REOSORBILAKT infuziya uchun eritma 250ml
REOSORBILAKT infuziya uchun eritma 250ml qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Sorbitol tezda umumiy metabolizmga kirishadi: 80–90% jigarda utilizatsiya qilinadi va glikogen ko'rinishida to'planadi, 5% miya to'qimalarida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida to'planadi, 6–12% siydik bilan chiqariladi. Qon tomir o'zaniga yuborilganda natriy laktat karbonat angidrid va suv bilan o'zaro ta'sirlashib, natriy bikarbonat hosil qiladi, bu qonning ishqoriy zaxirasining oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatning faqat yarmi (L izomeri) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (D izomeri) metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.
Natriy xlorid qon tomir o'zanidan tezda chiqariladi, AQHni faqat vaqtincha oshiradi. Diurezni kuchaytiradi.
Nojo'ya samaralari
Alkaloz holatlari, allergik reaksiyalar (terida toshmalar, qichishish) yuzaga kelishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparat qonning KIH va elektrolitlari ko'rsatkichlari, shuningdek jigar funksional holati nazorati ostida qo'llaniladi. Kalkulyoz xoletsistiti bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
preparat komponentlarini individual o'zlashtiraolmaslik;
alkaloz;
katta hajmdagi suyuqlik quyish mumkin bo'lmagan holatlar (bosh miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensatsiyasi, III darajali arterial gipertenziya).
Ehtiyotkorlik bilan: jigar faoliyati buzilishida, yara kasalligida, gemorragik kolitda.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Reosorbilakt® ni fosfat- va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Boshqa dori preparatlari uchun tashuvchi eritma sifatida qo'llanilmaydi.
Dozirovkasi
V/i oqim bilan yoki tomchilab.
Kattalarga v/i tomchilab daqiqasiga 40–60 tomchi tezlikda. Zarurat bo'lganda daqiqasiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo'li bilan sinov o'tkazilgandan so'ng preparatni oqim bilan yuborishga ruxsat beriladi. 15 tomchi yuborilgandan so'ng preparat infuziyasini to'xtatadilar, va 3 daqiqadan so'ng, reaktsiya bo'lmasa, Reosorbilakt® oqim bilan yuboriladi.
Surunkali gepatitlarda — 400 ml dan (tana vazniga 6–7 ml/kg) tomchilab, takroran.
Qon tomirlarining tromboobliteratsiyalovchi kasalliklarida — tana vazniga 8–10 ml/kg hisobidan, tomchilab, takroran, kunora, davolash kursiga 10 tagacha infuziya.
Operatsiyadan oldingi davrda va turli xil jarrohlik aralashuvlaridan keyin — 400 ml dozada (tana vazniga 6–7 ml/kg) tomchilab, bir marta yoki takroran, har kuni, 3–5 kun davomida.
O'tkir qon yo'qotishda — 1500–1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg gacha). Bunday holda Reosorbilakt® infuziyalarini shifoxonagacha bo'lgan bosqichda, ixtisoslashtirilgan tez yordam mashinasida o'tkazish tavsiya etiladi.
Travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi va gemolitik shokda — 600–1000 ml dan (tana vazniga 10–15 ml/kg) bir marta va takroran, avval oqim bilan, keyin tomchilab yuborish usuli bilan;
Bolalarga 6 yoshgacha tana vazniga 10 ml/kg hisobidan dozada, 6 dan 12 yoshgacha — kattalar uchun dozaning yarmini tashkil qiluvchi dozada preparatni yuborish tavsiya etiladi. 12 yoshdan katta bolalarga — kattalar uchun bo'lgani kabi dozada.
Hajm/og'irlik
Sotuvi
Retsept bo'yicha.
REOSORBILAKT infuziya uchun eritma 250ml o'xshash dorilari




Reosorbilakt boshqa chiqarish shakllari



