REKREOL
REKREOL chiqarilish shakllari
REKREOL haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
dekspantenol yoki preparatning biror-bir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik; qon ketish xavfi yuqori bo'lganligi tufayli, gemofiliyasi bo'lgan patsiyentlarga dekspantenolni jarohatlarga qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Dekspantenol to'qimalarda koferment A (SoA) ning tarkibiy qismi hisoblanuvchi va epiteliy me'yordagi funktsiyasini saqlab turishda, fibroblastlar proliferatsiyasini oshirish va jarohatlarni bitish jarayonida teri regeneratsiyasini tezlashtirishda muhim rolь o'ynaydigan pantoten kislotasiga aylanadi.
Hujayralarning bo'linishi va yangi teri to'qimalari shakllanishining ushbu jarayoni teri egiluvchanligini tiklaydi va jarohatlarning bitishini rag'batlantiradi.
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Dekspantenol terida tez so'riladi, darhol organizm to'qimalarida asosan koferment A ko'rinishida keng tarqaluvchi pantoten kislotasiga aylanadi.
Tarqalishi
Dori vositasi mahalliy qo'llangandan so'ng pantoten kislotasi sochlar, soch ildizlari, tirnoqlar, epidermis va derma qavatlarida to'planadi.
Chiqarilishi
Pantoten kislotasi o'zgarmagan holda ko'proq siydik bilan va kamroq miqdorda axlat bilan chiqariladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik
Dekspantenolning reproduktivlikka ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Dekspantenolni homiladorlarga qo'llash haqida ma'lumotlar yo'q. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatishini ko'rsatmagan.
Emizish
Emayotgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar/go'daklarga ta'sir ko'rsatishi kutilmaydi, chunki dekspantenolning emizayotgan ayolga tizimli ta'siri ahamiyatsizdir. Rekreol emizish davrida qo'llanishi mumkin.
Fertillik
Dekspantenolni odam fertilligiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Odamlar tomonidan dozani oshirib yuborish holatlari kuzatilmagan. Dekspantenolni haddan ziyod miqdorda qo'llash holatida ham, u kam toksiklikga ega va patsiyent salomatligiga xavf tug'diruvchi nojo'ya ta'sirlarni chaqirmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Dekspantenolni ko'zga tasodifan tushishini oldini olish kerak.
Allergik reaktsiyalar belgilari paydo bo'lgan holatda, Rekreol surtmisini qo'llashni to'xtatish lozim.
Agar Siz o'zingizni yaxshi xis qilmayotgan yoki qo'llash boshlangandan 14 kundan so'ng yanada ahvolingiz yomonlashsa, Siz shifokor bilan maslahatlashishingiz lozim.
Surtm ateri ta'sirlanishini chaqirishi mumkin bo'lgan propilenglikolь saqlaydi.
Surtma mahalliy teri reaktsiyalarini (masalan, kontakt dermatit) chaqirishi mumkin bo'lgan lanolin va setil spirti saqlaydi.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik
Dekspantenolning reproduktivlikka ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Dekspantenolni homiladorlarga qo'llash haqida ma'lumotlar yo'q. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatishini ko'rsatmagan.
Emizish
Emayotgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar/go'daklarga ta'sir ko'rsatishi kutilmaydi, chunki dekspantenolning emizayotgan ayolga tizimli ta'siri ahamiyatsizdir. Rekreol emizish davrida qo'llanishi mumkin.
Fertillik
Dekspantenolni odam fertilligiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Homilaning rivojlanishiga ta'siri noma'lum.
Transport vositalari va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Rekreol surtmasi transport vositalari va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
So'nggi vaqtlarda qo'llanayotgan, qo'llanilgan yoki qo'llanishi mumkin bo'lgan barcha dori vositalari haqida shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.
Rekreol surtmasi boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'sirlashishi bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Bu dori vositasi doimo ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgandek yoki shifokor yoki farmatsevt buyurgandek qo'llanilsin. Tushunmovchilik bo'lgan holatlarda, shifokor yoki farmatsevtaga murojaat qiling.
Sirtga qo'llash uchun.
Odatda surtma yupqa qavat ko'rinishida terining shikastlangan qismiga kuniga bir yoki bir necha marta surtiladi. Davolash kursi davomiyligi kasallik tabiati va og'irlik darajasiga bog'liq.
Dekspantenol kuniga bir martadan bir necha marotabagacha mahalliy qo'llaniladi.
Bolalarda qo'llash
Dekspantenolni bolalarni qo'llash mumkin.
Buyrak va jigar faoliyatii buzilishi bo'lgan patsiyentlar
Buyrak va jigar faoliyatlari buzilgan patsiyentlarda tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Keksa yoshdagi patsiyentlarda tadqiqotlar o'tkazilmagan (65 va undan katta yoshdagi).
Dekspantenolning mahalliy ta'siri bo'yicha ko'pchilik tadqiqotlar qisqa davrli, odatda 3-4 hafta davom etgan.
Agar Sizga surtkining ta'siri juda kuchli yoki juda kuchsiz tuyulayotgan bo'lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)



















