Kandizol kremi 15g N1

Kandizol kremi 15g N1 qo'llanmasi
Tarkibi
Sirtga qo'llash uchun har bir gramm krem quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: Klotrimazol – 10 mg;
yordamchi moddalar: tsetilstearil spirti, tsetomakrogol 1000, gliserilmonostearat, oq yumshoq parafin, suyuq parafin, metilparaben, propilparaben, silikon moyi, propilenglikol, tozalangan suv.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
15 grammdan krem tubada joylangan.
1 tadan Tuba tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Farmakokinetikasi
Klotrimazol yuqori singib o'tuvchi xususiyatga ega. Sirtga qo'llanilganida preparatni epidermisning pastki qatlamlaridagi kontsentrasiyasi, klotrimazolni dermatofitlar uchun in vitro sharoitida aniqlangan minimal susaytiruvchi kontsentrasiyasiga nisbatan ancha yuqoridir. Faqat klotrimazolning ahamiyatsiz miqdorigina aylanayotgan qon oqimida aniqlanadi.
Klotrimazol jigarda faol bo'lmagan metabolitlarining hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi va organizmdan siydik va ahlat bilan chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Klotrimazol – faol modda sifatida imidazol hosilasi - Klotrimazol saqlovchi sirtga qo'llash uchun zamburug'larga qarshi preparat. Ta'sir mexanizmi zamburug'lar xujayra membranasini qurish uchun zarur bo'lgan ergosterol sintezining tormozlanishi bilan bog'liq, bu uning o'tkazuvchanligini buzilishi va keyinchalik xujayraning lizisiga olib keladi. Shuningdek, lizosomalarning fosfolipid qobig'ining o'tkazuvchanligini oshishini, tsitoplazmaning vakuolizasiyasini, ribosomalarning miqdorini kamayishini chaqiradi. Antibakterial trixomonasid ta'siriga ega.
Klotrimazol Epidermophyton floccosum, Histoplasma capsulatum, Paracoccidioides brasiliensis, Trichophyton mentagrophytes va T. rubrum, Microsporum canis, Candida spp., Malassezia spp., Blastomyces dermatitidis, Coccidioides immitis, Cryptococcus neoformans, Aspergillus spp., Sporothrix schenckii zamburug'lariga nisbatan faol. Shuningdek grammusbat bakteriyalarga nisbatan ham faol va Leishmania spp. ga nisbatan biroz protozoylarga qarshi ta'sirga ega.
Nojo'ya samaralari
Kam hollarda – eshakemi, shish, toshma, eritema, achishish, qichishish, ta'sirlanish, kepaklanish, preparat qo'llangan joyda yuzaki yoriqlar; kontakt dermatit kuzatish mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparatni ko'z sohasidagi teriga surtish tavsiya etilmaydi.
Agar teri kasalligining simptomlari preparatni qo'llaganda 4 hafta davomida bartaraf etilmasa, qo'yilgan tashxisni to'g'riligini aniqlash lozim.
Homiladorlik va laktasiya
Homiladorlikning I uch oyligida preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida preparatni qo'llashning maqsadga muvofiqligi shifokor maslahatidan so'ng shaxsiy hal qilinishi kerak.
Laktasiya davrida preparatni qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparatni bevosita sut beziga surtish tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Qo'llanilishi
Klotrimazolga sezgir bo'lgan (shu jumladan dermatofitlar, yuzaki mikozlar) qo'zg'atuvchilar tomonidan chaqirilgan terining zamburug'li kasalliklarida qo'llaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatni klotrimazolga va uning komponentlarga yuqori sezuvchanlikda, homiladorlikning I uch oyligida qo'llash mumkin emas.
Sirtga qo'llash uchun Kandizol kremini 2 yoshdan kichik bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Klotrimazol bilan bir vaqtda qo'llanganida boshqa zamburug'larga qarshi preparatlarning samarasi pasayadi.
R–gidroksibenzoy kislotasining propil efiri yuqori kontsentrasiyalarda klotrimazolning mikroblarga qarshi ta'sirini kuchaytiradi.
Deksametazon yuqori dozalarda klotrimazolning zamburug'larga qarshi ta'sirini tormozlaydi.
Ta'rifi
Oq yoki deyarli oq rangli yumshoq krem.
Dozirovkasi
Sirtga qo'llash uchun Klotrimazol terining shikastlangan joylariga yupqa qavat qilib surtiladi va yaxshilab ishqalanadi: sutkada 2-3 marta qo'llanadi. Kaft o'lchamidagi yuza maydoniga hisoblaganda bir martalik dozasi krem uchun – 5 mm uzunlikdagi ustunchani tashkil qiladi.
Davolanishni sub'ektiv simptomlar yo'qolganidan so'ng yana 2 hafta davom ettirish tavsiya qilinadi. Dermatomikozlarda davolanishning umumiy davomiyligi – 3-4 hafta; kepaksimon temiratkida – 1-3 hafta. Agar davolash boshlanganidan keyin 4 hafta davomida ijobiy o'zgarishlar kuzatilmasa, unda preparatni qo'llashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning so'rilishini pastligi tufayli dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlikning I uch oyligida preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida preparatni qo'llashning maqsadga muvofiqligi shifokor maslahatidan so'ng shaxsiy hal qilinishi kerak.
Laktasiya davrida preparatni qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparatni bevosita sut beziga surtish tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.




