Apteka.uz
SavatKirish

LIZAMIN

LIZAMIN chiqarilish shakllari

LIZAMIN tabletkalari N30
LIZAMIN tabletkalari N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
OOO IMUNEKS
- LIZAMIN qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- LIZAMINning tarkibi
- LIZAMIN ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- LIZAMIN narxi Toshkent dorixonalarida

LIZAMIN haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning tarkibiy qismlariga o'ta ta'sirchan insonlar, 6 yoshgacha bo'lgan bolalar, homilador va bola emizuvchi ayollarga tavsiya etilmaydi. 

Farmakodinamikasi

Ko'k choy ekstrakti  tarkibida  katexolaminlar, tanin, polifenollar, aminokislotalar, mikroelementlar va vitaminlar mavjud. Сhoyning tarkibiy qismlari moddalar almashinuvi, yurak-qon tomir funktsiyalari, asab tizimi va diurezga ta'sir ko'rsatadi. R vitaminiga (rutin)  boyligi sababli tomirlar tuzilmasi va funktsiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi  choyning muhim xususiyati hisoblanadi. Suvning kapillyarlardagi fil'tratsiyasi tezligi hamda mikrotsirkulyator oqimli tomirlar o'tkazuvchanligini kamaytirgan holda, kapillyarlar va venalar shishiga,  to'sqinlik qiladi, ularning devorchalarini mustahkamlaydi, trombotsitlarning ortiqcha agregatsiyasiga qarshilik qiladi. 

     Lizin almashtirib bo'lmaydigan aminokislota – karnitinning utmishdoshi hisoblanib, aminokislotalar metabolizmida, qon ishlab chiqishida ishtirok etadi, kal'tsiyni o'zlashtirish va suyaklar, sochlar  shakllanishida yordam beradi, arteriyalar, bo'g'imlar kemirchaklarining elastikligini saqlashda muhim bo'lgan kollagenlar yuzaga kelishida qatnashadi. Miya hujayralarida metabolik jarayonlarning normal o'tishiga va uning fiziologik funktsiyalariga, shu jumladan barqaror ruhiy-emotsional maqom va xotira shakllanishiga yordam beradi. 

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparat faqat tavsiya qilingan dozalarda qabul qilinishi lozim. 

Foydalanishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. 

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kattalar va 6 yoshdan katta bolalarga: kuniga ovqatgacha 1 tayuletkadan 1-2 marta. Qabul qilish kursi 20-30 kun. Takroriy kurslar mutaxassis tavsiyasi bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. 

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LIZAMIN preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

LIZAMIN haqida savollar

LIZAMIN haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil