NOVOKAIN 0,005/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N10

NOVOKAIN 0,005/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Shilliq qavatlar orqali yomon so'riladi. Parenteral yuborilganda yaxshi so'riladi, plazma va to'qimalar esterazalari tomonidan ikkita asosiy farmakologik faol metabolitlar: dietilaminoetanol (o'rtacha tomir kengaytiruvchi ta'sirga ega) va PABK hosil bo'lishi bilan tez gidrolizlanadi. T1/2 - 0.7 daqiqa. Asosan buyraklar orqali metabolitlar ko'rinishida - 80% chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Bo‘lishi mumkin: arterial gipotenziya, kollaps, bosh aylanishi, holsizlik, eshakemi, allergik reaksiyalar, anafilaktik shok.
Maxsus saqlash sharoitlari
Mahalliy anesteziya o‘tkazishda shuni hisobga olish kerakki, bir xil umumiy dozani qo‘llashda prokainning toksikligi qo‘llanilayotgan eritma qanchalik konsentratsiyalangan bo‘lsa, shunchalik yuqori bo‘ladi.
Prokain shikastlanmagan shilliq qavatlar orqali sekin so‘riladi, shuning uchun yuzaki anesteziya uchun kam samarasiz.
Yordamchi vosita sifatida prokain arterial gipertenziyada, gipertonik sindromli homiladorlarning kechki gestozlarida, qon tomirlar spazmida, fantom og‘riqlarda, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligida, NYaK, qichishish, neyrodermit, ekzema, keratit, iridotsiklit, glaukomada v/i va ichga qo‘llaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Prokainga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Vena ichiga yuborilganda umumiy anesteziya uchun vositalar, uxlatuvchi, sedativ preparatlar, narkotik analgetiklar va trankvilizatorlarning MNTga susaytiruvchi ta'sirini kuchaytiradi.
Prokain metaboliti PABK (para-aminobenzoy kislotasi) sulfanilamidlarning raqobatbardosh antagonisti hisoblanadi va ularning mikroblarga qarshi ta'sirini susaytirishi mumkin.
Dozirovkasi
NOVOKAIN 0,005/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N10 o'xshash dorilari




Novokain boshqa chiqarish shakllari






NOVOKAIN 0,005/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N10 analoglari













