Inozitol (Vitamin B8): hayz siklini tartibga soladi, PMS belgilarini kamaytiradi, terining elastikligini saqlaydi, vazn yo‘qotishga yordam beradi, insulin va xolesterin darajasini me’yorga keltiradi, qon bosimini pasaytiradi va uyqu sifatini yaxshilaydi.
L-arginin: azot oksidi ishlab chiqarilishini rag‘batlantirib, qon tomirlarni kengaytiradi, tos sohasidagi qon aylanishini yaxshilaydi va reproduktiv tizim faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Diindolilmetan (DIM): jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishini tartibga soladi, estrogenga bog‘liq muammolarda foydali.
Koenzim Q10: energiya almashinuvini yaxshilaydi, immunitetni kuchaytiradi, hujayralarni yangilanishiga yordam beradi.
Viteks ekstrakti: progesteron ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, prolaktin muvozanatini me’yorlashtiradi, hayz siklini normallashtiradi.
Vitamin E: to‘qimalarni kislorod bilan ta’minlaydi, hujayra yangilanishida va gormonlar sintezida ishtirok etadi.
Kurkuma ekstrakti: stressga qarshi, yallig‘lanishga va saraton kasalliklariga qarshi tabiiy vosita, jigar va immun tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qariqiz ildizi: bo‘g‘imlar, ichki a’zolar yallig‘lanishi, adneksit, pielonefrit, sistit kabi kasalliklarda foydali.
Jo‘xori popugi: B guruhi vitaminlariga boy bo‘lib, anemiya, jigar va o‘t yo‘llari faoliyatini yaxshilaydi, jinsiy gormonlar muvozanatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ekinezya ekstrakti: TORCH infeksiyalari, zamburug‘lar va boshqa infeksiyalarga qarshi kurashda samarali.
Zanjabil ekstrakti: og‘riqni kamaytiradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, immunitetni kuchaytiradi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi.
Dolchin ekstrakti: tabiiy antiseptik, mikroblarga va zamburug‘larga qarshi kurashadi, modda almashinuvini tezlashtirib ozishga yordam beradi.
Zig‘ir urug‘i: yurak, jigar, qandli diabet, reproduktiv tizim, Alsgeymer kasalligi kabi holatlarda foydali, go‘zallik va salomatlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
Sink: hujayra bo‘linishi va genetik materiallarning shakllanishida ishtirok etadi, homiladorlikda rivojlanish nuqsonlarini oldini olishga yordam beradi.
Vitamin A (Retinol): epiteliy va suyak to‘qimalarining o‘sishi, jinsiy gormonlar sintezi, immun fermentlar faolligida muhim rol o‘ynaydi.
Vitamin B9 (Foliy kislotasi): hayz siklini tartibga soladi, bachadonda qon tomirlari hosil bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi, gormonlar ishlab chiqarilishini va tuxumdon faoliyatini rag‘batlantiradi.
Vitamin D3: kalsiy va fosfor muvozanatini tartibga soladi, jinsiy gormonlar va insulin ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
Kaliy yodid: yod tanqisligini bartaraf etadi, qalqonsimon bez gormonlari — T3 va T4 ishlab chiqarilishini me’yorda ushlab turadi.
Selen: homiladorlik qobiliyatini oshiradi, gormonal muvozanatni saqlashda va og‘ir metallarning toksik ta’sirini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi.