Ташкент
logo
SavatKirish

Pantoderm

Pantoderm chiqarish shakllari

PANTODERM maz 30g 5%
Retseptsiz
PANTODERM maz 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
•98 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
PANTODERM maz
PANTODERM maz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin OAO
PANTODERM PLYUS 30,0 krem
PANTODERM PLYUS 30,0 krem
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
- Pantoderm qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Pantodermning tarkibi
- Pantoderm ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Pantoderm narxi Toshkent dorixonalarida

Pantoderm qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PANTODERM®

PANTHODERM

 

Preparatning savdo nomi: Pantoderm®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dekspantenol

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: dekspantenol 100% moddaga qayta hisoblanganda – 5 g;

yordamchi moddalar: vazelin – 15 g, suyuq parafin – 10 g, bodom moyi – 10 g, oq asalari mumi – 3 g, lanolin – 25 g, setostearil spirti (setil spirti 60%, stearil spirti 40%) – 3 g, lanolin spirti – 4 g, tozalangan suv – 100 g gacha.

Ta‘rifi: sarg‘ish tusli oqdan och sariq rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli surtma.

Farmakoterapetik guruhi: to‘qimalar trofikasi va regenerasiyasi stimulyatori

ATX kodi: D03AX03

 

Farmakologik xususiyatlari

V guruhi vitamini – pantoten kislotasining hosilasi. Dekspantenol organizmda koenzim A ning tarkibiy qismi bo‘lgan pantoten kislotasiga aylanadi va organizmda asetillanishi jarayonlarida, uglevod va yog‘ almashinuvida, asetilxolin, kortikosteroidlar, porfirinlar sintezida ishtirok etadi; teri, shilliq qavatlarning regenerasiyasini rag‘batlantiradi, xujayralar metabolizmini normallashtiradi, mitozni teshlashtiradi va kollagen tolalarning mustahkamligini oshiradi. Regenerasiyani rag‘batlantiruvchi, metabolik va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo‘llanganida teri orqali tez so‘riladi va pantoten kislotasiga aylanadi, plazma oqsillari bilan (asosan beta-globulin va albumin bilan) bog‘lanadi. Uning qondagi konsentrasiyasi –  0,5-1 mg/l, qon zardobidagi – 100 mkg/l ni tashkil qiladi. pantoten kislotasi organizmda (Ko-A ga kirishishidan tashqari) metabolizmga uchramaydi, o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Terining quruqligi; shikastlangan teri: kichik jarohatlar va kuyishlar (quyosh nuri ta‘siridagi), shilinishlar, bullyoz dermatit, abssess, furunkul, boldirning trofik yaralari, yotoq yaralar, yoriqlar, operasiyadan keyingi aseptik jarohatlar, yomon bituvchi teri transplantatlarini davolash; laktasiya vaqtida sut bezlarining so‘rg‘ichlarini yallig‘lanishi va yoriqlarini oldini olish va davolash; emizikli bolalarda teri bichilishlarini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga.

Pantoderm terining shikastlangan yoki yallig‘langan sohasiga sutkada bir yoki bir necha marta qo‘yiladi.

Emizikli ayollarning sut bezlarini parvarish qilish: surtma har emizishdan so‘ng so‘rg‘ichlarga surtiladi; kompress sifatida ishlatish mumkin.

Emizikli bolalarni parvarish qilish: surtma taglik (yo‘rgak) har almashtirilganida qo‘yiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Pantoderm® preparatini homiladorlik vaqtida va emizish davrida ishlatish mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish holatlari kuzatilmagan.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun 5% li surtma.

30 g dan alyumin tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Pantoderm narxlari

Pantoderm barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Pantoderm savollari

Pantoderm fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil