Ташкент
logo
SavatKirish

REAMBERIN

REAMBERIN chiqarish shakllari

REAMBERIN eritma 400ml 1,5% N1
Retseptli
REAMBERIN eritma 400ml 1,5% N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
POLISAN NTFF, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
49 990 so'm dan
REAMBERIN eritma 200ml 1,5% N1
Retseptli
REAMBERIN eritma 200ml 1,5% N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
POLISAN NTFF, OOO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
139 800 so'm dan
REAMBERIN eritma 250ml 1,5% N5
Retseptli
REAMBERIN eritma 250ml 1,5% N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
POLISAN NTFF, OOO
REAMBERIN eritma 500ml 1,5% N5
Retseptli
REAMBERIN eritma 500ml 1,5% N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
POLISAN NTFF, OOO
REAMBERIN eritma 250ml 1,5% N32
Retseptli
REAMBERIN eritma 250ml 1,5% N32
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
POLISAN NTFF, OOO
REAMBERIN eritma 500ml 1,5% N20
Retseptli
REAMBERIN eritma 500ml 1,5% N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
POLISAN NTFF, OOO
- REAMBERIN qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- REAMBERINning tarkibi
- REAMBERIN ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- REAMBERIN narxi Toshkent dorixonalarida

REAMBERIN qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

REAMBERIN®

REAMBERIN®

 

Preparatning savdo nomi: REAMBERIN®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meglyumin natriy suksinati

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

1 l eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: meglyumin natriy suksinati – 15,00 g, quyidagi tarkib bo‘yicha olingan: N-metilglyukamini (meglyumin) – 8,725 g, qahrabo kislotasi – 5,280 g.

yordamchi moddalar: natriy xloridi – 6,00 g, kaliy xloridi – 0,30 g, magniy xloridi (suvsizga hisoblaganda) – 0,12 g, natriy gidroksidi – 1,788 g, in‘eksiya uchun suv 1,0 l gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik

Farmakoterapevtik guruhi: dezintoksikasiyalovchi vosita.

ATX kodi: V05VV.

 

Farmakologik xususiyatlari

REAMBERIN® hujayradagi aerob jarayonlarga ijobiy ta‘sir ko‘rsatib, erkin radikallar hosil bo‘lishini kamaytirib va hujayraning energetik potensialini tiklab, antigipoksik va antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi.

Preparat Krebs siklining fermentativ jarayonlarini faollashtiradi va hujayralarning yog‘ kislotalari va glyukozani utilizasiya qilishiga yordam beradi, qonning kislota–ishqor muvozonatini va gaz tarkibini normallashtiradi. O‘rtacha diuretik ta‘sirga ega.

Preparat vena ichiga yuborilganida tez o‘zlashtiriladi va organizmda to‘planmaydi.

Qo‘llanilishi

REAMBERIN® kattalar va bolalarda 1 yoshdan boshlab, turli etiologiyali o‘tkir endogen va ekzogen intoksikasiyalarda antigipoksik va dezintoksikasiyalovchi vosita sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga: vena ichiga tomchilab, minutiga 90 tomchigacha tezlikda (minutiga 1-4,5 ml) – sutkada 400-800 ml.

Preparatni yuborish tezligi va dozasi bemorning kasalligini og‘irlik darajasiga muvofiq ravishda belgilanadi.

Bolalarga: vena ichiga tomchilab, 6-10 mg/kg tana vazni hisobidan har kuni sutkada 1 marta 3-4 ml/min tezlikda yuboriladi, lekin sutkada 400 ml dan ko‘p emas.

Preparatni yuborish kursi – 11 kungacha davom etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni tez yuborilganda quyidagilar yuz berishi mumkin:

umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi o‘zgarishlar: gipertermiya, et uvishishi, terlash, holsizlik, yuborish joyida og‘riq, shish, giperemiya, flebit;

immun tizimi tomonidan buzilishlar: allergik reaksiyalar, angionevrotik shish, anafilaktik shok;

teri va teri osti kletchatkasi tomonidan o‘zgarishlar: allergik toshma, eshakemi, qichishish;

nafas tizimi buzilishlari: xansirash, quruq yo‘tal;

yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: taxikardiya, yurakni urib ketishi, yurak sohasida og‘riq, ko‘krak qafasida og‘riq;

qon-tomir buzilishlari: arterial gipotenziya/gipertenziya, tananing yuqori qismida achishish xissi va qizarish ko‘rinishdagi qisqa muddatli reaksiyalar;

me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda metall ta‘mi, qorinda og‘riq, diareya;

nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, tremor, paresteziyalar, qo‘zg‘alish, bezovtalik.

Nojo‘ya reaksiyalar yuz berganida preparatni yuborish tezligini kamaytirish tavsiya etiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, bosh miya shishi bilan birga kechuvchi bosh–miya jarohatidan keyingi holat, buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, homiladorlik, laktasiya davri.

Alkalozda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antibiotiklar, suvda eruvchi vitaminlar, glyukoza eritmalari bilan yaxshi mos keladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat organizmdagi aerob jarayonlarni faollashtirishi tufayli qondagi glyukozaning konsentrasiyasi pasayishi, qon va siydik ishqorlanishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun 1,5% li eritma 200 ml yoki 400 ml dan butilkalarda yoki 250 yoki 500 ml dan polimer konteynerlarda. Har bir butilka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Polimer konteynerlar 20 yoki 32 donadan guruhlangan taralarga joylanadi (stasionarlar uchun). Yo‘riqnomalar soni guruhlangan taradagi birlamchi o‘ramlar soniga teng.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 0oS dan 25oS gacha haroratda.

Preparatni muzlashiga yo‘l qo‘yiladi.

Eritmaning rangi o‘zgarganida yoki cho‘kma paydo bo‘lganida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Yaroqlilik muddati

5 yil shisha butilkalarda. 3 yil polimer konteynerlarda.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

REAMBERIN narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

REAMBERIN barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

REAMBERIN savollari

REAMBERIN fikr-mulohazalari

Reyting 4.8, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil