Ташкент
logo
SavatKirish

Miristosept analoglari

Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Miristosept

Qo‘llash ko‘rsatmalari

Xirurgiya, travmatologiya: turli hollarga joylashgan va turli etiologiyali infektsiyalangan yaralarni mahalliy davolash; granulyatsiyalangan yaralarni ikkilamchi infektsiyasini oldini olish. 

Kombustiologiya: II va III A darajali kuyishlarni davolash; kuygan yaralarni dermatoplastikaga tayyorlash.

Akusherlik va ginekologiya: tug'ruqdan keyingi yaralarni, tug'ruqdan keyingi jarohatlarni yiringlanishini oldini olish va davolash; chot oralig'i va qin yaralari; tashqi jinsiy a'zolar va qinning yallig'lanish kasalliklari (vul'vovaginit).

Dermatologiya: teri va shilliq qavatlarning kandidozi, oyoq kafti kandidozi va katta burmalar mikozini majmuaviy davolash.

Venerologiya: jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarni (sifilis, gonoreya, genital gerpes) shaxsiy ravishda profilaktikasi.

Otorinolaringologiya: o'tkir va surunkali otitlarni, gaymoritlar, tonzillitlarni majmuaviy davolash.

Stomatologiya: parodontitlar, stomatitlarni davolash, olib qo'yiladigan protezlarni gigienik tozalash, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining operativ aralashuvlaridan keyingi mikrobli asoratlarni oldini olishda qo'llaniladi.

Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Batafsil

Retseptli

Kategoriya
Antiseptiklar
Mavjud chiqarilish shakllari
  • Eritma
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil