Apteka.uz
SavatKirish

Psilo-balzam

Psilo-balzam chiqarilish shakllari

Psilo-balzam gel 20g
Retseptsiz
Psilo-balzam gel 20g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AO «Nijfarm»
•4 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
PSILO BALZAM gel 20g 1%
Retseptsiz
PSILO BALZAM gel 20g 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm,OAO
•117 ta dorixonada bor
Narxi
53 000 so'm dan
- Psilo-balzam qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Psilo-balzamning tarkibi
- Psilo-balzam ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Psilo-balzam narxi Toshkent dorixonalarida

Psilo-balzam qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PSILO-BALZAM®

PSILO-BALZAM

 

Preparatning savdo nomi: Psilo-Balzam®

XPN yoki guruhlash nomi: difengidramin

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun gel

Tarkibi:

1 g gel saqlaydi:

faol modda: difengidramin gidroxloridi – 10,0 mg;

yordamchi moddalar:setilpiridiniy xloridi – 1,0 mg, makrogol gliserilkaprilokaprati – 150,0 mg, poliakril kislotasi – 12,0 mg, trometamol – 22,2 mg, suv – 1 g gacha.

Ta‘rifi: rangsiz, tiniq bir xil gel.

Farmakoterapevtik guruhi: Allergiyaga qarshi vosita – N1-gistamin reseptorlarining blokatori

ATX kodi: D04AA32.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Psilo-Balzam® ning allergiyaga qarshi ta‘siri uning tarkibida N1-gistamin reseptorlarning blokatori bo‘lgan difengidramin gidroxloridning borligi bilan bog‘liq, va buning oqibatida qichishishni tez pasaytiradi, og‘riq, giperemiyani kamaytiradi, kapillyarlarning yuqori o‘tkazuvchanligini, to‘qimalarning shishini pasaytiradi; mahalliy anesteziyani chaqiradi, shuni hisobiga Psilo-Balzam® yoqimli sovutuvchi ta‘sirga ega. Maxsus gel asosi terini himoya qiladi va ko‘rinarli iz qoldirmaydi.

 

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo‘llanganida so‘rilishi ahamiyatsiz, teri qoplamlarining butunligini buzilishi preparatning so‘rilishini oshiradi.

Qo‘llanilishi

Quyosh nuridan kuyish va I darajali kuyishlar; hashoratlarning chaqishi; eshakemi; kelib chiqishi turlicha bo‘lgan terining qichishishi (xolestazdagi qichishishdan tashqari); qichima dermatozlar, ekzema, suvchechak, terining allergik ta‘sirlanishi, o‘simliklarga tegish oqibatidagi kontakt dermatitlar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; difengidramin saqlovchi har qanday preparatlarni bir vaqtda qo‘llash; terining katta yuzalariga qo‘llash; 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan

Qo‘yish joyda teri qoplamalarining shikastlanishlari, shilliq qavatlarga qo‘yish.

 

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda va laktasiyada preparatni qo‘llash, ona uchun potensial foyda va bola uchun kutilgan xavfni baholashni talab qiladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga. Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga Psilo-Balzam® terining shikastlangan sohalariga (3-5 sm uzunlikdagi gel tasmasi kaft o‘lchamidagi shikastlangan maydonga) kuniga 3-4 marta qo‘yiladi va yengil uqalovchi harakatlari bilan taqsimlanadi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Kam – terining o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (ekzema, kontakt dermatit).

Preparat sirtga qo‘llanganida tizimli xarakterga ega nojo‘ya samaralari kuzatilmagan.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qizarish, preparat qo‘yilgan teri soxani o‘rtacha shishi.

Davolash: preparat qo‘yilgan teri sohani suv bilan yuvish.

 

Boshqa dori vositalar bilan o‘zaro ta‘siri

Difengidraminning sirtki shakllari qo‘llanganida boshqa dori vositalari bilan nomutanosibligi yoki o‘zaro ta‘sirining hollari ta‘riflanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Psilo-Balzam® qo‘yilgandan so‘ng darhol (1-2 soat davomida) fotodermatozlar rivojlanishi xavfidan saqlanish uchun quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlanish kerak. Psilo-Balzam® bilan davolash vaqtida alkogol iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun gel 1%.

20 g yoki 50 g dan alyumin tubalarda. Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Psilo-balzam preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Psilo-balzam narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Eco Pharm №9
Mirobod tumani, Oybek koʻchasi 44-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
60 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
60 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
64 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
64 000 so'm
Bron qilish

Psilo-balzam barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Psilo-balzam haqida savollar

Psilo-balzam haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil