Ташкент
logo
SavatKirish

AKTOVEGIN tabletkalari 200mg N50

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:Takeda Farmasyutikals, OOO
Teglar:Asab uchun, Hotira va e'tibor susayishidan, Miya uchun, Hotira uchun, Insultdan
ATX kodi:B06AB
Barcha Aktovegin dorilari
7 ta dorixonada bor
Narxi 399 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 7 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

AKTOVEGIN tabletkalari 200mg N50 o'xshash dorilari

NATALSID suppozitorii 250mg N10
Retseptsiz
NATALSID suppozitorii 250mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•65 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10
Retseptli
AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Germaniya proizvedeno: Fresenius Kabi Austria GmbH
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N30
Retseptli
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
TRANEKSAM inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N10
Retseptli
TRANEKSAM inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS

AKTOVEGIN tabletkalari 200mg N50 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Yadrosi: faol modda: qon komponentlari: 345,0 mg Aktovegin® donalari* ko'rinishida
buzoqlar qonining deproteinlangan gemoderivati – 200,0 mg, yordamchi moddalar: magniy

stearati – 2,0 mg, talьk – 3,0 mg;

Qobig'i: akatsiya kamedi – 6,8 mg, glikolli tog' mumi – 0,1 mg, gipromelloza ftalati – 29,45 mg, dietilftalat – 11,8 mg, sariq alyumin laki xinolin bo'yog'i – 2,0 mg, makrogol-6000 – 2,95 mg, povidon-K 30 – 1,54 mg, saxaroza – 52,3 mg, talьk – 42,2 mg, titan dioksidi – 0,86 mg.

*Aktovegin® granulalari quyidagilarni saqlaydi: faol modda: qon komponentlari: buzoqlar qonining deproteinlangan gemoderivati – 200,0 mg, yordamchi moddalar: povidon-K 90 – 10,0 mg, mikrokristall sellyuloza – 135,0 mg.

Farmakodinamikasi

Aktovegin – uch turdagi: metabolik, neyroprotektiv va mikrotsirkulyator samaralarni namoyon qiluvchi antigipoksantdir. Aktovegin kislorod yutilishini va utilizatsiyasini oshiradi; preparat tarkibiga kiruvchi inozitol fosfo-oligosaxaridlar glyukozaning tashilishi va utilizatsiyasiga ijobiy ta'sir qiladi, bu hujayralarning energetik metabolizmini yaxshilanishiga va ishemiya sharoitlarida laktat hosil bo'lishining pasayishiga olib keladi.

Preparat ta'sirining neyroprotektiv mexanizmini amalga oshirishning bir necha yo'llari ko'rib chiqiladi.
Aktovegin beta-amiloid (Aβ25-35) peptidi tomonidan induktsiya qilingan apoptoz rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.

Aktovegin markaziy va periferik nerv tizimida apoptoz va yallig'lanish jarayonlarini tartibga solishda muhim rolь o'ynaydigan kappa V (NF-kB) yadro omili faolligini modulyatsiya qiladi.

Boshqa ta'sir mexanizmi poli(ADF-riboza)-polimeraza (PARP) yadro fermenti bilan bog'liq. PARP bitta zanjirli DNK da shikastlanishlarni aniqlash va reparatsiya qilishda muhim rolь o'ynaydi, biroq fermentni o'ta faollashuvi serebrovaskulyar kasalliklar va diabetik polineyropatiya kabi holatlarda hujayra halokati jarayonlarini ishga


tushirishi mumkin. Aktovegin PARP faolligini ingibitsiya qiladi, bu markaziy va periferik nerv tizimining funktsional va morfologik yaxshilanishiga olib keladi. Kapillyar qon oqimi tezligini oshishi, perikapillyar sohaning kamayishi, prekapillyar arteriollar va kapillyar sfinkterlarning miogen tonusining pasayishi, kapillyar o'zanida qon aylanishi ko'proq bo'lgani holda arteriolovenulyar shuntlovchi qon oqimi darajasini pasayishi hamda azot oksidining endotelial sintazasi faoliyatini mikrotsirkulyatsiya o'zaniga ta'sir ko'rsatuvchi rag'batlantirilishi Aktovegin preparatini mikrotsirkulyatsiya jarayonlari va endoteliyga ta'sir ko'rsatuvchi ijobiy ta'sirlari bo'lib hisoblanadi.

Aktovegin preparatining ta'siri u qabul qilinganidan keyin ko'pi bilan 30 minut o'tgach yuz berishi turli tadqiqotlar davomida aniqlangan. Maksimal ta'siri parenteral qo'llanilganidan keyin 3 soat o'tgach va peroral qo'llanilganidan keyin 2–6 soat o'tgach qayd etiladi.

Farmakokinetikasi

Farmakokinetika usullari yordamida Aktovegin preparatining farmakokinetik ko'rsatkichlarini o'rganish mumkin emas, chunki preparat faqat odatda organizmdagi mavjud fiziologik komponentlardan iborat bo'ladi.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya ta'sirlari

Nojo'ya ta'sirlarning tez-tezligi Xalqaro ilmiy tibbiyot tashkilotlari kengashi (CIOMS) tasnifiga muvofiq aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo'yicha baholanishi mumkin emas).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: allergik reaktsiyalar (dori ta'sirida isitma, shok simptomlari).


Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar Kam hollarda: eshakemi, to'satdan qizarishlar.

Maxsus saqlash sharoitlari

Klinik ma'lumotlar

Aktovegin® preparatini ishemik insulьt bo'lgan 503 nafar patsiyentda kognitiv buzilishlarga nisbatan davolash ta'sirini o'rganish maqsadida o'tkazilgan randomizatsiyalangan, ikki tomonlama yashirin, platsebo-nazorat qilinadigan ko'p markazli ARTEMIDA (NCT01582854) tadqiqotida jiddiy noxush holatlar va o'limning umumiy tez-tezligi har ikkala davolash guruhlarida bir xil bo'lgan. Garchand takroriy ishemik insulьtlarning tez-tezligi patsiyentlarning mazkur populyatsiyasida kutiladigan qiymatlar chegarasida bo'lsa-da, ular platsebo guruhiga nisbatan taqqoslanganda Aktovegin® preparatini qabul qilgan guruhda ko'proq qayd etilgan, biroq mazkur farq statistik jihatdan ahamiyatli bo'lmagan. Takroriy insulьt hollari va o'rganilgan preparat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik aniqlanmagan.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi

Aktovegin® ni faqat davolashdan kutiladigan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan hollardagina qo'llash lozim.
Bolalarda qo'llanilishi
Hozirgi vaqtda bolalarda Aktovegin® preparati qo'llanilishi haqidagi ma'lumotlar mavjud emas, shu sababli uni mazkur guruhdagi shaxslarda qo'llanilishi tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri Ta'siri aniqlanmagan.

Qo'llanilishi

Majmuaviy davolash tarkibida:
kognitiv buzilishlarni, shu jumladan insulьtdan keyingi kognitiv buzilishlarni va dementsiyani simptomatik davolashda;
periferik qon aylanishining buzilishlari va ularning oqibatlarini simptomatik davolashda;
diabetik polineyropatiyani (DPN) simptomatik davolashda qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Aktovegin® preparatiga va xuddi shunday preparatlar yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda;
fruktozani o'zlashtiraolmaslikda, glyukozo-galaktoz malьabsorbtsiyada yoki saxarazo-izomalьtaza yetishmovchilikda;
18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim
Homiladorlik va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Hozirgi vaqtda noma'lum.

Dozirovkasi

Ovqatlanishdan oldin, chaynamasdan, oz miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.
Insulьtdan keyingi kognitiv buzilishlar
Ishemik insulьtning o'tkir davrida, 5-7 kundan boshlab 2000 mg dan vena ichiga tomchilatib 20 ta infuziyagacha yuboriladi va keyinchalik bir kunda 3 marta 2 tadan (bir kunda 1200 mg dan) tabletka ko'rinishida qabul qilishga o'tkaziladi. Davolashning umumiy davomiyligi 6 oyni tashkil etadi.

Dementsiya
Bir kunda 3 marta 2 tadan (bir kunda 1200 mg dan) tabletka qabul qilinadi. Davolashning umumiy davomiyligi 20 haftani tashkil etadi.
Periferik qon aylanishining buzilishlari va ularning oqibatlari
Bir kunda 3 marta 1-2 tadan (bir kunda 600–1200 mg dan) tabletka qabul qilinadi.
Davolashning umumiy davomiyligi 4 haftadan 6 haftagachani tashkil etadi.
Diabetik polineyropatiya
Sutkada 2000 mg dan vena ichiga tomchilatib 20 ta infuziyadan so'ng kuniga 3 ta tabletkadan 3 marta (kuniga 1800 mg dan) o'tkazilib davolash davomiyligi 4 oydan 5 oygacha.

Dozani oshirib yuborilishi

Klinik oldi tadqiqotlarning ma'lumotlariga ko'ra doza odamda foydalanish uchun tavsiya etilgan dozalarga nisbatan hatto 30-40 marta oshirib yuborilganida ham Aktovegin® toksik ta'sirlarni namoyon qilmaydi. Aktovegin® preparati bilan dozani oshirib yuborilishi hollari qayd etilmagan.

AKTOVEGIN tabletkalari 200mg N50 boshqa chiqarish shakllari

AKTOVEGIN inyeksiya uchun eritma 5ml 40mg/ml N5
Retseptli
AKTOVEGIN inyeksiya uchun eritma 5ml 40mg/ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Takeda Farmasyutikals, OOO
Narxi
190 000 so'm dan
Narxi
298 000 so'm dan

AKTOVEGIN tabletkalari 200mg N50 analoglari

AKTOVEGIN inyeksiya uchun eritma 5ml 40mg/ml N5
Retseptli
AKTOVEGIN inyeksiya uchun eritma 5ml 40mg/ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Takeda Farmasyutikals, OOO
Narxi
190 000 so'm dan
Narxi
298 000 so'm dan

AKTOVEGIN tabletkalari 200mg N50 savollari

AKTOVEGIN tabletkalari 200mg N50 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil