Psilo-balzam gel 20g

Psilo-balzam gel 20g haqida qo'llanma
Sotish shartlari
Retseptsiz.
Tarkibi
1 g gelь saqlaydi:
faol modda: difengidramin gidroxloridi — 10 mg;
yordamchi moddalar:tsetilpiridiniya xlorid, makrogol glitserilkaprilokaprati,karbomer, trometamol, tozalangan suv.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun gel 1%.
20 g yoki 50 g dan alyumin tubalarda. Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Farmakodinamikasi
Psilo-Balzam® ning allergiyaga qarshi ta'siri uning tarkibida N1-gistamin retseptorlarning blokatori bo‘lgan difengidramin gidroxloridning borligi bilan bog‘liq, va buning oqibatida qichishishni tez pasaytiradi, og‘riq, giperemiyani kamaytiradi, kapillyarlarning yuqori o‘tkazuvchanligini, to‘qimalarning shishini pasaytiradi; mahalliy anesteziyani chaqiradi, shuni hisobiga Psilo-Balьzam® yoqimli sovutuvchi ta'sirga ega. Maxsus gelь asosi terini himoya qiladi va ko‘rinarli iz qoldirmaydi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida so‘rilishi ahamiyatsiz, teri qoplamlarining butunligini buzilishi preparatning so‘rilishini oshiradi.
Farmakologik guruhlari
Allergiyaga qarshi vosita – N1-gistamin retseptorlarining blokatori
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gelь
Nojo'ya samaralari
Kam — terining o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (ekzema, kontakt dermatit).
Preparat sirtga qo‘llanganida tizimli xarakterga ega nojo‘ya samaralari kuzatilmagan.
Qo'llanilishi
Quyosh nuridan kuyish va I darajali kuyishlar; hashoratlarning chaqishi; eshakemi; kelib chiqishi turlicha bo‘lgan terining qichishishi (xolestazdagi qichishishdan tashqari); qichima dermatozlar, ekzema, suvchechak, terining allergik ta'sirlanishi, o‘simliklarga tegish oqibatidagi kontakt dermatitlar.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; difengidramin saqlovchi har qanday preparatlarni bir vaqtda qo‘llash; terining katta yuzalariga qo‘llash; 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan
Qo‘yish joyda teri qoplamalarining shikastlanishlari, shilliq qavatlarga qo‘yish.
Boshqa dorilar bilan mosligi
Difengidraminning sirtki shakllari qo‘llanganida boshqa dori vositalari bilan nomutanosibligi yoki o‘zaro ta'sirining hollari ta'riflanmagan.
Ta'rifi
rangsiz, tiniq bir xil gel.
Dozirovkasi
Sirtga. Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga Psilo-Balьzam® terining shikastlangan sohalariga (3-5 sm uzunlikdagi gelь tasmasi kaft o‘lchamidagi shikastlangan maydonga) kuniga 3-4 marta qo‘yiladi va yengil uqalovchi harakatlari bilan taqsimlanadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Simptomlari: qizarish, preparat qo‘yilgan teri soxani o‘rtacha shishi. Davolash: preparat qo‘yilgan teri sohani suv bilan yuvish.
Psilo-balzam boshqa chiqarish shakllari

