Apteka.uz
SavatKirish

Baktoden

Baktoden chiqarilish shakllari

- Baktoden qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Baktodenning tarkibi
- Baktoden ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Baktoden narxi Toshkent dorixonalarida

Baktoden haqida qo'llanma

Ta'rifi

Mahalliy qo‘llash uchun antiseptik, dezinfeksiyalovchi preparatdir.

Povidon-yod (PVP-yod) mikroorganizmlarni yo‘q qiladi (mikroblarga qarshi samarasi), uni teri va shilliq qavatlarni dezinfeksiyalash uchun qo‘llanadi. U bakteriyalar, zamburug‘lar, sporalar, viruslar, sodda hayvonlar (bir xujayrali organizmlar) ga nisbatan samarali.

Preparat deyarli toksik emas.

Baktoden Terini mahalliy dezinfeksiyasi va shilliq qavatlarni antiseptik ishlov berish.

Ochiq yaralar va kuyishlarni dezinfeksiyasi.

Jarroxlik aralashuvlaridan oldin dezinfeksiyasida qo‘llanadi.

Preparatni kattalar va 6 oylik va undan katta bolalarda qo‘llash mumkin.

Baktoden eritmasini dezinfeksiyalanayotgan sohaga qarab suyultirilmagan yoki 1:10 yoki 1:100 nisbatda distillangan suv bilan suyultirilgandan keyin qo‘llash mumkin.


Suyultirilmagan preparatni in’eksiya, punksiya, qon olish, biopsiya, qon quyish, infuzion terapiya yoki jarroxlik aralashuvidan oldin 1-2 minut davomida shikastlanmagan terida qoldirish kerak.


Jarohatlarni, kuygan yaralarga ishlov berish, shilliq qavatlarni dezinfeksiyalash, terini bakterial va zamburug‘li infeksiyalarida dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin 10% li eritmani (Baktoden ni 1:10 nisbatda suv bilan suyultirib) ishlatish kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Baktoden preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Baktoden haqida savollar

Baktoden haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil