Ташкент
logo
SavatKirish

Dimedrol

Dimedrol chiqarish shakllari

DIMEDROL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
Retseptli
DIMEDROL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJ
•130 ta dorixonada bor
Narxi
3 700 so'm dan
DIMEDROL eritma 1ml 1% N10
Retseptli
DIMEDROL eritma 1ml 1% N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
•130 ta dorixonada bor
Narxi
3 700 so'm dan
DIMEDROL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
Retseptli
DIMEDROL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
Qozog’iston
Ishlab chiqaruvchi:
Ximfarm, AO
•130 ta dorixonada bor
Narxi
3 700 so'm dan
DIMEDROL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
Retseptli
DIMEDROL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
Armaniston
Ishlab chiqaruvchi:
Yerevanskaya XFF, OAO
•130 ta dorixonada bor
Narxi
3 700 so'm dan
DIMEDROL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
Retseptli
DIMEDROL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus, OOO
•130 ta dorixonada bor
Narxi
3 700 so'm dan
DIMEDROL tabletkalari 50mg N10
Retseptli
DIMEDROL tabletkalari 50mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy Group SP OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
2 500 so'm dan
DIMEDROL tabletkalari 0,05g N10
Retseptli
DIMEDROL tabletkalari 0,05g N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
O'zkimyofarm, AO im. S.K. Islambekova
•2 ta dorixonada bor
Narxi
2 500 so'm dan
DIMEDROL eritma 1 ml 10 mg/ml N10
Retseptli
DIMEDROL eritma 1 ml 10 mg/ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
REKA-MED FARM SP OOO
•28 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
- Dimedrol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Dimedrolning tarkibi
- Dimedrol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Dimedrol narxi Toshkent dorixonalarida

Dimedrol qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

Antiallergik vosita.

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Rossiya Federatsiyasi,
Belarusiya,
Armaniston,
Xitoy,
Qozog’iston
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik, bronxial astma, yopiq burchakli glaukoma, bradikardiya, yurak ritmining buzilishi, tug‘mi QT-intervalning uzayish sindromi yoki preparatni uzoq qo‘llash tufayli QT-intervalning uzayishi, feoxromotsitoma, prostata bezining giperplaziyasi, me’da va 12 barmoq ichakning stenozlovchi yara kasalligi, siydik pufagi bo‘ynining stenozi, tutqanoq, porfiriya, bolalik yoshi (7 oylikgacha), homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Tarkibi

faol modda: dimedrol (difengidramin gidroxloridi) -10,0 mg; yordamchi modda: in’eksiya uchun suv- 1 ml gacha.

Farmakodinamikasi

Difengidramin H1-retseptorlarini bloklovchi antigistamin preparatlari guruhining asosiy vakillaridan biri hisoblanadi. U yaqqol gistaminga qarshi faollikka ega. Bundan tashqari u mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, bevosita spazmalitik ta’siri natijasida silliq mushaklarni bo‘shashtiradi, vegetativ nerv tugunlarini o‘rtacha darajada bloklaydi.
Preparatning muhim xususiyati bo‘lib uning neyroleptik moddalarining ta’siri bilan biroz o‘xshash bo‘lgan sedativ ta’siri hisoblanadi, muvofiq dozalarda u uyqu chaqiruvchi samara ko‘rsatadi. Shuningdek o‘rtacha qusishga qarshi vositadir. Preparatning nerv tizimiga ta’sirida gistamin retseptorlariga bo‘lgan ta’siri bilan bir qatorda (miyaning H3-retseptorlari bo‘lishi mumkin) uning markaziy xolinolitik faolligi ham muhim ahamiyatga ega.

Dozirovkasi

Mushak ichiga (m/i), vena ichiga (v/i) buyuriladi.

Teri ostiga (t/o) ta’sirlovchi ta’siri tufayli yuborilmaydi!

Mushak ichiga bir martalik dozani yuborish tashkil qiladi: 1-5 ml 1% eritma (0,01-0,05 g), maksimal bir martslik doza - 5 ml(0,05 g), maksimal sutkalik doza -5 ml 1% eritma (0,15 g).

Vena ichiga preparatni tomchilab 2-5 ml (20-50 mg) 75-100 ml 0,9% natriy xloridning eritmasida yuboriladi.

Davolash kursi erishilgan samara va preparatni o‘zlashtirilishiga bog‘liq.

Bolalarga m/o va v/i: 7-12 oylik – 0,3-0,005g (0,3-0,5 ml 1% eritma); 1-3 yosh-0,005-0,01g (0,5 -1 ml); 4-6 yosh – 0,015-0,15g (1-1,5 ml); 7-14 yosh- 0,015-0,03 g(1,5­-3 ml) zarur bo‘lganda xar 6-8  soatda.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: MNT susayishi yoki qo‘zg‘alish (ayniqsa bolalarda), ongni chalkashishi, depressiya, tirishilar  turg‘un midriaz, qiyinlashgan nafas,og‘iz qurushi, me’da- ichak yo‘llarining falaji.

Davolash: maxsus antidot yo‘q, me’dani yuvish, zarur bo‘lganda - AB ni oshiruvchi dori vositalari, kislorod, plazma o‘rnini bosuvchi suyuqliklarni vena ichiga yuborish. Epinefrin va analeptiklarni ishlatish mumkin emas.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat bilan davolanish vaqtida UB-nurlanishdan va etanolni iste’mol qilishdan saqlanish lozim.

Bu preparatni qo‘llanishi to‘g‘risida shifokorga xabardor qilish kerak. Qusishga qarshi ta’siri appenditsit tashxisini va boshqa dorilarning dozasini oshirib yuborilishi belgilarini aniqlashni qiyinlashtirishi mumkin.
Yurak kasalliklarida va gipertoniya kasalligida v/i va m/i yuborish maqsadga muvofiq emas. Preparatni yuqori diqqat va tezkor ruxiy reaksiyalarni talab qiladigan potensial xavfga ega faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan shaxslarga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladrolik davrida extiyotkorlik bilan sinchkov shifokor nazorati ostida (homilador ayollarda adekvat va qat’iy nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan). Onalarga homiladorlik davrida dimedrol buyurilishi natijasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda birinchi besh kunlikda diareya va tremor rivojlanishi kuzatilgan. Davolash davrida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Bemorlar yuqori diqqat, tezkor ruhiy va xarakat reaksiyalarini talab qiluvchi barcha turdagi faoliyatlardan saqlanishlari kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Etanol va MNT susaytiruvchi dori vositalarning ta’sirini kuchaytiradi. MAO ingibitorlari difengidraminning antixolinergik faolligini kuchaytiradi. Psixostimulyatorlar bilan birga buyurilganida antagonistik o‘zaro ta’sirlar aniqlanadi.

Zaxarlanishni davolashda apomorfinning qusishga qarshi dori vositasi sifatida samaradorligini pasaytiradi.

M-xolinoblokatorlar faollikka ega bo‘lgan dori vositalarining antixolinergik samaralarini kuchaytiradi.

Sotish shartlari

retsept bo'yicha

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:


faol modda: dimedrol (difengidramin gidroxloridi) -10,0 mg;

yordamchi modda: in’eksiya uchun suv- 1 ml gacha.

Chiqarish shakli

1 ml dan ampulalarda in'ektsiya uchun 1% eritma.


Farmakoterapevtik guruh

Antiallergik vosita.

Dori shakli

In'ektsiya uchun eritma

Nojo'ya samaralari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB ni pasayishi, yurak urushini xis qilish, taxikardiya, ekstrasistoliya.

Nafas olish tizimi tomonidan: burun va tomoq shilliq qavatining qurushi, balg‘amning yopishqoqligini oshishi, ko‘krakda yoki tomoqda siqilish xissi, aksirish, burun bitishi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, sedativ ta’sir, uyquchanlik, bosh aylanishi, koordinatsiyani buzilishi, holsizlik, ongni chalkashishi, bezovtalik, qo‘zg‘alish, asabiylik, tremor, ta’sirchanlik, uyqusizlik, eyforiya, paresteziyalar, nevrit, tirishishlar.

Sezgi a’zolari  tomonidan: ko‘rishni idrok etishni buzilishi, diplopiya, vertigo, quloqlarda shovqin, o‘tkir labirinit.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz shilliq qavatini qurishi, epigastriyda og‘riq, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat.

Siydik ajratish va jinsiy a’zolar tizimi tomonidan: tezlashgan yoki qiyinlashgan siydik ajratish, siydik tutilishi, erta menstruatsiyalar.

Qon yaratish a’zolari tomonidan: gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, anranulotsitoz.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, dori toshmasi, anafilaktik shok, fotosensibilizatsiya.

Boshqalar: ko‘p terlash, etni uvishishi.

Qo'llanilishi

Preparat asosan eshakemi, pichan isitmasi, zardob kasalligi, gemorragik vaskulit (kapillyarotoksikoz), vazomotor tumov, angionevrotik shish, qichishuvchi dermatozlar, o‘tkir iridotsiklit, allergik konn’yuktivitlar va boshqa allergik kasalliklar, turli dorilardan, shu jumladan antibiotiklarni qabul qilishda bo‘lgan allergik asoratlar, nur kasalligi, branxial astmada(teofillin, efedrin va boshqa dori vositalari bilan birga), me’da yara kasalligi va giperatsid gastrit (bu kasallikda H2-retseptorlarining blokatorlari samaraliroq hisoblanadi), qon va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklarni quyishdagi, ferment va boshqa preparatlar qo‘llanilgandagi nojo‘ya reaksiyalarni kamaytirish uchun, xoreya, dengiz va xavo kasalligi, xomiladorlarning qusishida, Mener sindromida tinchlantiruvchi va uyqu chaqiruvchi vositasi sifatida (mustaqil va boshqa uyqu chaqiruvchi vositalar bilan birga) qo‘llaniladi. Anesteziologiya amaliyotida litik aralashmalarning tarkibiy qismi sifatida ham qo‘llaniladi.

Boshqa dorilar bilan mosligi

Etanol va markaziy asab tizimini susaytiradigan dorilar ta'sirini kuchaytiradi. MAO inhibitörleri difenhidraminning antikolinerjik faolligini oshiradi. Psixostimulyatorlar bilan birgalikda qo'llanganda antagonistik o'zaro ta'sirlar kuzatiladi. Zaharlanishni davolashda apomorfinning emetik dori sifatida samaradorligini pasaytiradi. M-antikolinerjik faollikka ega dorilarning antikolinerjik ta'sirini kuchaytiradi.

Ta'rifi

Shaffof, rangsiz suyuqlik

Dimedrol narxlari

Dimedrol barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Dimedrol savollari

Dimedrol fikr-mulohazalari

Reyting 4.8, 4 ta sharh asosida
Гойибназар
04.04.2021 18:58
5
Я вообще не аллергик, но недавно вдруг ни с того ни с сего у меня тело покрылось сильной сыпью, которая безумно чесалась. Проблема застала меня не в самый подходящий момент, посреди рабочего дня. К счастью, у нас есть штатный врач, который дал сразу же мне выпить димедрол. Буквально за 1 час все прошло. К эффективности препарата у меня претензий нет. Но есть у лекарства один минус. После приема в сон клонит просто адски. Я еле отработал до конца смены потом. Теперь буду знать.
Лочиной
24.03.2021 16:15
5
У меня двое детей. У обоих периодически высыпает аллергия, то на сладкое, то на цитрусовое. Доктор выписал димедрол. Дозировка очень маленькая, всего ¼ таблетки. Здоровью никак не вредит, но в то же время с поставленной задачей справляется. Хорошее, проверенное годами средство. Я довольна.
Мирзиё
29.12.2020 18:58
4
Мне Димедрол назначал врач от аллергии. Средство, в общем-то, хорошее. Но очень уж от него клонит в сон. Я пробовал пить дозировку меньше, чем назначили. Спать так не хотелось, но и действие было кратковременным. Через пару часов аллергия снова напоминала о себе. Поэтому пью теперь строго по назначении. Стараюсь, конечно, делать это на ночь. Но не всегда получается. Поэтому на время лечения от управления автомобилем приходится отказываться. А в целом я доволен.
Галима
06.08.2019 17:18
5
Мне димедрол очень нравится. В борьбе с аллергией он меня еще ни разу не подводил. Жаль только, что продается этот препарат теперь только по рецепту. Каждый раз, когда запасы заканчиваются, приходится идти в больницу. А врачи то и дело пытаются назначить новомодные антигистаминные средства, которые стоят в разы дороже. Лично меня димедрол полностью устраивает. Поэтому всегда прошу, чтобы выписали именно его.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil