Apteka.uz
SavatKirish

LINEKS kapsulalar N16

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Sloveniya
Farmakoterapevtik guruh:

Diareyaga qarshi ta'sirga ega mikroorganizmlar; sut kislotasi bakteriyalari

Ishlab chiqaruvchi:Lek d.d
Teglar:Ichak uchun
ATX kodi:A07FA01.
Barcha Lineks dorilari
136 ta dorixonada bor
Narxi 2 500 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 136 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LINEKS kapsulalar N16 qo'llanmasi

Saqlash shartlari

Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang. Asl o‘ramda 25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.

Tarkibi

Bitta kapsula saqlaydi:

faol modda: liofilizatsiya qilingan sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalar.

Antibiotiklarga chidamli kamida 1,2 x 107 KXQB sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalar Lactobacillus acidophilus (L. gasseri), Bifidobacterium infantis va Enterococcus faecium.

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, dekstrin, laktoza (98,28 mg/kapsula), magniy stearati, jelatin, titan dioksidi (E171).

Farmakokinetikasi

Sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarni ichga qabul qilgandan keyin tizimli so‘rilishi kuzatilmaydi, shuning uchun klassik farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Farmakoterapevtik guruh

Diareyaga qarshi ta'sirga ega mikroorganizmlar; sut kislotasi bakteriyalari

Qo'llanilishi

Lineks quyidagilar oqibatida ichak mikroflorasini muvozanatini buzilishi chaqirgan diareya, meteorizm va ovqat hazm qilishning boshqa buzilishlarini oldini olish va bir maromda ushlab turuvchi davolashda qo‘llanadi:
- Emizikli bolalar, kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda me’da-ichak yo‘llarining virusli va bakteriyalar infeksiyalari (masalan rotavirus infeksiyalari, sayohatchilar diareyasi);
- Keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklar va ximioterapevtik vositalar bilan davolash;
- Qorin bo‘shlig‘i va chanoq a’zolarini nurlantirish.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Lineks bakteriyalarning ma’lum antibiotiklar va ximioterapevtik vositalarga chidamliligi isbotlangan. Lineksni antibiotiklar va ximioterapevtik vositalar bilan birga qabul qilish mumkn, ammo bir vaqtning o‘zida emas. Yuqoriroq samaradorlik uchun Lineksni antibiotik yoki ximioterapevtik preparat qabul qilgandan keyin kamida 3 soat o‘tgach qabul qiling.

O‘zaro ta’sirning boshqa tadqiqotlari o‘tkazilmagan.

Ta'rifi

Oq rangli, oq kukun saqlovchi tiniq bo‘lmagan qattiq kapsulalar.

Dozirovkasi

Qo‘llash usuli va dozalari
To‘g‘ri qo‘llash, dozalash va qabul qilish davomiyligi bo‘yicha quyida keltirilgan tavsiyalarga aniq rioya qiling.

To‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar
• Lineks ovqatlanish vaqtida (me’da shirasini sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarga salbiy ta’siridan saqlanish uchun) ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
• Alkogolli yoki issiq ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.
Agar bola kapsulani yutishni bilmasa yoki yuta olmasa, u ochish, ichidagini (kukun) qoshiqqa solish va bola yuta oladigan miqdorda suyuqlik bilan aralashtirish kerak.

Dozalash va qabul qilish davomiyligi
Emizikli bolalar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 kapsuladan sutkada 3 marta.
2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1–2 kapsuladan sutkda 3 marta. 
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 2 kapsuladan sutkada 3 marta. 

Lineksni simptomlarni yengillashishi kuzatilmaguncha qabul qilish mumkin.
Agar Lineksni 2 kun qabul qilgandan keyin diareya to‘xtamasa, shifokorga murojaat eting.
Diareyani mustaqil davolaganda birinchi va asosiy chora bo‘lib yo‘qotilgan suyuqlik va elektrolitlarning o‘rnini to‘ldirish hisoblanadi.

Qabul qilishni o‘tkazib yuborish
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang.
Preparatni keyingi doza qabul qilish vaqti kelganda qabul qiling, keyinchalik odatdagi sxema bo‘yicha qabul qilishni davom ettiring.

Dozani oshirib yuborilishi

Agar doza oshirib yuborilgandan keyin noxush reaksiyalar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Dozani oshirib yuborilishi xolatlari haqida xabarlar mavjud emas.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Har qanday preparatni qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va emizish davrida diareyani davolash shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.

Homiladorlik va emizish davrida preparatning xavfsizligi yuzasidan ma’lumotlar yetarli emas, shuning uchun homilador va emizikli ayollarga Lineksni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Ehtiyot choralari

Maxsus ko‘rsatmalar

Lineksni qabul qilishni boshlashdan oldin quyidagi holatlarda shifokor bilan maslahatlashing:

• Tana harorati 38°C dan yuqori;

• Axlatda qon yoki shilliq bo‘lsa;

• Diareya ikki kundan ortiq davom etsa;

• Suvsizlanish va tana vaznini yo‘qolishi bilan kechuvchi og‘ir darajadagi diareya;

• Qorinda kuchli og‘riq bilan kechuvchi diareya;

Boshqa surunkali kasalliklar (masalan qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari) yoki immuntanqis xolatlar (masalan OITV infeksiyasi).

6 yoshdan kichik bolalarda diareyani tibbiy nazoratsiz davolash mumkin emas.

Yordamchi moddalar haqida ma’lumot

Lineks laktoza (98,28 mg/kapsula) saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza/galaktozani o‘zlashtiraolinishini buzilishi kabi kam uchraydigan nasliy buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas.

Lineks juda oz miqdorda sut oqsillarini saqlashi mumkin, ular allergik reaksiyalar (o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari) ni chaqirishi mumkin.

Dori shakli

16 yoki 32 kapsuladan alyuminiy blister qutiga solingan.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LINEKS kapsulalar N16 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

LINEKS kapsulalar N16 xususiyatlari

Lineks boshqa chiqarish shakllari

LINEKS kapsulalar N16 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
30 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
34 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
34 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
37 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
39 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
39 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
39 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
39 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
39 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
39 000 so'm
Bron qilish

LINEKS kapsulalar N16 haqida savollar

LINEKS kapsulalar N16 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

Fleksid
Retseptli
Fleksid
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d
Lendasin
Lendasin
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil