Apteka.uz
SavatKirish

Natalsid

Natalsid chiqarilish shakllari

NATALSID suppozitorii 250mg N10
Retseptsiz
NATALSID suppozitorii 250mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•21 ta dorixonada bor
Narxi
108 700 so'm dan
- Natalsid qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Natalsidning tarkibi
- Natalsid ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Natalsid narxi Toshkent dorixonalarida

Natalsid haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — epitelizatsiya bosqichidagi orqa chiqarish teshigi yoriqlari; — surunkali qonayotgan gemorroy; — proktosigmoidit; — operatsiyadan keyingi davrda to'g'ri ichak yallig'lanishi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • preparatga yuqori sezuvchanlik.

Farmakokinetikasi

Natalsid preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etilmagan.

Farmakologik ta'siri

Mahalliy qo'llash uchun gemostatik preparat. Faol modda - natriy alginat - qo'ng'ir dengiz o'tlaridan olinadigan tabiiy polisaxarid. Yaqqol gemostatik ta'sir ko'rsatadi, yallig'lanishga qarshi va reparativ xususiyatlarga ega.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Bo'lishi mumkin: allergik reaktsiyalar

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtda Natalsid preparatining dozasi oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan.

Dori shaklining ta'rifi

  • Rektal suppozitoriylar och-kulrang rangli, krem tusli, torpedasimon shaklli

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Natalsid preparatining dori o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan.

Umumiy ma'lumot

NATALSID®

preparatini tibbiyotdPreparatning savdo nomi: Natalsid®

Guruhlash nomi: Natriy alginati

Dori shakli: Rektal suppozitoriylar

Tarkibi

Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

natriy alginati (natriy alginat) – 250 mg; suppozitoriylar uchun asos: qattiq yog‘ (vitepsol, supposir) – 2,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda.

Ta‘rifi

Och-qo‘ng‘ir tusli och-sariq rangli, torpedasimon suppozitoriylar.

Farmakoterapevtik guruhi

Mahalliy qo‘llash uchun gemostatik vosita.

ATX kodi: V02VS

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning faol moddasi – natriy alginati – qo‘ng‘ir dengiz o‘tlaridan olinadigan tabiiy polisaxarid. Yaqqol gemostatik, yallig‘lanishga qarshi va reparativ ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Qo‘llanilishi

Epitelizasiya bosqichidagi surunkali anal yoriqlar, surunkali qonab turuvchi gemorroy, proktosigmoidit va operasiyadan keyingi davrdagi to‘g‘ri ichakdagi yallig‘lanish ko‘rinishlarida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Bolalarda (14 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

 

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Natalsid® preparatini homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Rektal. Ichak o‘z-o‘zidan yoki tozalovchi xo‘qnadan bo‘shalganidan keyin, to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta qo‘llanadi. Natalsid® preparati bilan davolash kursining davomiyligi 7-14 kunni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

Natalsid® rektal suppozitoriylari 250 mg. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda, 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.

 

Saqlash sharoiti

Bolalar ololmaydigan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Natalsid preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Natalsid narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
108 700 so'm
Bron qilish
CITY PHARM G'uncha 11
Shayxontoxur tumani, massiv Bog'ko'cha, 2 uy
24/7
125 000 so'm
Bron qilish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
150 000 so'm
Buyurtma berish
Vaksina Med №69
Yangihayot tumani, Gulshanobod MFY, Sektor 9 massivi, 7A uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
108 700 so'm

Natalsid haqida savollar

Natalsid haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 6 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil