L-arginin – azot oksidi hosil qiluvchi aminokislota bo‘lib, qon aylanishini va to‘qimalarning kislorod bilan to‘yinganligini, shu jumladan tos a’zolarida yaxshilaydi. Reproduktiv organlar faoliyatini kuchaytiradi va kontseptsiya ehtimolini oshiradi.
L-karnitin – organizmda lizin va metionin ishtirokida, B va C guruhi vitaminlari orqali hosil bo‘ladi. Mushaklarda parchalanadi, testosteron gormonining ishlab chiqilishiga yordam beradi.
Glutation – immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, C va E vitaminlarini faollashtiradi, erkin radikallarni parchalaydi, fermentlarni faollashtiradi, DNK shakllanishi va spermadagi nuqsonlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Magniy – asab va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, sperma sifatini saqlaydi.
Koenzim Q10 – energiya almashinuvini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi, spermotogenezni faollashtiradi.
Evrikoma ekstrakti – oshqozon-ichak muammolarini kamaytiradi, yallig‘lanishga qarshi va bepushtlikka qarshi vosita sifatida ishlatiladi.
Vitamin E – kislorod yetkazib berishni yaxshilaydi, antioksidantlik qiladi, mushak kuchi va spermatogenezga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Rux (sink) – hujayra bo‘linishi, DNK sintezi, spermatozoidlar rivojlanishida ishtirok etadi.
Kalsiy – suyak va mushak to‘qimalarini mustahkamlaydi, qalqonsimon bez gormonlari ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
Tribulus ekstrakti – stressga qarshi, jigar, o‘t pufagi, immun tizimni mustahkamlovchi va antioksidant vosita sifatida ishlatiladi.
Levzeya ekstrakti – mikrob, zamburug‘larga qarshi, modda almashinuvini tezlashtiradi, ozishga va impotensiyani bartaraf qilishga yordam beradi.
Qariqiz ildizi – yallig‘lanishga qarshi, erkaklarda prostatit, piyelonefrit, sistit holatlarida samarali.
Ekinezya – infeksiyalarga qarshi, TORCH infeksiyalar va zamburug‘larga qarshi kurashadi, immun tizimni kuchaytiradi.
Viteks ekstrakti – LG va FSG gormonlarini faollashtiradi, prolaktin darajasini muvozanatlaydi, homiladorlik ehtimolini oshiradi.
Marganets – oqsil sintezi, yallig‘lanishga qarshi, suyak to‘qimalarining hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Vitamin A – epiteliy va suyak o‘sishi, jinsiy gormonlar, interferon, immunoglobulin A va fermentlar faollashuviga xizmat qiladi.
Vitamin B9 (foliy kislotasi) – hujayra bo‘linishi, spermatozoidlar shakllanishida nuqsonlarni kamaytirishga yordam beradi.
Vitamin D3 – kalsiy va fosfor muvozanatini tartibga soladi, jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishida ishtirok etadi.
Kaliy yodid – yod tanqisligini bartaraf qiladi, T4, T3, testosteron, LG, FSG ishlab chiqarilishini me’yorda ushlaydi.
Selen – urug‘lantirish qobiliyatini oshiradi, og‘ir metallar toksikligini kamaytiradi, gormonal muvozanatni saqlaydi.