NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 200ml 0,5% N20

NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 200ml 0,5% N20 o'xshash dorilari




NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 200ml 0,5% N20 qo'llanmasi
To'liq tizimli absorbsiyaga uchraydi. Absorbsiya darajasi yuborish joyi va yo'li (ayniqsa yuborish sohasidagi vaskulyarizatsiya va qon oqimi tezligi) va yakuniy doza (miqdori va konsentratsiyasi) ga bog'liq. Plazma va jigar esterazalari tomonidan ikkita asosiy farmakologik faol metabolitlar: dietilaminoetanol (o'rtacha tomir kengaytiruvchi ta'sirga ega) va paraaminobenzoy kislotasi (sulfanilamid kimyoterapevtik dori preparatlarining raqobatli antagonisti hisoblanadi va ularning mikroblarga qarshi ta'sirini susaytirishi mumkin) hosil bo'lishi bilan tez gidrolizlanadi.
Preparatning yarim chiqarilish davri - 30-50 s, neonatal davrda - 54-114 s. Asosan buyraklar orqali metabolitlar ko'rinishida chiqariladi, o'zgarmagan holda 2% dan ko'p bo'lmagan qismi chiqariladi.
Markaziy va periferik tizim tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, holsizlik, trizm, tremor, nistagm, turg‘un anesteziya, harakat bezovtaligi, hushdan ketish, tirishishlar, ko‘rish va eshitish buzilishlari.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning oshishi yoki pasayishi, kollaps, periferik vazodilatatsiya, bradikardiya, aritmiya, ko‘krak qafasida og‘riq, EKGda T tishchasining tekislanishi yoki ST segmentining qisqarishi ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi yurakda qo‘zg‘alish tarqalishining o‘zgarishlari.
Nafas olish tizimi tomonidan: nafas yo‘llari spazmlari yoki nafas olishning qiyinlashishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: ixtiyorsiz siydik chiqarish.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish.
Qon tomonidan: metgemoglobinemiya.
Allergik reaksiyalar: allergik reaksiyalar, anafilaktik shokgacha.
Boshqalar: og‘riqning qaytishi, turg‘un anesteziya, gipotermiya, qaltirash, lab, yuz, og‘iz, til va tomoq shishi.
Anesteziya tajribali mutaxassislar tomonidan tegishli ravishda jihozlangan xonada, kardiomonitoring va reanimatsiya tadbirlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan uskunalar va preparatlar darhol foydalanishga tayyor holda o‘tkazilishi kerak. Tasodifan qon tomir ichiga yuborishning oldini olish uchun aspiratsion sinama o‘tkazish tavsiya etiladi (ikki bosqichda).
Bemorlarda yurak-qon tomir, nafas olish va markaziy asab tizimlari funksiyalarini nazorat qilish talab etiladi. Mahalliy anesteziya yuborilishidan kamida 10 kun oldin monoaminoksidaza ingibitorlarini qo‘llash mumkin emas. Qo‘llashdan oldin preparatga individual sezgirlik bo‘yicha sinamalar o‘tkazish majburiy. Mahalliy anesteziya o‘tkazishda bir xil umumiy dozani qo‘llashda prokainning toksikligi qo‘llanilayotgan eritma qanchalik konsentratsiyalangan bo‘lsa, shunchalik yuqori bo‘lishini hisobga olish kerak.
Preparat ikkilamchi o‘ramda saqlanishi kerak.
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Davolash davrida avtotransportni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish zarur.
- Gipersezuvchanlik (shu jumladan paraaminobenzoy kislotasiga va boshqa mahalliy anestetiklarga);
- 12 yoshgacha bo'lgan bolalar:
- to'qimalarda yaqqol fibroz o'zgarishlar (sudraluvchi infiltrat usuli bilan anesteziya uchun).
Ehtiyotkorlik bilan:
- O'tkir qon yo'qotish bilan kechadigan shoshilinch operatsiyalar;
- jigar qon oqimining pasayishi bilan kechadigan holatlar (masalan, surunkali yurak yetishmovchiligi, jigar kasalliklarida);
- yurak-qon tomir yetishmovchiligining kuchayishi (odatda yurak blokadalari va shok rivojlanishi oqibatida);
- yallig'lanish kasalliklari yoki in'ektsiya joyining infektsiyalanishi;
- soxta xolinesteraza yetishmovchiligi;
- buyrak yetishmovchiligi;
- bolalar yoshi (12 dan 18 yoshgacha);
- keksa bemorlar (65 yoshdan katta);
- zaiflashgan bemorlar.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Preparatni homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa mümkin.
Umumiy anesteziya uchun vositalar, uxlatuvchi va sedativ preparatlar, narkotik analgetiklar va trankvilizatorlarning markaziy asab tizimiga susaytiruvchi ta'sirini kuchaytiradi.
Antikoagulyantlar (ardeparin natriy, dalteparin natriy, danaparoid natriy, enoksaparin natriy, geparin, varfarin) qon ketish rivojlanishi xavfini oshiradi.
Mahalliy anestetik inyeksiya joyi og'ir metallarni saqlovchi dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ishlov berilganda, og'riq va shish ko'rinishidagi mahalliy reaksiya rivojlanishi xavfi ortadi.
Monoaminoksidaza ingibitorlari (furazolidon, prokarbazin, selegilin) bilan bir vaqtda qo'llash gipotenziya rivojlanishi xavfini oshiradi.
Miorelaksantlarning ta'sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.
Prokain narkotik analgetiklar bilan birgalikda qo'llanilganda additiv ta'sir qayd etiladi, bu spinal va epidural anesteziya o'tkazishda qo'llaniladi, bunda nafas olishning susayishi kuchayadi.
Vazokonstriktorlar (epinefrin, metoksamin, fenilefrin) mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'sirni uzaytiradi.
Prokain dori vositalarining miasteniyaga qarshi ta'sirini kamaytiradi, ayniqsa u yuqori dozalarda qo'llanilganda, bu miasteniyani davolashni qo'shimcha to'g'irlashni talab qiladi.
Xolinesteraza ingibitorlari (miasteniyaga qarshi dori vositalari, siklofosfamid, demekariya bromid, ekotiopata yodid, tiotepa) prokain metabolizmini kamaytiradi.
Prokain metaboliti (para-aminobenzoy kislotasi) sulfanilamidlarning antagonisti hisoblanadi.
Mahalliy og'riqsizlantiruvchi vositalar epidural anesteziya uchun guanadrel, guanetidin, mekamilamin, trimetafan kamzilat bilan qo'llanilganda arterial qon bosimining keskin pasayishi va bradikardiya rivojlanishi xavfi ortadi.
Mahalliy anesteziyada so'rilishni kamaytirish va ta'sirni uzaytirish uchun qo'shimcha ravishda 0,1% epinefrin eritmasi - prokain eritmasining 2-5-10 ml siga 1 tomchidan yuboriladi.
Paranefral blokadada (A. V. Vishnevskiy bo'yicha) buyrak atrofidagi klechatkaga 50-80 ml 0,5% eritma yoki 100-150 ml 0,25%, vagosimpatik blokadada esa - 30-100 ml 0,25% eritma yuboriladi.
Sirkulyar yoki paravertebral blokadalar uchun teri ichiga 0,25% yoki 0,5% eritma yuboriladi.
Kattalar uchun infiltratsion anesteziya uchun eng yuqori dozalar: operatsiya boshida birinchi bir martalik doza - 500 ml 0,25% eritma va 150 ml 0,5% eritmadan ko'p emas. 12 yoshdan oshgan bolalarda qo'llash uchun maksimal doza - 15 mg/kg.Dozani oshirib yuborishYuqori dozalarda foydalanilganda ortiqcha so'rilish mumkin.
Belgilari: teri qoplamalari va shilliq qavatlarning oqarishi, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish, "sovuq" ter, nafas olishning tezlashishi, taxikardiya, arterial qon bosimining kollapsgacha pasayishi, apnoe, metgemoglobinemiya. Markaziy asab tizimiga ta'siri qo'rquv hissi, gallyutsinatsiyalar, tirishishlar, harakat qo'zg'alishi bilan namoyon bo'ladi.
Davolash: adekvat o'pka ventilyatsiyasini saqlash, dezintoksikatsion simptomatik terapiya.
Novokain boshqa chiqarish shakllari






NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 200ml 0,5% N20 analoglari














