REOSORBILAKT infuziya uchun eritma 200ml

REOSORBILAKT infuziya uchun eritma 200ml o'xshash dorilari




REOSORBILAKT infuziya uchun eritma 200ml qo'llanmasi
Sorbitol umumiy metabolizmga tez qo'shiladi, uning 80-90% i jigarda utilizatsiya qilinadi va
glikogen ko'rinishida to'planadi) 5% i miya, yurak mushagi va
skelet mushaklari to'qimalarida to'planadi, 6-12% i siydik bilan chiqariladi, tomir o'zaniga yuborilganda natriy laktatdan natriy, CO2 va H2O ajralib chiqadi, ular natriy bikarbonat hosil qiladi, bu esa qonning ishqoriy zaxirasi oshishiga olib keladi, Kiritilgan natriy laktatning faqat yarmi (L izomeri) faol hisoblanadi, ikkinchi yarmi (D izomeri) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.
Natriy xlorid tomir o'zanidan tez chiqariladi, faqat vaqtincha aylanib yuruvchi qon hajmini oshiradi, Diurezni kuchaytiradi.
Immun tizimi tomonidan: anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish,
gipertermiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan; arterial bosimning oshishi yoki pasayishi) taxikardiya, hansirash, akrotsianoz.
Nevrologik buzilishlar, tremor, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan o‘zgarishlar: teri toshmalari, eshakemi,
qichishish hissi.
Me’da-ichak buzilishlari: ko‘ngil aynishi qusish.
umumiy buzilishlar, yuborilgan joyda o‘zgarishlar, shu jumladan og‘riq va achishish.
preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik. Reosorbilaktni alkalozda, shuningdek katta hajmdagi suyuqlik quyish mumkin bo‘lmagan hollarda (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensatsiyasi, III darajali arterial gipertenziya, dekompensatsiyalangan yurak nuqsonlari, terminal buyrak yetishmovchiligi), suvsizlanish, oliguriyada qo‘llash mumkin emas.
Boshqa dori vositalari uchun erituvchi-tashuvchi sifatida ishlatmang.
Nomoslik
Reosorbilaktni fosfat- va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat kislota-ishqor holati ko'rsatkichlari va qon elektrolitlari, jigar funksional holati va arterial qon bosimi nazorati ostida qo'llaniladi. Kalkulyoz xoletsistiti bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuborilsin.
Preparat sorbit saqlaydi, shuning uchun fruktozani o'zlashtira olmaslik irsiy buzilishi bo'lgan bemorlarga ushbu preparatni qo'llash mumkin emas,
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Homiladorlik davrida qo'llash mumkin emasligi haqida ma'lumotlar yoki bolalarga yuborish tajribasi haqida ma'lumotlar yetarli emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Preparat shifoxona sharoitida qo'llanilganligi sababli, bunday ta'sirlar haqida ma'lumotlar yo'q.
Reosorbilakt kattalarga vena ichiga tomchilab 40-60 tomchi/daq tezlikda yuboriladi. Zarurat bo'lganda 30 tomchi/daq tezlikda tomchilab yuborish yo'li bilan sinama o'tkazilgandan so'ng preparatni oqim bilan yuborishga ruxsat etiladi. 15 tomchi yuborilgandan keyin preparatni ishlatishni to'xtatish kerak, va 3 daqiqadan so'ng reaksiya bo'lmasa, Reosorbilaktni oqim bilan yuborish kerak.
Travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (bemor tana vazniga 10-15 ml/kg) bir marta va takroran 600-1000 ml dan (bemor tana vazniga 10-15 ml/kg) avval oqim bilan, keyin tomchilab yuboriladi. Surunkali gepatitlarda kattalarga 400 ml dan (bemor tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab yuboriladi. O'tkir qon yo'qotishda kattalarga 1500-1800 ml dan (bemor tana vazniga 25 ml/kg gacha) yuboriladi. Bunday holda Reosorbilakt infuziyalarini gospitalgacha bo'lgan bosqichda ixtisoslashtirilgan tez yordam mashinasida o'tkazish tavsiya etiladi. Operatsiyadan keyingi davrda va turli xil jarrohlik aralashuvlaridan keyin - 400 ml dozada (bemor tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab 3-5 kun davomida. Qon tomirlarining tromboobliteratsiyalovchi kasalliklarida - tana vazniga 8-10 ml/kg hisobidan tomchilab, takroran kun ora, davolash kursiga 10 tagacha infuziya,


