Ташкент
logo
SavatKirish

Miramistin

Miramistin chiqarish shakllari

MIRAMISTIN eritma 50ml 0,1mg/ml
Retseptsiz
MIRAMISTIN eritma 50ml 0,1mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Darnisa AO
•97 ta dorixonada bor
Narxi
52 000 so'm dan
- Miramistin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Miramistinning tarkibi
- Miramistin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Miramistin narxi Toshkent dorixonalarida

Miramistin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Ukraina
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Jarrohlik, travmatologiyada qo'llash uchun: — yiringlashlar profilaktikasi va yiringli yaralarni davolash; — tayanch-harakat apparatining yiringli-yallig'lanish jarayonlarini davolash. Akusherlik, ginekologiyada qo'llash uchun: — tug'ruqdan keyingi travmalar, oraliq va qin jarohatlari yiringlashini, tug'ruqdan keyingi infektsiyalarni oldini olish va davolash; — yallig'lanish kasalliklarini (vulvovaginit, endometrit) oldini olish va davolash. Kombustiologiyada qo'llash uchun: — II va III A darajali yuzaki va chuqur kuyishlarni davolash; — kuygan yaralarni dermatoplastikaga tayyorlash. Dermatologiya, venerologiyada qo'llash uchun: — piodermiya va dermatomikozlarni, teri va shilliq qavatlar kandidozlarini, oyoq panjalari mikozlarini davolash va oldini olish; — jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarni (sh.j. sifilis, gonoreya, xlamidioz, trixomoniaz, genital gerpes, genital kandidoz) individual profilaktikasi. Urologiyada qo'llash uchun: — spetsifik (xlamidioz, trixomoniaz, gonoreya) va nospetsifik o'tkir va surunkali uretritlar va uretroprostatitlarni kompleks davolash
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • preparatga yuqori individual sezuvchanlik.
Tarkibi
  • 1 l benzildimetil-miristoilamino-propilammoniy xloridi (miramistin) 100 mg Yordamchi moddalar: tozalangan suv 1l gacha 1 l benzildimetil-miristoilamino-propilammoniy xloridi (miramistin) 100 mg Yordamchi moddalar: tozalangan suv. 1 l gacha 1 l benzildimetil-miristoilamino-propilammoniy xloridi monogidrati (miramistin) 100 mg Yordamchi moddalar: tozalangan suv - 1 l gacha. benzildimetil-miristoilamino-propilammoniy xloridi (miramistin) 100 mg Yordamchi moddalar: tozalangan suv 1 l gacha benzildimetil-miristoilamino-propilammoniy xloridi (miramistin) 100 mg Yordamchi moddalar: tozalangan suv. Mahalliy qo‘llash uchun 0,01% eritmaning 1 l da saqlanadi: Faol modda Benzildimetil-miristoilamino-propilammoniy xloridi monogidrati - 100 mg. Yordamchi moddalar Tozalangan suv - 1 l gacha. xlorid, monogidrat (Miramistin, suvsiz moddaga qayta hisoblanganda) - 0,1 g, yordamchi modda: tozalangan suv - 1 l gacha.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanilganda miramistin teri va shilliq qavatlar orqali so‘rilish qobiliyatiga ega emas.
Farmakologik ta'siri
Miramistin antibiotiklarga rezistent gospital shtammlarni ham o'z ichiga olgan mikroblarga qarshi ta'sirning keng spektriga ega. Preparat quyidagilarga nisbatan yaqqol bakteritsid ta'sir ko'rsatadi: Grammusbat: Staphylococcus spp.. Streptococcus spp.. Streptococcus pneumoniae va boshq. Grammanfiy: Pseudomonas aeruginosa. Escherichia coli. Klebsiella spp. va boshq. Monokulturalar va mikrob assotsiatsiyalari ko'rinishida aniqlanadigan aerob va anaerob bakteriyalar, shu jumladan antibiotiklarga polirezistent gospital shtammlar. Quyidagilarga zamburug'ga qarshi ta'sir ko'rsatadi: Askomitsetlar: Aspergillus urug'i. Penicillium urug'i. Achitqisimon zamburug'lar: Rhodotorula rubra. Torulopsis gabrata va b. Achitqisimon zamburug'lar: Candida albicans. Candida tropicalis. Candida krusei. Pityrosporum orbiculare. Malassezia furfur va b. Dermatofitlar: Trichophyton rubrum. Trichophyton mentagrophytes. Trichophyton verrucosum. Trichophyton schoenleini. Trichophyton violacent. Epidermophyton Kaufman-Wolf. Epidermophyton floccosum. Microsporum gypseum. Microsporum canis va b. Boshqa patogen zamburug'lar, monokulturalar va mikrob assotsiatsiyalari ko'rinishida, shu jumladan kimyoterapevtik preparatlarga rezistent zamburug'li mikroflora. Murakkab tuzilishga ega viruslarga nisbatan virusga qarshi ta'sirga ega: Gерпес viruslari. Odam immunitet tanqisligi virusi va boshqalar. Miramistin jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar qo'zg'atuvchilariga ta'sir qiladi: Chlamydia spp.. Treponema spp.. Trichomonas vaginalis. Neisseria gonorrhoeae va boshqalar. Yaralar va kuyishlarning infektsiyalanishini samarali oldini oladi. Regeneratsiya jarayonlarini faollashtiradi. Fagotsitlarning yutish va hazm qilish funktsiyasini faollashtirish hisobiga qo'llash joyida himoya reaktsiyalarini rag'batlantiradi, monotsitar-makrofagal tizim faolligini potentsiyalaydi. Yaqqol giperosmolyar faollikka ega, buning natijasida yara va perifokal yallig'lanishni to'xtatadi, yiringli ekssudatni so'rib oladi, quruq qatqaloq hosil bo'lishiga yordam beradi. Granulyatsiyalar va tirik teri hujayralarini shikastlamaydi, chekka epitelizatsiyani bostirmaydi. Mahalliy ta'sirlovchi ta'sirga va allergiya chaqiruvchi xususiyatlarga ega emas.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Ayrim hollarda qo'llash joyida yengil achishish hissi paydo bo'lishi mumkin, u 15 - 20 soniyadan keyin mustaqil ravishda o'tib ketadi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydi. Allergik reaktsiyalar.
Dozirovkasi
  • 0,01 % 0,01%
Dozani oshirib yuborilishi
Miramistin® preparatining dozasi oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Dori shaklining ta'rifi
  • tiniq eritma Mahalliy qo'llash uchun eritma 0.01% Mahalliy qo'llash uchun eritma 0.01% rangsiz, tiniq, chayqatilganda ko'piradigan. Mahalliy qo'llash uchun eritma 0.01% rangsiz, tiniq, chayqatilganda ko'piradigan.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, ularning bakteriyaga qarshi va zamburug‘ga qarshi xususiyatlari kuchayishi qayd etilgan.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MIRAMISTIN®

MYRAMISTIN

 

Preparatning savdo nomi: Miramistin®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): miramistin

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,1 mg miramistin;

yordamchi modda: tozalangan suv.

Ta‘rifi: rangsiz yoki sarg‘ish tusli, tiniq, silkitilganida ko‘piklanuvchi suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar.

ATX kodi: D08AJ10.

Farmakologik xususiyatlari

Miramistinning ta‘siri asosida mikroorganizm membranalarining lipidlari bilan molekulaning bevosita gidrofob o‘zaro ta‘siri yotadi, bu ularning fragmentasiyasi va buzilishiga olib keladi. Bunda miramistin molekulasining bir qismi, membrananing gidrofob sohasiga kirib, membrananing usti qavatini buzadi, membranani yumshatadi, yuqori molekulyar moddalar uchun ularning o‘tkazuvchanligini oshiradi, ferment tizimlarini ingibisiya qilib, mikrob xujayrasini ferment faolligini o‘zgartiradi, bu mikroorganizmlarning hayot faoliyatini susayishi va ularning sitoliziga olib keladi. Boshqa antiseptiklardan farqli ravishda, miramistin mikroorganizmlarga nisbatan yuqori tanlab ta‘sir qilish xususiyatiga ega, chunki odam xujayralari qobiqlariga deyarli ta‘sir qilmaydi. Ushbu samara insonning xujayra membranasini o‘zgacha tuzilishi bilan bog‘liq (ahamiyatli katta uzunlikdagi lipid radikallari, xujayralar bilan miramistinni gidrofobli o‘zaro ta‘siri cheklash xususiyatiga ega).

Miramistin grammusbat va grammanfiy, aerob va anaerob, spora hosil qiluvchi va monokulturalar va mikrobli assosiasiyalar, shu jumladan gospital shtammlari, ko‘rinishidagi asporogen bakteriyalarga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi ta‘sirga ega.

Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilariga: gonokokklar, oqish treponemalar, trixomonadalar, xlamidiyalar, shuningdek gerpes, odam immun tanqisligi viruslariga nobud qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Aspergillus oilasi va Penicillum oilasiga mansub askomisetlarga, achitqi (Rhodotorula rubra, Torulopsis gabrata va boshq.) va achitqisimon (Candida albicans, Candida tropicalis, Candida krusei va boshq.) zamburug‘lar, dermatofitlarga (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Trichophyton verrucosum, Trichophyton schoenteini, Trichophyton violaceum, Epidermophyton Kaufman-Wolf, Epidermophyton floccosum, Microsporum gypseum, Microsporum canis va boshq.), shuningdek monokulturalar va mikrobli assosiasiyalar ko‘rinishidagi boshqa patogen zamburug‘larga nisbatan (masalan Pityrosporum orbiculare (Malassezia furfur)) zamburug‘larga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Miramistinning ta‘siri ostida mikroorganizmlarning antibiotiklarga nisbatan chidamliligi kamayadi.

Qo‘llanilishi

Xirurgiya, travmatologiya: turli hollarga joylashgan va turli etiologiyali infeksiyalangan yaralarni mahalliy davolash; granulyasiyalangan yaralarni ikkilamchi infeksiyasini oldini olish.

Kombustiologiya: II va III A darajali kuyishlarni davolash; kuygan yaralarni dermatoplastikaga tayyorlash.

Akusherlik va ginekologiya: tug‘ruqdan keyingi yaralarni, tug‘ruqdan keyingi jarohatlarni yiringlanishini oldini olish va davolash; chot oralig‘i va qin yaralari; tashqi jinsiy a‘zolar va qinning yallig‘lanish kasalliklari (vulvovaginit).

Dermatologiya: teri va shilliq qavatlarning kandidozi, oyoq kafti kandidozi va katta burmalar mikozini majmuaviy davolash.

Venerologiya: jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni (sifilis, gonoreya, genital gerpes) shaxsiy ravishda profilaktikasi.

Otorinolaringologiya: o‘tkir va surunkali otitlarni, gaymoritlar, tonzillitlarni majmuaviy davolash.

Stomatologiya: parodontitlar, stomatitlarni davolash, olib qo‘yiladigan protezlarni gigienik tozalash, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining operativ aralashuvlaridan keyingi mikrobli asoratlarni oldini olishda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarda mahalliy qo‘llanadi.

Xirurgiya, travmatologiya, kombustiologiya. Profilaktika va davolash maqsadida Miramistin® bilan jarohat va kuyish yuzalari yuviladi, jarohat va oqma yo‘llari bo‘sh tamponlanadi, antiseptik bilan xo‘llangan doka tamponlar fiksasiya qilinadi. Davolash muolajasi 3-5 kun davomida sutkada 2-3 marta takrorlanadi. Jarohat va bo‘shliq sutkada taxminan 1 l preparatni sarf qilinishi bilan samarali hisoblanadi.

Akusherlik va ginekologiya. Tug‘ruqdan keyingi infeksiyalarni oldini olish maqsadida tug‘ruqdan oldin (5-7 kun), qinni yuvish ko‘rinishida va 50 ml preparatga bo‘ktirilgan qin ichki tamponlari ko‘rinishida, tug‘ruqdan keyingi 2 soatlik ekspozisiya 5 kun davomida qo‘llanadi.

Ayollar jinsiy a‘zolarining yallig‘lanish kasalliklarini davolash preparat bilan tamponlarni qin ichiga yuborish yo‘li bilan  2 hafta davomida, tashqi jinsiy a‘zolar terisiga ishlov berish, shuningdek preparatni elektroforez yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Dermatologiya. Teri va shilliq qavatlarining kandidomikozi, oyoq-tovoni va katta burmalarning mikozini davolash sepuvchi uchlik yordamida, 3-4 marta sepish yoki sutkada 2-4 marta applikasiya yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Venerologiya. Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni shaxsiy profilaktikasi uchun  miramistin eritmasi, agar u jinsiy aloqadan keyin kechi bilan 2 soatdan keyin qo‘llansa samaralidir. Flakon ichidagisi uretral uchlik yordamida siydik chiqarish kanaliga – 2-3 ml (erkaklarga), 1-2 ml (ayollarga), qinga – 5-10 ml 2-3 minutda) yuboriladi. Sonlarning ichki yuzasi, chov, tashqi jinsiy a‘zolar terisiga ishlov beriladi.

Otorinolaringologiya. Yiringli gaymoritlarda yuqori jag‘ bo‘shlig‘ini punksiya qilish vaqtida 10 ml preparat bilan yuviladi. Tonzillitlar va laringitlarni davolashda Miramistin eritmasi bilan tomoqni ko‘p marta chayish o‘tkaziladi. Otitlarda preparatga botirilgan tampon tashqi eshitish yo‘liga 10-14 kun davomida sutkada 4-6 marta kiritiladi.

Stomatologiya. Parodontitlarni davolashda miramistin eritmasi parodontal cho‘ntaklarga, keyingi milklarga 15 minut davomidagi applikasiya qilish yo‘li bilan turundalar kiritiladi. Zo‘rayishlarda Miramistin® bilan parodontal cho‘ntaklar shpris yordamida yuviladi va absess bo‘shlig‘iga preparatli turunda kiritiladi.

Vestibuloplastika va frenulektomiya o‘tkazilgandan keyin, preparat ambulator sharoitda vannochkalar ko‘rinishida qo‘llanadi. Olib qo‘yiladigan protezlarga gigienik ishlov berish maqsadida, oxirgisi Miramistin® eritmasida kechasiga qoldiriladi, protezlarni ishlatish oldidan yaxshilab oqar suvda yuviladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ayrim hollarda, 15-20 sekunddan keyin mustaqil o‘tib ketuvchi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydigan qisqa muddatli achishish hissi bo‘lishi mumkin.

Miramistinga yuqori sezuvchanlikda terining mahalliy ta‘sirlanish ko‘rinishlari: qichishish, giperemiya, achishish hissi, terining quruqligi paydo bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Miramistinga shaxsiy sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llashdagi xavfsizlikning tegishli choralari

Venerologiya. Siydik chiqarish kanalini, qinni, sonning ichki yuzasini, qov va tashqi jinsiy a‘zolarini Miramistin® bilan ishlov berilganidan keyin 2 soat davomida siyish tavsiya etilmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antibiotiklar miramistin bilan majmuada qo‘llanganida, mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini kamayishi kuzatiladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.

Preparatni rezorbsiyasi deyarli yo‘qligi tufayli, Miramistin®ni homiladorlik va emizish davrida qo‘llashga ruxsat beriladi.

Bolalar.

Bolalarni davolash uchun miramistin eritmasini qo‘llash yuzasidan yetarli tajriba yo‘qligi tufayli, u pediatriya amaliyotida qo‘llanmaydi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bildan ishlash qobiliyatiga ta‘siri.

Preparatni qo‘llash avtotransportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmasligi bilan xarakterlanadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish hollari kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli

50 ml dan flakonlarda, 1 flakondan uretral uchlik bilan birga qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartiibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar. Mahalliy - qo'llash joyida achishish hissi (10-15 soniya ichida mustaqil ravishda o'tib ketadi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydi).

Miramistin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Miramistin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Miramistin haqida savollar

Miramistin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.6, 9 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil