Kapesitabin bilan davolash o'smalarga qarshi kimyoterapevtik preparatlar bilan ishlash tajribasiga ega bo'lgan shifokorning nazorati ostida o'tkaziladi. Ko'pgina nojo'ya samaralari orqaga qaytuvchan va preparatni butunlay bekor qilishni talab etmaydi, garchi preparatning dozasiga tuzatish kiritish yoki vaqtinchalik bekor qilish zaruriyati yuzaga kelishi mumkin.
Preparatning dozasini cheklaydigan nojo'ya reaktsiyalar diareya, qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, stomatit, kaft-tovon sindromi hisoblanadi.
Diareya
Kapesitabin diareyani, ba'zida og'ir darajadagi diareyani chaqirishi mumkin. Og'ir diareyasi bo'lgan bemorlarni yaxshilab kuzatish, degidratasiya kuzatilganida suyuqlik va elektrolitlarni o'rnini to'ldirish kerak. Kanada Milliy onkologiya institutining mezonlariga muvofiq (NCIC sts, 2 versiyasi) diareyaning 2 darajasi – axlat kelishini sutkada 4-6 martagacha ko'payishi yoki tungi vaqtda axlatni kelishi, diareyaning 3 darajasi – axlat kelishini sutkada 7-9 martagacha ko'payishi yoki axlatni ushlab turolmaslik va malabsorbtsiya sindromi, diareyaning 4 darajasi – axlat kelishini sutkada 10 marta va undan ko'proq martaga ko'payishi, axlatda qonni paydo bo'lishi yoki parenteral tutib turuvchi davolash zaruriyati sifatida belgilanadi. 2, 3 va 4 darajadagi diareya paydo bo'lganida kapesitabin bilan davolashni diareya yo'qolgunicha yoki uning jadalligi 1 darajagacha kamaygunicha to'xtatish kerak. 3 va 4 darajadagi diareyada kapesitabin bilan davolash kamaytirilgan doza bilan boshlanishi kerak. Diareyaga qarshi standart preparatlar (masalan, loperamid)ni buyurish tavsiya etiladi.
Degidratasiya
Degidratasiyani (anoreksiya, asteniya, ko'ngil aynishi, qusish yoki diareyasi bo'lgan bemorlarda tezda rivojlanishi mumkin) oldini olish yoki rivojlangan zahoti bartaraf qilish kerak.
Degidratasiya, ayniqsa davolashni boshlanishi vaqtida buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda yoki agar pasient kapesitabinni nefrotoksik ta'sirga ega bo'lgan preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilayotgan bo'lsa, o'tkir buyrak etishmovchiligini rivojlanishiga, ayrim holatlarda o'lim bilan yakunlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
2 yoki undan yuqori darajadagi degidratasiya rivojlanganida kapesitabin bilan davolashni zudlik bilan to'xtatish va regidratasiya o'tkazish kerak. Regidratasiya tugamagunicha va degidratasiyaga olib kelgan omillar bartaraf yoki korrektsiya qilinmagunicha davoshlashni qayta boshlash mumkin emas.
Kaft-tovon sindromi
Terini zaharlanish ko'rinishlari bo'lib 1-3 darajadagi kaft-tovon sindromini (sinonimlari: kaft-tovon eritrodizesteziyasi yoki kimyoterapiya oqibatida yuzaga kelgan akral eritema) rivojlanishi hisoblanadi. Rivojlangungacha bo'lgan vaqt 11 kundan 360 kungacha, o'rtacha 79 kunni tashkil etadi.
1 darajadagi kaft-tovon sindromi bemorning kundalik faolligini izdan chiqarmaydi va kaft va/yoki tovonlarni uvishishi, dizesteziyalari va paresteziyalari, sanchishi yoki qizarishi, diskomfort bilan namoyon bo'ladi. 2 darajadagi kaft-tovon sindromi oyoq kafta va/yoki tovonlarni og'riqli qizarishi va shishi bilan namoyon bo'ladi, bunda ushbu simptomlar tomonidan chaqirilgan diskomfort pasientning kundalik faolligini izdan chiqaradi.
3 darajadagi kaft-tovon sindromi kaftlarda va/yoki tovonlarda nam deskvamasiya, yaralarni hosil bo'lishi, pufakchalarni hosil bo'lishi va keskin og'riqlar bilan xarakterlanadi, ular pasientda kuchli diskomfort chaqiradi, bunda kundalik faollikning har qanday turlarini bajarish imkoni bo'lmaydi.
2 yoki 3 darajadagi kaft-tovon sindromi rivojlanganida preparatni qo'llashni simptomlar yo'qolgunicha yoki 1 darajagacha kamaygunicha to'xtatish kerak; 3 darajadagi sindrom rivojlanganida kapesitabinning navbatdagi dozalarini kamaytirish kerak.
Agar kapesitabin tsisplatin bilan bir vaqtda qo'llanilsa, kaft-tovon sindromini rivojlanishini oldini olish yoki simptomatik davolash o'tkazish uchun V6 vitaminini buyurish mumkin emas, chunki piridoksin qo'llanganida tsisplatinning samaradorligi pasayishi mumkin.
Kapesitabin bilan davolanishda kaft-tovon sindromi rivojlanishini oldini olishda dekspantenolning samaradorligi xaqida ma'lumotlar mavjud.
Kardiotoksiklik
Kapesitabin bilan davolanganda kardiotoksiklik doirasi boshqa ftormirimidinlar ishlatilganida kuzatiladigan kardiotoksiklik doirasi bilan o'xshash va miokard infarkti, stenokardiya, aritmiyalar, kardiogen shok, to'satdan kuzatiladigan o'lim va EKG dagi o'zgarishlar, jumladan QT oralig'ini uzayishidan iborat. Aritmiyalar (jumladan qorinchalar fibrillyasiyasi, piruet tipidagi qorinchalar taxikardiyasi, bradiaritmiya), stenokardiya, miokard infarkti, yurak etishmovchiligi va kardiomiopatiya kapesitabin qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan. Ushbu noxush ko'rinishlar yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan pasientlar uchun ko'proq xos. Anamnezida stenokardiya va aritmiyalari bo'lgan pasientlar kapesitabin bilan davolanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Keksa yoshdagi pasientlarda qo'llanishi
Kolorektal rak bilan xastalangan, kapesitabin bilan monoterapiya sifatida davolangan 60-79 yoshdagi pasientlarda me'da-ichak yo'llari tomonidan kuzatiladigan toksik ko'rinishlarni tezligi pasientlarning umumiy populyasiyasidagi uchrash tezligidan farqlanmagan. 80 yosh va undan oshgan pasientlarda diareya, ko'ngil aynishi va stomatit kabi 3 va 4 darajadagi orqaga qaytuvchan me'da-ichak buzilishlari ko'proq rivojlangan. Kapesitabin va boshqa o'smalarga qarshi preparatlar bilan majmuaviy davolangan, ≥ 65 yoshdagi pasientlarda davolash bilan bog'liq 3 va 4 darajadagi noxush ko'rinishlar, jiddiy noxush ko'rinishlar va noxush ko'rinishlar tufayli davolashni erta bekor qilish tezligini 65 yoshdan kichik pasientlardagi rivojlanish tezligiga nisbatan oshishi kuzatilgan. Kapesitabin va dosetaksel bilan majmuaviy davolangan ≥ 60 pasientlarda havfsizligi bo'yicha ma'lumotlar tahlil qilinganida davolash bilan bog'liq 3 va 4 darajadagi noxush ko'rinishlar, jiddiy noxush ko'rinishlar va noxush ko'rinishlar tufayli davolashni erta bekor qilish tezligini 60 yoshdan kichik pasientlardagi rivojlanish tezligiga nisbatan oshishi kuzatilgan.
Gipo - yoki giperkaltsiemiya
Kapesitabin bilan davolanish vaqtida gipo - yoki giperkaltsiemiyani rivojlanish holatlari xaqida xabarlar tushgan. Gipo - yoki giperkaltsiemiya mavjud bo'lgan pasientlarni kapesitabin bilan davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Markaziy va periferik nerv tizimining kasalliklari
Markaziy va periferik nerv tizimining kasalliklari (masalan, bosh miyada metastazlari yoki neyropatiyalar) bo'lgan pasientlarni kapesitabin bilan davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qandli diabet yoki suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishlari
Qandli diabet bilan xastalangan yoki suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishlari bo'lgan pasientlarni kapesitabin bilan davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki kapesitabin bilan davolash suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishlari yoki qandli diabetning kechishini og'irlashtirishi mumkin.
Kumarin hosilalari bilan davolash
Kapesitabinni varfarinning bir martalik dozasi bilan o'zaro ta'sirini o'rganishda varfarinning S-izomerining AUC ko'rsatkichini ahamiyatli oshishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari, ehtimol kapesitabin CYP2C9 izofermentini ingibitsiya qilishini ko'rsatadi. Kapesitabin qabul qilayotgan pasientlarga peroral antikoagulyantlar – kumarin hosilalari buyurilganida antikoagulyantlarning samaradorligi (Xnn va protrombin vaqti) ni nazorat qilish, va zarurat bo'lganida dozaga tuzatish kiritish kerak.
Digidropirimidindegidrogenaza tanqisligi
Kam holatlarda toksiklikning, ftorurasil (Fu) ni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan, kutilmagan og'ir ko'rinishlari (masalan, stomatit, diareya, neytropeniya va neyrotoksiklik) digidropirimidindegidrogenaza (DPD) ning faolligini etishmovchiligi bilan bog'liq bo'lgan. Shunday ekan, Dpdning faolligini pastligi va Funing o'limga olib keluvchi potentsial toksik samaralarini oshishi o'rtasidagi bog'liqlikni istisno qilish mumkin emas. DPD tanqisligi bo'lgan pasientlarda kapesitabinni qo'llash mumkin emas. DPD tanqisligiga tashxis qo'yilmagan pasientlarda dozani o'tkir oshirib yuborilishi sifatida namoyon bo'luvchi hayot uchun havf tug'diruvchi toksik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. 2-4 darajadagi o'tkir toksiklik kuzatilgan pasientlarda toksiklikning ko'rinishlari bartaraf bo'lgunicha davolash zudlik bilan to'xtatilishi kerak. Kapesitabin bilan davolashni bekor qilish masalasini hal qilish uchun toksik samaralarning og'irligi va davomiyligiga klinik baho berish kerak.
Buyrak etishmovchiligi
Shifikorlar buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlarga kapesitabin buyurishganida ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak. Fu qo'llash tajribasi, davolash bilan bog'liq bo'lgan 3 va 4 darajadagi noxush reaktsiyalar ko'pincha o'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligi (kk minutiga 30-50 ml) bo'lgan bemorlarda rivojlanishini ko'rsatadi.
Jigar etishmovchiligi
Engil yoki o'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda sinchkov monitoring (jigarda metastazlar borligi yoki yo'qligidan qat'iy nazar) o'tkazish talab etiladi.
Agar kapesitabin bilan davolash tufayli, normaning yuqori chegarasidan 3 barobardan ko'proq oshgan giperbilirubinemiya, yoki "jigar" aminotransferazalari (Alt, ast) ning faolligini normaning yuqori chegarasidan 2,5 barobardan ko'proq oshishi kuzatilsa, kapesitabinni qo'llashni to'xtatish kerak. Bilirubinning kontsentrasiyasi va "jigar" transaminazalarining faolligi ko'rsatilgan chegalardan past qiymatlarga pasayganida davolashni qayta boshlash mumkin.
Oftalmologik asoratlar
Kapesitabin bilan davolanish vaqtida, ayniqsa anamnezida ko'z kasalliklari bo'lgan pasientlarda, keratit va shox pardani shikastlanishi kabi, oftalmologik asoratlarni aniqlash uchun sinchkov monitoring o'tkazish lozim. Aniqlangan patologiyani davolashni klinik vaziyatga qarab o'tkazish lozim.
Og'ir darajadagi teri reaktsiyalari
Kapesitabin Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) kabi jiddiy teri reaktsiyalari rivojlanishini, shu jumladan o'lim bilan yakunlanishini chaqirishi mumkin. Kapesitabinni qo'llash fonida og'ir darajadagi teri reaktsiyalari rivojlanganida preparatni qabul qilishni to'xtatish va uni qayta boshlamaslik kerak.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri