Ташкент
logo
SavatKirish

LIZAMIN tabletkalari N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:OOO IMUNEKS
Vakil:NUTRIMED
Barcha LIZAMIN dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

LIZAMIN tabletkalari N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
1 tabletka tarkibi: 

Faol moddalar

Ko'k choy ekstrakti    50 mg

Lizin gidroxlorid   450 mg

Yordamchi moddalar: magniy stearat, laktoza va boshqalar.

Ishlab chiqarilish shakli

PET flakonlarida 10, 20 yoki 30 tadan tabletka. 1 ta flakon qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birgalikda kartondan tayyorlangan qutiga solinadi. 


Farmakodinamikasi

Ko'k choy ekstrakti  tarkibida  katexolaminlar, tanin, polifenollar, aminokislotalar, mikroelementlar va vitaminlar mavjud. Сhoyning tarkibiy qismlari moddalar almashinuvi, yurak-qon tomir funktsiyalari, asab tizimi va diurezga ta'sir ko'rsatadi. R vitaminiga (rutin)  boyligi sababli tomirlar tuzilmasi va funktsiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi  choyning muhim xususiyati hisoblanadi. Suvning kapillyarlardagi fil'tratsiyasi tezligi hamda mikrotsirkulyator oqimli tomirlar o'tkazuvchanligini kamaytirgan holda, kapillyarlar va venalar shishiga,  to'sqinlik qiladi, ularning devorchalarini mustahkamlaydi, trombotsitlarning ortiqcha agregatsiyasiga qarshilik qiladi. 

     Lizin almashtirib bo'lmaydigan aminokislota – karnitinning utmishdoshi hisoblanib, aminokislotalar metabolizmida, qon ishlab chiqishida ishtirok etadi, kal'tsiyni o'zlashtirish va suyaklar, sochlar  shakllanishida yordam beradi, arteriyalar, bo'g'imlar kemirchaklarining elastikligini saqlashda muhim bo'lgan kollagenlar yuzaga kelishida qatnashadi. Miya hujayralarida metabolik jarayonlarning normal o'tishiga va uning fiziologik funktsiyalariga, shu jumladan barqaror ruhiy-emotsional maqom va xotira shakllanishiga yordam beradi. 

Nojo'ya samaralari

Engil allergik reaktsiyalar va dispepsik ko'rinishlar yuzaga kelishi mumkin. 

Shunga o'xshash holatlar yoki qandaydir noodatiy hissiyotlar paydo bo'lganida undan foydalanishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.  

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat faqat tavsiya qilingan dozalarda qabul qilinishi lozim. 

Foydalanishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. 

Qo'llanilishi

Biologik faol moddalarning noyob tarkibi, sinergizmi (asosiy harakatlarning o'zaro kuchayishi), ko'k choy va lizin komponentlarining xususiyatlariga egaligi tufayli LIZAMIN avvalo organizmning normal o'sishi va uning turli fiziologik funktsiyalarini saqlash uchun juda foydalidir. Jumladan, bu mahsulot yurak-qon tomir, asab tizimi va buyraklar, jigar, yurakning sog'lom faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun tavsiya etiladi.  

LIZAMIN bioqo'shimchasini qo'llash immunitetning shakllanishi hamda tashqi muhitning turli noqulay omillari – haddan tashqari sovuq qotish, isib ketishda, shamollash, infektsiyalar, stresslarga qarshilik ko'rsatishda yordam beradi. 

Zaruriy quvvat zaxirasi sifatida organizmni yaxshi tonusda saqlashda yordam beradi, jismoniy va aqliy yuklanmalar tufayli yuzaga keladigan charchoqni bartaraf etadi. Tetiklik hissining paydo bo'lishi va kuchga kuch qo'shilishi organizm yoshargandek tuyg'u baxsh etadi. 

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning tarkibiy qismlariga o'ta ta'sirchan insonlar, 6 yoshgacha bo'lgan bolalar, homilador va bola emizuvchi ayollarga tavsiya etilmaydi. 

Dozirovkasi

Kattalar va 6 yoshdan katta bolalarga: kuniga ovqatgacha 1 tayuletkadan 1-2 marta. Qabul qilish kursi 20-30 kun. Takroriy kurslar mutaxassis tavsiyasi bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. 

LIZAMIN tabletkalari N30 savollari

LIZAMIN tabletkalari N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil