Apteka.uz
SavatKirish

Tivomaks

Tivomaks chiqarilish shakllari

TIVOMAKS-DARNISA infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Retseptli
TIVOMAKS-DARNISA infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
CHAO «Farmasevticheskaya firma «Darnisa».
•49 ta dorixonada bor
Narxi
38 000 so'm dan
- Tivomaks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Tivomaksning tarkibi
- Tivomaks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Tivomaks narxi Toshkent dorixonalarida

Tivomaks haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Dori vositasini yuqori sezuvchanlik.
Аnamnezida allergik reaktsiyalar.
Buyrak funktsiyasini ogʼir darajada buzilishlari, gipoxloremik atsidoz.
Kaliy tejovchi diuretiklar, spironolaktonni qoʼllash.
Miokard infarktida (shu jumladan anamnezida) qoʼllash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Аrginin – shartli almashtirib boʼlmaydiganlar sinfiga mansub aminokislota boʼlib hisoblanadi va organizmning koʼp sonli hayotiy muhim funktsiyalarining faol va tarqalgan xujayraviy boshqaruvchisi boʼlib hisoblanadi.
Dori vositasi antigipoksik, membranani barqarorlashtiruvchi, sitoprotektor, antioksidant, antiradikal, dezintoksikatsion faollik namoyon qiladi, oraliq almashinuv va energiya bilan taʼminlash jarayonlarini faol boshqaruvchi sifatida taʼsir koʼrsatadi, organizmda gormonal muvozanatni tutib turishda maʼlum rolь oʼynaydi. Maʼlumki, arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormoni va prolaktin miqdorini oshiradi, prolin, poliamin agmatin sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayoniga qoʼshiladi, membranodepolyarizatsiyalovchi taʼsir koʼrsatadi.
Аrginin jigarda mochevina sintezi siklida substratlardan biri boʼlib hisoblanadi. Dori vositasining gipoammoniemik samarasi ammiakni mochevinaga aylanishini faollashishi yoʼli bilan amalga oshiriladi. Аntioksidant, antigipoksik va membranani barqarorlashtiruvchi faollik hisobiga gepatoprotektor taʼsir koʼrsatadi, gepatotsitlarda energiya bilan taʼminlash jarayonlariga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
Dori vositasi NO-sintaza – endoteliotsitlarda azot oksidi sintezini katalizatsiya qiluvchi ferment uchun substrat boʼlib hisoblanadi. Dori vositasi guanilattsiklazani faollashtiradi va qon-tomirlar endoteliysida siklik guanidinmonofosfat darajasini oshiradi, leykotsitlar va trombotsitlar faolligini kamaytiradi va ularni qon-tomirlar endoteliysiga adgeziyasini kamaytiradi, VCAM-1 va MCP-1 adgeziya proteinlari sintezini susaytiradi, shu orqali aterosklerotik blyashkalarni hosil boʼlishi va rivojlanishini oldini oladi, kuchli vazokonstriktor va qon-tomir devorining silliq miotsitlari proliferatsiyasi va migratsiyasining ragʼbatlantiruvchisi boʼlib hisoblangan endotelin-1 sintezini susaytiradi. Dori vositasi shuningdek asimmetrik dimetilarginin – oksidativ stressning kuchli ragʼbatlantiruvchisi sintezini ham susaytiradi. Dori vositasi T-xujayralarni ishlab chiqaruvchi timus ishini ragʼbatlantiradi, jismoniy yuklama vaqtida qonda glyukoza miqdorini boshqaradi. Kislota hosil qiluvchi taʼsir koʼrsatadi va kislota-ishqor muvozanatini muvofiqlashtirishga yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Uzluksiz vena ichiga infuziyada qon plazmasidagi arginin gidroxloridining maksimal kontsentratsiyasi yuborish boshlangandan keyin 20-30 minut oʼtgach kuzatiladi. Dori vositasi yoʼldosh toʼsigʼidan oʼtadi, buyrak kalavachalarida filьtrlanadi, ammo buyrak kanalchalarida deyarli toʼliq qayta soʼriladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Dori vositasi yoʼldosh orqali oʼtadi, shuning uchun homiladorlik davrida uni faqat, ona uchun kutilgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori boʼlganidagina qoʼllash mumkin.
Emizish davrida dori vositasini qoʼllash yuzasidan maʼlumotlar mavjud emas.
Davolash davrida emizishni toʼxtatish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: buyrak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz.
Davolash. Doza oshirib yuborilganda dori vositasining infuziyasini toʼxtatish kerak. Fiziologik reaktsiyalar monitoring qilish va organizmning hayotiy funktsiyalarini tutib turish kerak. Zarurati boʼlganida ishqoriylashtiruvchi vositalar va diurezni kuchaytiruvchi vositalar (saluretiklar), elektrolitlar eritmalari (0,9% li natriy xloridi, 5% li glyukoza eritmasi) ni yuborish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalari

Buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda infuziyani boshlashdan oldin diurez va qon plazmasida kaliy darajasini nazorat qilish kerak, chunki dori vositasi giperkaliemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Endokrin bezlari funktsiyasini buzilishlarida dori vositasini ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak. Dori vositasi insulin va oʼsish gormoni sekretsiyasini ragʼbatlantirishi mumkin. Ogʼiz qurishi paydo boʼlganida qonda qand darajasini tekshirish kerak.
Elektrolitlar almashinuvini buzilishlari, buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak.
Аgar dori vositasini qabul qilish fonida asteniya simptomlari ortib borsa, davolashni toʼxtatish kerak.
Dori vositasini stenokardiyasi boʼlgan patsientlarda ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qoʼllanishi.
Dori vositasi yoʼldosh orqali oʼtadi, shuning uchun homiladorlik davrida uni faqat, ona uchun kutilgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori boʼlganidagina qoʼllash mumkin.
Emizish davrida dori vositasini qoʼllash yuzasidan maʼlumotlar mavjud emas.
Davolash davrida emizishni toʼxtatish kerak.
Аvtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarganda reaktsiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati.
Dori vositasi bosh aylanishini chaqirishi mumkin, shuning uchun avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Kaliy tejovchi diuretiklar, spironolakton. Dori vositasini qoʼllaganda, u spironolakton qabul qilayotgan yoki qabul qilgan patsientlarda buyrak yetishmovchiligi fonida yaqqol va barqaror giperkaliemiya chaqirishi mumkinligini eʼtiborga olish kerak. Dastlab kaliy tejovchi diuretiklarni qoʼllash ham qonda kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Аminofillin. Аminofillin bilan bir vaqtda qoʼllaganda qonda insulin darajasi oshishi mumkin.
Nomutanosiblik
Аrginin tiopental bilan nomutanosib.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Dori vositasi vena ichiga birinchi 10-15 minut davomida minutiga 10 tomchi tezlikda yuboriladi, soʼngra yuborish tezligini minutiga 30 tomchigacha oshirish mumkin.
Dori vositasining sutkalik dozasi – 100 ml eritma.
Markaziy va periferik qon-tomirlarda qon aylanishining ogʼir darajadagi buzilishlarida, intoksikatsiyaning yaqqol koʼrinishlarida, gipoksiya, astenik holatlarda dozani sutkada 200 ml gacha oshirish mumkin.
Infuzion eritmani yuborishning maksimal tezligi soatiga 20 mmolь dan oshmasligi kerak.
12 yoshgacha boʼlgan bolalar uchun dori vositasining dozasi sutkada 1 kg tana vazniga 5-10 ml ni tashkil qiladi.
Metabolik alkalozni davolash uchun dozani quyidagicha hisoblash mumkin:

arginin gidroxloridi (mmolь)
______________________________________  0,3  tana vazni (kg)
ortiqcha ishqor (Ve) (mmolь/l)

Yuborishni hisoblangan dozaning yarmidan boshlash kerak. Yangilangan kislota-ishqor muvozanati natijalari olingandan keyin qoʼshimcha tuzatish kiritishni oʼtkazish mumkin.
Bolalar.
Dori vositasini 3 yoshdan oshgan bolalarda qoʼllash mumkin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Tivomaks preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Tivomaks narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Algoritm 19
Chilonzor tumani, Sharq dahasi, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
40 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
40 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
40 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
40 000 so'm
Bron qilish

Tivomaks haqida savollar

Tivomaks haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil