LOROBEN
LOROBEN chiqarilish shakllari


LOROBEN haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LOROBEN™
LOROBEN™
Preparatning savdo nomi: Loroben™
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): benzidamin gidroxloridi, xlorgeksidin glyukonati
Dori shakli: oral sprey
Tarkibi:
30 ml sprey quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 45 mg benzidamin gidroxloridi, 36 mg xlorgeksidin glyukonati;
yordamchi moddalar: polisorbat 20, sorbitol 70%, propilenglikol, xinolin sarig‘i, yalpizli essensiya, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrati digidrati, tozalangan suv.
Har bir purkalma (~0,13 ml) 0,156 mg benzidamin gidroxloridi, 0,195 mg xlorgeksidin glyukonati saqlaydi.
Ta‘rifi: yashil rangli tiniq suyuqlik
Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy peroral qo‘llash uchun dori vositalari.
ATX kodi: A01AD02
Farmakologik xususiyatlari
Benzidamin – boshqa NYAQV dan farq qiluvchi nosteroid yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vositadir. Lokal (mahalliy) qo‘llanganda ishlatiladigan konsentrasiyalarda asos o‘rnini o‘taydi va mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
O‘tkazilgan tajribalarda benzidaminning og‘riq qoldiruvchi ta‘siri yallig‘lanish oqibatidagi og‘riqlarda, yallig‘lanish xarakteriga ega bo‘lmagan og‘riqlarga nisbatan yaqqol namoyon bo‘ladi.
Xlorgeksidin grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, ayrim patogen zamburug‘lar, achitqilar, shuningdek ko‘pchilik viruslarga nisbatan samaralidir.
Xlorgeksidin glyukonati mikroblarga qarshi keng faollikka ega bisbiguanid hisoblanadi. Og‘iz chayilganidan keyin xlorgeksidin glyukonati tishlar, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va og‘izdagi qoplanmalar sirtida adsorbsiyalanadi, 24 soat davomida asta-sekin ajraladi, chunki so‘lakda xlorgeksidinning konsentrasiyasi kamayadi.
Farmakodinamikasi
Benzidamin ta‘sirining yallig‘lanishga qarshi mexanizmi gipofiz-adrenal tizimini rag‘batlanishi bilan bog‘liq emas. Benzidamin prostaglandinlar biosintezini boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar kabi ingibisiya qiladi, ammo ularning ta‘sir mexanizmi to‘liq tushuntirib berilmagan.
Mahalliy qo‘llanilishi oqibatida xlorgeksidin keyingi uzaytirilgan bakteriostatik ta‘sir bilan birga darhol bakterisid samara ko‘rsatadi. Xlorgeksidin mikrob hujayrasi devorida absorbsiyalangan va uzaytirilgan sirtqi ta‘sir ko‘rsatgan holda bakteriyalar o‘sishini to‘xtatib turadi, so‘ngra sitoplazma presipitasiyasiga yordam berib, hujayrani nobud bo‘lishini chaqiradi.
Farmakokinetikasi
Benzidamin yallig‘langan shilliq qavatda yaxshi absorbsiyalanadi va yallig‘lanishga qarshi hamda mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Chayilganidan keyin taxminan 30% xlorgeksidin og‘iz bo‘shlig‘ida ushlanib turadi va 24 soat davomida u asta-sekin so‘lakka ajraladi. Xlorgeksidin glyukonati me‘da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi; qonda aniqlanadigan konsentrasiyalari topilmaydi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘ida va tomoqda og‘riqli holatlarni (angina, faringit, tonzillit, aftoz stomatit, glossitni), tomoqda va og‘iz bo‘shlig‘ida jarrohlik aralashuvlarida og‘riqlarni vaqtincha bartaraf etish uchun.
Kimyoterapiya, radioterapiya, boshqa aralashuvlar (shu jumladan traxeya intubasiyasi) va shikastlanishlar oqibatida hosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash uchun.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, asoratlari, paradont kasalliklarini davolash uchun.
Gingivitlarni davolash va oldini olish uchun.
Tish ustida qoplanmalar hosil bo‘lishini kamaytirish uchun.
Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini saqlab turish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llash usuli
Spreyning applikatoriga, muntazam oqimga erishilmagunga qadar bosib turish kerak4.
Applikatorning uchligini, uchlik og‘iz bo‘shlig‘ida yaxshi o‘rnashmaguncha ko‘tarish, va shundan so‘nggina applikatorga bosish kerak. Purkashni turli sohalarga 4 marta takrorlash kerak.
Xlorgeksidin Loroben™ preparatining tarkibida tish qoplanmasi hosil bo‘lishini va davolash jarayonida gingivitni kamayishiga yordam beradi.
Loroben™ preparatining tarkibidagi xlorgeksidin keltirib chiqargan rangli dog‘lar hosil bo‘lishini kamaytirish uchun tishlarni oldindan tish cho‘tkasi bilan tozalash lozim.
Spreyli flakonni vertikal ushlash kerak.
Eritmani yutish mumkin emas. Ishlatib bo‘linganidan keyin eritmani tuflab tashlash lozim.
Kattalar
Odatdagi doza – tomoqning yallig‘langan sohasiga 5-10 marta purkaladi. Kun davomida har 1½-3 soatda takrorlash kerak.
Bolalar (6-12 yosh)
Tomoqning yallig‘langan sohasiga 5 marta purkaladi. Har 1½-3 soatda takrorlash kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Loroben™ oral sprey ta‘siri odatda yaxshi o‘zlashtiriladi va kam nojo‘ya ta‘sirlarga ega.
Eritma shaklidagi benzidamin gidroxloridini qo‘llash oqibatida kelib chiqadigan nojo‘ya samaralar:
Mahalliy:
Davolash vaqtida eng tez-tez uchraydigan reaksiya – og‘iz bo‘shlig‘ida uvishish hisi (2,6%), kam hollarda – achishish va sanchish hisi (1,4%). Juda kam hollarda og‘iz bo‘shlig‘ini qurishi yoki chanqash (0,2%), qizib ketish hisi va ta‘mning o‘zgarishi (0,1%) qayd etiladi.
Umumiy:
Umumiy ko‘rinishdagi nojo‘ya reaksiyalar asosan ko‘ngil aynishi, qusish, hichiqoq, me‘da-ichak buzilishlari (0,4%), bosh aylanishi (0,1%), bosh og‘rig‘i va uyquchanlik (0,1%) bo‘lib, ular tez-tez uchramaydi va jiddiy xarakterga ega emas.
Xlorgeksidin glyukonatini oral sprey shaklida qo‘llash oqibatida kelib chiqadigan nojo‘ya samaralar:
Tishda toshlarni hosil bo‘lishi.
Ta‘m sezuvchanligini o‘zgarishi.
Klinik tadqiqotlarda preparatni qo‘llash bilan bog‘liq jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Benzidamin, xlorgeksidin yoki preparatning biror-bir boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Xlorgeksidin
Xlorgeksidin tuzlari sovun va boshqa anion birikmalar bilan nomutanosibdir.
Xlorgeksidin tuzlari kationli va noionli sirt tarangligi bo‘yicha faol substansiyalari bilan mutanosibdir, biroq yuqori konsentrasiyalarda birga ishlatilishi xlorgeksidinni miseliy bilan bog‘lanishi oqibatida preparatning faolligini pasaytiradi.
Setrimid va lissapol NX kabi sirt tarangligi bo‘yicha faol moddalar eruvchanlikni oshishini keltirib chiqarishi mumkin.
Natriy alginati, natriy karboksimetilsellyulozasi, gummiarabik, kraxmal kabi anionli polielektrolitlar bilan nomutanosib; ularni bir vaqtda qo‘llash samaradorlikni pasaytiradi.
Brilliant ko‘ki, xloramfenikol, natriy flyuoressini, formaldegid, kumush nitrati, rux sulfati, mis sulfati bilan nomutanosibdir.
Qattiq suv bilan suyultirilganida kalsiy va magniy kationlari bilan o‘zaro ta‘sirga kirishishi natijasida erimaydigan tuzlar ko‘rinishida cho‘kma hosil qilish mumkin.
Agar xlorgeksidinni benzoatlar, bikarbonatlar, karbonatlar, boratlar, nitratlar, fosfatlar, sulfatlar bilan hosil qilingan tuzlarining konsentrasiyasi 0,05% dan ko‘p bo‘lsa, u holda past darajada eriydigan tuzlar shakllanadi va cho‘kmaga tushadi. Setrimid ushbu tuzlar eruvchanligini oshiradi, kombinasiyada bunday presipitantlar uchramaydi.
Xlorgeksidin glyukonatini setrimid va benzalkoniy xloridi bilan mos kelishi bakterisid faollikni sinergik oshishida namoyon bo‘ladi.
Setrimid xlorgeksidinni qattiq suvda cho‘kishini so‘ndiradi.
Xlorgeksidin glyukonatidan tashqari, xlorgeksidin va uning tuzlari suvga nisbatan spirtda yaxshi eriydi. Xlorgeksidin glyukonati eritmasi spirt qo‘shilganida cho‘kmaga tushishi mumkin. Eritmada 7% spirtni ishtirok etishi uni grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi samaraliroq qiladi, chunki eritma sellyuloza filtrlari orqali filtrlanadi; so‘rilish ehtimoli bor.
Benzidaminning dorilar bilan ma‘lum o‘zaro ta‘siri yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Faqat sirtga qo‘llash uchun ishlatiladi.
Faqat og‘iz bo‘shlig‘i uchun qo‘llanilsin.
Yutilmasin.
Og‘iz bo‘shlig‘ida, ayniqsa til va tishlarda qaytuvchan rangli iz qoldirishi mumkin.
Agar tomoqda og‘riq bakterial infeksiya bilan bog‘liq bo‘lsa, Loroben™ preparati bilan birga antibakterial terapiyani buyurish mumkin.
Tizimli ta‘sir ehtimoli buyrak kasalliklari bo‘lgan shaxslarda qo‘llanilganida e‘tiborga olinadi, chunki benzidamin va uning metabolitlari siydik bilan chiqariladi.
Tizimli ta‘sir ehtimoli jigar kasalliklari bo‘lgan shaxslarda qo‘llanilganida e‘tiborga olinadi, chunki benzidamin jigarda metabolizmga uchraydi.
Loroben™ oral spreyni klinik qo‘llash tajribasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli, 6 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi
Xlorgeksidin glyukonatini homilador ayollarga ta‘siri yuzasidan nazoratli tadqiqotlar yo‘q hamda benzidaminni hayvonlar va homilador ayollarga ta‘siri yuzasidan adekvat tadqiqotlar xam yo‘q.
Preparatning tarkibiga kiruvchi faol moddalar kombinasiyasini hayvonlar va homilador ayollarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan; shu boisdan preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.
Adekvat tadqiqotlar yo‘qligi tufayli, preparatni ayollarda laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni qo‘llash usulini inobatga olgan holda dozani oshirib yuborilishi mumkin emas. Tasodifan katta dozalar yutib yuborilganida simptomatik davolash buyuriladi. Maxsus antidot mavjud emas.
Chiqarilish shakli
Loroben™ oral sprey oq flakonda. 1 flakon (30 ml) va applikator komplektda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga solingan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida original o‘ramida, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati.
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz beriladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- benzidaminga, uning hosilalariga yoki preparatning biron-bir boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik va laktatsiya davri;
- 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Farmakokinetikasi
Benzidamin yallig'langan shilliq qavatda yaxshi so'riladi va yallig'lanishga qarshi hamda mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Benzidamin mahalliy qo'llanilgandan so'ng plazmadagi konsentratsiya past va preparat dozasiga proporsional.
Peroral chayqashda ishlatilganda dozaning taxminan 4 % yutiladi va ma'lum bir qismi so'riladi. Yutilgan xlorgeksidin dozasining 90% so'rilmaydi va to'g'ridan-to'g'ri axlat bilan chiqariladi.
Chayqagandan so'ng taxminan 30% xlorgeksidin og'iz bo'shlig'ida ushlanib qoladi va 24 soat davomida so'lakka sekin ajralib chiqadi. Xlorgeksidin glyukonat me'da-ichak yo'lidan yomon so'riladi; qonda aniqlanadigan konsentratsiyalar topilmaydi.
Taqsimlanishi
Loroben - og'iz bo'shlig'ida mahalliy qo'llash uchun dori vositasi. Ikkala ingredient ham me'da-ichak yo'li shilliq qavatida past absorbsiyaga ega bo'lganligi sababli, tizimli absorbsiya va dispersiya kutilmaydi.
Metabolizmi
Xlorgeksidinni plazmada o'lchash mumkin emas, chunki absorbsiya minimal darajada.
Benzidamin odatda oksidlanish va kon'yugatsiya yo'li bilan metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Xlorgeksidin organizmda to'planmaydi va juda oz miqdori o'zlashtirilishi mumkin.
Yutilgan xlorgeksidinning taxminan 10% so'riladi va keyinchalik buyrak kanali orqali chiqariladi; preparatning qolgan 90% axlat bilan chiqariladi. Benzidamin va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Benzidaminning yallig'lanishga qarshi ta'sir mexanizmi gipofiz-adrenal tizimini rag'batlantirish bilan bog'liq emas. Benzidamin boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar kabi prostaglandinlar biosintezini ingibirlaydi, ammo ularning ta'sir mexanizmi to'liq oydinlashtirilmagan. Benzidaminning og'riqsizlantiruvchi ta'siri uning yallig'lanishga qarshi samarasidan ancha kuchliroq.
Mahalliy qo'llanilganda xlorgeksidin darhol bakteriostatik samara ko'rsatadi, keyinchalik uzoq muddatli bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Xlorgeksidin mikrob hujayrasi devoriga so'rilib va uzoq muddatli sirtqi ta'sir ko'rsatib, bakteriyalar o'sishini to'xtatadi, so'ngra sitoplazma pretsipitatsiyasiga yordam berib, hujayra o'limini keltirib chiqaradi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Faqat sirtqi qo'llash uchun.
12 yoshdan kichik bolalarga tavsiya etilmaydi .
Preparat faqat og'iz bo'shlig'ini chayqash uchun mo'ljallangan. Ko'z va quloqlarga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Ko'zga tushganda ko'p miqdorda suv bilan yuvish kerak.
Qo'llashdan oldin xlorgeksidin glyukonatining bo'yovchi ta'sirini kamaytirish uchun tishlarni tozalash kerak.
Yutish mumkin emas, ishlatgandan so'ng albatta tupurib tashlash kerak.
Suyultirilmasdan ishlatiladi
Agar bemorda bakterial infektsiya chaqirgan tomoq og'rig'i bo'lsa, qo'shimcha antibiotiklar qabul qilish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak.
Preparat propilenglikol saqlaydi, ammo ishlatish usuli tufayli alohida e'tibor talab etmaydi.
Dori vositasini fruktozani kam uchraydigan genetik o'zlashtiraolmasligi bo'lgan bemorlarda qo'llamaslik kerak, chunki u sorbit saqlaydi.
Avtotransportni yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Xlorgeksidin
Xlorgeksidin tuzlari sovun va anion guruhini saqlovchi boshqa moddalar bilan nomutanosib.
Xlorgeksidin tuzlari kation va noionli sirt faol moddalar bilan mos keladi, biroq yuqori kontsentratsiyalarda birga foydalanish xlorgeksidinning mitseliy bilan bog'lanishi oqibatida preparat faolligini pasaytiradi.
Tsetrimid va lissapol NX kabi sirt faol moddalar xlorgeksidin eruvchanligini oshirishi mumkin.
Natriy alginat, natriy karboksimetitsellyuloza, gummiarabik, kraxmal kabi anion polielektrolitlar bilan nomutanosib; bir vaqtda qo'llash samaradorlikni pasaytiradi.
Brilliant yashili, xloramfenikol, mis sulfati, flyuoressentsinnatriy, formaldegid, kumush nitrati, rux sulfati bilan nomutanosib.
Qattiq suv bilan suyultirilganda kaltsiy va magniy kationlari bilan o'zaro ta'sir natijasida erimaydigan tuzlar ko'rinishida cho'kishi mumkin.
Agar eritmada benzoatlar, bikarbonatlar, karbonatlar, boratlar, nitratlar, fosfatlar, sulfatlar bilan hosil bo'lgan xlorgeksidin tuzlari kontsentratsiyasi 0,05% dan ortiq bo'lsa, past eruvchanlikka ega tuzlar shakllanadi va cho'kadi. Tsetrimid ushbu tuzlar eruvchanligini oshiradi, kombinatsiyada bunday cho'kmalar uchramaydi.
Xlorgeksidin glyukonatning tsetrimid va benzalkoniy xlorid bilan mosligi bakteritsid faollikning sinergik oshishida namoyon bo'ladi. Tsetrimid xlorgeksidinning qattiq suvda cho'kishini bostiradi.
Xlorgeksidin glyukonatdan tashqari, xlorgeksidin va uning tuzlari suvga qaraganda spirtda yaxshiroq eriydi. Xlorgeksidin glyukonat eritmasi spirt qo'shilganda cho'kishi mumkin.
Benzidamin bilan ma'lum dori o'zaro ta'sirlari yo'q.
Pediatrik guruhda va aholining boshqa maxsus guruhlarida moslik bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Eritmani yutmaslik kerak. Ishlatilgandan so'ng eritmani tupurib tashlash kerak. Odatda suyultirmasdan ishlatiladi. Achishish va sanchish hissi paydo bo'lganda eritmani suv bilan suyultirish kerak. Ketma-ket 7 kundan ortiq ishlatilmasin.
Kattalar
15 ml eritmani og'izda kamida 30 soniya ushlab turish kerak. Kun davomida har 1,5 - 3 soatda takrorlash kerak.
Loroben preparati tarkibidagi xlorgeksidin gingivitni davolash jarayonida tish karashi hosil bo'lishiga yordam beradi. Ishlatishdan oldin tishlarni tish cho'tkasi bilan oldindan tozalash kerak.
Agar Loroben chayish uchun eritmasi og'iz bo'shlig'i gigiyenasini saqlash maqsadida ishlatilsa, kamida 1 daqiqa chayish kerak. Loroben chayish uchun eritmasi tarkibidagi xlorgeksidin chaqirgan dog'lar hosil bo'lishini kamaytirish uchun tishlarni oldindan tish cho'tkasi bilan tozalash kerak.
Bolalar
12 yoshdan oshgan bolalar uchun 5 - 15 ml eritmani ishlatish mumkin, og'izda kamida 30 soniya ushlab turish kerak. Kun davomida har 1,5 - 3 soatda takrorlash kerak.
Keksa yoshdagi bemorlar.
Keksa bemorlar uchun kattalar uchun bo'lgan dozalar qo'llaniladi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












