×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LONGIDAZA suppozitorii 3000me N20

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Бовгиалуронидаза азоксимер
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Петровакс Фарм НПО, ООО
ATX kodi:
- V03AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KETOBEST tabletkalari N100 Nanjing Baijingyu Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
447 000 s`om dan
BEKLOMETAZON aerozol 250mkg Биннофарм, АО Rossiya
49 000 s`om dan
ALFAVIT KLASSIK tabletkalari 540mg N60 ООО ВНЕШТОРГ ФАРМА, Россия Rossiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LONGIDAZA suppozitorii 3000me N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LONGIDAZA®

LONGIDAZA

 

Preparatning savdo nomi: Longidaza®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): bovgialuronidaza azoksimeri (bovhyaluronidasum azoximerum)

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

Tarkibi:

1 ampula yoki flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1500 XB yoki 3000 XB bovgialuronidaza azoksimeri (Longidaza®)

yordamchi modda: mannitol 15 mg gacha (1500 XB doza uchun) yoki 20 mg gacha (3000 XB doza uchun).

Ta‘rifi: oq rangli yoki sarg‘ish yoki jigarrangsimon tusli oq rangli gigroskopik g‘ovak massa.

Farmakoterapevtik guruhi: ferment vosita.

ATX kodi: V03AX.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Bovgialuronidaza azoksimeri proteolitik ferment – gialuronidazning poli-1,4-etilenpiperazinning N-oksidi hosilasi guruhiga mansub bo‘lgan yuqori molekulali tashuvchi bilan kon‘yugat hosil qilgan vositadir. Bovgialuronidaza azoksimeri  gialuronidaz faollikka ega bo‘lgan dori vositalariga xos farmakologik xususiyatlarning barcha doirasiga ega. Gialuronidazaning spesifik substrakti biriktiruvchi to‘qimaning «sementlovchi» moddasi glikozaminoglikanlar (gialuron kislotasi, xondriotin, xondriotin-4-sulfat, xondriotin-6-sulfat) hisoblanadi. Gidroliz (depolimerizasiya) natijasida glikozaminglikanlarning qovushqoqligi, suv va metallarning ionlarini bog‘lash xususiyati kamayadi. Buning oqibatida to‘qimalarning o‘tkazuvchanligi oshadi, ularning trofikasi yaxshilanadi, shishlar kamayadi, gematomalar so‘rilib ketadi, chandiqli joylarning elastikligi oshadi, kontrakturalar va bitishmalar yo‘qoladi, bo‘g‘imlarning xarakatchanligi oshadi. Preparatning samarasi patologik jarayonning boshlang‘ich bosqichlarida juda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Bovgialuronidaza azoksimeri klinik samarasi tabiiy gialuronidazaga nisbatan ancha yuqoridir. Kon‘yugasiya jarayoni preparatni haroratning va ingibitorlarning ta‘siriga chidamliligini oshiradi, uning faolligini oshiradi va ta‘sirini uzayishiga olib keladi. Bovgialuronidaza azoksimerining fermentativ faolligi, uni 37oS gacha qizdirilganida 20 sutka davomida saqlanib turadi, ayni paytda tabiiy gialuronidaza esa xuddi shunday sharoitlarda o‘z faolligini bir sutka davomida yo‘qotadi. Bovgialuronidaza azoksimerida xelatlovchi, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va immunomodulyator faollikka ega bo‘lgan tashuvchi moddaning farmakologik xususiyatlari saqlanadi. Bovgialuronidaza azoksimeri glikozaminglikanlarning gidrolizi natijasida ajralib chiquvchi temir ionlarini – erkin-radikal reaksiyalarning rag‘batlantiruvchilari, gialuronidaza ingibitorlari va kollagen sintezining rag‘batlantiruvchilarini bog‘lab olish, va shu yo‘l bilan biriktiruvchi to‘qima komponentlarini sinteziga yo‘naltirilgan teskari reaksiyani susaytirish xususiyatiga egadir. Bovgialuronidaza azoksimerining politrop xususiyatlari, pnevmofibroz modelida biokimyoviy, gistologik va elektron-mikroskopik tadqiqotlar yordamida eksperimental jihatdan isbotlangan yaqqol fibrozga qarshi ta‘siri orqali amalga oshadi.

Bovgialuronidaza azoksimeri yallig‘lanish mediatorlarining (interleykin-1 va o‘sma nekrozining alfa omili) sintezini boshqaradi (dastlabki darajasiga qarab oshiradi yoki pasaytiradi), yallig‘lanishning o‘tkir bosqichini kechishini susaytirish, gumoral immun javobni va organizmning infeksiyalarga rezistentligini oshirish xususiyatiga ega. Ko‘rsatilgan xususiyatlari Bovgialuronidaza azoksimerini dag‘al chandiqlanish va bitishma jarayonini oldini olish maqsadidagi jarrohlik yo‘li bilan davolash vaqtida yoki undan keyin qo‘llash imkonini beradi. Bovgialuronidaza azoksimerini davolash dozalarda jarohlik davolash vaqtida yoki undan keyin qo‘llash, operasiyadan keyingi davrning kechishini yomonlashishini yoki infeksion jarayonni avj olishini chaqirmaydi; suyak to‘qimasini tiklanishini sekinlashtirmaydi.

Ham teri ostiga yoki ham mushak ichiga yuborilgan Bovgialuronidaza azoksimeri  birga qo‘llangan preparatlarni so‘rilishini kuchaytiradi, mahalliy anestetiklar bilan birga yuborilganida ularni og‘riqsizlantiruvchi ta‘sirini tezlashtiradi.

Bovgialuronidaza azoksimeri deyarli zaharlik bo‘lmagan birikmalarga mansub bo‘lib, immun tizimining normal funksiyasini buzmaydi, erkak va urg‘ochi kalamushlarning reproduktiv funksiyasiga, avlodni pre- va postnatal rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi, mutagen va kanserogen ta‘sirga ega emas. Bovgialuronidaza azoksimeridagi gialuronidaza fermentining ta‘sirlovchi va allergik xususiyatlarini pastligi tajriba o‘tkazish yo‘li bilan isbotlangan. Davolash dozalarda Bovgialuronidaza azoksimeri pasientlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi.

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganda Bovgialuronidaza azoksimeri qon aylanish tizimiga tez so‘riladi va qondagi maksimal konsentrasiyasiga 20-25 minutdan keyin erishiladi, organizmda yuqori tezlikda taqsimlanishi bilan xarakterlanadi. Yarim taqsimlanish davri – taxminan 0,5 soat, yarim chiqarilish davri (T½) mushak ichiga yuborilganida 36 soat, teri ostiga yuborilganida taxminan 45 soatni tashkil qiladi. Taxminiy taqsimlanish xajmi 0,43 l/kg ni tashkil qiladi. Kon‘yugasiya fermentning yuqori biokiraolish xususiyatini pasaytirmaydi – biokiraolishligi kamida 90% ni tashkil qiladi.

Ta‘sir etuvchi modda barcha a‘zolar va to‘qimalarga kiradi, shu jumladan gematoensefalik va oftalmik to‘siqlar orqali o‘tadi.

Organizmda gialuronidaza gidrolizga uchraydi, tashuvchi esa quyimolekulyar birikmalargacha (oligomerlar) parchalanadi, ular asosan buyrak orqali ikki bosqichda chiqariladi. Birinchi sutka davomida buyrak orqali 45-50%, ichak orqali ko‘pi bilan 3% chiqariladi. Keyin chiqarilish tezligi sekinlashadi, 4-5 sutkalarga kelib, preparat to‘liq chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Kattalarda biriktiruvchi to‘qimaning giperplaziyasi bilan kechuvchi quyidagi kasalliklarni davolash va oldini olish uchun majmuaviy davolash tarkibida:

ginekologiyada: ichki jinsiy a‘zolarning yallig‘lanish kasalliklarida, shu jumladan bachadon nayi-peritoneal bepushtlik, bachadon ichki sinexiyalari, surunkali endomiometritda kichik chanoqdagi bitishma jarayoni davolash va oldini olish;

urologiyada: surunkali prostatit, interstisial sistitni davolash;

jarrohlikda: qorin bo‘shlig‘i a‘zolaridagi jarrohlik aralashuvlardan keyingi bitishma jarayonini davolash va oldini olish; jarohatlar, kuyishlar, operasiyalar, piodermiyadan keyingi gipertrofik chandiqlarda;

dermatovenerologiyada va kosmetologiyada: cheklangan sklerodermiyani, piodermiya, jarohatlar, kuyishlar, operasiyalardan keyin shakillanuvchi keloid, gipertrofik chandiqlarni davolash;

pulmonologiya va ftiziatriyada: pnevmofibroz, fibrozlovchi alveolit, tuberkulyozni (kavernoz-fibroz, infiltrativ, tuberkulema) davolash;

ortopediyada: bo‘g‘imlarning kontrakturasini, artrozlarni, ankilozlovchi spondiloartritni, gematomalarni davolash:

biokiraolishligini oshirish uchun: urologiya, ginekologiya, xirurgiya, dermatovenerologiya, pulmonologiyada antibakterial preparatlar birga yuborilganida, maxalliy anestetiklarning ta‘sirini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Longidaza® teri ostiga (shikastlangan joyga yaqin yoki chandiqli-o‘zgargan to‘qima ostiga) yoki mushak ichiga 3000 XB dozada 5 in‘eksiyadan 25 in‘eksiyagacha (kasallikka qarab) kurs bilan, yuborishlar orasidagi 3 kundan 10 kungacha interval bilan yuboriladi.

Qo‘llash usulari tashxis, kasallikning og‘irligi, klinik kechishi, bemorning yoshiga qarab, shifokor tomonidan belgilanadi. Zarurati bo‘lganida 2-3 oy o‘tgach takroriy kurs tavsiya etiladi.

Biriktiruvchi to‘qimaning og‘ir surunkali avj oluvchi jarayoni bilan kechuvchi kasalliklarni davolashda, standart davolash kursidan keyin, uzoq muddatli erishilgan samarani ushlab turish maqsadida Longidaza®ni 3000 XB dozada in‘eksiyalar orasidagi 10-14 kunlik tanaffuslar bilan qo‘llash tavsiya etiladi.

Dori va diagnostik vositalarining biokiraolishligini oshirish uchun asosiy preparat yuboriladigan joyga 10-15 minut oldin mushak ichiga yoki teri ostiga 1500 XB dozada yuborish tavsiya etiladi.

Suyultirish uslubi:

  1. Ampula yoki flakondagi 3000 XB Longidaza® preparati 1,0-2,0 ml prokain (0,25% yoki 0,5%) eritmasida eritiladi. Prokainni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lgan xollarda Longidaza® preparati in‘eksiya uchun 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki in‘eksiya uchun suvning xuddi shunday xajmida eritiladi.
  2. Biokiraolishligini oshirish maqsadida qo‘llanganida ampula yoki flakondagi 3000 XB Longidaza® preparati 2,0 ml, 1500 XB dozali preparat 1,0 ml in‘eksiya uchun 0,9% li natriy xloridining eritmasida eritiladi.

Flakon yoki ampulaga erituvchini sekin yuborish, 2-3 minut kutish, oqsilni ko‘pirtirmaslik uchun silkitmasdan ehtiyotkorlik bilan aralashtirish kerak.

Parenteral yubrish uchun tayyorlangan eritmani saqlash mumkin emas.

Vena ichiga yuborilmasin!

 

Oldini olish va davolashning tavsiya etiladigan sxemasi

  • Qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a‘zolaridagi operativ aralashuvlardan keyingi bitishma kasalligi va dag‘al chandiqlanishni oldini olish uchun mushak ichiga 3000 XB dozada 3 kunda 1 marta 5 in‘eksiya kursi buyuriladi. Zarurati bo‘lganida Longidaza® preparatini qo‘llash 5 kunda 1 marta yuborish bilan umumiy kursga 10 in‘eksiya bilan davom ettirilishi mumkin.
  • Davolash uchun.

ginekologiyada:

  • ichki jinsiy a‘zolarning yallig‘lanish kasalliklarida kichik chanoqdagi bitishma jarayonida mushak ichiga 3000 XB 3-5 kunda 1 marta bir kursga 10-15 in‘eksiya buyuriladi;
  • bachadon nayi-peritoneal bepushtlikda mushak ichiga 3000 XB dan umumiy kursga 15 in‘eksiyagacha buyuriladi: birinchi 5 in‘eksiya 3 kunda 1 marta, keyin 5 kunda 1 marta bajariladi;

urologiyada:

  • surunkali prostatitda mushak ichiga 3000 XB 5 kunda 1 marta, bir kursga 10-15 in‘eksiya;
  • interstisial nefritda mushak ichiga 3000 XB 5 kunda 1 marta, bir kursga 10 in‘eksiya buyuriladi;

jarrohlikda:

  • qorin bo‘shlig‘i a‘zolaridagi operativ aralashuvlardan keyin mushak ichiga 3000 XB dozada 3-5 kunda 1 marta, bir kursga 10 in‘eksiyadan 15 in‘eksiyagacha buyuriladi;
  • uzoq vaqt bitmayotgan jaroxatlarda mushak ichiga 3000 XB dozada 5 kunda 1 marta, bir kursga 5-10 in‘eksiya buyuriladi;

dermatovenerologiya, kosmetologiyada:

  • cheklangan sklerodermiyada mushak ichiga 3000-4500 XB dan 3-5 kunda 1 marta bir kursga 20 in‘eksiyalargacha kursi buyuriladi. Doza va davolash kursi klinik kechishi, bosqichi, kasallikni joylashishi, va pasientning individual xususiyatlariga qarab individual ravishda tanlanadi;
  • keloid, gipertrofik va piodermiya, kuyishlar, operasiyalar, jaroxatlardan keyin shakllanuvchi chandiqlarda: chandiq ichiga yoki shikastlangan joy yaqiniga teri ostiga 3000-4500 XB dozada bir kursga 15 in‘eksiyagacha 3 kunda 1 marta yuborish tavsiya qilinadi. Longidaza® preparatini suyultirish uchun suyuqlik hajmi, yuborish nuqtalarining soniga qarab, shifokor tomonidan tanlanadi. Zarurati bo‘lganida davolash kursi 5 kunda 1 marta 25 in‘eksiyagacha bo‘lgan sxema bo‘yicha davom ettirilishi mumkin. Terining shikastlangan maydoni, chandiqni xosil bo‘lgan vaqtiga qarab, 3000 XB dozadagi bir kursga 20 in‘eksiyagacha 5 kunda 1 marta teri ostiga va mushak ichiga navbatma-navbat yuborish mumkin.

pulmonologiya va ftiziatriyada:

  • pnevmosklerozda mushak ichiga 3000 XB dan 5 kunda 1 marta bir kursga 10 in‘eksiya;
  • fibrozlovchi alveolitda mushak ichiga 3000 XB dan 5 kunda 1 marta bir kursga 15 in‘eksiya; keyin samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash 10 kunda 1 marta umumiy kursga 25 in‘eksiyagacha;
  • tuberkulyozda mushak ichiga 3000 XB dan 5 kunda 1 marta bir kursga 25 in‘eksiyagacha buyuriladi; kasallikning klinik manzarasi, kechishini og‘irligiga qarab, uzoq muddatli (3000 XB dozada 10 kunda 1 marta 6 oydan 1 yilgacha) davolash o‘tkazilishi mumkin.

ortopediyada:

  • bo‘g‘imlarning kontrakturasida shikastlangan joy yaqiniga teri ostiga 3000 XB dozada 3 kunda 1 marta bir kursga 5 in‘eksiyadan 15 in‘eksiyagacha buyuriladi;
  • artrozlar, ankilozlovchi spondiloartritda shikastlanish joyiga yaqin teri ostiga 3000 XB dozada 3 kunda 1 marta bir kursga 15 in‘eksiyagacha buyuriladi, zarurati bo‘lganida davolash 5 kunda 1 marta in‘eksiyalar bilan davom ettirilishi mumkin. Erishilgan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash davomiyligi, kasallikning og‘irligiga qarab, shifokor tomonidan tanlanadi;
  • gematomalarda shikastlangan joyiga yaqin teri ostiga 3000 XB dozada 3 kunda 1 marta bir kursga 5 in‘eksiyadan buyuriladi;

biokiraolishlikni oshirish uchun: diagnostik yoki dori preparatlari (antibiotiklar, ximiopreparatlar, anastetiklar va boshq.) bilan birga teri ostiga yoki mushak ichiga yuborilganida, Longidaza® asosiy preparat yuboriladigan joyga o‘sha usulda 1500 XB dozada 10-15 minut oldin yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tez-tez (>1/100, <1/10) – yuborilgan joyda og‘riq. Ba‘zida (>1/1000, <1/100) in‘eksiya joyida terini qizarishi, qichishishi va shishi kabi reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Barcha maxalliy reaksiyalar 48-72 soatda o‘tib ketadi. Juda kam hollarda (<1/10000) allergik reaksiyalar kuzatiladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Gialuronidaza asosidagi preparatlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik, o‘tkir infeksion kasalliklar, o‘pkadan qon ketishi va qon tupurish, shishasimon tanaga yangi qon quyilishi, xavfli o‘smalar, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda (klinik tadqiqotlarning natijalarini yo‘qligi tufayli) qo‘llash mumkin emas.

 

 

Ehtiyotkorlik bilan

Lokal (cheklangan sohadagi) infeksiyani tarqalish xavfi tufayli, Longidaza preparatini o‘tkir infeksion yallig‘lanish sohasiga yuborish mumkin emas.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida bir haftada 1 martadan qo‘llanadi.

Allergik reaksiya rivojlangan xollarda Longidaza preparatini qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Davolashni boshlashdan oldin, Siz qabul qilayotgan barcha dori preparatlari haqida shifokorga xabar bering.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bovgialuronidaza azoksimerini antibiotiklar, viruslarga qarshi, zamburug‘larga qarshi preparatlar, bronxolitiklar bilan majmuada qo‘llash mumkin. Boshqa dori vositalari (antibiotiklar, mahalliy anestetiklar, diuretiklar) bilan majmuada qo‘llanganida, Bovgialuronidaza azoksimeri biokiraolishligini oshiradi va ularning ta‘sirini kuchaytiradi. Salisilatlarning yuqori dozalari, kortizon, adrenokortikotrop gormon (AKTG), estrogenlar yoki antigistamin preparatlar birga qo‘llanganida Bovgialuronidaza azoksimerining fermentativ faolligi  pasayishi mumkin.

Bovgialuronidaza azoksimerini furosemid, benzodiazepinlar, fenitoin saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Longidaza® preparatini qabul qilishni to‘xtatish zarurati tug‘ilganida, dozani asta-sekin kamaytirmasdan, preparatni bekor qilishni darxol amalga oshirish mumkin.

Preparatning navbatdagi dozasini yuborish o‘tkazib yuborilgan hollarda, uni pasientning esiga tushishi bilan yuborish kerak, shundan keyin preparat odatdagicha qo‘llanishi kerak. Yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish maqsadida pasient ikki barobar dozani yubormasligi kerak.

Davolashdan oldin Siz qabul qilayotgan dori preparatlar to‘g‘risida shifokorga xabar bering. Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani o‘qib chiqing va saqlab qo‘ying.

Preparatni hamisha ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ko‘rsatmalariga rioya qiling.

Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, tushuntirish uchun shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

Surunkali bo‘yrak yetishmovchiligida preparatni bir haftada 1 martagacha buyurish kerak.

Allergik reaksiya rivojlanganda Longidaza® preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak va shifokorga murojaat qiling.

Ko‘z bilan ko‘ringan yaroqsizlik belgilari bo‘lsa (o‘ramning defekti, kukun rangini o‘zgarishi) preparat ishlatilmaydi.

Lokal (cheklangan sohadagi) infeksiyani tarqalish xavfi tufayli, Longidaza®  preparatini o‘tkir infeksion yallig‘lanish soxasiga yuborish mumkin emas.

Homiladorlik va emizish

Xomilador va emizikli ayollarda Longidaza®  preparatini qo‘llash mumkin emas.

Preparatni transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta‘siri

Ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari et uvishishi, haroratni oshishi, bosh aylanishi, gipotenziya bilan nomoyon bo‘lishi mumkin. Preparatni yuborish to‘xtatiladi va simptomatik davolash buyuriladi.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.

15 mg dan (1500 XB doza uchun) yoki 20 mg dan (3000 XB doza uchun) 3 ml sig‘imli 1 gidrolitik sinfiga mansub to‘q shisha ampulalar yoki flakonlarda.

Preparatli 5 ampula yoki flakon polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda.

Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Yoki 5 ampula yoki flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton kiritmali karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LONGIDAZA suppozitorii 3000me N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LONGIDAZA suppozitorii 3000me N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LONGIDAZA suppozitorii 3000me N20 dori vositasi Петровакс Фарм НПО, ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LONGIDAZA suppozitorii 3000me N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LONGIDAZA suppozitorii 3000me N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
LONGIDAZA liofilizat 3000me N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бовгиалуронидаза азоксимер ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Петровакс Фарм НПО, ООО
Narh: 402 500 so'mdan Batafsil
LONGIDAZA suppozitorii 3000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бовгиалуронидаза азоксимер ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Петровакс Фарм НПО, ООО
Narh: 367 500 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
POLIOKSIDONIY suppozitorii 6 mg N10
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
POLIOKSIDONIY suppozitorii 12 mg N10
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
LONGIDAZA liofilizat 3000me N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бовгиалуронидаза азоксимер ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Петровакс Фарм НПО, ООО
Narh: 402 500 so'mdan Batafsil
LONGIDAZA suppozitorii 3000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бовгиалуронидаза азоксимер ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Петровакс Фарм НПО, ООО
Narh: 367 500 so'mdan Batafsil
POLIOKSIDONIY tabletkalari 0,012g N10
Narh: 165 500 so'mdan Batafsil
POLIOKSIDONIY tabletkalari 12mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Петровакс Фарм НПО, ООО
Другие формы препарата
LONGIDAZA liofilizat 3000me N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бовгиалуронидаза азоксимер ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Петровакс Фарм НПО, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9