Terining yiringli va zamburug'li shikastlanishida, yiringli yaralarda eritma yuvish, primochka ko'rinishida qo'llanadi.
Proktit i yarali kolitni davolash uchun iliq eritmani o'tkir yallig'lanish belgilari butunlay yo'qolguncha kuniga 50-100 ml dan 2 marta huqnalar shaklida yuboriladi. Surunkali paraproktitdagi oqmalarni kuniga 3-4 kun davomida Dekatos preparati bilan yuviladi.
Kattalarda qovuqni yuvish uchun dekametoksin eritmasini dastlab 500-600 ml dozadagi tozalangan suv bilan 1: 7 nisbatda (davolash kursi uchun 7-20 yuvish) suyultirilgandan so'ng ishlatiladi.
Og'iz shilliq qavatining shikastlanishi 25-50 ml dan 10-15 minut davomida applikatsiya yoki chayish (100-150 ml) yo'li bilan davolanadi.
Avj olish bosqichdagi I-II darajali parodontozning distrofik-yallig'lanish shaklini milklarning patologik cho'ntakchalarini iliq eritmada irrigatsiya yo'li bilan (50-70 ml) yoki yallig'lanish belgilarini yopishda milklarga applikatsiyalar qo'yish yo'li bilan davolanadi.
Og'iz shilliq qavatining kandidozi, yarali-nekrotik gingivit bo'lgan bemorlarga 5-10 kun davomida sutkada 4 marta og'izni chayish (100-150 ml) buyuriladi.
Bodomsimon bezlar kandidozini, surunkali tonzilitni davolash, bodomsimon bezlar lakunasini yuvish orqali amalga oshiriladi (har bir yuvishga 50-75 ml). Stafilokokk, difteriya tayoqchalarini tashuvchilarni sanatsiya qilish bezni eritma bilan chayish, lakunalarni yuvish, burun-xalqumni, bodomsimon bezlarni chayish orqali amalga oshiriladi. Lakunalar kuniga 3-5 marta yuviladi.
Kattalarda o'pka abssessi, bronxoektatik kasallik, yiringlash bilan asoratlangan o'pka kistali gipoplaziyasi, zo'rayish davridagi surunkali bronxitda Dekatos preparati endobronxial yo'l bilan yuboriladi:
• mikrotraxeostoma orqadi 25-50 ml dan kuniga 1-2 marta;
• transnazal kateter orqali 5-10 ml dan kuniga 1 marta;
• ul'tratovush ingalyatsiya usuli orqali 5-10 ml dan kuniga 1-2 marta;
• 100 ml hajmida traxeobronxial daraxtning lavaji yordamida.
Davolash davomiyligi - 2-4 hafta.
Qorin va plevra bo'shliqlarining yiringli-yallig'lanish kasalliklarini davolashda shikastlangan soha chekkalariga kamida 10 minut ta'sir qilgan holda Dekatos bilan to'ldiriladi. Zarur bo'lganda, shuningdek "mahkam" tikilganda (drenajsiz), operatsion bo'shliqqa eritmani keyinchalik olib tashlash bilan, toza yuvindi suv chiqqungacha qayta-qayta to'ldiriladi. Bo'shliqni oqimli - yuviluvchi drenajlash drenajlar yoki punktsiya usuli yordamida amalga oshiriladi.
Qin shilliq qavatining mikrob va zamburug'li trixomonadali zararlanishini davolash uchun Dekatos preparatni purkash ko'rinishida (38°C gacha isitilgan 50-100 ml preparatni kuniga 3 marta) ishlatiladi. Xuddi shu tarzda, bir marta tug'riq yo'llarini tug'ishdan oldingi sanatsiyasi amalga oshiriladi.
Tug'ruqdan keyingi endometritni davolash bachadon bo'shlig'ini iliq preparat(150-200 ml) bilan kuniga 2 marta yuvish orqali amalga oshiriladi.
Qo'l terisi va rezina qo'lqopni dezinfektsiya qilish oldindan yuvilgan yuzaga 5-10 ml preparatni 5 minut davomida surkash qilish orqali amalga oshiriladi.
Tozalangan tibbiy asboblar, labchalar, naychalar va jihozlar 30 minut davomida eritmaga botirish yo'li bilan dezinfektsiya qilinadi.
Bolalar
Xuruj bosqichidagi surunkali bronxiti bo'lgan 12 yoshdan katta bolalarni davolash uchun, kuniga 5-10 ml 1-2 marta ultratovush ingalatsiyasi usulidan qo'llanadi.
Boshqa ko'rsatmalarda 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tajribasi yo'q.