Eksidol
Eksidol chiqarilish shakllari



Eksidol haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
• bosh-miya jaroxatidan keyin bosh-miya shishi bilan bog‘liq kechadigan xolat;
• o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
• surunkali buyrak kasalliklari (5-bosqich, GFT daqiqasiga 15 ml dan kamroq);
• homiladorlik davri;
• laktatsiya davri (emizish);
• individual o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni alkaloz, buyrak yetishmovchiligida extiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
Preparat 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi.
Tarkibi
1 ml eritma saqlaydi:
Faol modda:
meglyumin natriy suksinati – 15,00 mg;
quyidagilardan olingan:
Meglyumin – 8,725 mg;
Qahrabo kislotasi – 5,280 mg;
Natriy gidroksidi – 1,788 mg. Yordamchi moddalar:
Natriy xloridi – 6,00 mg;
Kaliy xloridi – 0,30 mg;
Magniy xloridi (suvsiz xisobida) – 0,12 mg;
In’eksiya uchun suv – 1,0 ml gacha.
Farmakodinamikasi
Antigipoksik va antioksidant ta’sirga ega, hujayralarda aerob jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, erkin radikallar mahsulini kamaytiradi va hujayralarning energiya potensialini tiklaydi.
Preparat Krebs sikli fermentativ jarayonlarini faollashtiradi va hamda yog‘ kislotalari va glyukozaning hujayralar tomonidan utilizatsiya qilinishiga ko‘maklashadi, kislota-ishqor muvozanatini va qonning gaz tarkibini me’yorlashtiradi. O‘rtacha diuretik ta’sirga ega.
Farmakokinetikasi
Preparat vena ichiga yuborilganda tez o‘zlashtiriladi va organizmda to‘planib qolmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Eksidol preparatining dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmagan.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparat antibiotiklar, suvda eriydigan vitaminlar va glyukoza eritmasi bilan yaxshi mutanosib.
Preparatni flakonida va idishlarda, boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.
Eksidol preparatini kalsiy suksinati cho‘kmasi hosil bo‘lishi ehtimoli sababli, kalsiy preparatlari bilan bir vaqtda vena ichiga yuborish mumkin emas.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)














