MIRAMISTIN eritma 50ml 0,1mg/ml

MIRAMISTIN eritma 50ml 0,1mg/ml qo'llanmasi
Mahalliy qo'llanilganda preparat teri va shilliq qavatlar orqali so'rilish qobiliyatiga ega emas.
Miramistin® antibiotiklarga rezistent gospital shtammlarni o'z ichiga olgan keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga qarshi ta'sirga ega.
Preparat grammusbat (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Streptococcus pneumoniae va boshqalar), grammanfiy (Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Klebsiella spp. va boshqalar), aerob va anaerob bakteriyalarga nisbatan, monokulturalar va mikrob assotsiatsiyalari ko'rinishida aniqlanadigan, shu jumladan antibiotiklarga polirezistentlikka ega gospital shtammlarga nisbatan yaqqol bakteritsid ta'sir ko'rsatadi.
Aspergillus va Penicillium turkumi askomitsetlari, xamirturush (Rhodotorula rubra, Torulopsis gabrata va b.) va xamirturushsimon zamburug'lar (Candida albicans, Candida tropicalis, Candida krusei, Pityrosporum orbiculare (Malassezia furfur) va b.), dermatofitlar (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Trichophyton verrucosum, Trichophyton schoenleini, Trichophyton violacent, Epidermophyton Kaufman-Wolf, Epidermophyton floccosum, Microsporum gypseum, Microsporum canis va b.), shuningdek boshqa patogen zamburug'larga, monokulturalar va mikrob assotsiatsiyalari ko'rinishida, shu jumladan kimyoterapevtik preparatlarga rezistent zamburug'li mikrofloraga nisbatan zamburug'larga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Viruslarga qarshi ta'sirga ega, murakkab tuzilishga ega viruslarga (gerpes viruslari, odam immunitet tanqisligi virusi va boshqalar) nisbatan faol.
Miramistin® jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar qo'zg'atuvchilariga (Chlamydia spp., Treponema spp., Trichomonas vaginalis, Neisseria gonorrhoeae va boshqalar) ta'sir qiladi.
Yaralar va kuyishlarning infektsiyalanishini samarali oldini oladi. Regeneratsiya jarayonlarini faollashtiradi. Qo'llash joyida himoya reaktsiyalarini rag'batlantiradi, fagotsitlarning yutish va hazm qilish funktsiyasini faollashtirish hisobiga, monotsitar-makrofagal tizim faolligini kuchaytiradi. Yaqqol giperosmol faollikka ega, buning natijasida yara va perifokal yallig'lanishni to'xtatadi, yiringli ekssudatni so'rib oladi, quruq qaloq hosil bo'lishiga yordam beradi. Granulyatsiyalar va terining yashovchan hujayralarini shikastlamaydi, chekka epitelizatsiyani susaytirmaydi.
Mahalliy ta'sirlovchi va allergizatsiya qiluvchi xususiyatlarga ega emas.
Mahalliy reaksiyalar: alohida hollarda qo‘llanilgan joyda yengil achishish hissi paydo bo‘lishi mumkin, u mustaqil ravishda, 15-20 soniyadan so‘ng o‘tib ketadi va preparatni bekor qilishni talab etmaydi. Allergik reaksiyalar.
Preparatni individual o'zlashtira olmaslik.
Antibiotiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda ularning bakteriyaga qarshi va zamburug'ga qarshi xususiyatlari kuchayishi kuzatilgan.
Yiringli gaymoritlarda - punksiya vaqtida yuqori jag' bo'shlig'i preparatning yetarli miqdori bilan yuviladi.
Tonzillitlar, faringitlar va laringitlar tomoqni chayish va/yoki purkagich-uchlik yordamida 3-4 marta bosish orqali sutkasiga 3-4 marta purkash bilan davolanadi. 1 chayishga preparat miqdori 10-15 ml.
Stomatitlar, gingivitlar, parodontitlarda og'iz bo'shlig'ini 10-15 ml preparat bilan sutkasiga 3-4 marta chayish tavsiya etiladi.
Jarrohlik, travmatologiya, kombustiologiyada profilaktika va davolash maqsadi bilan yara va kuyish yuzalariga purkaladi, yaralar va oqma yo'llari g'ovak tamponlanadi, preparat bilan namlangan doka tamponlar mahkamlanadi. Davolash muolajasi sutkasiga 2-3 marta 3-5 kun davomida takrorlanadi. Yara va bo'shliqlarni sutkalik sarfi 1 l gacha preparat bilan faol drenajlash usuli yuqori samara beradi.
Akusherlik, ginekologiyada tug'ruqdan keyingi infeksiyalar profilaktikasi maqsadi bilan tug'ruqqacha (5-7 kun) qin purkashlari ko'rinishida, tug'ruqda har bir vaginal tekshiruvdan keyin va tug'ruqdan keyingi davrda 50 ml preparat tampon ko'rinishida 2 soat ekspozitsiya bilan 5 kun davomida qo'llaniladi. Qinni purkash qulayligi uchun ginekologik uchlikdan foydalanish tavsiya etiladi. Flakon tarkibini ginekologik uchlik yordamida qinga kiritish va purkashni amalga oshirish kerak.
Ayollarni kesarcha kesish yo'li bilan tug'dirishda, bevosita operatsiyadan oldin qinga, operatsiya vaqtida - bachadon bo'shlig'i va undagi kesmaga ishlov beriladi, operatsiyadan keyingi davrda esa preparat bilan namlangan tamponlar qinga 2 soat ekspozitsiya bilan 7 kun davomida kiritiladi. Yallig'lanish kasalliklarini davolash 2 hafta davomida qin ichiga preparat bilan tamponlarni kiritish, shuningdek dorili elektroforez usuli bilan kursda o'tkaziladi.
Tanosil kasalliklari profilaktikasi uchun preparat, agar u jinsiy aloqadan keyin 2 soatdan kechikmay qo'llanilsa, samarali bo'ladi. Flakon tarkibini urologik aplikator yordamida siydik chiqarish kanaliga 2-3 daqiqaga kiritish kerak: erkaklarga (2-3 ml), ayollarga (1-2 ml) va qinga (5-10 ml). Qulaylik uchun ginekologik uchlikdan foydalanish tavsiya etiladi. Sonlarning ichki yuzalari, qov, jinsiy a'zolar terisiga ishlov berish kerak. Muolajadan so'ng 2 soat davomida siyish tavsiya etilmaydi.
Uretritlar va uretroprostatitlarni kompleks davolashda uretraga 2-3 ml preparatni sutkasiga 1-2 marta purkash o'tkaziladi, davolash kursi - 10 kun.
O'tkir faringit va/yoki surunkali tonzillit zo'rayganda tomoqni purkagich-uchlik yordamida purkash o'tkaziladi. 3-6 yoshli bolalarga: purkagich-uchlik boshchasini bir marta bosish bilan (bir purkashga 3-5 ml), sutkasiga 3-4 marta; 7-14 yoshli bolalarga ikki marta bosish bilan (bir purkashga 5-7 ml), sutkasiga 3-4 marta; 14 yoshdan katta bolalarga>3-4 marta bosish bilan (bir purkashga 10-15 ml), sutkasiga 3-4 marta. Terapiya davomiyligi remissiya boshlanish muddatlariga qarab 4 dan 10 kungacha tashkil qiladi.
Preparatdan foydalanish qoidalari
Preparat qo'llashga tayyor.
Purkagich-uchlikli o'ramdan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
Ginekologik uchlikli 50 ml yoki 100 ml o'ramdan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar




