NUTVA COMPLEX kapsulalar N60







NUTVA COMPLEX kapsulalar N60 qo'llanmasi
Asl o'ramida, bolalar qo'li yetmaydigan joyda 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang
Bitta kapsulaning tarkibi: Ayiq quloq - 51,7 mg, Makkai sano - 51,2 mg, Gulxayri ildizi - 41,4 mg, Jo‘xori popugi - 40,8 mg, Zig‘ir urug‘i - 39,6 mg, Qariqiz ildizi - 32,7
mg, Qora andiz - 29,3 mg, Bosvellia - 28,7 mg, Gubbaxt daraxt po'stlog'i - 26,4 mg, Juka - 20,4 mg, Ekinezya - 16,8 mg, Zanjabil - 16,4 mg, Anis (arpobodiyon) - 16,2
mg, Namatak - 15,9 mg, Glyukozamin - 12,9 mg, Kollagen - 12,8 mg, Gialuron kislotasi - 11,8 mg, Xondroitin sulfat - 10,3 mg, Bo'yimodaron - 5,8 mg, Vitamin B6 - 2,1
mg, Melatonin - 1,5 mg.
Chiqarish shakli: 10 donadan polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folgadan tayyorlangan blister o‘ramda. 6 ta blisterli paketlar (har biri 500 mg dan 60 ta kapsula)
foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan birga.
Suyak va bo’g’imlarni Sog'lom saqlash uchun kompleks mahsulot: biriktiruvchi to'qimalarni ozuqaviy qo'llab-quvvatlaydi, kollagen va elastin sintezini yaxshilaydi va organizmga umumiy mustahkamlovchi ta'sir ko'rsatadi. To'qimalarda yallig'lanish jarayonlarini bartaraf etishga va og'riqni kamaytirishga yordam beradi.
Homiladorlik davrida, mahsulot tarkibidagi giyohlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik, allergiya holatida mumkin emas
Bu biologik faol qo'shimcha — dorivor o'tlarning noyob jamlanmasi asosida yaratilgan va ularning tabiiy kuchi va qiymatini yuqori darajada saqlash imkonini
beruvchi innovatsion texnologiyadan foydalangan holda ishlab chiqarilgan tabiiy mahsulot.
Kechqurun 2ta dona kapsuladan, ovqatdan 30 daqiqadan keyin. Mahsulotni 3-6 oy davomida uzoq kurslarda qabul qilish tavsiya etiladi.
Ayiq quloq, asosiy foydali xususiyatlari: siydik qovug'i va siydik yo'llarining funksional holatiga ijobiy ta'sir o'tkazadi. Yallig'lanishga qarshi xususiyatga ega.
Makkai sano, asosiy foydali xususiyatlari: ichakni samarali tozalaydi, shishlarni oldini olib, yaralarni tez bitishga yordam beradi.
Gulxayri ildizi, asosiy foydali xususiyatlari: gulxayri ildizi og'riqni pasaytiruvchi va tinchlantiruvchi analgetik sifatida ham qo'llaniladi. Suyak yemirilishi, koksartroz (aseptik nekroz), gonatrozga samarali vosita.
Jo'xori popugi, asosiy foydali xususiyatlari: siydik yo'llaridan mayda toshlarni tushirishda yordam beradi.
Zig'ir urug'i, asosiy foydali xususiyatlari: suyak yemirilishi, koksartroz (aseptik nekroz), gononekrozga samarali vosita, immunitetni kuchaytiradi, shishlarni oldini oladi, organizmda moddalar almashinuvini normallashtiradi.
Qariqiz ildizi, asosiy foydali xususiyatlari: qandli diabet, semirish, revmatizm, podagra, aterosklerozni davolashda samarali. Terining yallig'lanish va allergik kasalliklarini davolashda samarali (furunkulyoz, allergik dermatit, ekzema).
Qora andiz, asosiy foydali xususiyatlari: suyak yemirilishi, koksartroz, revmotizm, gononekrozga samarali vosita. Viruslarga qarshi kurashish uchun immunitetni mustahkamlaydi. Qandli diabet tarkibida inulin moddasi mavjudligi sabab insulinni me’yorlashtiradi. Osteoporoz va suyak to'qimalarini buzilishini oldini oluvchi profilaktik vosita sifatida suyaklarni mustahkamlaydi.
Boswellia, asosiy foydali xususiyatlari: bo’g’imlardagi yallig’lanishni bartaraf qilishda viruslar bilan kurashishda, tog’ay to’qimasini hosil bo’lishida, revmatizm va podagrani asoratlarini kamaytirishda va barcha reproduktiv a’zolar faoliyatini tiklashda yordam beradi.
Gubbaxt daraxt po'stlog'i, asosiy foydali xususiyatlari: immunitetni mustahkamlashga yordam beradi, toksinlardan xalos qiladi, qon aylanishini va gormonal darajasini yaxshilaydi.
Juka, asosiy foydali xususiyatlari: antispazmologik vosita, yallig'lanish va shishlarni oldini oluvchi vosita bo’lib, suyak yemirilishi, koksartroz, gononekrozga samarali.
Ekinezya, asosiy foydali xususiyatlari: shikastlangan to'qimalarni tiklash jarayonlarini qo'llab-quvvatlaydi, nafas olish va virusli kasalliklar - gripp, o'tkir respiratorli infektsiyalar, surunkali gepatit, revmatoid artrit va barcha bog’im yallig’lanish holatlarida tavsiya etiladi.
Zanjabil, asosiy foydali xususiyatlari: spazmlarni yengillashtiradi, shamollash bilan kurashishga yordam beradi, burun bitishida samarali. Yallig'lanish va bezovtalanishni oladi.
Anis (arpobodiyon), asosiy foydali xususiyatlari: artrit va revmatizm, mushak og'rig'i, menopauza va hayz paytida og'riq qoldiruvchi, sistit, shishish, buyrak va siydik pufagidagi toshlarni tushirishda foydalidir.
Namatak, asosiy foydali xususiyatlari: artrit, artroz va suyak tizimining boshqa kasalliklari davolash uchun foydali.
Glyukozamin, asosiy foydali xususiyatkari: yalligʻlanishlarni oladi, egiluvchanlikni oshiradi, boʻgʻimlar va togʻay toʻqimalarining regeneratsiyasini tezlashtiradi.
Kollagen, asosiy foydali xususiyatlari: biriktiruvchi to'qimalarni mustahkamlash va tananing yaxlitligini saqlash
Gialuron kislotasi, asosiy foydali xususiyatlari: yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Suyaklar orasidagi bo‘shliqlarni moylaydi, bu esa suyaklarni bir-biriga ishqalanish ehtimolini kamaytiradi va noqulay og‘riq keltirib chiqishining oldini oladi.
Xondroitin sulfat, asosiy foydali xususiyatlari: suyak to'qimalarining shakllanishiga yordam beradi va suyak kuchini samarali oshiradi.
Bo'yimodaron, asosiy foydali xususiyatlari: yallig'lanishga qarshi, spazmolitik, mikroblarga qarshi, allergiyaga qarshi, gemostatik va yaralarni davolovchi xususiyatlarga ega.
Vitamin B6, asosiy xususiyatlari: metabolizmini yaxshilaydi, gemoglobin ishlab chiqarishga hissa qo'shadi, serotonin, adrenalin, norepinefrin sintezida samarali, ovqat hazm qilish tizimining buzilishini oldini olish uchun foydali.
Melatonin, asosiy foydali xususiyatlari: romatoid artrit (RA) bilan og'rigan odamlarda bo'g'imlarda yallig'lanishni kamaytiradi. U bo'g'imlarda zararli hujayralar o'sishini sekinlashtirishi, yallig'lanishga qarshi moddalar ishlab chiqarishni kamaytirishi va xaftaga tushadigan to'qimalarni yo'q qiladigan fermentlar faoliyatini bostirishi, uyqusizlik bilan kurashishga yordam beradi va uyqu sifatini yaxshilaydi.
NUTVA boshqa chiqarish shakllari
NUTVA COMPLEX kapsulalar N60 haqida savollar
NUTVA COMPLEX kapsulalar N60 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari





