Ташкент
logo
SavatKirish

Sulfargin

Sulfargin chiqarish shakllari

SULFARGIN maz 50g
Retseptli
SULFARGIN maz 50g
Latviya
Ishlab chiqaruvchi:
Grindeks, AO
SULFARGIN maz 15g
Retseptli
SULFARGIN maz 15g
Estoniya
Ishlab chiqaruvchi:
Grindeks, AO
- Sulfargin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Sulfarginning tarkibi
- Sulfargin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Sulfargin narxi Toshkent dorixonalarida

Sulfargin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Latviya,
Estoniya
Kategoriya
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SULFARGIN®

SULFARGIN®

 

Preparatning savdo nomi: SULFARGIN®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sulfadiazin.

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma.

Tarkibi

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda – 10 mg kumush sulfadiazini;

yordamchi moddalar: vazelin moyi, propilenglikol, setostearil spirti, gliseril monostearati 40-55, polisorbat-80, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, tozalangan suv 1 g gacha.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, o‘ziga xos hidli surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: sirtga qo‘llash uchun mikroblarga qarshi preparat, sulfanilamid.

ATX kodi: D06BA01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Kumush sulfadiazini grammusbat va grammanfiy mikroblar va zamburug‘lar (Pseudomonas aeruginosa, Staphylococcus aureus, Escherichis coli, Proteus, Klebsiella, Candida, Phycomycetes va Aspergillus spp., dermatofitlar) ga mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatning faolligi kumush sulfadiazinini o‘rtacha dissosiasiyasi natijasida jarohatda ajralib chiqadigan kumush ionlariga asoslangan, shu tufayli uzoq muddatli mikroblarga qarshi ta‘sirga erishiladi, uni sulfadiazin (sulfanilamid) to‘ldiradi. Kumush ionlari mikrob xujayralarining yuzasida so‘riladi va oligodinamik bakteriostatik va bakterisid deb nomlanuvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Kuygan sohada yallig‘lanish reaksiyasini kamaytirishga va fagositozlovchi xujayralarni optimal darajada funksional qobiliyatini tutib turishga, fibroblastlar va kollagen paydo bo‘lishiga yordam beradi, regenerasiya jarayonlarini rivojlanishi buni tasdiqlaydi. Ammo kumush sulfadiazini in vitro sharoitda o‘rtacha sitotoksiklikka ega (5% li konsentrasiyada fibroblastlarni o‘sishini susaytiradi), buni xavf/foyda nisbatini baholashda e‘tiborga olish kerak.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Mahalliy qo‘llanilganida jarohatga surtilgan surtmaning umumiy miqdoridan 1% gacha kumush ionlari va 10% gacha sulfadiazin so‘rilishi mumkin. Sog‘lom teri orqali qon oqimiga so‘rilmaydi, kuyish pufaklarida qo‘llanilganida so‘rilishi oshadi. Qonda sulfadiazinning konsentrasiyasi 10-20 mkg/ml ga yetadi, preparatni tananing katta yuzalariga qo‘llanilganida yuqoriroq konsentrasiyalariga erishish mumkin.

Taqsimlanishi va metabolizmi

Sulfadiazin organizmning to‘qima va suyuqliklarida keng taqsimlanadi, orqa miya suyuqligida 32-65% va qon zardobida 14-30% konsentrasiyalarga erishib, gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi, shuningdek yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga ajraladi. Mikrobiologik faol bo‘lmagan, ammo toksik metabolitlarini hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi.

Kumush asosan jigar va taloqqa tarqaladi, barcha a‘zolar va to‘qimalarda melatonin, albumin va makroglobulinlarni bog‘laydi.

Chiqarilishi

Sulfadiazin organizmda to‘planmaydi va taxminan yarmi o‘zgarmagan shaklda siydik bilan tez chiqariladi; kamroq qismi safro bilan chiqariladi. 72 soat davomida so‘rilgan sulfadiazinning 60-80% metabolitlari va o‘zgarmagan shaklda siydikda aniqlanadi. Siydikning ishqoriy muhitida chiqarilishi kuchayadi.

So‘rilgan kumushning katta qismi safro bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Infeksiyalangan kuygan jarohatlarni oldini olish va davolash.
  • Infeksiyalangan teri yaralari va yotoq yaralarni qo‘shimcha davolash.
  • Terini ko‘chirib o‘tkazilgan sohalari va katta shilinishlarni infeksiyalanishini qo‘shimcha profilaktikasida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llanadi. Surtmani katta yuzalarda qo‘llanilganida buyrak va jigar faoliyatini va qon shaklli elementlari miqdorini nazorat qilish kerak. Pasientga ishqoriy suyuqlikni ko‘p miqdorda berish kerak.

Nekrotik to‘qimalarni jarroxlik yo‘li bilan olib tashlanganidan keyin surtma shikastlangan sohaga sutkada 1-2 marta steril bog‘lam yoki ochiq usulda yupqa qavat qilib surtiladi. Maksimal bir martalik doza – 300 g ni tashkil etadi. Davolash 3 xaftagacha davom etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy reaksiyalar

Surtma kam hollarda mahalliy ta‘sirlovchi ta‘sir (qisqa muddatli achishish, og‘riq) chaqirishi mumkin, u 5-10 minutdan keyin o‘tib ketadi. Pasientda yuqori sezuvchanlik bo‘lganida allergik reaksiyalar – achishish hissi, toshma, qichishish paydo bo‘lishi mumkin.

Tizimli reaksiyalar

Kuygan katta sohalarni uzoq muddat davolaganda qon plazmasida sulfadiazinning tizimli qo‘llashda hosil bo‘ladigan konsentrasiyasiga teng konsentrasiyasi hosil bo‘lishi mumkin. Sulfanilamidlarga xarakterli nojo‘ya ta‘sirlar: ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, glossit, bo‘g‘imlarda og‘riq, bosh og‘rig‘i, ongni chalkashishi, tirishishli spazmlar, kristalluriya, gematuriya, gormonlar sintezini susayishi, buyrakni toksik shikastlanishi, leykopeniya, trombositopeniya, eozinofiliya paydo bo‘lishi mumkin.

Uzoq muddat davolash yoki terining katta yuzalarini davolash natijasida to‘qimalarda kumushni to‘planishi va argiriya (terini biroz kulrang tus olishi) paydo bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Kumush sulfadiaziniga, boshqa sulfanilamidlarga va/yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik.

Tug‘ma glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi (katta yuzalarda qo‘llanilganida gemoliz paydo bo‘lishi mumkin).

Ko‘p miqdorda ekssudasiya bilan chuqur yiringli va kuygan jarohatlar (maqsadga muvofiq emas).

Chala tug‘ilgan bolalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 3 oylikgacha bo‘lgan bolalar (yadroli sariqlik paydo bo‘lishi xavfi sababli).

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Jarohatni fermentativ tozalaydigan vositalarni faolsizlantirishi mumkin, shuning uchun ushbu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Kumush sulfadiazini yuqori konsentrasiyalarda o‘rtacha sitotoksiklikka ega va fibroblastlarni o‘sishini susaytirishi mumkin, shuning uchun II darajali kuyishlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Kumushning yarim chiqarilish davri davom muddatliligi, shuningdek sulfadiazinni buyrak parenximasining toksik shikastlanishini chaqirish qobiliyati tufayli, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Sulfadiazin siydikda erimaydigan kristallarni hosil qilishi va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keluvchi buyrakda glomerulyar o‘zgarishlarni chaqirishi mumkin.

Agar kumush sulfadiazini bilan davolashni uzoq muddat o‘tkazish yoki preparatni kuygan katta yuzalarga qo‘llanilsa, leykopeniya, trombositopeniya yoki eozinofiliya paydo bo‘lishi xavfi tufayli qon tarkibini muntazam nazorat qilish kerak.

Mikroblarga qarshi ta‘sirga ega boshqa preparatlarni qo‘llagandagi kabi superinfeksiya paydo bo‘lishi mumkin.

Preparat yordamchi moddalar sifatida metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat saqlaydi, ular allergik reaksiyalar (shu jumladan sekinlashgan turdagi), ayrim hollarda – bronxospazm chaqirishi mumkin. Surtma shuningdek mahalliy teri reaksiyalari (masalan, kontakt dermatit) chaqiruvchi setostearil spirti va terini ta‘sirlanishini chaqiruvchi propilenglikol saqlaydi.

Homiladorlik va emizish

Homiladorlik va emizish vaqtida kumush sulfadiazinini qo‘llashning xavfsizligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun bu davrda surtmani qo‘llash mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kuygan katta sohalarni uzoq muddat davolaganda qon plazmasida sulfadiazinning tizimli qo‘llashda hosil bo‘ladigan konsentrasiyasiga teng konsentrasiyasi hosil bo‘lishi mumkin va shuning uchun barcha sulfanilamidlarni tizimli qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lishi mumkin (Nojo‘ya ta‘sirlari bo‘limiga qarang).

Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

50 g dan surtma alyumin tubada. 1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Sulfargin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Sulfargin savollari

Sulfargin fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 9 ta sharh asosida
Екатерина
13.10.2020 07:16
5
Хорошая мазь. У меня был небольшой ожог на кисти руки, на коже появились пузыри и лопались, подруга посоветовала мне использовать мазь Сульфаргин Гриндекс. Под пластырь не помещалось, наносила просто 2 раза в день, где-то за пару недель все прошло! Но я мыла посуду, готовила. При нанесении на кожу мазь не вызывает раздражения, очень понравился смягчающий эффект. Рекомендую.
Соима
03.11.2020 14:44
5
Достоинства: качество Недостатки: нет Комментарий: Был сильный ожог от утюга, купили мазь Сульфаргин Гриндекс, мазь очень хорошо заживляет и не имеет неприятного запаха. Применяла неделю, за это время полностью сошел ожог. Плюс этой мази в том, что она снимает боль и жжение. Однозначно рекомендую!
Гузал
11.09.2020 15:01
5
Раньше родители привозили ее из Прибалтики, хорошо, что мазь появилась здесь. мажу ей всю семью от порезов, ожогов, царапин кота) Здорово снимает покраснения и боль, все быстро заживает. тюбика на 50гр хватает на семью из 4 человек уже второй год.
Саехат
01.02.2021 12:29
5
Неплохая мазь, лежит в домашней аптечке с прошлого лета. Частенько мажем ребенку ссадины именно сульфаргином, быстро заживает. Через пару дней уже ссадины уже подсушенные, не болезненные. Ей же мазала небольшой ожог на руке от масла, тоже быстро прошел, наносила под пластырь
Залина
19.02.2021 19:55
5
Достоинства: Широкий спектор приминения Недостатки: Нет Комментарий: Полетели в Турцию и взяли эту мазь на всякий случай, у нас маленькая упаковочка. Она нас просто спасла! В первый день очень обгорели, мазь быстро сняла воспаление от ожога. К концу отпуска ребенок поранил ногу, и опять эта мазь оказалась кстати, нанесла сульфаргин под пластырь.
Хатира
29.11.2020 08:16
5
Сульфаргин в нашей семье вещь незаменимая. Пользуемся этой мазью все. Я на кухне частенько руки травмирую, муж на работе то порежется об станок, то собьет. Про детей я вообще молчу. Мне кажется, они у нас ходят на коленках. Вечно сбитые. Спасаемся Сульфаргином. Мазь способствует быстрому заживлению. Несколько дней применения, и от ранки не остается и следа. Помогает всегда безотказно. Этим летом детей отправили к бабушке. Так сразу дали с собой аж 2 тюбика. В общем, препарат действительно хороший. Попробуйте и убедитесь сами.
Санталат
24.07.2020 08:00
5
У бабушки был инсульт, после которого она длительное время не могла восстановиться. Долго пролежала, не вставая. Мы недоглядели, и у нее образовались пролежни. Врач рекомендовал нам мазь Сульфаргин. Наносили на пораженные участки кожи. Все затянулось очень быстро. Мазь кстати хорошо впитывается и не оставляет следов на постельном белье. Цена доступная. Нам перед этим в аптеке пытались втюхать какой-то аналог. Мол, он эффективнее. Так он стоил почти в 2 раза дороже. Смысла переплачивать никакого абсолютно нет. Мы теперь и сами, кстати, этой мазью пользуемся. С ней порезы и ссадины заживают быстрее, чем обычно. В общем, средство действительно хорошее. Сейчас таких немного.
Завра
11.07.2020 20:09
5
На даче порезала руку. Был как раз период посевных работ, хотелось, чтобы хоть как-то побыстрее все зажило. Обратилась в местную аптеку за помощью. Фармацевт рекомендовала Сульфаргин. Наносила мазь на рану в течение пяти дней. Все прошло прямо неожиданно быстро. Мазь не бесполезная. Теперь на даче для меня это первое средство после зеленки.
Луиза
10.04.2021 21:15
5
Упала с велосипеда. Сильно разбила коленку. Рана долго не заживала. Помог Сульфаргин. С применением этой мази рана затянулась за несколько дней.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil