Apteka.uz
SavatKirish

Aktovegin

Aktovegin chiqarilish shakllari

AKTOVEGIN inyeksiya uchun eritma 10ml 40mg/ml N5
Retseptli
AKTOVEGIN inyeksiya uchun eritma 10ml 40mg/ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Takeda Farmasyutikals, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
298 000 so'm dan
AKTOVEGIN tabletkalari 200mg N50
Retseptli
AKTOVEGIN tabletkalari 200mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Takeda Farmasyutikals, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
420 000 so'm dan
AKTOVEGIN inyeksiya uchun eritma 5ml 40mg/ml N5
Retseptli
AKTOVEGIN inyeksiya uchun eritma 5ml 40mg/ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Takeda Farmasyutikals, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
190 000 so'm dan
AKTOVEGIN eritma 2ml 40mg/ml N25
Retseptli
AKTOVEGIN eritma 2ml 40mg/ml N25
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Takeda-Nycomed AS
•1 ta dorixonada bor
Narxi
300 000 so'm dan
- Aktovegin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Aktoveginning tarkibi
- Aktovegin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Aktovegin narxi Toshkent dorixonalarida

Aktovegin qo'llanmasi

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Bosh miyaning metabolik va tomir buzilishlari (miya qon aylanishi buzilishlarining o'tkir va surunkali shakllari, dementsiya, kalla-miya travmasi); Periferik (arterial va venoz) tomir buzilishlari va ularning oqibatlari (angiopatiya, trofik yaralar); Yaralar bitishi (turli etiologiyali yaralar, trofik buzilishlar (yotoq yaralari), yara bitishi jarayonlari buzilishi); Termik va kimyoviy kuyishlar; Radiatsion shikastlanishlar teri, shilliq qavatlar, radiatsion neyropatiya.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi; — o‘pka shishi; — oliguriya; — anuriya; — organizmda suyuqlik tutilishi; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; — o‘xshash preparatlarga yuqori sezuvchanlik. Giperxloremiya, gipernatriemiyada preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.

Tarkibi

  • 1 fl. (250 ml) buzoqlar qonidan olingan deproteinlashtirilgan gemoderivat 1 g Yordamchi moddalar: parenteral foydalanish uchun suvsiz dekstroza (7.75 g/250 ml), natriy xlorid, in'ektsiya uchun suv. 40 mg buzoqlar qonidan olingan quruq deproteinlashtirilgan gemoderivat faol modda sifatida; yordamchi moddalar: natriy xlorid, in'ektsiya uchun suv buzoqlar qonidan olingan deproteinlashtirilgan gemoderivat 200 mg Yordamchi moddalar: magniy stearati, povidon K90, talk, tsellyuloza. Qobiq tarkibi: akatsiya yelimi, tog‘ glikol mumi, gipromelloza ftalati, dietilftalat, bo‘yoqchi xinolin sariq alyuminiy lak, makrogol 6000, povidon K30, saxaroza, talk, titan dioksidi. buzoqlar qonidan olingan deproteinlashtirilgan gemoderivat 40 mg Yordamchi moddalar: natriy xlorid, in'ektsiya uchun suv. buzoqlar qonidan olingan deproteinlashtirilgan gemoderivat 40 mg Yordamchi moddalar: natriy xlorid, in'ektsiya uchun suv. buzoqlar qonidan olingan deproteinlashtirilgan gemoderivat 200 mg Yordamchi moddalar: magniy stearati, povidon K90, talk, tsellyuloza. Qobiq tarkibi: akatsiya yelimi, tog‘ glikol mumi, gipromelloza ftalati, dietilftalat, bo‘yoqchi xinolin sariq alyuminiy lak, makrogol 6000, povidon K30, saxaroza, talk, titan dioksidi.

Farmakokinetikasi

Farmakokinetik usullar yordamida Aktovegin® preparatining faol komponentlarining farmakokinetik xususiyatlarini (so‘rilish, taqsimlanish, chiqarilish) o‘rganishning imkoni yo‘q, chunki u faqat organizmda odatda mavjud bo‘lgan fiziologik komponentlardan iborat. =Hozirgi vaqtgacha farmakokinetikasi o‘zgargan bemorlarda (shu jumladan jigar yoki buyrak yetishmovchiligida, keksa yosh bilan bog‘liq metabolizm o‘zgarishlarida, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda metabolizm xususiyatlari munosabati bilan) gemoderivatlar farmakologik samaradorligining pasayishi aniqlanmagan.

Farmakologik ta'siri

Antigipoksant, dializ va ultrafiltratsiya (molekulyar og'irligi 5000 daltondan kam bo'lgan birikmalar o'tadi) yo'li bilan olinadigan gemoderivatni o'zida namoyon etadi. Glyukoza tashilishi va utilizatsiyasiga ijobiy ta'sir qiladi, kislorod iste'molini rag'batlantiradi (bu ishemiyada hujayra plazmatik membranalarining barqarorlashuviga va laktatlar hosil bo'lishining kamayishiga olib keladi), shu tariqa antigipoksik ta'sir ko'rsatadi. Aktovegin® ATF, ADF, fosfokreatin, shuningdek aminokislotalar (glutamat, aspartat) va GABA kontsentratsiyasini oshiradi. Aktovegin® preparatining kislorod so'rilishi va utilizatsiyasiga ta'siri, shuningdek glyukoza tashilishi va oksidlanishini rag'batlantiruvchi insulin kabi faolligi diabetik polinevropatiyani davolashda muhim ahamiyatga ega. Qandli diabet va diabetik polinevropatiyasi bo'lgan bemorlarda Aktovegin® polinevropatiya simptomlarini (sanchuvchi og'riq, achishish hissi, paresteziyalar, pastki oyoq-qo'llarning uvishishi) ishonchli kamaytiradi. Ob'ektiv ravishda sezgirlik buzilishlari kamayadi, bemorlarning ruhiy holati yaxshilanadi. Aktovegin ta'siri parenteral yuborilgandan keyin 30 daqiqadan (10-30 daqiqa) kechiktirmasdan namoyon bo'la boshlaydi va o'rtacha 3 soatdan (2-6 soat) keyin maksimal darajaga etadi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Allergik reaktsiyalar (masalan, eshakemi, shishlar, dori isitmasi). Bunday hollarda AKTOVEGIN® bilan davolashni to'xtatish kerak. Zarurat bo'lganda allergik reaktsiyalarni standart davolash (antigistamin vositalar va/yoki kortikosteroidlar) o'tkaziladi

Dozirovkasi

  • 20% 200 mg 200mg 4 mg/ml 40 mg/ml 40mg/ml 5% 8 mg/ml

Dozani oshirib yuborilishi

Aktovegin® preparatining dozasi oshirib yuborilishi haqida ma’lumot taqdim etilmagan.

Dori shaklining ta'rifi

  • Sirtga qo'llash uchun 20% li gel bir xil, rangsiz yoki sarg'ish rangli, tiniq Sirtga qo'llash uchun 5% li krem bir xil, oq rangli. Sirtga qo'llash uchun 5% li maz bir xil, oq rangli. Infuziya uchun eritma (natriy xloridning 0.9% li eritmasida) tiniq, rangsizdan kuchsiz-sariq ranggacha. Dekstroza eritmasidagi infuziya uchun eritma tiniq, rangsizdan kuchsiz-sariq ranggacha, deyarli zarrachalardan xoli. Inyeksiya uchun eritma Inyeksiya uchun eritma tiniq, sarg'ish, deyarli zarrachalardan xoli Inyeksiya uchun eritma tiniq, sarg'ish, deyarli zarrachalardan xoli. Qobiq bilan qoplangan tabletkalar Yashil-sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar, dumaloq, yaltiroq

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Aktovegin® preparatining dorilar bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Biroq, ehtimoliy farmatsevtik nomutanosiblikning oldini olish uchun Aktoveginning infuzion eritmasiga boshqa dori vositalarini qo‘shish tavsiya etilmaydi.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AKTOVEGIN®

ACTOVEGIN®

Preparatning savdo nomi: Aktovegin®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): buzoqchalar qonining deproteinlangan gemoderivati.

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi

2 ml hajmdagi ampulalar uchun:

1 ta ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Aktovegin® konsentrati (buzoqchalar qonining deproteinlangan quruq gemoderivatiga qayta hisoblanganida)1) – 80,0 mg;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv – 2 ml gacha.

5 ml hajmdagi ampulalar uchun:

1 ta ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Aktovegin® konsentrati (buzoqchalar qonining deproteinlangan quruq gemoderivatiga qayta hisoblanganida)1) – 200,0 mg;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv – 5 ml gacha.

10 ml ml hajmdagi ampulalar uchun:

1 ta ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Aktovegin® konsentrati (buzoqchalar qonining deproteinlangan quruq gemoderivatiga qayta hisoblanganida)1) – 400,0 mg;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv – 10 ml gacha.

1) Aktovegin® konsentrati tarkibida buzoqchalar qonining komponentlari bo‘lgan natriy va xlor ionlari ko‘rinishida natriy xloridi mavjud. Natriy xloridi konsentrat ishlab chiqarilishi jarayonida qo‘shilmaydi va chiqarib tashlanmaydi. Natriy xloridi miqdori taxminan 53,6 mg ni (2 ml li ampulalar uchun), taxminan 134,0 mg ni (5 ml li ampulalar uchun) va taxminan 268,0 mg ni (10 ml li ampulalar uchun) tashkil etadi.

Ta‘rifi: tiniq sarg‘ish eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: to‘qimalar regenerasiyasi rag‘batlantiruvchisi.

ATX kodi: [B06AB]

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Aktovegin® – uch turdagi: metabolik, neyroprotektiv va mikrosirkulyator samaralarni namoyon qiluvchi antigipoksantdir. Aktovegin® kislorod yutilishini va utilizasiyasini oshiradi; preparat tarkibiga kiruvchi inozitol fosfo-oligosaxaridlar glyukozaning tashilishi va utilizasiyasiga ijobiy ta‘sir qiladi, bu hujayralarning energetik metabolizmini yaxshilanishiga va ishemiya sharoitlarida laktat hosil bo‘lishining pasayishiga olib keladi.

Preparat ta‘sirining neyroprotektiv mexanizmini amalga oshirishning bir necha yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Aktovegin® beta-amiloid (Aβ25-35) peptidi tomonidan induksiya qilingan apoptoz rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Aktovegin® markaziy va periferik nerv tizimida apoptoz va yallig‘lanish jarayonlarini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydigan kappa V (NF-kB) yadro omili faolligini modulyasiya qiladi.

Boshqa ta‘sir mexanizmi poli(ADF-riboza)-polimeraza (PARP) yadro fermenti bilan bog‘liq. PARP bir zanjirli DNK da shikastlanishlarni aniqlash va reparasiya qilishda muhim rol o‘ynaydi, biroq fermentni o‘ta faollashuvi serebrovaskulyar kasalliklar va diabetik polineyropatiya kabi holatlarda hujayra halokati jarayonlarini ishga tushirishi mumkin. Aktovegin® PARP faolligini ingibisiya qiladi, bu markaziy va periferik nerv tizimining funksional va morfologik yaxshilanishiga olib keladi.

Kapillyar qon oqimi tezligini oshishi, perikapillyar sohaning kamayishi, prekapillyar arteriollar va kapillyar sfinkterlarning miogen tonusining pasayishi, kapillyar o‘zanida qon aylanishi ko‘proq bo‘lgani holda arteriolovenulyar shuntlovchi qon oqimi darajasini pasayishi hamda azot oksidining endotelial sintazasi faoliyatini mikrosirkulyasiya o‘zaniga ta‘sir ko‘rsatuvchi rag‘batlantirilishi Aktovegin® preparatini mikrosirkulyasiya jarayonlari va endoteliyga ta‘sir ko‘rsatuvchi ijobiy ta‘sirlari bo‘lib hisoblanadi.

Aktovegin® preparatining ta‘siri u qabul qilinganidan keyin ko‘pi bilan 30 minut o‘tgach yuz berishi turli tadqiqotlar davomida aniqlangan. Maksimal ta‘siri parenteral qo‘llanilganidan keyin 3 soat o‘tgach va peroral qo‘llanilganidan keyin 2–6 soat o‘tgach qayd etiladi.

Farmakokinetikasi

Farmakokinetika usullari yordamida Aktovegin® preparatining farmakokinetik ko‘rsatkichlarini o‘rganish mumkin emas, chunki preparat faqat odatda organizmdagi mavjud fiziologik komponentlardan iborat bo‘ladi.

 

Qo‘llanilishi

Quyidagilarni majmuaviy davolash tarkibida:

  • kognitiv buzilishlarni, shu jumladan insultdan keyingi kognitiv buzilishlarni va demensiyani simptomatik davolashda;
  • periferik qon aylanishining buzilishlari va ularning oqibatlarini simptomatik davolashda;
  • diabetik polineyropatiyani (DPN) simptomatik davolashda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Arteriya ichiga, vena ichiga, mushak ichiga yuboriladi, preparatni infuziya uchun eritmalarga qo‘shish mumkin.

Sindirish nuqtasi bo‘lgan ampulalardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma:

Ampula uchini nuqta yuqoriga qaratilgan holda joylashtiring! Ampulani barmoq bilan ehtiyotkorlik bilan chertgan va silkitgan holda eritmani ampula uchidan pastga oqib tushishiga imkon bering. Ampula uchini nuqta yuqoriga qaratilgan holda joylashtiring! Ampula uchini rasmda tasvirlanganidek kabi sindirib oling.

Klinik holatning og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda, avvaliga preparatni har kuni 10-20 ml dan vena ichiga yoki arteriya ichiga yuborish zarur; keyingi davolash uchun esa har kuni yoki haftada bir necha marta 5 ml dan vena ichiga yoki mushak ichiga asta-sekin yuboriladi. Infuzion yuborish uchun 10 ml dan 50 ml gacha preparatni 200–300 ml asosiy eritmaga (natriy xloridining izotonik eritmasiga yoki glyukozaning 5% li eritmasiga) qo‘shish lozim. Infuziya tezligi taxminan minutiga 2 ml bo‘lishi kerak.

Mushak ichiga in‘eksiyalar uchun 5 ml dan ortiq bo‘lmagan holda preparatdan foydalaniladi, uni eritma gipertonik bo‘lganligi uchun asta-sekin yuborish lozim.

Insultdan keyingi kognitiv buzilishlar

Ishemik insultning o‘tkir davrida, 5-7 kundan boshlab 2000 mg dan vena ichiga tomchilab 20 infuziyagacha yuboriladi va keyinchalik tabletka ko‘rinishida bir kunda 3 marta 2 tabletkadan (kuniga 1200 mg) qabul qilishga o‘tkaziladi. Davolashning umumiy davomiyligi 6 oyni tashkil etadi.

Demensiya

4 haftagacha bo‘lgan muddatda sutkada 2000 mg dan vena ichiga tomchilab yuboriladi.

Periferik qon aylanishining buzilishlari va ularning oqibatlari

Sutkada 800–2000 mg dan arteriya ichiga yoki vena ichiga tomchilab yuboriladi.

Davolash 4 haftagacha davom etadi.

Diabetik polineyropatiya

Sutkada 2000 mg dan vena ichiga tomchilab 20 ta infuziya yuboriladi va keyinchalik tabletka ko‘rinishida bir kunda 3 marta 3 tabletkadan (kuniga 1800 mg) qabul qilishga o‘tkaziladi. Davolash davomiyligi 4 oydan 5 oygachani tashkil etadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ta‘sirlarning tez-tezligi Xalqaro ilmiy tibbiyot tashkilotlari kengashi (CIOMS) tasnifiga muvofiq aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha baholanishi mumkin emas).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: allergik reaksiyalar (dori ta‘sirida isitma, shok simptomlari).

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: eshakemi, to‘satdan qizarishlar.

Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar

Noma‘lum: mialgiya.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Aktovegin® preparatiga va xuddi shunday preparatlar yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda;
  • dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi, o‘pka shishi, oliguriya, anuriya, organizmda suyuqlik ushlanib qolinishida;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtda noma‘lum.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni parenteral yuborish steril sharoitlarda o‘tkazilishi lozim.

Anafilaktik reaksiya yuzaga kelishi mumkinligi tufayli sinama in‘eksiyani (yuqori sezuvchanlikka testni) o‘tkazish tavsiya etiladi.

Elektrolit buzilishlari (giperxloremiya va gipernatriemiya kabi) mavjud bo‘lganida, ko‘rsatilgan holatlarga lozim darajada tuzatish kiritilishi kerak.

In‘eksiyalar uchun eritma biroz sarg‘ish tusga ega. Rangning yorqinligi dastlabki foydalanilgan materiallarning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq holda bir partiyadan ikkinchisiga qadar o‘zgarib turishi mumkin, biroq bu preparatning faolligiga yoki uning ta‘sirini o‘zlashtraolishga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Tiniq bo‘lmagan eritmadan yoki zarrachalarga ega bo‘lgan eritmadan foydalanilmasin.

Ampula ochilganidan keyin eritmani saqlash mumkin emas.

Klinik ma‘lumotlar

Aktovegin® preparatini ishemik insult bo‘lgan 503 nafar pasientda kognitiv buzilishlarga nisbatan davolash ta‘sirini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan randomizasiyalangan, ikki tomonlama yashirin, plasebo-nazorat qilinadigan ko‘p markazli ARTEMIDA (NCT01582854) tadqiqotida jiddiy noxush holatlar va o‘limning umumiy tez-tezligi har ikkala davolash guruhlarida bir xil bo‘lgan. Garchand takroriy ishemik insultlarning tez-tezligi pasientlarning mazkur popullyasiyasida kutiladigan qiymatlar chegarasida bo‘lsa-da, ular plasebo guruhiga nisbatan taqqoslanganda Aktovegin® preparatini qabul qilgan guruhda ko‘proq qayd etilgan, biroq mazkur farq statistik jihatdan ahamiyatli bo‘lmagan. Takroriy insult hollari va o‘rganilgan preparat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanmagan.

etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Aktovegin® ni faqat davolashdan kutiladigan foyda homila yoki bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina qo‘llash lozim.

Bolalarda qo‘llanilishi

Hozirgi vaqtda bolalarda Aktovegin® preparati qo‘llanilishi haqidagi ma‘lumotlar mavjud emas, shu sababli uni mazkur guruhdagi shaxslarda qo‘llanilishi tavsiya Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘siri aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Klinik oldi tadqiqotlarning ma‘lumotlariga ko‘ra doza odamda foydalanish uchun tavsiya etilgan dozalarga nisbatan hatto 30-40 marta oshirib yuborilganida ham Aktovegin® toksik ta‘sirlarni namoyon qilmaydi. Aktovegin® preparati bilan dozani oshirib yuborilishi hollari qayd etilmagan.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma, 40 mg/ml. 2, 5, 10 ml dan preparat sindirish nuqtasi bo‘lgan rangsiz shisha ampulalarga quyilgan. 5 ampuladan polistirol plyonkadan yoki polivinilxlorid plyonkadan tayyorlangan kontur uyali plastik o‘ramga joylashtirilgan. 1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan. Qutiga golografik yozuvlari bo‘lgan va birinchi ochilishi nazorat qilinadigan dumaloq shakldagi tiniq himoya nakleykalari yopishtiriladi.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

 

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Aktovegin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Aktovegin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Aktovegin haqida savollar

Aktovegin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.1, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil