KLASID SR 0,5 N7

KLASID SR 0,5 N7 o'xshash dorilari



KLASID SR 0,5 N7 qo'llanmasi
So'rilishi
Uzaytirilgan ta'sirga ega tabletka dori shaklidagi klaritromitsin farmakokinetikasi kattalarda 250 va 500 mg dozalarda oddiy ajralib chiquvchi tabletka dori shaklidagi klaritromitsin bilan taqqoslanganda o'rganilgan. Ekvivalent dozalarda tayinlanganda preparat so'rilishi ikkala holatda ham bir xil bo'lgan.
Klaritromitsin jigar P450 3A (CYP3A) sitoxromi tizimida metabolizmga uchraydi.
Mutlaq biologik kira olishligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Preparatning takroriy dozalari qabul qilinganda kumulyatsiya deyarli aniqlanmagan va inson organizmidagi metabolizm xarakteri o'zgarmagan.
Taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishi
In vitro
Klaritromitsin 0,45 dan 4,5 mkg/ml gacha kontsentratsiyada qon plazmasi oqsillari bilan 70% ga bog'lanadi. 45 mkg/ml kontsentratsiyada bog'lanish 41% gacha pasayadi, ehtimol bog'lanish joylarining to'yinganligi natijasida. Bu faqat terapevtikdan bir necha baravar yuqori kontsentratsiyalarda kuzatiladi.
Sog'lomlar
Ovqat paytida kuniga bir marta 500 mg Klatsid SR preparatini qabul qilgan bemorlarda qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiya (Сmах) klaritromitsin va 14-ON-klaritromitsin uchun mos ravishda 1,3 va 0,48 mkg/ml ni tashkil etdi. Yarim chiqarilish davrlari (Т1/2) klaritromitsin va metabolit uchun mos ravishda 5,3 soat va 7,7 soatni tashkil etdi. Klatsid® SR 1000 mg (2x500 mg) bir martalik doza qabul qilinganda klaritromitsin va uning gidroksillangan metabolitining Сmах i mos ravishda 2,4 mkg/ml va 0,67 mkg/ml ga yetdi. 1000 mg dozada qabul qilinganda klaritromitsinning Т1/2 i 5,8 soatni tashkil etdi, 14-ON-klaritromitsin uchun esa xuddi shu ko'rsatkich 8,9 soatni tashkil etdi. Maksimal kontsentratsiya boshlanish vaqti (ТCmах) ham 500 mg, ham 1000 mg qabul qilinganda taxminan 6 soatni tashkil etdi. 14-ON-klaritromitsinning Сmах i klaritromitsin dozasiga proportsional ravishda oshmadi, shu bilan birga ham klaritromitsinning, ham uning gidroksillangan metabolitining yarim chiqarilish davri doza oshishi bilan uzayishga moyil bo'ldi. Klaritromitsinning bunday chiziqli bo'lmagan farmakokinetikasi yuqori dozalarda 14-gidroksillangan va N-demetillangan mahsulotlar hosil bo'lishining kamayishi bilan birgalikda klaritromitsinning chiziqli bo'lmagan metabolizmini ko'rsatadi, bu yuqori dozalarda yanada yaqqol namoyon bo'ladi.
Organizmga tushgan klaritromitsinning taxminan 40% buyraklar orqali chiqariladi. Taxminan 30% ichak orqali chiqariladi.
Bemorlar
Klaritromitsin va uning metaboliti 14-ON-klaritromitsin organizm to'qimalari va suyuqliklariga tez kirib boradi. Peroral qabul qilinganda serebrospinal suyuqlikdagi klaritromitsin kontsentratsiyasi ahamiyatsiz ekanligini ko'rsatuvchi cheklangan ma'lumotlar mavjud (ya'ni, gematoensefalik to'siqning normal o'tkazuvchanligida qon zardobidagi kontsentratsiyaning atigi 1-2%). To'qimalardagi kontsentratsiya odatda qon zardobidagiga qaraganda bir necha baravar yuqori.
Jigar funktsiyasining buzilishi
O'rtacha va og'ir darajadagi jigar funktsiyasi buzilishi bo'lgan, ammo buyrak funktsiyasi saqlanib qolgan bemorlarda klaritromitsin dozasini to'g'rilash talab qilinmaydi. Qon plazmasidagi muvozanatli kontsentratsiya va klaritromitsinning tizimli klirensi ushbu guruh bemorlarida va sog'lom bemorlarda farq qilmaydi. Jigar funktsiyasi buzilgan odamlarda 14-ON-klaritromitsinning muvozanatli kontsentratsiyasi sog'lom odamlarnikiga qaraganda past.
Buyrak funktsiyasining buzilishi
Buyrak funktsiyasi buzilganda qon plazmasidagi klaritromitsinning maksimal (Сmах) va minimal (Сmin) kontsentratsiyalari, yarim chiqarilish davri, klaritromitsin va uning metaboliti 14-ON-klaritromitsinning "kontsentratsiya - vaqt" farmakokinetik egri chizig'i ostidagi maydon (AUC) ortadi. Eliminatsiya konstantasi va buyraklar orqali chiqarilish kamayadi. Ushbu parametrlarning o'zgarish darajasi buyrak funktsiyasi buzilishi darajasiga bog'liq.
Keksa yoshdagi bemorlar
Keksa yoshdagi bemorlarda klaritromitsin va uning metaboliti 14-ON-klaritromitsin kontsentratsiyasi qonda yuqoriroq, chiqarilish esa yoshlar guruhiga qaraganda sekinroq bo'lgan. Biroq, kreatinin buyrak klirensini hisobga olgan holda to'g'rilangandan so'ng, har ikkala guruhda farqlar bo'lmagan. Shunday qilib, klaritromitsinning farmakokinetik parametrlariga yosh emas, balki asosan buyrak funktsiyasi ta'sir qiladi.
Uchrash tezligi bo'yicha nojo'ya reaksiyalar tasnifi (ro'yxatga olingan holatlar soni/bemorlar soni): juda tez-tez (1/10 dan ko'p yoki teng), tez-tez (1/100 dan ko'p yoki teng,
Allergik reaksiyalar
Tez-tez: toshma.
Tez-tez emas: anafilaktoid reaksiya1, o'ta yuqori sezuvchanlik, bullyoz dermatit1, qichishish, eshakemi, makulopapulyoz toshma3.
Uchrash tezligi noma'lum: anafilaktik reaksiya, angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, eozinofiliya va tizimli simptomatika bilan dorili toshma (DRESS-sindrom).
Asab tizimi tomonidan
Tez-tez: bosh og'rig'i, uyqusizlik.
Tez-tez emas: hushdan ketish1, diskineziya1, bosh aylanishi, uyquchanlik, tremor, bezovtalik, yuqori qo'zg'aluvchanlik3.
Uchrash tezligi noma'lum: tirishishlar, psixotik buzilishlar, ongning chalkashishi, depersonalizatsiya, depressiya, dezorientatsiya, gallyutsinatsiyalar, tush ko'rishning buzilishi ("dahshatli" tushlar), paresteziya, maniya.
Teri qoplamalari tomonidan
Tez-tez: kuchli terlash.
Uchrash tezligi noma'lum: akne, gemorragiyalar.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan
Uchrash tezligi noma'lum: buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan
Tez-tez emas: anoreksiya, ishtahaning pasayishi.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan
Tez-tez emas: mushak spazmi3, suyak-mushak qotishi1, mialgiya2.
Uchrash tezligi noma'lum: rabdomioliz2 *, miopatiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan
Tez-tez: diareya, qusish, dispepsiya, ko'ngil aynishi, qorin sohasida og'riq.
Tez-tez emas: ezofagit1, gastroezofageal reflyuks kasalligi2, gastrit, proktalgiya2, stomatit, glossit, qorin dam bo'lishi4, qabziyat, og'iz qurishi, kekirish, meteorizm, xolestaz4, gepatit shu jumladan xolestatik yoki gepatotsellyulyar4.
Uchrash tezligi noma'lum: o'tkir pankreatit, til va tishlar rangining o'zgarishi, jigar yetishmovchiligi, xolestatik sariqlik.
Nafas olish tizimi tomonidan
Tez-tez emas: astma1, burun qonashlari2 , o'pka arteriyasi tromboemboliyasi1.
Sezgi a'zolari tomonidan
Tez-tez: disgevziya, ta'mning buzilishi.
Tez-tez emas: vertigo, eshitishning buzilishi, quloqlarda jaranglash.
Uchrash tezligi noma'lum: karlik, agevziya (ta'm sezgilarining yo'qolishi), parosmiya, anosmiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan
Tez-tez: vazodilatatsiya1.
Tez-tez emas: yurak to'xtashi1, bo'lmachalar fibrillatsiyasi1, elektrokardiogrammada QT oralig'ining uzayishi, ekstrasistoliya1, bo'lmachalar titrashi.
Uchrash tezligi noma'lum: qorinchalar taxikardiyasi, shu jumladan “piruet” tipidagi.
Laboratoriya ko'rsatkichlari
Tez-tez: jigar sinamasida og'ish.
Tez-tez emas: kreatinin kontsentratsiyasining oshishi1, mochevina kontsentratsiyasining oshishi1, albumin - globulin nisbatining o'zgarishi1, leykopeniya, neytropeniya4, eozinofiliya4, trombotsitemiya3, faollikning oshishi: alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST), gammaglutamiltransferaza (GGT)4, ishqoriy fosfataza4, laktatdegidrogenaza (LDG)4.
Uchrash tezligi noma'lum: agranulotsitoz, trombotsitopeniya, xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) qiymatining oshishi, protrombin vaqtining uzayishi, siydik rangining o'zgarishi, qonda bilirubin kontsentratsiyasining oshishi.
Umumiy buzilishlar
Juda tez-tez: in'ektsiya joyida flebit1.
Tez-tez: in'ektsiya joyida og'riq1, in'ektsiya joyida yallig'lanish1.
Tez-tez emas: holsizlik4, gipertermiya3, asteniya, ko'krak qafasida og'riq4, qaltirash4, toliqish4.
Infeksion va parazitar kasalliklar
Tez-tez emas: sellyulit1, kandidoz, gastroenterit2, ikkilamchi infektsiyalar (shu jumladan vaginal)3.
Uchrash tezligi noma'lum: soxtamembranoz kolit, saramas.
Immuniteti pasaygan bemorlar
OITS va boshqa immunitet tanqisligi bo'lgan bemorlarda mikobakterial infektsiyalarni davolash uchun uzoq vaqt davomida yuqori dozalarda klaritromitsin olayotganda, preparatning nojo'ya ta'sirlarini OIV-infektsiyasi yoki hamroh kasallik belgilaridan ajratish qiyin bo'ladi.
Sutkalik 1000 mg klaritromitsin dozasini qabul qilgan bemorlarda eng ko'p uchraydigan noxush hodisalar: ko'ngil aynishi, qusish, ta'mning buzilishi, qorin sohasida og'riq, diareya, toshma, meteorizm, bosh og'rig'i, qabziyat, eshitishning buzilishi, qonda AST va ALT faolligining oshishi. Shuningdek, hansirash, uyqusizlik va og'iz qurishi kabi kam uchrash tezligiga ega noxush hodisalar holatlari qayd etilgan.
Immuniteti pasaygan bemorlarda laboratoriya ko'rsatkichlarini baholash, ularning normadan sezilarli og'ishlarini (keskin oshishi yoki pasayishi) tahlil qilish orqali o'tkazildi. Ushbu mezon asosida har kuni 1000 mg dozada klaritromitsin olgan 2-3% bemorlarda qonda AST va ALT faolligining sezilarli oshishi, shuningdek leykotsitlar va trombotsitlar sonining kamayishi qayd etilgan. Oz sonli bemorlarda mochevina qoldiq azotining kontsentratsiyasi oshishi ham qayd etilgan.
* Rabdomioliz haqidagi ba'zi xabarlarda klaritromitsin qabul qilinishi ma'lum bo'lganidek rabdomioliz rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan boshqa dori vositalari (statinlar, fibratlar, kolxitsin yoki allopurinol) bilan birgalikda qabul qilingan.
1 Ushbu nojo'ya reaksiyalar haqidagi xabarlar faqat Klatsid®, infuziyalar uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat preparati qo'llanilganda olingan.
2 Ushbu nojo'ya reaksiyalar haqidagi xabarlar faqat Klatsid®, plyonka qobiq bilan qoplangan ta'siri uzaytirilgan tabletkalar preparati qo'llanilganda olingan.
3 Ushbu nojo'ya reaksiyalar haqidagi xabarlar faqat Klatsid®, ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun preparati qo'llanilganda olingan.
4 Ushbu nojo'ya reaksiyalar haqidagi xabarlar faqat Klatsid®, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati qo'llanilganda olingan.
Antibiotiklarni uzoq vaqt qabul qilish sezgir bo'lmagan bakteriyalar va zamburug'lar soni ko'paygan koloniyalar hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin. Superinfektsiyada tegishli terapiyani tayinlash kerak.
Klaritromitsin qo'llanilganda jigar disfunksiyasi (qonda jigar fermentlari faolligining oshishi, sariqlik bilan yoki sariqliksiz gepatotsellyulyar va/yoki xolestatik gepatit) haqida xabar berilgan. Jigar disfunksiyasi og'ir bo'lishi mumkin, ammo odatda qaytuvchan hisoblanadi. O'lim bilan yakunlangan jigar yetishmovchiligi holatlari mavjud, asosan jiddiy yo'ldosh kasalliklar va/yoki boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo'llash bilan bog'liq. Anoreksiya, sariqlik, siydikning to'q rangga kirishi, qichishish, paypaslaganda qorinda og'riq kabi gepatit belgilari va simptomlari paydo bo'lganda klaritromitsin bilan terapiyani darhol to'xtatish kerak.
Surunkali jigar kasalliklari mavjud bo'lganda qon zardobi fermentlarini muntazam nazorat qilish zarur.
Deyarli barcha antibakterial vositalar, shu jumladan klaritromitsin bilan davolashda og'irligi yengildan hayot uchun xavfli darajagacha o'zgarishi mumkin bo'lgan soxtamembranoz kolit holatlari ta'riflangan. Antibakterial preparatlar ichakning normal mikroflorasini o'zgartirishi mumkin, bu C.difficile o'sishiga olib kelishi mumkin. Antibakterial vositalar qo'llanilgandan so'ng diareya kuzatilayotgan barcha bemorlarda Clostridium difficile chaqirgan soxtamembranoz kolitga shubha qilish kerak. Antibiotikoterapiya kursi o'tkazilgandan so'ng bemorni sinchkov tibbiy kuzatish zarur. Antibiotiklar qabul qilingandan 2 oy o'tib soxtamembranoz kolit rivojlanishi holatlari ta'riflangan.
Klaritromitsinni yurak ishemik kasalligi (YuIK), og'ir yurak yetishmovchiligi, gipomagniemiya, yaqqol bradikardiya (50 zarba/daq dan kam) bo'lgan bemorlarda, shuningdek IA sinf (xinidin, prokainamid) va III sinf (dofetilid, amiodaron, sotalol) aritmiyaga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Ushbu holatlarda va klaritromitsin ushbu preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda QT intervalining uzayishi yuzasidan elektrokardiogrammani muntazam nazorat qilish kerak.
Klaritromitsin va makrolidlar guruhining boshqa antibiotiklariga, shuningdek linkomitsin va klindamitsinga kesishuvchi rezistentlik rivojlanishi mumkin.
Streptococcus pneumoniae ning makrolidlarga o'sib borayotgan rezistentligini hisobga olib, shifoxonadan tashqari pnevmoniyasi bo'lgan bemorlarga klaritromitsin tayinlashda sezuvchanlik testini o'tkazish muhim. Gospital pnevmoniyada klaritromitsinni tegishli antibiotiklar bilan kombinatsiyada qo'llash kerak.
Yengil va o'rtacha og'irlikdagi teri va yumshoq to'qimalar infektsiyalari ko'pincha Staphylococcus aureus va Streptococcus pyogenes tomonidan chaqiriladi. Bunda har ikkala qo'zg'atuvchi makrolidlarga chidamli bo'lishi mumkin. Shuning uchun sezuvchanlikka test o'tkazish muhim.
Makrolidlarni Corynebacterium minutissimum chaqirgan infektsiyalarda, acne vulgaris va saramas kasalliklarida, shuningdek penitsillinni qo'llash mumkin bo'lmagan vaziyatlarda qo'llash mumkin.
Anafilaktik reaksiya, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz va eozinofiliya va tizimli simptomatikali dori toshmasi (DRESS-sindrom) kabi o'tkir yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo'lgan taqdirda klaritromitsin qabul qilishni darhol to'xtatish va tegishli terapiyani boshlash kerak. Varfarin yoki boshqa bevosita antikoagulyantlar bilan birga qo'llanilganda XMN va protrombin vaqtini nazorat qilish zarur ("Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
Transport vositalari va mex. boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Klaritromitsinning avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Ushbu preparat qo'llanilganda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan bosh aylanishi, vertigo, ong chalkashishi va dezorientatsiya potentsial imkoniyatini hisobga olgan holda, transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
- Klaritromitsinga, preparatning boshqa komponentlariga va boshqa makrolidlarga yuqori sezuvchanlik;
- og'ir buyrak yetishmovchiligi - kreatinin klirensi (KK) 30 ml/daq dan kam;
- klaritromitsinni quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish: astemizol, tsisaprid, pimozid, terfenadin ("Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang);
- klaritromitsinni shoxkuya alkaloidlari, masalan, ergotamin, digidroergotamin bilan bir vaqtda qabul qilish ("Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang);
- klaritromitsinni peroral qo'llash uchun midazolam bilan bir vaqtda qabul qilish ("Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang);
- klaritromitsinni CYP3A4 izofermenti tomonidan sezilarli darajada metabolizmga uchraydigan GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar) (lovastatin, simvastatin) bilan bir vaqtda qabul qilish, miopatiya, shu jumladan rabdomioliz xavfi oshishi sababli ("Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang);
- klaritromitsinni kolxitsin bilan bir vaqtda qabul qilish;
- klaritromitsinni tikagrelor yoki ranolazin bilan bir vaqtda qabul qilish;
- anamnezda QT oralig'ining uzayishi, qorinchalar aritmiyasi yoki "piruet" turidagi qorinchalar taxikardiyasi;
- gipokaliemiya (QT oralig'i uzayishi xavfi);
- buyrak yetishmovchiligi bilan bir vaqtda kechuvchi og'ir jigar yetishmovchiligi;
- anamnezda klaritromitsin qo'llanilganda rivojlangan xolestatik sariqlik/gepatit ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang);
- galaktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi;
- porfiriya;
- emizish davri.
- 12 yoshgacha bo'lganlar (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan:
- O'rtacha va og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi;
- o'rtacha va og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligi;
- klaritromitsinni alprazolam, triazolam, vena ichiga yuborish uchun midazolam kabi benzodiazepinlar bilan bir vaqtda qabul qilish ("Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri"ga qarang);
- klaritromitsinni boshqa ototoksik preparatlar, ayniqsa aminoglikozidlar bilan bir vaqtda qabul qilish ("Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang);
- CYP3A izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar, masalan, karbamazepin, tsilostazol, tsiklosporin, dizopiramid, metilprednizolon, omeprazol, bilvosita antikoagulyantlar (masalan, varfarin), xinidin, rifabutin, sildenafil, takrolimus, vinblastin bilan bir vaqtda qabul qilish ("Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang);
- CYP3A4 izofermentini induktsiya qiluvchi preparatlar, masalan, rifampitsin, fenitoin, karbamazepin, fenobarbital, teshik dalachoy bilan bir vaqtda qabul qilish ("Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang);
- klaritromitsinni CYP3A izofermenti metabolizmiga bog'liq bo'lmagan statinlar (masalan, fluvastatin) bilan bir vaqtda qabul qilish ("Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang);
- CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari (masalan, verapamil, amlodipin, diltiazem) bilan bir vaqtda qabul qilish;
- yurak ishemik kasalligi (YIK), og'ir yurak yetishmovchiligi, gipomagniemiya, yaqqol bradikardiya (50 urish/daq dan kam) bo'lgan bemorlar, shuningdek IA sinf (xinidin, prokainamid) va III sinf (dofetilid, amiodaron, sotalol) antiaritmik preparatlarini bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlar;
- homiladorlik.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homiladorlik vaqtida va emizish davrida klaritromitsinni qo'llash xavfsizligi aniqlanmagan.
Homiladorlikda (ayniqsa I trimestrda) klaritromitsinni qo'llash faqat muqobil terapiya bo'lmaganda va ona uchun potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan holdagina mumkin.
Klaritromitsin ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Laktatsiya davrida qabul qilish zarur bo'lganda, emizishni to'xtatish kerak.
Quyidagi preparatlarni klaritromitsin bilan birga qo'llash jiddiy nojo'ya samaralar rivojlanishi mumkinligi sababli mumkin emas
Sizaprid, pimozid, terfenadin va astemizol
Klaritromitsinni sizaprid, pimozid, terfenadin yoki astemizol bilan birga qabul qilinganda qon plazmasida oxirgilari konsentratsiyasining oshishi haqida xabar berilgan, bu QT oralig'ining uzayishiga va yurak aritmiyalari, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi, qorinchalar fibrillyatsiyasi va "piruet" turidagi qorinchalar taxikardiyasi paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang).
Sporinya alkaloidlari
Postmarketing tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, klaritromitsinni ergotamin yoki digidroergotamin bilan birga qo'llaganda ergotaminlar guruhi preparatlari bilan o'tkir zaharlanish bilan bog'liq quyidagi samaralar bo'lishi mumkin: qon tomir spazmi, oyoq-qo'llar va boshqa to'qimalar, shu jumladan markaziy asab tizimi ishemiyasi. Klaritromitsinni sporinya alkaloidlari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas (“Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar” bo'limiga qarang).
GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar)
Klaritromitsinni lovastatin yoki simvastatin bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang), chunki ushbu statinlar sezilarli darajada CYP3A4 izofermenti orqali metabolizmga uchraydi va klaritromitsin bilan birga qo'llash ularning zardobdagi konsentratsiyasini oshiradi, bu esa miopatiya, shu jumladan rabdomioliz rivojlanish xavfini oshirishga olib keladi. Klaritromitsinni ushbu preparatlar bilan birga qabul qilgan bemorlarda rabdomioliz holatlari haqida xabar berilgan. Klaritromitsinni qo'llash zarurati bo'lganda terapiya vaqtida lovastatin yoki simvastatin qabul qilishni to'xtatish kerak.
Klaritromitsinni boshqa statinlar bilan kombinatsiyalangan terapiyada ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. CYP3A izofermenti metabolizmiga bog'liq bo'lmagan statinlarni qo'llash tavsiya etiladi (masalan, fluvastatin). Birga qabul qilish zarurati bo'lganda statinning eng kichik dozasini qabul qilish tavsiya etiladi. Miopatiya belgilari va simptomlari rivojlanishini nazorat qilish kerak.
Boshqa dori preparatlarining klaritromitsinga ta'siri
CYP3A izofermenti induktorlari bo'lgan preparatlar (masalan, rifampitsin, fenitoin, karbamazepin, fenobarbital, teshik dalachoy) klaritromitsin metabolizmini induktsiya qilishi mumkin. Bu klaritromitsinning subterapevtik konsentratsiyasiga olib kelishi mumkin, bu esa uning samaradorligi pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, qon plazmasida CYP3A izofermenti induktori konsentratsiyasini kuzatish kerak, u klaritromitsin tomonidan CYP3A izofermenti ingibitsiya qilinishi tufayli oshishi mumkin. Rifabutin va klaritromitsin birga qo'llanilganda rifabutin plazma konsentratsiyasining oshishi va klaritromitsin zardob konsentratsiyasining pasayishi uveit rivojlanishi xavfi oshishi bilan kuzatilgan.
Quyidagi preparatlar klaritromitsinning qon plazmasidagi konsentratsiyasiga isbotlangan yoki taxmin qilingan ta'sirga ega; ular klaritromitsin bilan birga qo'llanilganda dozani to'g'irlash yoki muqobil davolashga o'tish talab etilishi mumkin
Efavirenz, nevirapin, rifampitsin, rifabutin va rifapentin
Sitoxrom P450 tizimining kuchli induktorlari, masalan efavirenz, nevirapin, rifampitsin, rifabutin va rifapentin klaritromitsin metabolizmini tezlashtirishi va shu tariqa plazmada klaritromitsin konsentratsiyasini pasaytirishi va terapevtik samarani susaytirishi, shu bilan birga mikrobiologik jihatdan faol bo'lgan 14-OH-klaritromitsin metaboliti konsentratsiyasini oshirishi mumkin. Klaritromitsin va 14-OH-klaritromitsinning mikrobiologik faolligi turli bakteriyalarga nisbatan farq qilganligi sababli, klaritromitsin va ferment induktorlari birga qo'llanilganda terapevtik samara pasayishi mumkin.
Etravirin
Etravirindan foydalanganda klaritromitsin konsentratsiyasi pasayadi, ammo faol metabolit 14-OH-klaritromitsin konsentratsiyasi oshadi. 14-OH-klaritromitsin Mycobacterium avium complex (MAC) infektsiyalariga nisbatan past faollikka ega bo'lganligi sababli, ushbu qo'zg'atuvchilarga nisbatan umumiy faollik o'zgarishi mumkin, shuning uchun MAC ni davolash uchun muqobil davolashni ko'rib chiqish kerak.
Flukonazol
21 nafar sog'lom ko'ngillida har kuni 200 mg dozada flukonazol va kuniga ikki marta 500 mg dozada klaritromitsinni birga qabul qilish klaritromitsinning o'rtacha minimal muvozanatli konsentratsiyasi (Cmin) va AUC mos ravishda 33% va 18% ga oshishiga olib keldi. Bunda birga qabul qilish faol metabolit 14-OH-klaritromitsinning o'rtacha muvozanatli konsentratsiyasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmadi. Flukonazol yo'ldosh qabul qilingan hollarda klaritromitsin dozasini to'g'irlash talab etilmaydi.
Ritonavir
Farmakokinetik tadqiqot shuni ko'rsatdiki, ritonavirni har sakkiz soatda 200 mg dozada va klaritromitsinni har 12 soatda 500 mg dozada birga qabul qilish klaritromitsin metabolizmining sezilarli darajada bostirilishiga olib keldi. Ritonavir birga qabul qilinganda klaritromitsinning Cmax 31% ga, Cmin 182% ga va AUC 77% ga oshdi. 14-OH-klaritromitsin hosil bo'lishining to'liq bostirilishi qayd etildi. Klaritromitsinning keng terapevtik diapazoni tufayli buyrak funktsiyasi normal bo'lgan bemorlarda uning dozasini kamaytirish talab etilmaydi. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozani to'g'irlashning quyidagi variantlarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq: KK 30-60 ml/daq bo'lganda klaritromitsin dozasi 50% ga kamaytirilishi kerak; KK 30 ml/daq dan kam bo'lganda klaritromitsin dozasi 75% ga kamaytirilishi kerak. Ritonavirni klaritromitsin bilan 1 g/kun dan oshadigan dozalarda birga qabul qilmaslik kerak.
Klaritromitsinning boshqa dori preparatlariga ta'siri
Antiaritmik vositalar (xinidin va dizopiramid)
Klaritromitsin va xinidin yoki dizopiramid birga qo'llanilganda "piruet" turidagi qorinchalar taxikardiyasi yuzaga kelishi mumkin. Klaritromitsinni ushbu preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilishda elektrokardiogrammani QT oralig'i uzayishiga muntazam ravishda nazorat qilish kerak, shuningdek ushbu preparatlarning zardobdagi konsentratsiyasini nazorat qilish kerak.
Postmarketing qo'llashda klaritromitsin va dizopiramid birga qabul qilinganda gipoglikemiya rivojlanishi holatlari haqida xabar berilgan. Klaritromitsin va dizopiramid bir vaqtda qo'llanilganda qonda glyukoza konsentratsiyasini nazorat qilish zarur.
Peroral gipoglikemik vositalar/insulin
Klaritromitsin va peroral gipoglikemik vositalar (masalan, sulfonilmochevina hosilalari) va/yoki insulin birga qo'llanilganda yaqqol gipoglikemiya kuzatilishi mumkin. Klaritromitsinni ba'zi gipoglikemik preparatlar (masalan, nateglinid, pioglitazon, repaglinid va rosiglitazon) bilan bir vaqtda qo'llash klaritromitsin tomonidan CYP3A izofermenti ingibitsiya qilinishiga olib kelishi mumkin, buning natijasida gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Glyukoza konsentratsiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.
CYP3A izofermenti bilan bog'liq o'zaro ta'sirlar
Ma'lumki CYP3A izofermentini ingibitsiya qiluvchi klaritromitsinni va birlamchi CYP3A izofermenti orqali metabolizmga uchraydigan preparatlarni birga qabul qilish ularning konsentratsiyasi o'zaro oshishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, bu ham terapevtik, ham nojo'ya samaralarni kuchaytirishi yoki uzaytirishi mumkin. Klaritromitsinni CYP3A izofermenti substratlari bo'lgan preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarga, ayniqsa agar ushbu preparatlar tor terapevtik diapazonga ega bo'lsa (masalan, karbamazepin) va/yoki ushbu ferment tomonidan intensiv metabolizmga uchrasa, ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Zarurat bo'lganda klaritromitsin bilan birga qabul qilinayotgan preparat dozasini to'g'irlash o'tkazilishi kerak. Shuningdek, imkon qadar, birlamchi CYP3A izofermenti orqali metabolizmga uchraydigan preparatlarning zardobdagi konsentratsiyasi monitoringi o'tkazilishi kerak.
Quyidagi preparatlar/sinflar metabolizmi klaritromitsin metabolizmi kabi o'sha CYP3A izofermenti orqali amalga oshiriladi, masalan, alprazolam, karbamazepin, silostazol, siklosporin, dizopiramid, metilprednizolon, midazolam, omeprazol, bilvosita antikoagulyantlar (masalan, varfarin), xinidin, rifabutin, sildenafil, takrolimus, triazolam va vinblastin. Shuningdek CYP3A izofermenti agonistlariga klaritromitsin bilan birga qo'llash mumkin bo'lmagan quyidagi preparatlar kiradi: astemizol, sizaprid, pimozid, terfenadin, lovastatin, simvastatin va sporinya alkaloidlari ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang). Sitoxrom P450 tizimi doirasidagi boshqa izofermentlar orqali shunga o'xshash tarzda o'zaro ta'sir qiluvchi preparatlarga fenitoin, teofillin va valproat kislotasi kiradi.
Bilvosita antikoagulyantlar
Varfarin va klaritromitsin birga qabul qilinganda qon ketishi, Xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) va protrombin vaqtining yaqqol oshishi mumkin. Varfarin yoki boshqa bilvosita antikoagulyantlar bilan birga qo'llanilganda XNN va protrombin vaqtini nazorat qilish zarur.
Omeprazol
Klaritromitsin (har 8 soatda 500 mg dan) sog'lom katta yoshli ko'ngillilarda omeprazol (har kuni 40 mg dan) bilan kombinatsiyada o'rganilgan. Klaritromitsin va omeprazol birga qo'llanilganda omeprazolning muvozanatli plazma konsentratsiyalari oshgan (Cmax, AUC0-24 va T1/2 mos ravishda 30%, 89% va 34% ga oshgan). Oshqozonning o'rtacha pH qiymati 24 soat davomida omeprazol alohida qabul qilinganda 5,2 ni va omeprazol klaritromitsin bilan birga qabul qilinganda 5,7 ni tashkil etdi.
Sildenafil, tadalafil va vardenafil
Ushbu fosfodiesteraza ingibitorlarining har biri kamida qisman CYP3A izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. Shu bilan birga CYP3A izofermenti klaritromitsin ishtirokida ingibitsiya qilinishi mumkin. Klaritromitsinni sildenafil, tadalafil yoki vardenafil bilan birga qo'llash fosfodiesterazaga ingibitsiya qiluvchi ta'sirning oshishiga olib kelishi mumkin. Ushbu preparatlarni klaritromitsin bilan birga qo'llashda sildenafil, tadalafil va vardenafil dozasini kamaytirish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak.
Teofillin, karbamazepin
Klaritromitsin va teofillin yoki karbamazepin birga qo'llanilganda ushbu preparatlar konsentratsiyasining tizimli qon oqimida oshishi mumkin.
Tolterodin
Tolterodinning birlamchi metabolizmi sitoxrom P450 ning 2D6 izoformasi (CYP2D6) orqali amalga oshiriladi. Biroq CYP2D6 izofermentidan mahrum bo'lgan populyatsiya qismida metabolizm CYP3A izofermenti orqali sodir bo'ladi. Aholining ushbu guruhida CYP3A izofermenti bostirilishi zardobda tolterodinning ancha yuqori konsentratsiyalariga olib keladi. CYP2D6 izofermenti orqali metabolizm darajasi past bo'lgan populyatsiyada klaritromitsin kabi CYP3A izofermenti ingibitorlari mavjud bo'lganda tolterodin dozasini kamaytirish talab etilishi mumkin.
Benzodiazepinlar (masalan, alprazolam, midazolam, triazolam)
Midazolam va klaritromitsin tabletkalarini (kuniga ikki marta 500 mg) birga qo'llaganda midazolam AUC oshishi qayd etilgan: midazolam tomir ichiga yuborilgandan keyin 2,7 baravar va peroral qabul qilingandan keyin 7 baravar. Klaritromitsinni peroral qo'llash uchun midazolam bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Agar klaritromitsin bilan birga midazolamning tomir ichiga yuboriladigan shakli qo'llanilsa, dozani ehtimoliy to'g'irlash uchun bemorning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Xuddi shunday ehtiyot choralari CYP3A izofermenti orqali metabolizmga uchraydigan boshqa benzodiazepinlarga, shu jumladan triazolam va alprazolamga nisbatan ham qo'llanilishi kerak. Chiqarilishi CYP3A izofermentiga bog'liq bo'lmagan benzodiazepinlar uchun (temazepam, nitrazepam, lorazepam) klaritromitsin bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'sir ehtimoli kam.
Klaritromitsin va triazolam birga qo'llanilganda markaziy asab tizimiga (MAT) ta'siri, masalan, uyquchanlik va ong chalkashishi mumkin. Shu munosabat bilan, birga qo'llanilgan hollarda, MAT buzilishi simptomlarini kuzatish tavsiya etiladi.
Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'sirlar
Aminoglikozidlar
Klaritromitsinni boshqa ototoksik preparatlar, ayniqsa aminoglikozidlar bilan bir vaqtda qabul qilishda ehtiyot bo'lish va vestibulyar va eshitish apparati faoliyatini ham terapiya vaqtida, ham u tugaganidan keyin nazorat qilish kerak.
Kolxitsin
Kolxitsin ham CYP3A izofermenti, ham P-glikoprotein (Pgp) tashuvchi oqsilining substrati hisoblanadi. Ma'lumki, klaritromitsin va boshqa makrolidlar CYP3A va Pgp izofermenti ingibitorlari hisoblanadi. Klaritromitsin va kolxitsin birga qabul qilinganda Pgp va/yoki CYP3A izofermenti ingibitsiya qilinishi kolxitsin ta'siri kuchayishiga olib kelishi mumkin. Kolxitsin bilan zaharlanishning klinik simptomlari rivojlanishini nazorat qilish kerak. Kolxitsin klaritromitsin bilan bir vaqtda qabul qilinganda, ko'proq keksa yoshdagi bemorlarda zaharlanish holatlari haqida postmarketing xabarlar qayd etilgan.
Ta'riflangan holatlarning ba'zilari buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekadigan bemorlar bilan sodir bo'lgan. Xabar qilinishicha, ba'zi holatlar o'lim bilan yakunlangan.
Klaritromitsin va kolxitsinni bir vaqtda qo'llash mumkin emas (“Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar” bo'limiga qarang).
Digoksin
Digoksin Pgp substrati deb taxmin qilinadi. Ma'lumki, klaritromitsin Pgp ni ingibitsiya qiladi. Klaritromitsin va digoksin birga qabul qilinganda klaritromitsin tomonidan Pgp ingibitsiya qilinishi digoksin ta'siri kuchayishiga olib kelishi mumkin. Digoksin va klaritromitsinni birga qabul qilish shuningdek digoksinning zardob konsentratsiyasi oshishiga olib kelishi mumkin. Ba'zi bemorlarda digoksin bilan zaharlanishning klinik simptomlari, shu jumladan potentsial o'limga olib keluvchi aritmiyalar qayd etilgan. Klaritromitsin va digoksin birga qabul qilinganda zardobda digoksin konsentratsiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Zidovudin
Klaritromitsin tabletkalarini va zidovudinni OIV-infektsiyalangan katta yoshli bemorlar tomonidan bir vaqtda peroral qabul qilish zidovudinning muvozanatli konsentratsiyasi pasayishiga olib kelishi mumkin.
Klaritromitsin peroral qabul qilinganda zidovudin so'rilishiga ta'sir qilganligi sababli, klaritromitsin va zidovudinni 4 soat oraliq bilan qabul qilib, o'zaro ta'sirning oldini olish mumkin.
Shunga o'xshash o'zaro ta'sir klaritromitsin bolalar suspenziyasini zidovudin yoki dideoksiinozin bilan qabul qilgan OIV-infektsiyalangan bolalarda kuzatilmagan. Klaritromitsin katta yoshli bemorlarda bir vaqtda ichga qabul qilinganda zidovudin so'rilishiga to'sqinlik qilishi mumkinligi sababli, klaritromitsin tomir ichiga ishlatilganda bunday o'zaro ta'sir bo'lishi ehtimoldan yiroq.
Fenitoin va valproat kislotasi
CYP3A izofermenti ingibitorlarining (shu jumladan klaritromitsinning) CYP3A izofermenti yordamida metabolizmga uchramaydigan preparatlar (fenitoin va valproat kislotasi) bilan o'zaro ta'siri haqida ma'lumotlar mavjud. Ushbu preparatlar uchun klaritromitsin bilan birga qo'llanilganda ularning zardob konsentratsiyalarini aniqlash tavsiya etiladi, chunki ularning oshishi haqida xabarlar mavjud.
Dori vositalarining ikki yo'nalishli o'zaro ta'siri
Atazanavir
Klaritromitsin va atazanavir ham substratlar, ham CYP3A izofermenti ingibitorlari hisoblanadi. Ushbu preparatlarning ikki yo'nalishli o'zaro ta'sirining dalili mavjud.
Klaritromitsin (kuniga ikki marta 500 mg) va atazanavirni (kuniga bir marta 400 mg) birga qo'llash klaritromitsin ta'sirining ikki baravar oshishiga va 14-OH-klaritromitsin ta'sirining 70% ga kamayishiga, atazanavir AUC 28% ga oshishi bilan olib kelishi mumkin. Klaritromitsinning keng terapevtik diapazoni tufayli buyrak funktsiyasi normal bo'lgan bemorlarda uning dozasini kamaytirish talab etilmaydi. O'rtacha buyrak yetishmovchiligi (KK 30-60 ml/daq) bo'lgan bemorlarda klaritromitsin dozasi 50% ga kamaytirilishi kerak. KK 30 ml/daq dan kam bo'lgan bemorlarda klaritromitsinning tegishli dori shaklidan foydalangan holda klaritromitsin dozasini 75% ga pasaytirish kerak. Sutkada 1000 mg dan oshadigan dozalarda klaritromitsinni proteaza ingibitorlari bilan birga qo'llash mumkin emas.
"Sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari
Klaritromitsin va CYP3A4 izofermenti orqali metabolizmga uchraydigan "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari (masalan, verapamil, amlodipin, diltiazem) bir vaqtda qo'llanilganda ehtiyot bo'lish kerak, chunki arterial gipotenziya yuzaga kelishi xavfi mavjud. Klaritromitsin, xuddi "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari kabi, plazma konsentratsiyalari bir vaqtda qo'llanilganda oshishi mumkin. Arterial gipotenziya, bradiaritmiya va laktatsidoz klaritromitsin va verapamil birga qabul qilinganda bo'lishi mumkin.
Itrakonazol
Klaritromitsin va itrakonazol CYP3A izofermenti substratlari va ingibitorlari hisoblanadi, bu preparatlarning ikki yo'nalishli o'zaro ta'sirini belgilaydi. Klaritromitsin plazmada itrakonazol konsentratsiyasini oshirishi mumkin, itrakonazol esa klaritromitsin plazma konsentratsiyasini oshirishi mumkin. Itrakonazol va klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarni ushbu preparatlar farmakologik samaralarining kuchayishi yoki davomiyligi oshishi simptomlari mavjudligiga sinchkovlik bilan tekshirish kerak.
Sakvinavir
Klaritromitsin va sakvinavir CYP3A izofermenti substratlari va ingibitorlari hisoblanadi, bu preparatlarning ikki yo'nalishli o'zaro ta'sirini belgilaydi. Klaritromitsin (kuniga ikki marta 500 mg) va sakvinavirni (yumshoq jelatin kapsulalarda, kuniga uch marta 1200 mg) bir vaqtda qo'llash 12 nafar sog'lom ko'ngillida sakvinavir alohida qabul qilingandagiga nisbatan sakvinavir AUC va Cmax ni mos ravishda 177% va 187% ga oshishini chaqirdi. Klaritromitsin AUC va Cmax qiymatlari klaritromitsin bilan monoterapiyaga qaraganda taxminan 40% ga yuqori bo'lgan. Ushbu ikki preparat cheklangan vaqt davomida yuqorida ko'rsatilgan dozalarda/tarkiblarda birga qo'llanilganda dozani to'g'irlash talab etilmaydi. Yumshoq jelatin kapsulalarda sakvinavir yordamida dori vositalarining o'zaro ta'siri tadqiqoti natijalari qattiq jelatin kapsulalarda sakvinavir qo'llanilganda kuzatiladigan samaralarga mos kelmasligi mumkin. Sakvinavir bilan monoterapiyada dori vositalarining o'zaro ta'siri tadqiqoti natijalari sakvinarin/ritonavir bilan terapiyada kuzatiladigan samaralarga mos kelmasligi mumkin. Sakvinavir ritonavir bilan birga qabul qilinganda ritonavirning klaritromitsinga potentsial ta'sirini hisobga olish kerak.
Klatsid® SR tabletkalarini sindirish va chaynamaslik kerak, ularni butunligicha yutish kerak.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga: ovqat vaqtida kuniga 1 marta 1 tabletkadan (500 mg).
Og'ir infektsiyalarda dozani ovqat vaqtida kuniga 1 marta 2 tabletkagacha (1000 mg) oshiradilar. Odatdagi davolash davomiyligi 5 dan 14 kungacha.
Kasalxonadan tashqari pnevmoniya va sinusit bundan mustasno, ular 6 dan 14 kungacha davolashni talab qiladi.
Buyrak funktsiyasi buzilishlari
Og'ir buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/daq dan kam) bo'lgan bemorlarda Klatsid® SR preparatini qo'llash mumkin emas. O'rtacha darajadagi buyrak funktsiyasi buzilishi (KK 30 dan 60 ml/daq gacha) bo'lgan bemorlarda preparat dozasi ikki baravar kamaytiriladi, maksimal sutkalik doza 500 mg (1 tabletka) ni tashkil qiladi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: klaritromitsinning katta dozasini qabul qilish oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar simptomlarini chaqirishi mumkin.
Anamnezida bipolyar buzilishi bo'lgan bitta bemorda 8 g klaritromitsin qabul qilingandan so'ng ruhiy holat o'zgarishi, paranoid xulq-atvor, gipokaliyemiya va gipoksemiya tasvirlangan.
Davolash: dozani oshirib yuborishda so'rilmagan preparatni oshqozon-ichak traktidan olib tashlash (oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish va b.) va simptomatik terapiyani o'tkazish kerak. Gemodializ va peritoneal dializ zardobdagi klaritromitsin kontsentratsiyasiga jiddiy ta'sir ko'rsatmaydi, bu makrolidlar guruhining boshqa preparatlari uchun ham xosdir.














