LOROBEN eritma 200ml

LOROBEN eritma 200ml o'xshash dorilari


LOROBEN eritma 200ml qo'llanmasi
Benzidamin yallig'langan shilliq qavatda yaxshi so'riladi va yallig'lanishga qarshi hamda mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Benzidamin mahalliy qo'llanilgandan so'ng plazmadagi konsentratsiya past va preparat dozasiga proporsional.
Peroral chayqashda ishlatilganda dozaning taxminan 4 % yutiladi va ma'lum bir qismi so'riladi. Yutilgan xlorgeksidin dozasining 90% so'rilmaydi va to'g'ridan-to'g'ri axlat bilan chiqariladi.
Chayqagandan so'ng taxminan 30% xlorgeksidin og'iz bo'shlig'ida ushlanib qoladi va 24 soat davomida so'lakka sekin ajralib chiqadi. Xlorgeksidin glyukonat me'da-ichak yo'lidan yomon so'riladi; qonda aniqlanadigan konsentratsiyalar topilmaydi.
Taqsimlanishi
Loroben - og'iz bo'shlig'ida mahalliy qo'llash uchun dori vositasi. Ikkala ingredient ham me'da-ichak yo'li shilliq qavatida past absorbsiyaga ega bo'lganligi sababli, tizimli absorbsiya va dispersiya kutilmaydi.
Metabolizmi
Xlorgeksidinni plazmada o'lchash mumkin emas, chunki absorbsiya minimal darajada.
Benzidamin odatda oksidlanish va kon'yugatsiya yo'li bilan metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Xlorgeksidin organizmda to'planmaydi va juda oz miqdori o'zlashtirilishi mumkin.
Yutilgan xlorgeksidinning taxminan 10% so'riladi va keyinchalik buyrak kanali orqali chiqariladi; preparatning qolgan 90% axlat bilan chiqariladi. Benzidamin va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi.
Benzidaminning yallig'lanishga qarshi ta'sir mexanizmi gipofiz-adrenal tizimini rag'batlantirish bilan bog'liq emas. Benzidamin boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar kabi prostaglandinlar biosintezini ingibirlaydi, ammo ularning ta'sir mexanizmi to'liq oydinlashtirilmagan. Benzidaminning og'riqsizlantiruvchi ta'siri uning yallig'lanishga qarshi samarasidan ancha kuchliroq.
Mahalliy qo'llanilganda xlorgeksidin darhol bakteriostatik samara ko'rsatadi, keyinchalik uzoq muddatli bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Xlorgeksidin mikrob hujayrasi devoriga so'rilib va uzoq muddatli sirtqi ta'sir ko'rsatib, bakteriyalar o'sishini to'xtatadi, so'ngra sitoplazma pretsipitatsiyasiga yordam berib, hujayra o'limini keltirib chiqaradi.
Loroben chayish uchun eritmasi odatda yaxshi o‘zlashtiriladi va kam nojo‘ya ta'sirlarga ega.
Quyida keltirilgan noxush samaralar tez-tezlikka muvofiq tasniflanadi:
juda tez-tez (≥1/10);
tez-tez (≥1/100 va <1/10 orasida);
tez-tez emas (≥1/1.000 va <1/100 orasida);
kam hollarda (≥1/10.000 va <1/1.000 orasida);
juda kam hollarda (<1/10.000)
noma'lum (mavjud ma'lumotlar bilan baholab bo‘lmaydi)
Juda tez-tez:
- og‘iz bo‘shlig‘ida sezuvchanlikning vaqtinchalik yo‘qolishi;
Tez-tez:
- og‘izda sanchish va achishish hissi;
- ko‘ngil aynishi, qusish, qusishga qistovlar;
- ta'm sezgilarining o‘zgarishi;
- tishlarda dog‘larning o‘tkinchi hosil bo‘lishi, zararsiz hisoblanadi va eritmani qo‘llashdan oldin tishlarni tozalash yo‘li bilan minimallashtirilishi mumkin;
Juda kam hollarda:
- allergik reaksiyalar, yuqori sezuvchanlik va anafilaksiyalar;
- laringospazm, bronxospazm;
- teri reaksiyalari bilan bog‘liq ta'sirlanish, toshma bilan kechuvchi qichishish, eshakemi, fotodermatit, og‘iz bo‘shlig‘ida po‘st tashlash;
- og‘iz bo‘shlig‘ida quruqlik yoki chanqoq hissi, og‘riq, og‘izda yangilik hissi ko‘rinishidagi mahalliy reaksiyalar;
Noma'lum:
- bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik;
- feringeal ta'sirlanish, yo‘tal;
- og‘iz qurishi.
Faqat sirtqi qo'llash uchun.
12 yoshdan kichik bolalarga tavsiya etilmaydi .
Preparat faqat og'iz bo'shlig'ini chayqash uchun mo'ljallangan. Ko'z va quloqlarga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Ko'zga tushganda ko'p miqdorda suv bilan yuvish kerak.
Qo'llashdan oldin xlorgeksidin glyukonatining bo'yovchi ta'sirini kamaytirish uchun tishlarni tozalash kerak.
Yutish mumkin emas, ishlatgandan so'ng albatta tupurib tashlash kerak.
Suyultirilmasdan ishlatiladi
Agar bemorda bakterial infektsiya chaqirgan tomoq og'rig'i bo'lsa, qo'shimcha antibiotiklar qabul qilish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak.
Preparat propilenglikol saqlaydi, ammo ishlatish usuli tufayli alohida e'tibor talab etmaydi.
Dori vositasini fruktozani kam uchraydigan genetik o'zlashtiraolmasligi bo'lgan bemorlarda qo'llamaslik kerak, chunki u sorbit saqlaydi.
Avtotransportni yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
- benzidaminga, uning hosilalariga yoki preparatning biron-bir boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik va laktatsiya davri;
- 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Xlorgeksidin
Xlorgeksidin tuzlari sovun va anion guruhini saqlovchi boshqa moddalar bilan nomutanosib.
Xlorgeksidin tuzlari kation va noionli sirt faol moddalar bilan mos keladi, biroq yuqori kontsentratsiyalarda birga foydalanish xlorgeksidinning mitseliy bilan bog'lanishi oqibatida preparat faolligini pasaytiradi.
Tsetrimid va lissapol NX kabi sirt faol moddalar xlorgeksidin eruvchanligini oshirishi mumkin.
Natriy alginat, natriy karboksimetitsellyuloza, gummiarabik, kraxmal kabi anion polielektrolitlar bilan nomutanosib; bir vaqtda qo'llash samaradorlikni pasaytiradi.
Brilliant yashili, xloramfenikol, mis sulfati, flyuoressentsinnatriy, formaldegid, kumush nitrati, rux sulfati bilan nomutanosib.
Qattiq suv bilan suyultirilganda kaltsiy va magniy kationlari bilan o'zaro ta'sir natijasida erimaydigan tuzlar ko'rinishida cho'kishi mumkin.
Agar eritmada benzoatlar, bikarbonatlar, karbonatlar, boratlar, nitratlar, fosfatlar, sulfatlar bilan hosil bo'lgan xlorgeksidin tuzlari kontsentratsiyasi 0,05% dan ortiq bo'lsa, past eruvchanlikka ega tuzlar shakllanadi va cho'kadi. Tsetrimid ushbu tuzlar eruvchanligini oshiradi, kombinatsiyada bunday cho'kmalar uchramaydi.
Xlorgeksidin glyukonatning tsetrimid va benzalkoniy xlorid bilan mosligi bakteritsid faollikning sinergik oshishida namoyon bo'ladi. Tsetrimid xlorgeksidinning qattiq suvda cho'kishini bostiradi.
Xlorgeksidin glyukonatdan tashqari, xlorgeksidin va uning tuzlari suvga qaraganda spirtda yaxshiroq eriydi. Xlorgeksidin glyukonat eritmasi spirt qo'shilganda cho'kishi mumkin.
Benzidamin bilan ma'lum dori o'zaro ta'sirlari yo'q.
Pediatrik guruhda va aholining boshqa maxsus guruhlarida moslik bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Eritmani yutmaslik kerak. Ishlatilgandan so'ng eritmani tupurib tashlash kerak. Odatda suyultirmasdan ishlatiladi. Achishish va sanchish hissi paydo bo'lganda eritmani suv bilan suyultirish kerak. Ketma-ket 7 kundan ortiq ishlatilmasin.
Kattalar
15 ml eritmani og'izda kamida 30 soniya ushlab turish kerak. Kun davomida har 1,5 - 3 soatda takrorlash kerak.
Loroben preparati tarkibidagi xlorgeksidin gingivitni davolash jarayonida tish karashi hosil bo'lishiga yordam beradi. Ishlatishdan oldin tishlarni tish cho'tkasi bilan oldindan tozalash kerak.
Agar Loroben chayish uchun eritmasi og'iz bo'shlig'i gigiyenasini saqlash maqsadida ishlatilsa, kamida 1 daqiqa chayish kerak. Loroben chayish uchun eritmasi tarkibidagi xlorgeksidin chaqirgan dog'lar hosil bo'lishini kamaytirish uchun tishlarni oldindan tish cho'tkasi bilan tozalash kerak.
Bolalar
12 yoshdan oshgan bolalar uchun 5 - 15 ml eritmani ishlatish mumkin, og'izda kamida 30 soniya ushlab turish kerak. Kun davomida har 1,5 - 3 soatda takrorlash kerak.
Keksa yoshdagi bemorlar.
Keksa bemorlar uchun kattalar uchun bo'lgan dozalar qo'llaniladi.
LOROBEN boshqa chiqarish shakllari





