Nefrotekt
Nefrotekt chiqarilish shakllari

Nefrotekt haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Aminokislotalar almashinuvining tug‘ma buzilishlari.Shokning o‘tkir fazasi.
Infuzion davolashni qo‘llash mumkin bo‘lmagan umumiy xolatlar: o‘pkani o‘tkir shishi, gipergidratatsiya, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, dekompensatsiyalangan gipotonik degidratatsiyada qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan:
Giponatriyemiya, qonning osmolyarligini oshishi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilsin.
Farmakodinamikasi
Nefrotekt – organizmda oqsil sintezi uchun va parenteral oziqlantirganda musbat azot muvozanatiga erishish uchun va dializda aminokislotalarni yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan almashtirib bo‘lmaydigan va almashtirib bo‘ladigan aminokislotalar eritmasidir.
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan.
Farmakokinetikasi
Nefrotekt preparatini buyurganda vena ichiga tushadigan aminokislotalar anabolik utilizatsiya qilinadi va energetik substratlar bo‘lganida organizmning oqsil tarkibiga qo‘shiladi.
Vena ichiga yuborilganda biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi.
Vena ichiga yuborilganda aminokislotalarni taqsimlanishi ozuqa oqsillarini gidrolizida me’da-ichak yo‘llaridan aminokislotalarni tushishiga o‘xshash.
Nefrotekt tarkibiga L-tirozinning qo‘shimcha manbai sifatida kiritilgan glitsil-L-tirozin vena ichiga yuborilgandan keyin L-tirozin va glitsin aminokislotalarini keyinchalik utilizatsiyasi bilan darhol gidrolizga uchraydi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda.
Yarim parchalanish davri 3,44 minutni tashkil qiladi.
Tavsiya etilgan tezlikda yuborilganda, yuborilayotgan aminokislotalarning faqatgina ahamiyatsiz qismi buyrak orqali yo‘qotiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘gan patsiyentlarda parenteral oziqlantirganda aminokislotalarni yuborish xayotiy zarur bo‘lishi mumkin. Zarurati bo‘lganida aminokislotalar eritmalari homilador ayollarga va emizikli onalarga buyurilishi mumkin. Homilador ayollar va emizikli onalarga buyurganda noxush va nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Teratogen samaralar aniqlanmagan.
Homilador va emizikli ayollarga Nefrotektni buyurishdan oldin xavf/foyda nisbatini baholash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni maksimal tavsiya etilgandan yuqori tezlikda yuborganda ko‘ngil aynishi, qusish, gipertermiya, qaltirash, giperemiya, giperamminiyemiya, giperaminoatsidemiya, atsidoz kuzatiladi.
Dozani oshirib yuborilishi belgilari paydo bo‘lganda infuziya to‘xtatilishi kerak.Maxsus ko‘rsatmalari
Davolaganda suyuqlik muvozanati, zardobda elektrolit darajasi, kislota-ishqor xolati ko‘rsatkichlari, mochevina va ammoniy darajalarini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘gan patsiyentlarda parenteral oziqlantirganda aminokislotalarni yuborish xayotiy zarur bo‘lishi mumkin. Zarurati bo‘lganida aminokislotalar eritmalari homilador ayollarga va emizikli onalarga buyurilishi mumkin. Homilador ayollar va emizikli onalarga buyurganda noxush va nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Teratogen samaralar aniqlanmagan.
Homilador va emizikli ayollarga Nefrotektni buyurishdan oldin xavf/foyda nisbatini baholash kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bolalarda parenteral oziqlantirishda aminokislotalarni yuborish xayotiy zarur bo‘lishi mumkin, bunday xolatlarda bolalarda qo‘llanishi mumkin. Bolalarga buyurilganda noxush va nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Tirozin bolalar uchun almashtirib bo‘lmaydigan aminokislota bo‘lib hisoblanadi.
Bolalarga Nefrotektni buyurishdan oldin xavf/foyda nisbatini baholash kerak.
Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Qo‘llab bo‘lmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Aminokislotali eritmalarni aseptik sharoitda faqat parenteral oziqlantirish uchun mo‘ljallangan preparatlar, shu jumladan yog‘ emulsiyalari, glyukoza eritmalari, elektrolitlar bilan aralashtirish mumkin.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Vena ichiga yuboriladi.
- Gemo- yoki peritoneal dializda bo‘lmagan o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda: sutkada 1 kg tana vazniga 0,6-0,8 g aminokislotalar = sutkada 6-8 ml/kg;
- Gemo- yoki peritoneal dializda bo‘lgan o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda: sutkada 1 kg tana vazniga 0,8-1,2 g aminokislotalar = sutkada 8-12 ml/kg;
- Gemo- yoki peritoneal dializda aminokislotalarni yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirish: sutkada 1 kg tana vazniga 0,5-0,8 g aminokislotalar = sutkada 5 -8 ml/kg.
Kattalar va bolalar uchun maksimal tavsiya etilgan sutkalik doza: sutkada 1 kg tana vazniga 0,8-1,2 g aminokislotalar = sutkada 8-12 ml/kg. Bu tana vazni 70 kg bo‘lgan patsiyentlar uchun sutkada taxminan 560-840 ml ni tashkil qiladi.
Kattalar va bolalar uchun maksimal tavsiya etilgan yuborish tezligi:
- Parenteral oziqlantirish: soatiga 1 kg tana vazniga 0,1 g aminokislotalar = soatiga 1 ml/kg.
- Gemo- yoki peritoneal dializda aminokislotalarni yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirish: soatiga 1 kg tana vazniga 0,2 g aminokislotalar = soatiga 2 ml/kg.
Odatda parenteral oziqlantirish o‘tkazilganda har qanday aminokislotali eritmalar energiya manbai preparatlari: glyukoza eritmalari va/yoki yog‘ emulsiyalari bilan majmuada buyuriladi. To‘liq parenteral oziqlantirish o‘tkazilganda Nefrotekt energiya manbalari, elektrolitlar, suvda eruvchan va yog‘da eruvchan vitaminlar va mikroelementlar bilan birga qo‘llanadi. Nefrotekt preparatini parenteral oziqlantirish uchun boshqa preparatlar bilan birga yakuniy osmolyarlikka qarab markaziy yoki periferik venalarga yuborish mumkin.
Nefrotekt preparatini alohida infuzion tizim orqali yuborilishi yoki aseptik sharoitlarda parenteral oziqlantirishning boshqa komponentlari bilan aralashtirilishi va konteynerga yuborilishi mumkin.
Dializda aminokislotalarni yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirish uchun Nefrotekt preparati glyukoza eritmalari va yog‘ emulsiyasisiz bevosita dializ apparatining venoz qismiga yuborilishi mumkin.
Nefrotekt bemorga parenteral oziqlanishtirish talab etilgan vaqt davomida yoki aminokislotalarni yo‘qotilishini to‘ldirish zarurati qolgan vaqt davrida buyurilishi mumkin.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












