillar bakteriyalarni yashab qolishi uchun kerak bo'lgan oqsillarning ishlab chiqarilishini bloklaydi.
Mahalliy qo'llanganida preparatning yuqori faolligi kuzatilgan; mikonazol mahalliy qo'llanganida Sandida turiga mansub achitqisimon zamburug'lar uchun tanlov toksiklikka ega; mahalliy qo'llanadigan prednizolon yallig'lanish simptomlarining yaqqolligini, shu jumladan giperemiyani kamaytiradi, tizimli ta'siri aniqlanmagan. 

Dori shakli

Vaginal tabletkalar

Nojo'ya samaralari

Kandivag toksik bo'lmagan preparat hisoblanadi, sensibilizatsiyani chaqirmaydi. Preparat barcha patsientlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Kam hollarda spazmlar va bosh og'rig'i, ta'sirlanish, qichishish, achishish, juda kam hollarda – eshakemi, terida toshmalar kuzatiladi. Yuqori sezuvchanlikda yoki ta'sirlanish kuzatilganida preparatni qo'llashni to'xtatish kerak. 

Maxsus saqlash sharoitlari

Osteoporozda, AG yoki yurak yetishmovchiligida, anamnezida jiddiy emotsional buzilishlar mavjud bo'lganida, qandli diabet, tuberkulyoz, glaukomada, kortikosteroidlarni qo'llash oqibatida rivojlangan miopatiyada, jigar yetishmovchiligida, tutqanoqda, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasida, gipotireozda, yaqinda o'tkazilgan miokard infarktida tizimli kortikosteroidlarni qo'llashda patsientning holatini kuzatish va doimo nazorat qilish kerak. 

Garchi Kandivag mahalliy qo'llansa-da, ayniqsa qin yallig'langanida tizimli so'rilishi bo'lishi mumkin. Preparat 8-kunlik davolash kursi davomida qo'llanganida nojo'ya samaralar bo'lmasligi mumkin. 
Og'ir darajadagi soxta paralitik miasteniyasi, nospetsifik kolit, divertikulit va yangi ichak anastomozlari bo'lgan patsientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. tizimli kortikosteroidlar qo'llanganida tibbiy nazorat o'tkazish kerak. 

Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish hususiyati 
Ta'sir qilmaydi. 

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin. 

Qo'llanilishi

Ginekologik kasalliklar: bakterial vaginoz, turli etiologiyali vaginitlar va aralash infektsiyalar (trixomonadalar, anaerob infektsiya, shu jumladan gardnerellalar, leptotriks, achitqisimon zamburug'lar) ni davolash uchun qo'llanadi. 

Ginekologik kasalliklarni jarrohlik yo'li bilan davolashdan oldin profilaktika maqsadida, tug'ruq yoki abortlardan oldin qinni sanatsiya qilish uchun, bachadon ichi kontrtseptivlarini yuborishdan oldin va keyin, bachadon bo'yni eroziyasini diatermokoagulyatsiya qilishdan oldin va keyin, bachadon ichi tekshirishlarini o'tkazishdan oldin qo'llanadi. 

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan klinik jihatdan ahamiyatli o'zaro ta'siri aniqlanmagan. Mahalliy yallig'lanish reaktsiyasi yaqqol bo'lganida prednizolonnning tizimli so'rilishini e'tiborga olish kerak. 

Ta'rifi

Oq rangli, ikki yoqlama qavariq, bir uchi dumaloq tabletkalar. 

Dozirovkasi

1 tabletkadan tunga qin ichiga chuqur kiritiladi, yuborilgandan keyin kamida 15 minut davomida yotgan holatda bo'lish kerak. Davolashni o'rtacha davomiyligi – 8 kun. Hayz ko'rish vaqtida davolash to'xtatilmaydi. Hatto kasallikning barcha simptomlari yo'qolganidan keyin ham tabletkalarni qo'llashni davom ettirish kerak. Agar 8 kunlik davolash kursidan keyin ham simptomlar o'tib ketmasa, u holda davolashni takrorlash kerak. 

Profilaktika maqsadida preparat 8 kun davomida qo'llanadi. 

Yuborish tartibi 

1. vaginal tabletkani applikatorga joylashtiring. 

2. tabletkali applikator qaynagan iliq suvga (30-40°С) bir necha sekundga tushiriladi.

3. tabletkali applikator qinning ichiga imkon boricha chuqur (orqa bilan yotgan holda kiritish maqsadga muvofiq) ehtiyotkorlik bilan kiritiladi. 

4. tabletka qinga kiritilib, u applikatordan ajratiladi, shundan so'ng applikator sovunli iliq suvda yuviladi, silkitiladi va quritiladi. 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat mahalliy ta'sir qilishi sababli, dozasini oshirib yuborilish belgilari aniqlanmagan. 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik vaqtida Kandivag preparatini qo'llagan ayollardan tug'ilgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarda preparatning hech qanday ta'siri va asoratlari aniqlanmagan, shuning uchun homiladorlarga preparatni qo'llash masalasi hal qilinganida havf / foyda nisbatini baholash kerak.
Kortikosteroidlar katta bo'lmagan miqdorlarda ko'krak sutiga ajralib chiqadi, shuning uchun buyrak usti bezlarining faoliyatini kuzatish kerak.

KANDIVAG tabletkalari N8 boshqa chiqarish shakllari

KANDIVAG tabletkalari N8 savollari

KANDIVAG tabletkalari N8 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

KANDIVAG tabletkalari N8
Retseptli
KANDIVAG tabletkalari N8
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Xeylvud Laboratories Pvt. Ltd.
Narxi
40 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil