Dekatos analoglari
Guruh analoglari
Dekatos
Terining yirinli bakterial va zamburug'li kasalliklari, mikrob ekzemasi, yumshoq to'qimalarning yiringli-yallig'lanishli shikastlanishini (abtsesslar, karbunkullar, flegmona, chipqon, yiringli yaralar, panaritsiy); stomatologik kasalliklarni (stomatit, yara-nekrotik gingivit, avj olish bosqichdagi I-II darajali parodontozning distrofik-yallig'lanish shakli) davolashda qo'llanadi.
O'pka abssessi, bronxoektatik kasallik, yiringlash bilan asortalangan o'pka kistali gipoplaziyasi, avj olish bosqichdagi surunkali bronxit, surunkali tonzillit, angina, stafilokokk va difteriya tayoqchalari tashuvchisi, yarali kolit, paraproktitda ko'llash tavsiya qilininadi.
Qorin bo'shlig'ining jarrohlik infektsion-yallig'lanish kasalliklarida (turli etiologiyali peritonit) va pul'monologiyada Dekatos preparati qorin va plevra bo'shlig'ini yuvish uchun qo'llanadi.
Urologiyada Dekatos preparati uretritda (uretraga instillyatsiya uchun), balannapostitda (vannochkalar uchun), prostatitda (kichik huqnalar uchun), tsistitda (qovukka instillyatsiya uchun), operatsiyadan keyingi davrda qovuqni yuvish uchun qo'llanadi.
Ginekologik amaliyotda Dentos preparati - qin shilliq qavatining kandidozini, mikrob etiologiyali jinsiy a'zolarining yallig'lanish kasalliklari, tug'ruq yo'llarini tug'ruqdan oldingi sanatsiyasi, tug'ruqdan keyingi endometritni davolash uchun qo'llanadi.
Dekatos preparati bemorlarni tekshirish va tibbiy muolajalar va kichik jarrohlik aralashuvlarni amalga oshirishda tibbiy xodimlarning qo'llari terisini va rezina qo'lqoplarini dezinfeksiya qilish uchun, tibbiy asboblarni va metall, rezina, polimer materiallar va shishadan tayyorlangan diagnostika uskunalarini sterilizatsiya qilishda qo'llanadi.
Retseptli
- Eritma








