NUTVA COMPLEX EXTRA kapsulalar N60









NUTVA COMPLEX EXTRA kapsulalar N60 qo'llanmasi
Asl o'ramida, bolalar qo'li yetmaydigan joyda 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang.
Bitta kapsulaning tarkibi: Ayiq quloq – 41,7 mg, Gulxayri ildizi – 41,4 mg, Makkai sano – 41,2 mg, Jo'xori popugi – 40,8 mg, Zig'ir urug'i – 39,6 mg, Qariqiz ildizi – 32,7 mg, Qora andiz- 29,3 mg, Bosvellia – 28,7 mg, Gubbaxt daraxt po'stlog'i – 26,4 mg, Alfa lipoik kislotasi – 24,7 mg, Juka – 20,4 mg, Ekinezya – 16,8 mg, Zanjabil – 16,4 mg, Anis (arpobodiyon) – 16,2 mg, Namatak – 15,9 mg, Vitamin B8 – 14,8 mg, Vitamin E – 14,6 mg, Bo'yimodaron – 5,8 mg, Vitamin B5 – 2,9 mg, Vitamin B2 - 1,5 mg, Vitamin B6 - 1,5 mg, Vitamin A - 0,5 mg, Vitamin B9 – 0,3 mg, Kaliy yodid – 0,127 mg, Vitamin D3 – 15 mkg, Vitamin B7 (Biotin) – 0,015 mg, Selen – 0,01 mg, Vitamin B12 – 9 mkg.
Chiqarish shakli: 10 donadan polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folgadan tayyorlangan blister o‘ramda. 6 ta blisterli paketlar (har biri 500 mg dan 60 ta kapsula) foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan birga.
Homiladorlik davrida, mahsulot tarkibidagi giyohlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik, allergiya holatida mumkin emas.
Bu biologik faol qo'shimcha — dorivor o'tlarning noyob jamlanmasi asosida yaratilgan va ularning tabiiy kuchi va qiymatini yuqori darajada saqlash imkonini beruvchi innovatsion texnologiyadan foydalangan holda ishlab chiqarilgan tabiiy mahsulot.
Ertalab 2ta dona kapsuladan, ovqatdan 30 daqiqa oldin. Mahsulotni 3-6 oy davomida uzoq kurslarda qabul qilish tavsiya etiladi
Ayiq quloq, asosiy foydali xususiyatlari: siydik qovug'i va siydik yo'llarining funksional holatiga ijobiy ta'sir o'tkazadi. Yallig'lanishga qarshi xususiyatga ega. Gulxayri ildizi, asosiy foydali xususiyatlari: gulxayri ildizi og'riqni pasaytiruvchi va tinchlantiruvchi analgetik sifatida ham qo'llaniladi. Suyak yemirilishi, koksartroz (aseptik nekroz), gonatrozga samarali vosita.
Makkai sano, asosiy foydali xususiyatlari: ichakni samarali tozalaydi, shishlarni oldini olib, yaralarni tez bitishga yordam beradi.
Jo'xori popugi, asosiy foydali xususiyatlari: siydik yo'llaridan mayda toshlarni tushirishda yordam beradi.
Zig'ir urug'i, asosiy foydali xususiyatlari: suyak yemirilishi, koksartroz (aseptik nekroz), gononekrozga samarali vosita, immunitetni kuchaytiradi, shishlarni oldini oladi, organizmda moddalar almashinuvini normallashtiradi.
Qariqiz ildizi, asosiy foydali xususiyatlari: qandli diabet, semirish, revmatizm, podagra, aterosklerozni davolashda samarali.
Terining yallig'lanish va allergik kasalliklarini davolashda samarali (furunkulyoz, allergik dermatit, ekzema).
Qora andiz, asosiy foydali xususiyatlari: suyak yemirilishi, koksartroz, revmotizm, gononekrozga samarali vosita. Viruslarga qarshi kurashish uchun immunitetni mustahkamlaydi. Qandli diabet tarkibida inulin moddasi mavjudligi sabab insulinni me’yorlashtiradi. Osteoporoz va suyak to'qimalarini buzilishini oldini oluvchi profilaktik vosita sifatida suyaklarni mustahkamlaydi.
Boswellia, asosiy foydali xususiyatlari: bo’g’imlardagi yallig’lanishni bartaraf qilishda viruslar bilan kurashishda, tog’ay to’qimasini hosil bo’lishida, revmatizm va podagrani asoratlarini kamaytirishda va barcha reproduktiv a’zolar faoliyatini tiklashda yordam beradi.
Gubbaxt daraxt po'stlog'i, asosiy foydali xususiyatlari: immunitetni mustahkamlashga yordam beradi, toksinlardan xalos qiladi, qon aylanishini va gormonal darajasini yaxshilaydi.
Alfa lipoik kislotasi, (omega3) asosiy xususiyatlari: energiyani oshirishda, immun tizimini yaxshilashda, hujayralarni qarishini oldini olishda yordam beradi.
Juka, asosiy foydali xususiyatlari: antispazmologik vosita, yallig'lanish va shishlarni oldini oluvchi vosita bo’lib, suyak yemirilishi, koksartroz, gononekrozga samarali.
Ekinezya, asosiy foydali xususiyatlari: shikastlangan to'qimalarni tiklash jarayonlarini qo'llab-quvvatlaydi, nafas olish va virusli kasalliklar - gripp, o'tkir respiratorli infektsiyalar, surunkali gepatit, revmatoid artrit va barcha bog’im yallig’lanish holatlarida tavsiya etiladi.
Zanjabil, asosiy foydali xususiyatlari: spazmlarni yengillashtiradi, shamollash bilan kurashishga yordam beradi, burun bitishida samarali. Yallig'lanish va bezovtalanishni oladi.
Anis (Arpobodiyon), asosiy foydali xususiyatlari: artrit va revmatizm, mushak og'rig'i, menopauza va hayz paytida og'riq qoldiruvchi, sistit, shishish, buyrak va siydik pufagidagi toshlarni tushirishda foydalidir.
Namatak, asosiy foydali xususiyatlari: artrit, artroz va suyak tizimining boshqa kasalliklari davolash uchun foydali.
Vitamin B8, (inositol) asosiy foydali xususiyatlari: B8 vitamini asosan polikistik tuxumdon sindromi yoki PCOS bilan kasallangan odamlar tomonidan qabul qilinadi.
Gormonlar ishlab chiqarishni tartibga solish, qon bosimini nazorat qilish va tuxumdonlar faoliyatini yaxshilash uchun foydali
Vitamin E, asosiy foydali xususiyatlari: metabolizmni yaxshilashda, mushaklar faoliyatida va koordinatsiyada vitamin A bilan birgalikda ko’z nuri ravshanligini oshirishda, ko’z to’r pardasi kasalliklarini oldini olishda samarali
Bo'yimodaron, asosiy foydali xususiyatlari: yallig'lanishga qarshi, spazmolitik, mikroblarga qarshi, allergiyaga qarshi, gemostatik va yaralarni davolovchi xususiyatlarga ega.
Vitamin B5, asosiy foydali xususiyatlari: viruslarga qarshi kurashadigan antitanalarni sintez qilishda ishtirok etadi.
Vitamin B2, asosiy foydali xususiyatlari: yallig’lanishga qarshi antitelalar hosil bo’lishida, ko’zdagi charchoq va kataraktani oldini olishda foydali
Vitamin B6, asosiy foydali xususiyatlari: metabolizmini yaxshilaydi, gemoglobin ishlab chiqarishga hissa qo'shadi, serotonin, adrenalin, norepinefrin sintezida samarali, ovqat hazm qilish tizimining buzilishini oldini olish uchun foydali.
Vitamin A, asosiy foydali xususiyatlari: ko'rishni yaxshilaydi, immunitetni kuchaytiradi, terini sog'lomlashtiradi va sog'lom homiladorlik uchun zarur.
Vitamin B9, asosiy foydali xususiyatlari: yangi hujayralar shakllanishida faol ishtirok etadi, asab to‘qimalari va DNK sintezi uchun muhimdir.
Kaliy yodid, asosiy foydali xususiyatlari: qalqonsimon bezni qo'llab-quvvatlaydi, gormonal balansni saqlaydi va organizmni himoya qiladi.
Vitamin D3 asosiy foydali xususiyatlari: soch to'kilishini oldini olishda, charchoq, tez-tez shamollash, asabiylashish, uyquchanlik, insulin rezistentlik holati, qandli diabetning oldini olishda, ortiqcha vazndan xalos bo’lishda samarali.
Vitamin B7 (BIOTIN), asosiy foydali xususiyatlari: oqsillar va yog‘lar muvozanatini normallashtiradi, kollagen sintezini tezlashtiradi
Selen asosiy foydali xususiyatlari: Selen qalqonsimon bezning faoliyatini yaxshilaydi, metabolik jarayonlarni rag'batlantiradi, hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qilishga yordam beradi, yurak-qon tomir va onkologik kasalliklarning oldini oladi, Vitamin B12 asosiy foydali xususiyatlari: kamqonlik, nafas yetishmovchiligi, surunkali charchoq, depressiya, bezovtalik, xotira yo'qolishi, asabiy buzilishlar, yurak xuruji, quloqlarda shovqin, ich qotishi va vazn yo'qotish kabi holatlarni oldini oladi.
NUTVA boshqa chiqarish shakllari




