NEFROTEKT infuziya uchun eritma 250ml

parenteral oziqlantirish uchun eritmalar – aminokislotalar.
NEFROTEKT infuziya uchun eritma 250ml qo'llanmasi
Tarkibi:
1 litr eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
L-izoleysin 5,80 g
L-leysin 12,80 g
L-lizin monoatsetati 16,925 g
(= L-lizin 12,0 g)
L-metionin 2,00 g
L-fenilalanin 3,50 g
L-treonin 8,20 g
L-triptofan 3,00 g
L-valin 8,70 g
L-arginin 8,20 g
L-gistidin 9,80 g
L-alanin 6,20 g
N-atsetil-L-sistein 0,54 g
(=L-sistein 0,40 g)
Glitsin 5,305 g
L-prolin 3,00 g
L-serin 7,60 g
L-tirozin 0,60 g
Glitsil –L-tirozin (suvsiz) 3,155 g
yordamchi moddalar:
Konsentratsiyalangan sirka kislotasi 2,50 – 4,0g
Olma kislotasi 2,01 g
In’eksiya uchun suv 1 l gacha
Aminokislotalarning umumiy miqdori 100 g/l
Azotning umumiy miqdori 16,3 g/l
rN 5,5 – 6,5
nazariy osmolyarligi 935 mOsm/l
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 250 ml dan rezina (galobutil) tiqin va birinchi ochish nazoratli-plastik qopqoqli alyumin qopqoqcha bilan berkitilgan rangsiz shisha flakonlarda. 10 flakondan plastik tutqich yoki usiz tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Nefrotekt – organizmda oqsil sintezi uchun va parenteral oziqlantirganda musbat azot muvozanatiga erishish uchun va dializda aminokislotalarni yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan almashtirib bo‘lmaydigan va almashtirib bo‘ladigan aminokislotalar eritmasidir.
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan.
Nefrotekt preparatini buyurganda vena ichiga tushadigan aminokislotalar anabolik utilizatsiya qilinadi va energetik substratlar bo‘lganida organizmning oqsil tarkibiga qo‘shiladi.
Vena ichiga yuborilganda biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi.
Vena ichiga yuborilganda aminokislotalarni taqsimlanishi ozuqa oqsillarini gidrolizida me’da-ichak yo‘llaridan aminokislotalarni tushishiga o‘xshash.
Nefrotekt tarkibiga L-tirozinning qo‘shimcha manbai sifatida kiritilgan glitsil-L-tirozin vena ichiga yuborilgandan keyin L-tirozin va glitsin aminokislotalarini keyinchalik utilizatsiyasi bilan darhol gidrolizga uchraydi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda.
Yarim parchalanish davri 3,44 minutni tashkil qiladi.
Tavsiya etilgan tezlikda yuborilganda, yuborilayotgan aminokislotalarning faqatgina ahamiyatsiz qismi buyrak orqali yo‘qotiladi.
parenteral oziqlantirish uchun eritmalar – aminokislotalar.
Infuziya uchun eritma.
Yuborish texnikasi, tavsiya etilgan dozalarga rioya qilganda va qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar e’tiborga olinganda nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan.
Har qanday aminokislotali eritmalarni yuborganda kam xolatlarda quyidagilar kuzatilishi mumkin: eozinofillar darajasini oshishi, mushaklarda og‘riq, sklerodermiya, oyoqlarni shishi, nafas olishni qiyinlashishi.Davolaganda suyuqlik muvozanati, zardobda elektrolit darajasi, kislota-ishqor xolati ko‘rsatkichlari, mochevina va ammoniy darajalarini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘gan patsiyentlarda parenteral oziqlantirganda aminokislotalarni yuborish xayotiy zarur bo‘lishi mumkin. Zarurati bo‘lganida aminokislotalar eritmalari homilador ayollarga va emizikli onalarga buyurilishi mumkin. Homilador ayollar va emizikli onalarga buyurganda noxush va nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Teratogen samaralar aniqlanmagan.
Homilador va emizikli ayollarga Nefrotektni buyurishdan oldin xavf/foyda nisbatini baholash kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bolalarda parenteral oziqlantirishda aminokislotalarni yuborish xayotiy zarur bo‘lishi mumkin, bunday xolatlarda bolalarda qo‘llanishi mumkin. Bolalarga buyurilganda noxush va nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Tirozin bolalar uchun almashtirib bo‘lmaydigan aminokislota bo‘lib hisoblanadi.
Bolalarga Nefrotektni buyurishdan oldin xavf/foyda nisbatini baholash kerak.
Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Qo‘llab bo‘lmaydi.
- buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda to‘liq yoki qisman parenteral oziqlantirishda, shu jumladan o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligida parenteral oziqlantirishda, shu jumladan gemo- yoki peritoneal dializdagi patsiyentda aminokislotalarni yuborish.
- gemo- yoki peritoneal dializda aminokislotalarni yo‘qotilishini to‘ldirishda qo‘llanadi.Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Aminokislotalar almashinuvining tug‘ma buzilishlari.Shokning o‘tkir fazasi.
Infuzion davolashni qo‘llash mumkin bo‘lmagan umumiy xolatlar: o‘pkani o‘tkir shishi, gipergidratatsiya, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, dekompensatsiyalangan gipotonik degidratatsiyada qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan:
Giponatriyemiya, qonning osmolyarligini oshishi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilsin.
Aminokislotali eritmalarni aseptik sharoitda faqat parenteral oziqlantirish uchun mo‘ljallangan preparatlar, shu jumladan yog‘ emulsiyalari, glyukoza eritmalari, elektrolitlar bilan aralashtirish mumkin.
tiniq yoki biroz tovlanuvchi, rangsizdan och-sariq ranggacha bo‘lgan eritma.
Vena ichiga yuboriladi.
- Gemo- yoki peritoneal dializda bo‘lmagan o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda: sutkada 1 kg tana vazniga 0,6-0,8 g aminokislotalar = sutkada 6-8 ml/kg;
- Gemo- yoki peritoneal dializda bo‘lgan o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda: sutkada 1 kg tana vazniga 0,8-1,2 g aminokislotalar = sutkada 8-12 ml/kg;
- Gemo- yoki peritoneal dializda aminokislotalarni yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirish: sutkada 1 kg tana vazniga 0,5-0,8 g aminokislotalar = sutkada 5 -8 ml/kg.
Kattalar va bolalar uchun maksimal tavsiya etilgan sutkalik doza: sutkada 1 kg tana vazniga 0,8-1,2 g aminokislotalar = sutkada 8-12 ml/kg. Bu tana vazni 70 kg bo‘lgan patsiyentlar uchun sutkada taxminan 560-840 ml ni tashkil qiladi.
Kattalar va bolalar uchun maksimal tavsiya etilgan yuborish tezligi:
- Parenteral oziqlantirish: soatiga 1 kg tana vazniga 0,1 g aminokislotalar = soatiga 1 ml/kg.
- Gemo- yoki peritoneal dializda aminokislotalarni yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirish: soatiga 1 kg tana vazniga 0,2 g aminokislotalar = soatiga 2 ml/kg.
Odatda parenteral oziqlantirish o‘tkazilganda har qanday aminokislotali eritmalar energiya manbai preparatlari: glyukoza eritmalari va/yoki yog‘ emulsiyalari bilan majmuada buyuriladi. To‘liq parenteral oziqlantirish o‘tkazilganda Nefrotekt energiya manbalari, elektrolitlar, suvda eruvchan va yog‘da eruvchan vitaminlar va mikroelementlar bilan birga qo‘llanadi. Nefrotekt preparatini parenteral oziqlantirish uchun boshqa preparatlar bilan birga yakuniy osmolyarlikka qarab markaziy yoki periferik venalarga yuborish mumkin.
Nefrotekt preparatini alohida infuzion tizim orqali yuborilishi yoki aseptik sharoitlarda parenteral oziqlantirishning boshqa komponentlari bilan aralashtirilishi va konteynerga yuborilishi mumkin.
Dializda aminokislotalarni yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirish uchun Nefrotekt preparati glyukoza eritmalari va yog‘ emulsiyasisiz bevosita dializ apparatining venoz qismiga yuborilishi mumkin.
Nefrotekt bemorga parenteral oziqlanishtirish talab etilgan vaqt davomida yoki aminokislotalarni yo‘qotilishini to‘ldirish zarurati qolgan vaqt davrida buyurilishi mumkin.
Preparatni maksimal tavsiya etilgandan yuqori tezlikda yuborganda ko‘ngil aynishi, qusish, gipertermiya, qaltirash, giperemiya, giperamminiyemiya, giperaminoatsidemiya, atsidoz kuzatiladi.
Dozani oshirib yuborilishi belgilari paydo bo‘lganda infuziya to‘xtatilishi kerak.Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘gan patsiyentlarda parenteral oziqlantirganda aminokislotalarni yuborish xayotiy zarur bo‘lishi mumkin. Zarurati bo‘lganida aminokislotalar eritmalari homilador ayollarga va emizikli onalarga buyurilishi mumkin. Homilador ayollar va emizikli onalarga buyurganda noxush va nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Teratogen samaralar aniqlanmagan.
Homilador va emizikli ayollarga Nefrotektni buyurishdan oldin xavf/foyda nisbatini baholash kerak.



