Apteka.uz
SavatKirish

NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Vengriya
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Faol modda:Amlodipin
Ishlab chiqaruvchi:Gedeon Rixter, OAO
ATX kodi:C08CA01
Barcha Normodipin dorilari
127 ta dorixonada bor
Narxi 27 900 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 127 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Ichga qabul qilinganda MITYdan sekin va deyarli to'liq so'riladi. Ovqat qabul qilish so'rilishga ta'sir qilmaydi. Qon plazmasidagi Cmax ga 6-9 soatdan keyin erishiladi, bu ham keksa, ham yosh bemorlarda kuzatiladi. O'rtacha mutlaq biokiraolishligi 64% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Qon plazmasidagi amlodipinning Css ga 7-8 kun davomida uzluksiz qo'llanilgandan so'ng erishiladi.

Vd taxminan 21 l/kg ni tashkil qiladi, bu to'qimalarda ustun taqsimlanishni ko'rsatadi. GET orqali va ko'krak sutiga o'tadi.

Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 97%.

Metabolizmi

Amlodipinning taxminan 90% jigarda nofaol metabolitlar hosil bo'lishi bilan biotransformatsiyalanadi.

Chiqarilishi

Amlodipin organizmdan siydik bilan (dozaning 10% - o'zgarmagan holda va 60% - nofaol metabolitlar ko'rinishida) va axlat bilan (20-25% metabolitlar ko'rinishida) chiqariladi. Chiqarilishi ikki fazali, T o'rtacha 31-48 soatni tashkil qiladi. Amlodilinning umumiy klirensi 7 ml/daq/kg ni tashkil qiladi. Gemodializda amlodipin olib tashlanmaydi.

Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi

Keksa yoshdagi bemorlarda (65 yoshdan katta) amlodipinning chiqarilishi yosh bemorlarga nisbatan sekinlashgan (T - 65 soat), ammo bu farqlar klinik ahamiyatga ega emas.

Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda T uzayishi uzoq muddat tayinlanganda preparatning organizmda to'planishi yuqori bo'lishini taxmin qiladi (T - 60 soatgacha).

Bemorda buyrak yetishmovchiligining mavjudligi amlodipin farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.

Farmakologik ta'siri

Sekin kalsiy kanallari blokatori, digidropiridin hosilasi, antianginal va gipotenziv ta’sir ko‘rsatadi. Kalsiy kanali L-turi alfa1-subbirligining III va IV domenlari S6 segmentlari bilan bog‘lanib, kalsiy kanallarini bloklaydi, kalsiy ionlarining hujayra ichiga transmembranal o‘tishini pasaytiradi (kardiomiotsitlarga qaraganda tomirlar silliq mushak hujayralariga ko‘proq darajada). Antianginal ta’sir koronar va periferik arteriyalar va arteriolalarning kengayishi bilan bog‘liq: stenokardiyada miokard ishemiyasi yaqqolligini kamaytiradi; periferik arteriolalarni kengaytirib, UTQQ ni pasaytiradi, yurakka yuklamani kamaytiradi, miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasaytiradi. Miokardning o‘zgarmagan va ishemiyalangan zonalarida koronar arteriyalar va arteriolalarni kengaytiradi, miokardga kislorod kelishini oshiradi (ayniqsa vazospastik stenokardiyada); koronar arteriyalar spazmi rivojlanishining (shu jumladan chekish chaqirgan) oldini oladi. Barqaror stenokardiyali bemorlarda bir martalik sutkalik doza jismoniy yuklamaga tolerantlikni oshiradi, stenokardiya rivojlanishini va ST segmentining "ishemik" depressiyasini sekinlashtiradi, stenokardiya xurujlari chastotasini va nitroglitserin va boshqa nitratlar iste’molini kamaytiradi.

Uzoq muddatli dozaga bog‘liq gipotenziv samara ko‘rsatadi. Gipotenziv ta’sir tomirlar silliq mushaklariga bevosita vazodilatatsiya qiluvchi ta’sir bilan bog‘liq. Arterial gipertenziyada bir martalik doza 24 soat davomida (bemorning "yotgan" va "turgan" holatida) AQB ning klinik ahamiyatli pasayishini ta’minlaydi.

Amlodipin tayinlanganda ortostatik gipotenziya ancha kam uchraydi. Jismoniy yuklamaga tolerantlikning, chap qorincha otilib chiqish fraksiyasining pasayishini chaqirmaydi. Chap qorincha miokardi gipertrofiyasi darajasini kamaytiradi. Miokard qisqaruvchanligi va o‘tkazuvchanligiga ta’sir ko‘rsatmaydi, YuKCh ning reflektor oshishini chaqirmaydi, trombotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi, kalavalar filtratsiyasi tezligini oshiradi, kuchsiz natriyuretik ta’sirga ega. Diabetik nefropatiyada mikroalbuminuriya yaqqolligini oshirmaydi. Moddalar almashinuviga va qon plazmasi lipidlari konsentratsiyasiga hech qanday noxush ta’sir ko‘rsatmaydi va bronxial astma, qandli diabet va podagra bilan og‘rigan bemorlarni davolashda qo‘llanilishi mumkin.

Samara boshlanish vaqti - 2-4 soat, samara davomiyligi - 24 soat.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya reaksiyalar chastotasi quyidagi gradatsiyaga muvofiq taqdim etilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kamdan-kam hollarda (≥1/10 000, <1/1000), juda kam hollarda (<10 000), shu jumladan alohida xabarlar.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez - yurak urishi, periferik shishlar (to'piq va oyoq panjasi shishi), yuz terisiga qon quyilishi; tez-tez emas - AB haddan tashqari pasayishi; juda kam hollarda - yurak yetishmovchiligi kechishining rivojlanishi yoki kuchayishi, ritmning buzilishi (bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi, bo'lmachalar lipillashi), miokard infarkti, ko'krak qafasida og'riq, ortostatik gipotenziya, vaskulit.

Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i, bosh aylanishi, charchoqning kuchayishi, uyquchanlik; tez-tez emas - asteniya, umumiy holsizlik, gipesteziya, paresteziyalar, periferik nevropatiya, tremor, vertigo, hushdan ketish, uyqusizlik, kayfiyatning o'zgaruvchanligi, g'ayrioddiy tushlar ko'rish, qo'zg'aluvchanlikning oshishi, depressiya, xavotir; juda kam hollarda - apatiya, ataksiya, ajitatsiya, amneziya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko'ngil aynishi, qorinda og'riq; ba'zida - qusish, qabziyat yoki diareya, meteorizm, dispepsiya, anoreksiya, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining quruqligi, chanqoq; kamdan-kam hollarda - milklar giperplaziyasi, ishtahaning oshishi; juda kam hollarda - pankreatit, gastrit, sariqlik (xolestaz bilan bog'liq), giperbilirubinemiya, jigar transaminazalari faolligining oshishi, gepatit.

Qon yaratish organlari tomonidan: juda kam hollarda - trombotsitopenik purpura, leykopeniya, trombotsitopeniya.

Siydik-tanosil tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - tez-tez siyish, og'riqli siyish, nikturiya, impotensiya; juda kam hollarda - dizuriya, poliuriya.

Teri qoplamalari tomonidan: kamdan-kam hollarda - dermatit; juda kam hollarda - purpura, kserodermiya, teri pigmentatsiyasining buzilishi.

Allergik reaksiyalar: tez-tez emas - teri qichishishi, toshma (shu jumladan eritematoz, makulopapulyoz toshma); juda kam hollarda - eshakemi, angionevrotik shish, ko'p shaklli eritema.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: ba'zida - mushak talvasalari, mialgiya (uzoq muddat qo'llanilganda), artralgiya, bel og'rig'i, artroz; kamdan-kam hollarda - miasteniya.

Sezgi organlari tomonidan: kamdan-kam hollarda - ko'rishning buzilishi, diplopiya, kon'yunktivit, ko'zda og'riq, kseroftalmiya, quloqlarda jaranglash.

Boshqalar: kamdan-kam hollarda - alopesiya, ginekomastiya, giperurikemiya, tana vaznining oshishi/kamayishi, dispnoe, burun qonashi, ko'p terlash; juda kam hollarda - sovuq yopishqoq ter, yo'tal, rinit, parosmiya, ta'm sezishning buzilishi, akkomodatsiyaning buzilishi, giperglikemiya.

Maxsus saqlash sharoitlari

Normodipin® preparati bilan davolash davrida tana vaznini va natriy iste'molini nazorat qilish zarur, tegishli parhez tayinlash ko'rsatilgan. Tishlar gigienasini saqlash va stomatologda kuzatilish zarur (milklarning og'rishi, qonashi va giperplaziyasi oldini olish uchun).

Tana vazni kam bo'lgan bemorlarga, bo'yi past bemorlarga va yaqqol jigar funksiyasi buzilishi bo'lgan bemorlarga kichikroq doza talab qilinishi mumkin.

Jigar funksiyasi buzilganda preparatning T1/2 ham uzayishi mumkin. Shuning uchun bunday bemorlarga Normodipin®ni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.

Normodipin® preparatini qabul qilishni to'xtatish bekor qilish sindromi rivojlanishi bilan kechmasligiga qaramay, davolashni to'xtatishni preparat dozasini asta-sekin kamaytirib o'tkazish maqsadga muvofiq.

Preparatning gipertonik krizdagi samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Normodipin® preparatining avtomobil boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashga ta'siri haqida xabarlar bo'lmagan. Shunga qaramay, ba'zi bemorlarda, asosan davolash boshida, uyquchanlik, bosh aylanishi va asab tizimi tomonidan boshqa nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishi mumkin. Ular paydo bo'lganda bemor avtomobil boshqarishda va murakkab mexanizmlar bilan ishlashda alohida ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishi kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • yaqqol arterial gipotenziya (sistolik AB 90 mm sim. ust. dan past);
  • kollaps;
  • kardiogen shok;
  • aorataning klinik ahamiyatli stenozi;
  • nostabil stenokardiya (Prinsmetal stenokardiyasidan tashqari);
  • homiladorlik;
  • laktatsiya davri;
  • 18 yoshgacha bo'lganlar (qo'llash bo'yicha klinik tajriba yo'qligi sababli);
  • amlodipinga va boshqa digidropiridin hosilalariga yuqori sezuvchanlik.
  • Jigar funksiyasining buzilishlarida, STZS (yaqqol bradikardiya, taxikardiya), NYHA tasnifi bo'yicha III-IV funksional sinfdagi ishemik etiologiyali bo'lmagan surunkali yurak yetishmovchiligida, arterial gipotenziyada, mitral stenozda, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyada, o'tkir miokard infarktida (va undan keyingi 1 oy davomida), keksa yoshdagi bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Amlodipin arterial gipertenziyani davolash uchun tiazid diuretiklar, alfa-adrenoblokatorlar, beta-adrenoblokatorlar yoki AOF ingibitorlari bilan birga xavfsiz qo‘llanilishi mumkin. Stabil stenokardiyasi bor bemorlarda preparatni boshqa antianginal vositalar, masalan, uzoq ta’sir etuvchi nitratlar, beta-adrenoblokatorlar yoki qisqa ta’sir etuvchi nitratlar bilan kombinatsiyalash mumkin.

Amlodipinni NYQP (ayniqsa indometatsin), antibakterial vositalar va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Digidropiridin qatori sekin kalsiy kanallari blokatorlarining antianginal va gipotenziv ta’siri tiazid va "halqali" diuretiklar, verapamil, AOF ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar va nitratlar bilan birga qo‘llanilganda kuchayishi mumkin, shuningdek alfa-adrenoblokatorlar, neyroleptiklar bilan birga qo‘llanilganda ularning gipotenziv ta’siri kuchayishi mumkin.

Garchi amlodipin o‘rganilganda manfiy inotrop ta’sir odatda kuzatilmagan bo‘lsa-da, shunga qaramay, ba’zi sekin kalsiy kanallari blokatorlari QT oralig‘ining uzayishini chaqiruvchi antiaritmik vositalarning (masalan, amiodaron va xinidin) manfiy inotrop ta’siri ifodalanganligini kuchaytirishi mumkin.

Essensial gipertenziyasi bor bemorlarda 100 mg dozadagi sildenafilni bir martalik qabul qilish amlodipinning farmakokinetikasi parametrlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Amlodipinni 10 mg dozada va atorvastatinni 80 mg dozada takroriy qo‘llash atorvastatin farmakokinetikasi ko‘rsatkichlarining sezilarli o‘zgarishlari bilan kechmaydi.

Amlodipin 10 mg dozada bir marta va takroran qo‘llanilganda etanol farmakokinetikasiga (alkogol saqlovchi ichimliklar) ta’sir qilmaydi.

Viruslarga qarshi vositalar (ritonavir) sekin kalsiy kanallari blokatorlarining, shu jumladan amlodipinning plazmadagi konsentratsiyasini oshiradi.

Neyroleptiklar va izofluran digidropiridin hosilalarining gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi.

Kalsiy preparatlari sekin kalsiy kanallari blokatorlarining ta’sirini kamaytirishi mumkin.

Amlodipin litiy preparatlari bilan birga qo‘llanilganda neyrotoksiklik ko‘rinishlari (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ataksiya, tremor, quloqlarda shovqin) kuchayishi mumkin.

Amlodipin siklosporin farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi.

Qon zardobida digoksin konsentratsiyasiga va uning buyrak klirensiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Varfarin ta’siriga (protrombin vaqti) sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Simetidin amlodipin farmakokinetikasiga ta’sir qilmaydi.

In vitro tadqiqotlarda amlodipin digoksin, fenitoin, varfarin va indometatsinning qon oqsillari bilan bog‘lanishiga ta’sir qilmaydi.

240 mg greypfrut sharbati va 10 mg amlodipinni ichga bir vaqtda bir martalik qabul qilish amlodipin farmakokinetikasining sezilarli o‘zgarishi bilan kechmaydi.

Dozirovkasi

Ichga, arterial gipertenziya va stenokardiyani davolash uchun boshlang'ich doza sutkasiga 1 marta 5 mg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza - 10 mg. Arterial gipertenziyada tutib turuvchi doza 5 mg/sut ni tashkil qiladi.

Tiazid diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar va AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda tayinlanganda dozani o'zgartirish talab etilmaydi.

Keksa yoshdagi bemorlarda amlodipin T1/2 oshishi va kreatinin klirensi pasayishi mumkin. Dozalarni o'zgartirish talab etilmaydi, ammo bemorlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozani o'zgartirish talab etilmaydi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30 o'xshash dorilari

ENAP HL 20 tabletkalari 20mg/12,5mg N20
Retseptli
ENAP HL 20 tabletkalari 20mg/12,5mg N20
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
Narxi
33 000 so'm dan
L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10
L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
GALICHFARM, AO
•96 ta dorixonada bor
Narxi
101 000 so'm dan
LORTENZA tabletkalari 50mg/10mg N30
Retseptli
LORTENZA tabletkalari 50mg/10mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•118 ta dorixonada bor
Narxi
66 000 so'm dan
ROZAT tabletkalari 15mg N28
ROZAT tabletkalari 15mg N28
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Pharma S.A. Penkuv, ul. M. Adamkevicha 6A 05-152 Chosnuv, Polsha/Polsha

Normodipin boshqa chiqarish shakllari

NORMODIPIN tabletkalari 10mg N30
Retseptli
NORMODIPIN tabletkalari 10mg N30
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter, OAO
•120 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan

NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30 analoglari

KARDILOPIN 0,01 tabletkalari N30
KARDILOPIN 0,01 tabletkalari N30
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
KARDILOPIN 0,005 tabletkalari N30
KARDILOPIN 0,005 tabletkalari N30
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
AMLODIPIN KARDIO tabletkalari 5mg N30
Retseptli
AMLODIPIN KARDIO tabletkalari 5mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obolenskoe Farmasevticheskoe predpriyatie, AO
AMLODIPIN KARDIO tabletkalari 10mg N30
Retseptli
AMLODIPIN KARDIO tabletkalari 10mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obolenskoe Farmasevticheskoe predpriyatie, AO
TENOKS 0,005 tabletkalari N30
TENOKS 0,005 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»
TENOKS 0,01 tabletkalari N30
TENOKS 0,01 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»
KALCHYeK 0,005 tabletkalari N30
KALCHYeK 0,005 tabletkalari N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ipka Laboratoriz Limited
KALCHYeK 0,01 tabletkalari N30
KALCHYeK 0,01 tabletkalari N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ipka Laboratoriz Limited
AMLOVAS tabletkalari 5mg N30
AMLOVAS tabletkalari 5mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Yunik Farmasyutikals Laboratoriez (Otdelnie firmi DjBKemikals end Farmasyutikals Ltd)
AMLOTOP (AMLODIPIN) 0,005 tabletkalari N30
Retseptli
AMLOTOP (AMLODIPIN) 0,005 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
AMLOTOP (AMLODIPIN) 0,01 tabletkalari N30
Retseptli
AMLOTOP (AMLODIPIN) 0,01 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
NORVASK 0,005 tabletkalari 0,005g N30
Retseptli
NORVASK 0,005 tabletkalari 0,005g N30
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
R-Farm Germaniya GmbX

NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
30 600 so'm
Bron qilish
CITY PHARM G'uncha 11
Shayxontoxur tumani, massiv Bog'ko'cha, 2 uy
24/7
30 600 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
30 600 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
30 600 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
31 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
31 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
31 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
31 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
31 500 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
31 700 so'm
Bron qilish

NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30 haqida savollar

NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil