Apteka.uz
SavatKirish

Natriy tiosulfat

Natriy tiosulfat chiqarilish shakllari

NATRIYA TIOSULFAT inyeksiya uchun eritma 10ml 30% N10
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT inyeksiya uchun eritma 10ml 30% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus YaTT
•6 ta dorixonada bor
Narxi
9 000 so'm dan
NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 300 mg/ ml N10
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 300 mg/ ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm,SP OOO
•6 ta dorixonada bor
Narxi
9 000 so'm dan
NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 300 mg/ ml N5
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 300 mg/ ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm,SP OOO
•16 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 300 mg/ ml N10
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 300 mg/ ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm,SP OOO
•7 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
NATRIYA TIOSULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 30% N10
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 30% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus, OOO
•7 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
NATRIYA TIOSULFAT inyeksiya uchun eritma 10ml 30% N5
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT inyeksiya uchun eritma 10ml 30% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novopharma plus, SP OOO
•16 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 300 mg/ ml N5
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 300 mg/ ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm,SP OOO
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 30% N5
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 30% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, OOO
- Natriy tiosulfat qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Natriy tiosulfatning tarkibi
- Natriy tiosulfat ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Natriy tiosulfat narxi Toshkent dorixonalarida

Natriy tiosulfat haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIKNOMA

NATRIYA TIOSULFAT

NATRII THIOSULFAS

Preparatning savdo nomi: Natriya tiosulfat

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natriy tiosulfati

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

faol modda:                      natriy tiosulfati    – 300 mg;

yordamchi moddalar:          natriy gidrokarbonati  – 20 mg;

                                         1 ml gacha in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz  suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruxi: zaharlanish va intoksikasiyalarda qo‘llanadigan vosita.

ATX kodi: V03AB06

Farmakologik xususiyatlari

Dezintoksikasion, yallig‘lanishga qarshi, desensibilizasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Og‘ir metall tuzlari, galogenlar, sianidlar bilan zaharli bo‘lmagan yoki kam zaharli birikmalar hosil qiladi

Qo‘llanilishi

Margimush, qo‘rg‘oshin, simob, brom, yod, sianidlar bilan zaharlanish; eshakemi, artrit, nevralgiya

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga 30% eritmaning 5-10 ml, sianidlar bilan zaharlanganda 30% eritmaning 50 ml yuboriladi. Ichga bir marta qabul qilish uchun 2-3 ml dan 10% eritma shaklida buyuriladi (30% li ampulali eritmani suvda yoki natriy xloridning izotonik eritmasida suyultirib tayyorlanadi).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Davolash kursining boshida bosh og‘rig‘i, oyoq – qo‘llarda og‘riqlar, umumiy holsizlanish bo‘lishi mumkin. Odatda bu holatlar o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Ba‘zida allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni metabolizm jarayonida organizmda aminobenzoy kislotani hosil bo‘lmasligi tufayli, u antisulfanilamid ta‘sir ko‘rsatmaydi va sulfanilamid preparatlar oluvchi bemorlarda qo‘llanilishi mumkin.

Simetidin, beta-adrenoblokatorlar va MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda preparatni tansiqligi oshadi, bunday majmuani qo‘llash zarurati bo‘lsa, preparatning dozasini kamaytirish zarur.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Chikariliщ shakli

30% in‘eksiya uchun eritma ampulalarda, 5 va 10 ml dan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Mishyak, simob, qo'rg'oshin birikmalari, tsianidlar, yod, brom tuzlari bilan zaharlanish. Allergik kasalliklar, artrit, nevralgiyani kombinatsiyalangan davolash tarkibida.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Natriy tiosulfatiga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • Natriy tiosulfat 300,0; natriy gidrokarbonat 20,0; In'ektsiya uchun suv 1l 1 ml da tarkibi: Ta'sir etuvchi modda: natriy tiosulfat pentagidrati - 300,0 mg Yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonat - 20,0 mg, in'ektsiya uchun suv - 1,0 ml gacha

Farmakodinamikasi

Kompleks hosil qiluvchi vosita. Dezintoksikatsion, yallig'lanishga qarshi, desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko'rsatadi, galoidlarning preparatlarini (yod) zararsizlantiradi. Mish'yak , simob , qo'rg'oshin birikmalari bilan zaharlanganda , zaharli bo'lmagan sul'fit birikmalarni hosil qiladi. Tsianidlar bilan zaharlanganda kamroq zaharlilikka ega bo'lgan rodanid birikmalarini hosil qiladi . Kislotali muxitda oltingugurt va oltingugurt angidridi hosil qilib parchalanadi , ular parazitlarga qarshi ta'sir ko'rsatadi .

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilgandan so‘ng ekzogen yuborilgan natriy tiosulfatining 20-50% o‘zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi. Taqsimlanish hajmi 0,15 l/kg ni tashkil qiladi. 1 g natriy tiosulfati vena ichiga yuborilgandan so‘ng yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 20 daqiqani tashkil qiladi, sog‘lom ko‘ngillilarda yuqori dozalar yuborilganda (150 mg/kg, ya'ni 60 kg tana vazniga 9 g) T1/2 182 daqiqani tashkil qiladi.

Farmakologik ta'siri

Organizmga yuborilganda dezintoksikatsion ta'sir ko'rsatadi. Sianidlar bilan toksik bo'lmagan yoki kam toksik birikmalar hosil qiladi. Sinil kislotasi va uning tuzlari (sianidlar) bilan zaharlanishda detoksikatsiyaning asosiy mexanizmi rodonaza — tiosulfatsianidseratransferaza fermenti ishtirokida (ko'plab to'qimalarda topilgan, ammo jigarda maksimal faollikni namoyon qiladi) kamroq zaharli rodanid birikmalar (tiotsianat) hosil bo'lishidir. Inson organizmi sianidlarni endogen detoksikatsiya qilish qobiliyatiga ega, biroq, rodonaza tizimi sekin ishlaydi va sianid bilan zaharlanishda uning faolligi detoksikatsiya uchun etarli emas, shu munosabat bilan rodonaza tomonidan katalizlanadigan reaktsiyani tezlashtirish uchun organizmga oltingugurt donatori bo'lgan natriy tiosulfatini yuborish zarur.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Natriy tiosulfatning noxush hodisalar profilini baholash bo'yicha qat'iy nazorat qilingan tadqiqotlar yo'qligi sababli, tibbiy adabiyotlarda xabar qilingan taqdim etilgan nojo'ya ta'sirlar tez-tezligini baholab bo'lmaydi. Allergik reaktsiyalar, arterial qon bosimining pasayishi, bosh og'rig'i, dezorientatsiya, ko'ngil aynishi, qusish, qon ketish vaqtining uzayishi, og'izda sho'r ta'm, butun tanada issiqlik hissi. Natriy tiosulfatni tez yuborish yoki katta dozalarda yuborish ko'ngil aynishi va qusish rivojlanishining yuqori tez-tezligi bilan kuzatilgan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparat fakat hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha qo'llaniladi.

Buyrak faoliyati buzilganida

Ma'lumki, tiosul'fat natriy asosan buyraklar orqali chikariladi, va buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsientlarda dori vositaga toksik reaktsiyasini rivojlanish xavfi yuqoriroq bo'lishi mumkin.

Dozirovkasi

  • 300 mg/ml

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: artralgiya, giperrefleksiya, tirishishlar, psixotik xulq, shu jumladan ajitatsiya, gallyutsinatsiyalar; ko'ngil aynishi, qusish; nojo'ya reaktsiyada ko'rinishini kuchayishi.

Davolash: gemodializ, samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash.

Dori shaklining ta'rifi

  • tiniq rangsiz suyuqlik. Vena ichiga yuborish uchun eritma

Maxsus ko‘rsatmalari

Tsianidlar bilan zaharlanishda boshida metgemoglabin xosil qiluvchilar, antitsian yoki amilnitrit qo'llash, va ketsinchalik natriy tiosul'fatni vena ichiga yuborishga o'tish kerak.

Arterial gipertenziya, jigar tsirrozi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, xomiladorlar toksikozi bo'lgan bemorlarga extiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki patsientlarni holati yomonlashishi mumkin.

Qo'llashdan oldin ampulani ichidagini tekshirish kerak. Сho'kma bo'lganida dori vositani qo'llash mumkin emas.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan  patsientlar.

Ma'lumki, tiosul'fat natriy asosan buyraklar orqali chikariladi, va buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsientlarda dori vositaga toksik reaktsiyasini rivojlanish xavfi yuqoriroq bo'lishi mumkin.

Keksa yoshdagi patsientlar

Keksa yoshdagi patsientlarda extimol buyrak funktsiyasini susayishi mumkin, shuning uchun dozani tanlashda va buyrak funktsiyasini nazorat qilish lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi.

Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparat fakat hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha qo'llaniladi .

Dori vosita transpot vositani yoki patentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga o'ziga hos ta'siri.

Davolash davrida avtomobilni boshqarish va diqqatni jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda extiyotkorlikka rioya qilish kerak .

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Natriy tiosulfatni nitratlar, kaliy permanganat bilan kontaktidan qat’iyan saqlanish kerak. Gidroksikobalamin bilan kimyoviy jihatdan mos kelmaydi, shu sababli, ularni vena ichiga yuborish uchun bitta va ayni qurilma orqali yuborish mumkin emas. Vena ichiga yuborish uchun bitta va ayni liniya orqali ketma-ket yuboriladigan natriy tiosulfat va natriy nitritning kimyoviy nomutanosibligi haqida xabar berilmagan. Natriy tiosulfatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Vena ichiga 30% li eritmani (intoksikatsiyaning og'irlik darajasiga qarab) 5-10 ml dan asta-sekin yuboriladi , tsianid birikmalari bilan shikastlanishlarda- 30% li eritmaning 50 ml yuboriladi .

Dori vosita butun toksigen davr davomida buyuriladi (zaxarlanishning birinchi klinik simptomlari paydo bo'lishidan organizmdan toksinni to'liq chiqarilishigacha).

Allergik kasalliklari, artritlar, nevralgiyalarda natriya tiosul'fatni 1,5-3 g dozada (bu 30 % li eritmani 5-10 ml to'g'ri keladi) buyuriladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Natriy tiosulfat preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Natriy tiosulfat narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
14 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
14 000 so'm
Bron qilish
Ziyoda Farm Tradeng
Olmazor tumani, Shifo-Nur ko'ch., 8 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-23:00
9 000 so'm
Arzon Darmon Pharm №1
Chilonzor tumani, 2 daha, Arnasoy ko'ch., 29/3
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
10 000 so'm

Natriy tiosulfat haqida savollar

Natriy tiosulfat haqida fikr-mulohazalar

Reyting 3.7, 9 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil