Ташкент
logo
SavatKirish

DEKATOS eritma 5 ml 0,2 mg/ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Antiseptiklar
Farmakoterapevtik guruh:

Antiseptik vosita.

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories, SP OOO
ATX kodi:D08A
Barcha Dekatos dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

DEKATOS eritma 5 ml 0,2 mg/ml o'xshash dorilari

BEPANTEN PLYUS krem 5% 30g N1
Retseptsiz
BEPANTEN PLYUS krem 5% 30g N1
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
120 000 so'm dan
LOROBEN sprey 30ml
Retseptsiz
LOROBEN sprey 30ml
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S.
•114 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
MIRAMISTIN eritma 50ml 0,1mg/ml
Retseptsiz
MIRAMISTIN eritma 50ml 0,1mg/ml
Ukraina
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Darnisa AO
•93 ta dorixonada bor
Narxi
52 000 so'm dan

DEKATOS eritma 5 ml 0,2 mg/ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: 

Faol modda: dekametoksin suvsizga qayta hisoblanganda – 0.2 mg;

Yordamchi moddalar: natriy xloridi, 1 ml gacha in'ektsiya uchun suv.

Сhiqarilish shakli

Sirtga va bo'shliq ichiga qo'llash uchun eritma 100 ml, 250 ml, 500 ml dan tibbiy polipropilen flakonlarda. 

Sirtga va ingalyatsiya uchun qo'llash uchun eritma 2 ml va 5 ml dan preparat polietilen yoki polipropilendan tayyorlangan konteynerlarda. Konteynerlar qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.


Farmakodinamikasi

Dekatos mikroblarga qarshi preparatdir, zamburug'ga qarshi ta'sir ko'rsatib, mikrob hujayrasining tsitoplazmatik membranasiga (TsPM) kontsentratsiyalanadi va membrana lipidlarining fosfatid guruhlariga bog'lanib, mikroorganizmlarning TsPM o'tkazuvchanligini buzadi. Dekametoksin stafilokokklar, streptokokklar, difteriya va yashil yiringli tayoqchalar, kapsulali bakteriyalarga yaqqol bakteritsid ta'sir va achitqilarga, achitqisimon zamburug'larga, epidermafitiya, trixofitiya, mikrosporiya, eritrazma qo'zg'atuvchilari, mog'or zamburug'ining ayrim turlariga (aspergilla, penitslar) ga fungatsid ta'sir, trixomanadalar, lyambliyalarga protistotsid ta'sir, viruslarga virusga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarga qarshi juda faol. Uzoq muddat qo'llanilgan dekametoksinga chidamli shakllar asta-sekin va kichik miqdorda hosil bo'ladi. Bakteriostatik (fungistatik) kontsentratsiyalar uning bakteritsid (fungitsid), virusotsid, protistotsid kontsentratsiyalariga o'xshaydi. Dekatos preparati bilan davolash vaqtida antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligi oshadi. 

Farmakokinetikasi

Preparat shilliq pardalar, zararlanmagan teri va yara yuzasida deyarli so'rilmaydi.

Farmakoterapevtik guruh

Antiseptik vosita.

Dori shakli

Sirtga va bo'shliq ichiga qo'llash uchun eritma; ingalyatsiya uchun eritma

Nojo'ya samaralari

Kam hollarda, ayrim patsientlarda yuqori sezuvchanlik bo'lishi mumkin. Bunday shaxslarda preparatni qo'llashdan keyin teri toshmalari, achishish, qurush, qichishish va boshqa mahalliy allergik reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin, 

Endobronxial yuborilganda to'sh orqasida achishish xissi paydo bo'lishi mumkin, bu muolaja tugagandan 20-30 minutdan so'ng o'tib ketadi. 

Maxsus saqlash sharoitlari

Dekatos preparatni uzoq muddat qo'llanganda xech qanday toksik reaktsiyalar chaqirmaydi. Preparatni qo'llashdan oldin 38°C ga isitish ta'sirning samaradorligini oshiradi. Yallig'lanish holatlarida va teri shikastlanishida preparatni 1:1 yoki 1:2 nisbatda distillangan suv bilan suyultiriladi.

Patsientlar maxsus guruhlarida qo'llanishi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanishi.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llash bo'yicha ogohlantirishlar yo'q. Agar ona uchun potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lganida, homiladorlik davrida preparatni qo'llash mumkin.

Ko'krak sutiga o'tish to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida hech qanday ogohlantirish yo'q.

 

Qo'llanilishi

 Terining yirinli bakterial va zamburug'li kasalliklari, mikrob ekzemasi, yumshoq to'qimalarning yiringli-yallig'lanishli shikastlanishini (abtsesslar, karbunkullar, flegmona, chipqon, yiringli yaralar, panaritsiy); stomatologik kasalliklarni (stomatit, yara-nekrotik gingivit, avj olish bosqichdagi I-II darajali parodontozning distrofik-yallig'lanish shakli) davolashda qo'llanadi.

 O'pka abssessi, bronxoektatik kasallik, yiringlash bilan asortalangan o'pka kistali gipoplaziyasi, avj olish bosqichdagi surunkali bronxit, surunkali tonzillit, angina, stafilokokk va difteriya tayoqchalari tashuvchisi, yarali kolit, paraproktitda ko'llash tavsiya qilininadi.

 Qorin bo'shlig'ining jarrohlik infektsion-yallig'lanish kasalliklarida (turli etiologiyali peritonit) va pul'monologiyada Dekatos preparati qorin va plevra bo'shlig'ini yuvish uchun qo'llanadi.

 Urologiyada Dekatos preparati uretritda (uretraga instillyatsiya uchun), balannapostitda (vannochkalar uchun), prostatitda (kichik huqnalar uchun), tsistitda (qovukka instillyatsiya uchun), operatsiyadan keyingi davrda qovuqni yuvish uchun qo'llanadi.

 Ginekologik amaliyotda Dentos preparati - qin shilliq qavatining kandidozini, mikrob etiologiyali jinsiy a'zolarining yallig'lanish kasalliklari, tug'ruq yo'llarini tug'ruqdan oldingi sanatsiyasi, tug'ruqdan keyingi endometritni davolash uchun qo'llanadi.

 Dekatos preparati bemorlarni tekshirish va tibbiy muolajalar va kichik jarrohlik aralashuvlarni amalga oshirishda tibbiy xodimlarning qo'llari terisini va rezina qo'lqoplarini dezinfeksiya qilish uchun, tibbiy asboblarni va metall, rezina, polimer materiallar va shishadan tayyorlangan diagnostika uskunalarini sterilizatsiya qilishda qo'llanadi. 

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Farmatsevtik o'zaro ta'sir: dekametoksin kationli yuzasi-faol moddadir, shuning uchun u sovun va boshqa anionik birikmalar bilan nomutanosib. 

Farmakodinamik o'zaro ta'sir: dekametoksin antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning sezgirligini oshiradi.

Ta'rifi

Tiniq rangsiz eritma. 

Dozirovkasi

Terining yiringli va zamburug'li shikastlanishida, yiringli yaralarda eritma yuvish, primochka ko'rinishida qo'llanadi.

Proktit i yarali kolitni davolash uchun iliq eritmani o'tkir yallig'lanish belgilari butunlay yo'qolguncha kuniga 50-100 ml dan 2 marta huqnalar shaklida yuboriladi. Surunkali paraproktitdagi oqmalarni kuniga 3-4 kun davomida Dekatos preparati bilan yuviladi. 

Kattalarda qovuqni yuvish uchun dekametoksin eritmasini dastlab 500-600 ml dozadagi  tozalangan suv bilan 1: 7 nisbatda (davolash kursi uchun 7-20 yuvish) suyultirilgandan so'ng ishlatiladi. 

Og'iz shilliq qavatining shikastlanishi 25-50 ml dan 10-15 minut davomida applikatsiya yoki chayish (100-150 ml) yo'li bilan davolanadi. 

Avj olish bosqichdagi I-II darajali parodontozning distrofik-yallig'lanish shaklini milklarning patologik cho'ntakchalarini iliq eritmada irrigatsiya yo'li bilan (50-70 ml) yoki yallig'lanish belgilarini yopishda milklarga applikatsiyalar qo'yish yo'li bilan davolanadi. 

Og'iz shilliq qavatining kandidozi, yarali-nekrotik gingivit bo'lgan bemorlarga 5-10 kun davomida sutkada 4 marta og'izni chayish (100-150 ml) buyuriladi. 

Bodomsimon bezlar kandidozini, surunkali tonzilitni davolash, bodomsimon bezlar lakunasini yuvish orqali amalga oshiriladi (har bir yuvishga 50-75 ml). Stafilokokk, difteriya tayoqchalarini tashuvchilarni sanatsiya qilish bezni eritma bilan chayish, lakunalarni yuvish, burun-xalqumni, bodomsimon bezlarni chayish orqali amalga oshiriladi. Lakunalar kuniga 3-5 marta yuviladi. 

Kattalarda o'pka abssessi, bronxoektatik kasallik, yiringlash bilan asoratlangan o'pka kistali gipoplaziyasi, zo'rayish davridagi surunkali bronxitda  Dekatos preparati endobronxial yo'l bilan yuboriladi:

• mikrotraxeostoma orqadi 25-50 ml dan kuniga 1-2 marta;

• transnazal kateter orqali 5-10 ml dan kuniga 1 marta;

• ul'tratovush ingalyatsiya usuli orqali  5-10 ml dan kuniga 1-2 marta;

• 100 ml hajmida traxeobronxial daraxtning lavaji  yordamida.

Davolash davomiyligi - 2-4 hafta. 

Qorin va plevra bo'shliqlarining yiringli-yallig'lanish kasalliklarini davolashda shikastlangan soha chekkalariga kamida 10 minut ta'sir qilgan holda Dekatos bilan to'ldiriladi. Zarur bo'lganda, shuningdek  "mahkam" tikilganda (drenajsiz),  operatsion bo'shliqqa eritmani keyinchalik olib tashlash bilan, toza yuvindi suv chiqqungacha qayta-qayta to'ldiriladi. Bo'shliqni oqimli - yuviluvchi drenajlash drenajlar yoki punktsiya usuli yordamida amalga oshiriladi. 

Qin shilliq qavatining mikrob va zamburug'li trixomonadali zararlanishini davolash uchun Dekatos preparatni purkash ko'rinishida (38°C gacha isitilgan 50-100 ml preparatni kuniga 3 marta) ishlatiladi. Xuddi shu tarzda, bir marta tug'riq yo'llarini tug'ishdan oldingi sanatsiyasi amalga oshiriladi.  

Tug'ruqdan keyingi endometritni davolash bachadon bo'shlig'ini iliq preparat(150-200 ml)  bilan kuniga 2 marta yuvish orqali amalga oshiriladi. 

Qo'l terisi va rezina qo'lqopni dezinfektsiya qilish oldindan yuvilgan yuzaga 5-10 ml preparatni 5 minut davomida surkash qilish orqali amalga oshiriladi. 

Tozalangan tibbiy asboblar, labchalar, naychalar va jihozlar 30 minut davomida eritmaga botirish yo'li bilan dezinfektsiya qilinadi.

Bolalar

Xuruj bosqichidagi surunkali bronxiti bo'lgan 12 yoshdan katta bolalarni davolash uchun, kuniga 5-10 ml 1-2 marta ultratovush ingalatsiyasi usulidan qo'llanadi. 

Boshqa ko'rsatmalarda 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tajribasi yo'q.

Dozani oshirib yuborilishi

So'rilmasligi tufayli dozaning oshirib ketishi kuzatilmaydi.

DEKATOS eritma 5 ml 0,2 mg/ml boshqa chiqarish shakllari

DEKATOS  eritma 500 ml 0,2 mg/ml
DEKATOS eritma 500 ml 0,2 mg/ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
DEKATOS eritma 2 ml 0,2 mg/ml
DEKATOS eritma 2 ml 0,2 mg/ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
DEKATOS eritma 100 ml 0,2 mg/ml
DEKATOS eritma 100 ml 0,2 mg/ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
DEKATOS eritma 250 ml 0,2 mg/ml
DEKATOS eritma 250 ml 0,2 mg/ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
Analoglar DEKATOS eritma 5 ml 0,2 mg/ml
Analoglari yo'q

DEKATOS eritma 5 ml 0,2 mg/ml savollari

DEKATOS eritma 5 ml 0,2 mg/ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil