Ташкент
logo
SavatKirish

LOLAT konsentrat 10ml 500mg/ml N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Dori vositalari
Faol modda:L-aspartat, L-ornitin
Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories OT MChJ
ATX kodi:А05BА
Barcha Lolat dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LOLAT konsentrat 10ml 500mg/ml N10 o'xshash dorilari

VITRUM VITAMIN AKVA D3 tomchilar 15 ml
Retseptsiz
VITRUM VITAMIN AKVA D3 tomchilar 15 ml
Chexiya
Ishlab chiqaruvchi:
«DSL Food s.r.o.», Cheshskaya Respublika po zakazu «Walmark a.s.», Cheshskaya Respublika
KOREGA OSVEJAYUShIY VKUS krem 40g
KOREGA OSVEJAYUShIY VKUS krem 40g
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Stafford Miller (Irlandiya) Ltd., Klochereyn, Yugal Roud, Dangarvan, grafstvo Uoterford, Irlandiya
Narxi
75 000 so'm dan

LOLAT konsentrat 10ml 500mg/ml N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Shifokorning retsepti bo'yicha

Tarkibi

faol modda: L-ornitin L-aspartati – 500,0 mg; yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

faol modda: L-ornitin L-aspartati – 500,0 mg;

yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

Сhiqarilish shakli  

Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat 50% 10 ml dan shishali ampulalarda.

Farmakodinamikasi

Organizmda, shu jumladan, jigar kasalliklarida ammiakning yuqori darajasini pasaytirib detoksikatsion ta'sirga ega. Preparatning ta'siri uning Krebs mochevina hosil bo'lishi ornitin tsiklida ishtirok qilishi bilan bog'liq (jigar xujayralar fermentlarini, ornitinkarbamoiltransferaza va karbamoilfosfatsintetaza faolligini tiklab tsiklning faoliyatini faollashtiradi). Insulin va somatotrop gormoni ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Parenteral ovqatlanishni talab qiladigan kasalliklarda oqsil almashinuvini yaxshilaydi. Astenik, dispeptik va og'riq sindromlarini kamayishiga, va shuningdektana massasi oshishini normallashtirishga (steatozda va steagepatitda) yordam beradi,

Farmakokinetikasi

Ornitin va aspartatning yarim chiqarish davri qisqa, 0,3-0,4 soat. Aspartatning kam qismi o'zgarmagan shaklda siydik bilan chiqariladi. Taqsimlanishi va biotransformatsiyasi Organizmga vena ichiga yuborilgandan keyin L-aspartat komponenti uchta asosiy metabolik yo'llari bilan aylanadi: oqsil sintezi orqali to'qimalar oqsillariga qo'shiladi; energiya xosil qilish, glikogenni va triglitseridlarni oraliq metabolizmi; almashtirib bo'ladigan aminokislotalarni va boshqa vodorod birikmalarga o'zgartirishi. O'z tomonidan, L-ornitin ham uchta yo'l orqali qayta o'zgaradi: mochevina hosil bo'lishi tsiklda oraliq mahsulot sifatida; poliamidlar sintezida dekarboksillovchi fermentni hosil qilish uchun (oqsillar sintezini boshqarishda ishtirok qiladigan kichik azot birikmalari); O-glyutamatpolual'degid va glyutamin kislotasini hosil qilish uchun. Organizmdan chiqarilishi Aminokislotalar katabolizmi vaqtida amin guruhlar shakllantirib va organizmdan buyrak orqali ajralib mochevina xosil bo'lish tsiklida ishlatiladi. Qon oqimida o'tuvchi aminokislotalar nefronlar orqali fil'trlanadi va proksimal kanalchalar orqali faol ko'chib o'tish tizimiga qayta so'riladi. Tabiiy sharoitlarda L-ornitin-L-aspartat ta'siri aminokislotalar, ya'ni ornitin va aspartat tomonidan ammiakni detoksifikatsiyaning ikkita asosiy usuli yordamida, aynan esa: mochevina sintezi va glyutamin sintezi bilan ta'minlanadi. Mochevina sintezi periportal gepatotsitlarda yuz berib, bunda ornitin ikkita fermentni, aynan esa: ornitin-karbamil-transferazlar va karbamil-fosfat-sintetazlarni mochevina sintezi uchun substrat sifatida faollashtiruvchi kabi ta'sir ko'rsatadi. Glyutamin sintezi perivenoz gepatotsitlarida yuz beradi. Patologik holatlarda aspartat va dikarboksilat, shu jumladan ornitin metabolitlari hujayralar tomonidan yutiladi va ammiakni glyutamin shaklida bog'lash uchun ishlatiladi. Glyutamat – ammiakni ham fiziologik, ham patologik sharoitlarda bog'laydigan aminokislota hisoblanadi. Hosil bo'lgan glyutamin aminokislotasi nafaqat ammiakning notoksikli olib tashlanishi uchun ishlatiladi, balki mochevina hosil bo'lishining muhim bosqichini (ya'ni, hujayra ichidagi glyutamin metabolizmini) ham faollashtiradi. Tabiiy sharoitlarda ornitin va aspartat ta'siri mochevina sintezi bilan cheklanib qolmaydi. Hayvonlarda o'tkazilgan tajriba tadqiqotlarida, L-ornitin-L-aspartat glyutaminning tez sintezlanishi bilan yuzaga kelgan ammiak tarkibini pasaytirish xossasiga egaligi tasdiqlangan. Xuddi shunday ta'sir aminokislotalar/ aromatik aminokislotalarning shoxoblangan zanjiri yuzasidan individual klinik sinovlarida ham kuzatilgan.

Dori shakli

Infuzion eritma tayyorlash uchun konsentrat

Nojo'ya samaralari

Nerv tizimi tomonidan: ba'zan qizib ketish hissi paydo bo'lishi mumkin. Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ba'zan diskomfort, ko'ngil aynishi va qusish paydo bo'lishi mumkin. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda allergik reaktsiyalar.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat yuqori dozalarda yuborilganda qon pdazmasida va siydikda mochevinaning kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Jigar funktsiyasini og'ir buzilishlarida bemorni ahvoliga muvofiq ravishda ko'ngil aynishi yoki qusishni oldini olish uchun infuzon eritmaning yuborish tezligini kamaytirish zarur. Ko'ngil aynishi va qusish paydo bo'lganida yuborish tezligini kaaytirish lozim. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi Homiladorlik vaqtida preparat qo'llanishi bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas. Homiladorlik davrida Lolat preparati ona va homila uchun foyda/xavf nisbatihisobga olib faqat shifokor jiddiy nazorat ostida qo'llash mumkin. Laktatsiya davrida preparatni qo'llash mumkin emas. Preparatni qo'llash zarur bo'lsa emizishni to'xtatish masalasini ko'rib chiqish lozim. Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Asosiy kasallik tufayli “jigar entsefalopatiya” tashhisi qo'yilganda avtotransport xaydashda va diqqatni yuqori jamlash va psiximotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchipotentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qo'llanilishi

•o'tkir va surunkali jigar kasalliklari fonida (jigar tsirrozi, jigar yog'li distrofiyasi, gepatit va b.) giperammoniemiya; •jigar entsefalopatiyasi, o'u jumladan ongni buzilishlarida (prekoma va koma) majmuaviy davolash tarkibida; •oqsil tanqisligi bo'lgan patsientlarda parenteral oziqlanish uchun tuzatuvchi qo'shimcha sifatida qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

•Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; •Og'ir buyrak yetishmovchiligi (qon zardobida kreatinin darajasi > 3 mg /1 dl); •Emizish davri; •18 yoshgacha bolalarda (ma'lumotlar yetarli bo'lmagani uchun) qo'llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Homiladorlikda (homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi bo'lmiga qarang).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Kontsentratsiyalangan infuzion eritmasini penitsillin, K vitamini, rifampitsinum, meprobamat, diazepam, klometiazolum, tiopental natriy va vinkaminum bilan qo'llash tavsiya etilmaydi. Suyultirish uchun faqat yo'riqnomada ko'rsatilgan eritmalar qo'llash kerak.

Ta'rifi

Rangsizdan och-sariq ranggacha tiniq eritma.

Dozirovkasi

Vena ichiga tomchilab yuboriladi. Ampulani ichidagisi 500 ml infuziya eritmasi bilan (0,9% li natriy xlorid eritmasi, 5% li dekstroza (glyukoza) eritmasi yoki Ringer eritmasi) aralashtiriladi. Kattalar O'rtacha davolash dozasi sutkada 4 ampula. Jigar entsefalopatiyasida (holatni og'irlik darajasiga qarab) vena ichiga sutkada 8 ampulagacha buyuriladi. Infuziyaning maksimal tezligi soatga 5 g ornitin. Preparat bilan davolash davomiyligi patologiyaga va patsientning ahvolini og'irligiga qarab har bir holatda individual belgilanadi. Jigar funktsiyasini og'ir buzilishlari patsientning ahvolini jiddiy monitoring o'tkazish va ko'ngil aynishini va qusishni rivojlanishni oldini olish uchun preparatning yuborish tezligiga tuzatish kiritish zarur. Bolalar Pediatrik amaliyotida preparatni qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgacha L-ornitin-L-aspartat chaqirgan dozani oshirib yuborilganda hech qanday belgilari kuzatilmagan. Agar dozani oshirib yuborilishi yuz bergan holatda, simptomatik davolash tavsiya etiladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik vaqtida preparat qo'llanishi bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas. Homiladorlik davrida Lolat preparati ona va homila uchun foyda/xavf nisbatihisobga olib faqat shifokor jiddiy nazorat ostida qo'llash mumkin.

Laktatsiya davrida preparatni qo'llash mumkin emas. Preparatni qo'llash zarur bo'lsa emizishni to'xtatish masalasini ko'rib chiqish lozim.

LOLAT konsentrat 10ml 500mg/ml N10 analoglari

GEPOTEK 5 eritma 10ml
GEPOTEK 5 eritma 10ml
Janubiy Koreya
Ishlab chiqaruvchi:
Union Korea Pharm. Co., Ltd.

LOLAT konsentrat 10ml 500mg/ml N10 savollari

LOLAT konsentrat 10ml 500mg/ml N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil