DERMOBAKTER
DERMOBAKTER chiqarilish shakllari

DERMOBAKTER haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DERMOBAKTER®
DERMOBACTER
Preparatning savdo nomi: Dermobakter®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): benzolkoniy xloridi, xlorgeksidin diglyukonati.
Dori shakli: sirtga va mahalliy qo‘llash uchun eritma.
Tarkibi:
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar: 985 mg 50% li benzolkoniy xloridini eritmasi, bu 500 mg benzalkoniy xloridga to‘g‘ri keladi, 1065 mg 20% li xlorgeksidin diglyukonati eritmasi, bu 200 mg xlorgeksidin diglyukonatga to‘g‘ri keladi.
Yordamchi moddalar: 30% li betain kokoalkil-dimetil eritmasi, etilen oksidini va propilen oksidining sopolimeri, gietelloza, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrati, tozalangan suv.
Ta‘rifi: biroz qovushqoq, chayqatilganida ko‘piradigan, efir hidiga ega tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik vosita.
ATX kodi: D08AC52.
Farmakologik xususiyatlari
Benzalkoniy xloridi va xlorgeksidin keng ta‘sir doirasiga ega antiseptik bo‘lib, grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi, patogen zamburug‘larga, shu jumladan Candida albicans turidagi achitqisimon zamburug‘larga fungisid ta‘sir ko‘rsatadi. Antiseptik ta‘siri bir minut davomida namoyon bo‘ladi. Yallig‘lanishda ajraladigan shirada preparatning faolligi kam darajada pasayadi.
Dermobakter teri qoplamlarining butunligini buzmasdan terini tozalaydi va dezinfeksiya qiladi, teri yuzasidan deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Infeksiyalangan teri va shilliq qavatlarni shikastlanishlarini davolash; teri va shilliq qavatlarni infeksiyalanishini oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga va mahalliy buyuriladi.
Eritma suyultirilgan yoki suyultirilmagan holda kuniga 1-2 marta qo‘llaniladi. Teri yuzasiga ishlov berish uchun suyultirilmagan eritma qo‘llanadi. Shilliq qavatlarga mahalliy ishlov berish uchun suvda 1/10 nisbatida suyultirilgan eritma qo‘llanadi. Suyultirilgan eritma bevosita qo‘llash oldidan tayyorlanadi va saqlanmasligi kerak.
Eritma bir tekis teri yoki shilliq qavatlarni surtiladi va keyin ko‘p miqdordagi suv bilan yuviladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Eritma suv bilan yaxshilab yuvib tashlanganida o‘tib ketuvchi teri va shilliq qavatlarning quruqligi terini ta‘sirlanishi bo‘lishi mumkin; kontaktli ekzema.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ko‘z va eshitish yo‘lini shilliq qavatini yuvish uchun qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa mahalliy antiseptiklar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (nomutanosiblik yoki samarasizlik xavfi). Agar avval sovun ishlatilgan bo‘lsa, u yaxshilab yuvib tashlanishi lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Eritma bilan terining katta yuzalariga ishlov berilganida va uni germetik bog‘lov ostiga qo‘llanganda, xususan kuygan teriga yoki chala tug‘ilgan chaqaloq yoki go‘dak yoshidagi bolalarning shikastlangan terisiga qo‘llanganda, preparatning faol moddalarini tizimli ta‘siri xavfi mavjud.
Xirurgik asboblar va moslamalarini dezinfeksiyasi uchun qo‘llanmasin.
Ishlatilganidan so‘ng flakon qopqog‘i bilan albatta berkitilsin.
Flakon ochilganidan keyin eritma 15 kungacha saqlansin.
Homiladorlik va laktasiya davri
Preparat homiladorlik davrida qo‘llanganida zararli ta‘siri aniqlangan emas; ta‘sir etuvchi moddalarini teratogen xususiyatlarini ekspertizasi salbiy natijalar berdi.
Emizish davrida ko‘krak bezlariga ishlov berish uchun eritmani qo‘llash mumkin emas.
Dori vositasini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir etish xususiyati
Ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Oq rangli plastmassali taglik qo‘yilgan buraluvchi plastmassa qalpoqli, hajmi 125 ml yoki 300 ml li jigarrang tiniq plastmassa flakon. Bir flakondan karton qutida qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— Preparat tarkibiga kiruvchi faol va yordamchi moddalarga allergik ta’sirlarda.
— Ko’z va eshitish yo’lini shilliq qavatini yuvish uchun ishlatilmasin.
— Xirurgik asboblar va moslamalarini dezinfeksiyasi uchun qo’llanmasin.
Agarda sizga ma’lumotlar noaniq bo’lsa, albatta shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Farmakodinamikasi
Benzalkoniy xloridi va xlorgeksidin keng ta’sir doirasiga ega antiseptik bo’lib, grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga bakteritsid ta’sir ko’rsatadi, patogen zamburug’larga, shu jumladan Candida albicans turidagi achitqisimonlarga fungitsid ta’sir ko’rsatadi. Antiseptik ta’siri 1 minut davomida namoyon bo’ladi. Yallig’lanishda ajraladigan shirada preparatning faolligi kam darajada pasayadi. Dermobakter teri qoplamlarini butunligini buzmasdan terini tozalaydi va dezinfeksiyalaydi, teri yuzasidan deyarli so’rilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Bu preparatni emizish davrida ko’krak atrofiga qo’llash mumkin emas.
Preparatni qo’llashdan oldin agarda siz xomilador va emizikdi davrda bulsangiz, xomiladorman deb uylasangiz yoki farzandli bulishni rejalashtirgan bulsangiz albatta shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborganda nojo’ya ta’sirlarni zo’rayishini keltirib chikarishi mumkin. Bundan tashkari, agar preparat bilan terining katta yuzalariga ishlov berilganida yoki okklyuzion bog’lov ostiga ishlatilganda, eritmaning faol moddalarini tizimli qon oqimiga ta’sir etish xavfi mavjudligi inkor etmaslik kerak.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparat faqat sirtga qo’llash uchun mo’ljallangan
Eritma bilan terining katta yuzalariga ishlov berilganida (asosan kuygan teriga) ishlov berishda, eritmani germetik bog’lov ostiga ishlatilganda, chala tug’ilgan bolalarga qo’llashda eritmaning faol moddalarini tizimli qon oqimiga ta’sir etish xavfi bor.
Preparatni chaqaloqlar va ayniqsa chala tug’ilgan chaqaloqlarga juda extiyotkorlik bilan qo’llash lozim.
“Dermobakter sirtga qo’llash uchun eritma” si orqali teri kimyoviy kuyishi mumkin.
Dori vositasini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir etish xususiyati
Ta’sir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa mahalliy antiseptiklar bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas (nomutanosiblik yoki samarasizlik xavfi). Agar avval sovun ishlatilgan bo’lsa, u yaxshilab yuvib tashlanishi lozim.
Agarda siz boshka dorilarni kabul kilayotgan, qabul qilgan yoki qabul qilmoqchi bo’lsangiz vrach yoki farmatsevtga xabar bering.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Sirtga qo’llash uchun.
Eritma suyultirilgan yoki suyultirilmagan holda kuniga 1-2 marta qo’llaniladi.Teri yuzasiga ishlov berish uchun suyultirilmagan eritma ishlatiladi.Shilliq qavatlarga mahalliy ishlov berish uchun suvda 1/10 nisbatida suyultirilgan eritma qo’llanadi. Suyultirilgan eritma bevosita qo’llash oldidan tayyorlanadi va saqlanmasligi kerak.Eritma qo’llanilgandan so’ng doim ko’p miqdordagi suv bilan yaxshilab yuviladi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)










