Reosorbilakt
Reosorbilakt chiqarilish shakllari

Reosorbilakt haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
REOSORBILAKT
RHEOSORBILACTUM
Preparatning savdo nomi: Reosorbilakt
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): natriy laktati+ sorbitol + natriy xloridi + kaliy xloridi+kalsiy xloridi+magniy xloridi
Dori shakli: infuziya uchun eritma
Tarkibi:
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sorbitol – 6 g, natriy laktati – 1,9 g, natriy xloridi – 0,6 g, kalsiy xlorid geksagidrati – 0,01 g, kaliy xloridi – 0,03 g, magniy xlorid geksagidrati – 0,02 g;
yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritmalar
ATX kodi: V05SV
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Reosorbilakt reologik, shokka qarshi, dezintoksikasiya qiluvchi, ishqorlovchi va ichak peristaltikasini rag‘batlantiruvchi ta‘sirlarga ega. Asosiy farmakologik faol moddalari sorbitol va natriy laktatidir. Jigarda sorbitol avval fruktozaga aylanadi, keyin u glyukozaga va so‘ngra glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi shoshilinch energetik ehtiyojlar uchun ishlatiladi, boshqa qismi glikogen ko‘rinishida zahira sifatida yig‘iladi. Sorbitolning izotonik eritmasi dezagregasion ta‘sirga ega va shunday qilib, to‘qimalarning mikrosirkulyasiyasi va perfuziyasini yaxshilaydi.
Bikarbonat eritmasidan farqli ravishda, natriy laktat yordamida metobolik asidozni to‘g‘irlanishi, uning moddalar almashinuvga kirishishiga qarab sekinroq, rN ning keskin siljishlarisiz o‘tadi. Natriy laktatning ta‘siri yuborilgandan keyin 20-30 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Natriy xloridi – regidratasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlarining tanqisligini to‘ldiradi.
Kalsiy xloridi kalsiy ionlari tanqisligini to‘ldiradi. Kalsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazish jarayonini amalga oshirish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokardning funksiyasi, suyak to‘qimasining shakllanishi va qonning ivishi uchun zarur. Hujayralar va qon tomir devori o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish reaksiyalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, organizmning infeksiyalariga chidamliligini oshiradi.
Kaliy xloridi suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Salbiy xrono- va batmotrop ta‘sir ko‘rsatadi, katta dozalarda esa – salbiy ino-, dromotrop va o‘rtacha diuretik ta‘sir ko‘rsatadi. Nerv impulslarini o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etadi. Asetilxolinning miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo‘limining qo‘zg‘alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi va miasteniyada skelet mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Sorbitol umumiy metabolizmga tez kirishadi, uning 80-90% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida yig‘iladi, 5% miya to‘qimalarida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida yig‘iladi, 6-12% siydik bilan chiqariladi. Qon tomirlarga yuborilganida natriy laktatidan natriy, SO2 va N2O ajralib chiqadi va ular natriy bikarbonatini hosil qiladilar, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (izomer L) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (izomer D) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.
Natriy xloridi aylanayotgan qon xajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomir havzasidan tezda chiqariladi. Diurezni kuchaytiradi.
Qo‘llanilishi
– kapillyar qon oqishini yaxshilash uchun travmatik, operasiyadan va kuyishdan keyingi, gemolitik va toksik shokni oldini olish va davolash maqsadida, o‘tkir qon yo‘qotishda, kuyish kasalligida;
– intoksikasiya bilan kechuvchi infeksion kasalliklarda, surunkali gepatitning zo‘rayishida;
– sepsisda;
– operasiyadan oldingi tayyorlash uchun va operasiyadan keyingi davrda;
tromboz, tromboflebitlar, endarteritlar oldini olish va davolash maqsadida, arterial va venoz qon aylanishini yaxshilashda
– Reyno kasaligida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Reosorbilakt kattalarga vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab, minutiga 40-60 tomchi tezligida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin preparatni oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. 15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish to‘xtatiladi, 3 minut o‘tgach esa, reaksiya bo‘lmaganida, Reosorbilakt oqim bilan yuboriladi.
Travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) bir marta va 600-1000 ml (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) dan takroran, avval oqim bilan, so‘ngra esa tomchilab yuboriladi.
Surunkali gepatitlarda kattalarga – 400 ml (6-7 ml/kg bemorning tana vazniga) dan tomchilab, takroran yuboriladi. O‘tkir qon yo‘qotishda kattalarga 1500 -1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg dan) yuboriladi. Bunday holda reosorbilakt infuziyasini gospitalgacha bo‘lgan bosqichida, ixtisoslashgan tez yordam mashinasida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Operasiyadan oldingi davrda va turli xirurgik aralashuvlardan so‘ng preparat 400 ml dozada (6-7 ml/kg tana vazniga) tomchilab 3-5 kun davomida yuboriladi. Qon tomirlarining tromboobliterasiyalovchi kasalliklarida tana vazniga 8-10 ml/kg dozada tomchilab, takroriy, kunora yuboriladi, davolash kursiga 10 ta infuziyagacha.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni 10 ml/kg dozasida yuborish taviya qilinida, 6 yoshdan 12 yoshgacha – kattalarga tavsiya qilingan dozasining yarimi yuboriladi. 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga kattalar bilan bir xil dozada yuboriladi
Nojo‘ya ta‘sirlari
Alkaloz va allergiya reaksiyasi (teri toshmasi, qichishish).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
— Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
— alkalozda,
— suyuqlikni katta hajmlarini quyish mumkin bo‘lmagan xollarda (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-tomir dekompensasiyasi, III-darajali arterial gipertenziya, terminal buyrak yetishmovchiligi), suvsizlanishda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Reosorbilakt fosfat- i karbonat saqlovchi eritmalar bilan qo‘llash mumkin emas.
Boshqa dori vositalarini tashuvchi-erituvchi sifatida qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat kislota-ishqor holatining va qondagi elektrolitlarning ko‘rsatkichlari, jigarning funksional holati va arterial bosimning nazorati ostida qo‘llanadi. Kalkulyoz xolesistiti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuboriladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, ular preparatni yuborilishi darhol to‘xtatilishi sharoitida mustaqil tez o‘tib ketadi, ba‘zida kollaps, suvsizlanish (diurezning kuchayishi hisobiga). Yuborish tezligi oshrilganida taxikardiya, arterial bosimni oshishi, hansirash, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq rivojlanishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar eritmani yuborish tezligi ancha kamaytirilganidan keyin yoki to‘xtatilganidan keyin mustaqil tez yo‘qoladi.
Chiqarilish shakli
100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml eritma polietilen flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik. Reosorbilaktni alkalozda, shuningdek katta hajmdagi suyuqlik quyish mumkin bo‘lmagan hollarda (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensatsiyasi, III darajali arterial gipertenziya, dekompensatsiyalangan yurak nuqsonlari, terminal buyrak yetishmovchiligi), suvsizlanish, oliguriyada qo‘llash mumkin emas.
Farmakokinetikasi
Sorbitol umumiy metabolizmga tez qo'shiladi, uning 80-90% i jigarda utilizatsiya qilinadi va
glikogen ko'rinishida to'planadi) 5% i miya, yurak mushagi va
skelet mushaklari to'qimalarida to'planadi, 6-12% i siydik bilan chiqariladi, tomir o'zaniga yuborilganda natriy laktatdan natriy, CO2 va H2O ajralib chiqadi, ular natriy bikarbonat hosil qiladi, bu esa qonning ishqoriy zaxirasi oshishiga olib keladi, Kiritilgan natriy laktatning faqat yarmi (L izomeri) faol hisoblanadi, ikkinchi yarmi (D izomeri) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.
Natriy xlorid tomir o'zanidan tez chiqariladi, faqat vaqtincha aylanib yuruvchi qon hajmini oshiradi, Diurezni kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparat qonning KIH va elektrolitlari ko'rsatkichlari, shuningdek jigar funksional holati nazorati ostida qo'llaniladi. Kalkulyoz xoletsistiti bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari uchun erituvchi-tashuvchi sifatida ishlatmang.
Nomoslik
Reosorbilaktni fosfat- va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat kislota-ishqor holati ko'rsatkichlari va qon elektrolitlari, jigar funksional holati va arterial qon bosimi nazorati ostida qo'llaniladi. Kalkulyoz xoletsistiti bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuborilsin.
Preparat sorbit saqlaydi, shuning uchun fruktozani o'zlashtira olmaslik irsiy buzilishi bo'lgan bemorlarga ushbu preparatni qo'llash mumkin emas,
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Homiladorlik davrida qo'llash mumkin emasligi haqida ma'lumotlar yoki bolalarga yuborish tajribasi haqida ma'lumotlar yetarli emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Preparat shifoxona sharoitida qo'llanilganligi sababli, bunday ta'sirlar haqida ma'lumotlar yo'q.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Reosorbilakt kattalarga vena ichiga tomchilab 40-60 tomchi/daq tezlikda yuboriladi. Zarurat bo'lganda 30 tomchi/daq tezlikda tomchilab yuborish yo'li bilan sinama o'tkazilgandan so'ng preparatni oqim bilan yuborishga ruxsat etiladi. 15 tomchi yuborilgandan keyin preparatni ishlatishni to'xtatish kerak, va 3 daqiqadan so'ng reaksiya bo'lmasa, Reosorbilaktni oqim bilan yuborish kerak.
Travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (bemor tana vazniga 10-15 ml/kg) bir marta va takroran 600-1000 ml dan (bemor tana vazniga 10-15 ml/kg) avval oqim bilan, keyin tomchilab yuboriladi. Surunkali gepatitlarda kattalarga 400 ml dan (bemor tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab yuboriladi. O'tkir qon yo'qotishda kattalarga 1500-1800 ml dan (bemor tana vazniga 25 ml/kg gacha) yuboriladi. Bunday holda Reosorbilakt infuziyalarini gospitalgacha bo'lgan bosqichda ixtisoslashtirilgan tez yordam mashinasida o'tkazish tavsiya etiladi. Operatsiyadan keyingi davrda va turli xil jarrohlik aralashuvlaridan keyin - 400 ml dozada (bemor tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab 3-5 kun davomida. Qon tomirlarining tromboobliteratsiyalovchi kasalliklarida - tana vazniga 8-10 ml/kg hisobidan tomchilab, takroran kun ora, davolash kursiga 10 tagacha infuziya,
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












