Kattalarda mahalliy qo'llanadi.
Xirurgiya, travmatologiya, kombustiologiya. Profilaktika va davolash maqsadida Miramistin® bilan jarohat va kuyish yuzalari yuviladi, jarohat va oqma yo'llari bo'sh tamponlanadi, antiseptik bilan xo'llangan doka tamponlar fiksatsiya qilinadi. Davolash muolajasi 3-5 kun davomida sutkada 2-3 marta takrorlanadi. Jarohat va bo'shliq sutkada taxminan 1 l preparatni sarf qilinishi bilan samarali hisoblanadi.
Akusherlik va ginekologiya. Tug'ruqdan keyingi infektsiyalarni oldini olish maqsadida tug'ruqdan oldin (5-7 kun), qinni yuvish ko'rinishida va 50 ml preparatga bo'ktirilgan qin ichki tamponlari ko'rinishida, tug'ruqdan keyingi 2 soatlik ekspozitsiya 5 kun davomida qo'llanadi.
Ayollar jinsiy a'zolarining yallig'lanish kasalliklarini davolash preparat bilan tamponlarni qin ichiga yuborish yo'li bilan 2 hafta davomida, tashqi jinsiy a'zolar terisiga ishlov berish, shuningdek preparatni elektroforez yo'li bilan o'tkaziladi.
Dermatologiya. Teri va shilliq qavatlarining kandidomikozi, oyoq-tovoni va katta burmalarning mikozini davolash sepuvchi uchlik yordamida, 3-4 marta sepish yoki sutkada 2-4 marta applikatsiya yo'li bilan amalga oshiriladi.
Venerologiya. Jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarni shaxsiy profilaktikasi uchun miramistin eritmasi, agar u jinsiy aloqadan keyin kechi bilan 2 soatdan keyin qo'llansa samaralidir. Flakon ichidagisi uretral uchlik yordamida siydik chiqarish kanaliga - 2-3 ml (erkaklarga), 1-2 ml (ayollarga), qinga - 5-10 ml 2-3 minutda) yuboriladi. Muolajadan keyin 2 soat davomida qovuqni bo'shatish tavsiya etilmaydi. Sonlarning ichki yuzasi, chov, tashqi jinsiy a'zolar terisiga ishlov beriladi.
Otorinolaringologiya. Yiringli gaymoritlarda yuqori jag' bo'shlig'ini punktsiya qilish vaqtida 10 ml preparat bilan yuviladi. Tonzillitlar va laringitlarni davolashda Miramistin eritmasi bilan tomoqni ko'p marta chayish o'tkaziladi. Otitlarda preparatga botirilgan tampon tashqi eshitish yo'liga 10-14 kun davomida sutkada 4-6 marta kiritiladi.
Stomatologiya. Parodontitlarni davolashda miramistin eritmasi parodontal cho'ntaklarga, keyingi milklarga 15 minut davomidagi applikatsiya qilish yo'li bilan turundalar kiritiladi. Zo'rayishlarda Miramistin® bilan parodontal cho'ntaklar shprits yordamida yuviladi va abtsess bo'shlig'iga preparatli turunda kiritiladi. Vestibuloplastika va frenulektomiya o'tkazilgandan keyin, preparat ambulator sharoitda vannochkalar ko'rinishida qo'llanadi. Olib qo'yiladigan protezlarga gigienik ishlov berish maqsadida, oxirgisi Miramistin® eritmasida kechasiga qoldiriladi, protezlarni ishlatish oldidan yaxshilab oqar suvda yuviladi.